03.08.2023 yildagi PQ-260-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023 — 2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda uzumchilik va vinochilik sohasini kelgusida yanada barqaror rivojlantirish, yangi istiqbolli sanoatbop uzum navlarini koʻpaytirish va yetishtirishni yoʻlga qoʻyish, qayta ishlash korxonalarini xom ashyo bazasi bilan taʼminlashni mustahkamlash va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, malakali mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, uzum va vinochilik mahsulotlari eksporti hajmlarini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublikada 2023 — 2026-yillarda uzumchilik va vinochilikni kompleks rivojlantirish dasturi doirasida quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-2024-yillarda yangi uzumzorlarni barpo qilishning maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududlarida uzum koʻchatlarini tayyorlash boʻyicha tashkil qilinadigan “in-vitro” laboratoriyalari 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023 — 2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sanoatini kompleks rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlar hamda maqsadli va prognoz koʻrsatkichlar bajarilishini taʼminlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari boshchiligida loyiha ofislari tashkil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublikada uzumchilikni rivojlantirish kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) 4-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududlari va tumanlarini uzum yetishtirishga ixtisoslashtirish hamda uzumzorlarni barpo qilish uchun eng maqbul maydonlarni belgilash yuzasidan qarorlar qabul qilish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 06/25/65/0331-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzum yetishtirish boʻyicha xalqimizning asrlar davomida shakllangan milliy dehqonchilik madaniyati, qadriyatlaridan kelib chiqib, uzumchilikni milliy madaniyat sifatida rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzumni yirik maydonlarda, klaster va kooperatsiya usulida yetishtirish orqali sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish, uzumni saqlash, saralash va qayta ishlashni ragʻbatlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi xonadonlari va tomorqa yer uchastkalarida uzumchilik sohasini keng rivojlantirish, yangi tashabbuskorlarni aniqlash hamda ularning manzilli dasturini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy uzum navlarining milliy brendlarini yaratish va yangi bozorlarga chiqish orqali eksportni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy asoslangan holda uzum yetishtirish, uning yangi hosildor, danaksiz navlarini yaratish maqsadida uzumchilik ilmiy maktabini rivojlantirish hamda ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini yoʻlga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2023-2024-yillarda Toʻrtkoʻl, Ellikqalʼa, Asaka, Buloqboshi, Jalaquduq, Xoʻjaobod, Romitan, Shofirkon, Vobkent, Baxmal, Zomin, Gʻallaorol, Forish, Yangiobod, Shahrisabz, Kitob, Dehqonobod, Gʻuzor, Yakkabogʻ, Xatirchi, Nurota, Yangiqoʻrgʻon, Chust, Chortoq, Kosonsoy, Bulungʻur, Urgut, Jomboy, Qoʻshrabot, Oltinsoy, Boysun, Sariosiyo, Uzun, Sardoba, Xovos, Sirdaryo, Bekobod, Parkent, Yangiyoʻl, Zangiota, Ohangaron, Toshkent, Qibray, Oʻrta Chirchiq, Oltiariq, Beshariq, Fargʻona, Yangibozor, Bogʻot, Hazorasp tumanlari va Quvasoy shahri hokimliklari “Oltiariq tajribasi” asosida har biri 2 — 2,5 ming gektar yer maydonlarida uzum plantatsiyalari tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Kengash Fargʻona vodiysida uzum va eksportbop mahsulotlarni yetishtirishda dehqonchilik tajribasiga ega oilalarga mazkur bandda nazarda tutilgan tumanlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish uchun yer ajratish, amaliy va moddiy yordam koʻrsatish tartibini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2023 — 2026-yillarda uzumchilikni rivojlantirish, klaster va kooperatsiya usulida uzum mahsuloti yetishtirish hamda qayta ishlash yoʻnalishlariga investorlar va xalqaro moliya institutlarining jalb etilgan 100 mln AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli qarz mablagʻlarini yoʻnaltirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi faoliyatini rivojlantirishga ajratilgan 5 mln AQSH dollari hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligini rivojlantirishga ajratilgan 3 mln AQSH dollari, jami 8 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlarini Agrosanoatni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2023-yil 1-avgustdan boshlab uzum mahsulotlari yetishtirishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning quyidagi tizimi joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, makkajoʻxori doni, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirishga ajratiladigan mablagʻlari hisobidan yangi uzumzorlarni barpo qilish, koʻchat tayyorlash va “in-vitro” laboratoriyalarini ishga tushirish loyihalarini amalga oshirish uchun mablagʻ yoʻnaltirishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Jamgʻarma mablagʻlari “Qishloq qurilish bank” ATBga Markaziy bankning asosiy stavkasida resurs sifatida joylashtiriladi hamda loyiha tashabbuskorlariga 10 yil muddatga (5 yillik imtiyozli davr bilan) 2 foizdan koʻp boʻlmagan marja bilan tijorat krediti ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Agentlik tadbirkorlik subyektlariga uzum plantatsiyalarida agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish, yangi tokzorlarni barpo etish va boshqa xizmatlarni koʻrsatadi. Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tayyor holda topshirish” mexanizmi asosida amalga oshiriladigan loyihalar uchun talab etiladigan mablagʻlar Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
(6-band “b” kichik bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi uzumzorlarni 1 gektardan 10 gektargacha boʻlgan maydonlarda barpo qilish boʻyicha loyihalar Agentlik tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri moliyalashtiriladi, yirik uzumchilik plantatsiyasi shaklidagi loyihalar “Qishloq qurilish bank” ATB kreditlari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik hamda “Qishloq qurilish bank” ATB tomonidan mablagʻlar Markaziy bankning asosiy stavkasida tijorat banklariga resurs sifatida joylashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan texnik navli uzum plantatsiyalarini yaratish loyihalariga kompensatsiya va kafilliklar beriladi.
(6-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Fransiya Respublikasi Bordo xalqaro vinochilik tashkiloti “Interco Nouvelle-Aquitaine” bilan uzumchilik va vinochilikni Oʻzbekistonda rivojlantirish boʻyicha xorijiy mutaxassislarni respublikaga jalb etish hamda sohani rivojlantirish yuzasidan tizimli ishlarni tashkil etsin hamda 2024-yil 1-martga qadar uzumchilik va vinochilik sohasini rivojlantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda xorijiy davlatlardan keltirilgan sovuqqa chidamli, urugʻsiz, hosildorligi yuqori 34 xildagi uzum navlarini “in-vitro” laboratoriyalarida respublika hududlarining tabiiy-iqlim sharoitiga moslashtirish boʻyicha sinov-tajribalarini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda 2023-yil yakuniga qadar Qiziriq tumanida Akademik M. Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining uzum koʻchatchiligi tajriba xoʻjaligini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi tajriba xoʻjaligi uchun 200 ga yer maydonini ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilda “Made in Uzbekistan” brendi ostida xorijiy davlatlarda milliy vino savdo uylarini ochish hamda vino mahsulotlari eksportini targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston, Koreya Respublikasi va boshqa importyor davlatlar bilan muzokaralarni olib borib, eksport qilinadigan uzum va vinochilik mahsulotlarining bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarining qulay va tezlashtirilgan tartibini joriy etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi xorijiy milliy tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda mahalliy korxonalarda yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalarini joriy qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son Farmoniga asosan Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining vazifa va funksiyalari 5-ilovaga muvofiq vazirlik va idoralarga oʻtkazilgan holda tugatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol etil spirtini ishlab chiqaruvchi korxonalarda joylashgan etil spirti sifatini aniqlash boʻyicha laboratoriyalari ulardagi barcha jihozlari bilan birgalikda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasining barcha huquq va majburiyatlari, gʻaznachilik hisobvaraqlaridagi 218 mlrd soʻm qoldiq mablagʻlari hamda 2023-yil 1-yanvargacha tadbirkorlik subyektlari va tijorat banklariga berilgan qarz (kredit) hisobidan qaytadigan mablagʻlar (resurslar) bilan birgalikda Agentlikka oʻtkazilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari taqsimlanadi.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi ikki oy muddatda qoʻshimcha vazifa va funksiyalarni nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-83-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlarining kreditlari (qarz mablagʻlari) va grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda Agentlik huzuridagi Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, kompensatsiyalar, kafilliklar va qarz (kredit) mablagʻlarini berish tartibini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari mazkur qaror bilan belgilangan “yoʻl xaritasi” va prognoz koʻrsatkichlarining oʻz vaqtida va sifatli ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha har chorak yakuni bilan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov hamda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 3-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-260-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-2024-yillarda yangi uzumzorlarni barpo qilishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar nomi

Uzumzor barpo etiladigan maydon,

gektar

shundan

2023-yil

2024-yil

jami

shundan

shpaler usulida

voish usulida

jami

shundan

shpaler usulida

voish usulida

xoʻraki

kish-mishbop

sanoatbop

xoʻraki

kish-mishbop

sanoatbop

JAMI

187 614

86 575

45 084

30 578

10 912

58 228

8 989

101 040

57 856

28 202

14 982

62 981

19 637

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

5 000

2 000

933

448

619

2 010

3 000

1 888

694

417

2 753

2.

Andijon viloyati

10 000

5 200

5 200

5 199

4 800

1 524

1 872

1 404

4 501

3.

Buxoro viloyati

20 000

9 942

2 486

3 480

3 977

7 457

2 486

10 058

2 514

2 870

4 673

7 543

2 514

4.

Jizzax viloyati

18 600

5 695

3 185

1 544

966

5 695

12 905

6 524

4 502

1 879

9 305

5.

Qashqadaryo viloyati

15 000

6 866

2 488

4 093

284

2 228

239

8 134

5 019

2 919

196

4 225

299

6.

Navoiy viloyati

7 000

3 261

1 136

1 415

710

4 261

3 739

1 104

2 155

480

3 739

7.

Namangan viloyati

15 000

4 299

1 985

780

1 534

4 079

220

10 701

5 833

3 128

1 740

10 275

227

8.

Samarqand viloyati

20 000

14 416

568

12 342

1 506

2 447

5 584

382

4 898

304

1 875

9.

Surxondaryo viloyati

15 015

7 210

5 434

1 776

5 258

1 954

7 805

6 786

384

634

6 747

1 056

10.

Sirdaryo viloyati

12 000

5 130

5 130

5 130

6 870

5 340

1 530

6 870

11.

Toshkent viloyati

20 000

10 260

5 130

4 104

1 026

10 260

9 740

4 870

3 896

974

4 740

12.

Fargʻona viloyati

20 000

8 261

8 090

170

170

4 090

11 739

11 170

570

408

15 540

13.

Xorazm viloyati

10 000

4 035

3 318

596

121

4 034

5 965

4 900

884

181

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika hududlarida uzum koʻchatlarini tayyorlash boʻyicha tashkil qilinadigan “in-vitro” laboratoriyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Joylashgan manzil

Loyiha tashabbuskori

Loyiha qiymati,

(mlrd soʻm)

Koʻchatxona, ga

Ishga tushish muddati,

(kun, oy, yil)

Yillik ishlab chiqarish quvvati, koʻchat soni

(ming dona)

issiq-xona

ochiq maydon

Jami:

586,6

14,1

26,5

30 493

1.

Nukus tumani

“Agro firma Chempion” MCHJ

1,5

0,1

0,5

30.05.2024-y

1 120

2.

Andijon tumani

Don va dukkakli ilmiy tadqiqot instituti

2,0

0,1

15,0

01.12.2023-y

2 000

3.

Buxoro tumani

“Buxoro Varnet” MCHJ

30,0

3,0

01.11.2024-y

3 000

4.

Gʻallaorol tumani

“Agro In vitro” MCHJ

100,0

2,0

25.11.2023-y

5 033

5.

Qarshi tumani

Mahmud Mirzayev nomidagi BUVITI

10,0

2,0

01.12.2024-y

1 000

6.

Karmana tumani

Mahmud Mirzayev nomidagi BUVITI

10,0

2

10.11.2024-y

1 000

7.

Uychi tumani

Mahmud Mirzayev nomidagi BUVITI

400,0

0,3

2

15.09.2023-y

1 000

8.

Urgut tumani

“FRESN FRUITS” fermer xoʻjaligi

35,2

6

15

01.12.2024-y

1 200

9.

Oltinsoy tumani

“Yangi turmush” fermer xoʻjaligi

5,0

0,5

01.05.2024-y

1 140

10.

Parkent tumani

“Norcholtol” fermer xoʻjaligi

21,0

2

5

15.09.2024-y

7 000

11.

Fargʻona tumani

“Agrosifat Logistik” MCHJ

3,7

3

01.02.2024-y

2 000

12.

Urganch tumani

“BENE FRUITS” MCHJ

1,7

0,3

0,5

15.09.2023-y

5 000

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023 — 2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sanoatini kompleks rivojlantirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Masʼullar

1.

2023 — 2026-yillarda yangi plantatsiyalar yaratish orqali uzumning texnik (vino) navlarini ishlab chiqarishni koʻpaytirish.

1. Iqtisodiy samarasiz, kam hosilli, yaroqsiz uzumzorlarni aniqlash maqsadida texnik uzum navlarining mavjud maydonlarini har yili inventarizatsiya qilish.

har yili 20-yanvarda

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

2. Inventarizatsiya natijasidan kelib chiqib hududlarning iqlim va tuproq sharoitini inobatga olib, uzumning texnik navlarini joylashtirish rejasini ishlab chiqish.

har yili fevral oyida

3. Ochiq elektron auksionda yangi uzum plantatsiyalarini yaratish uchun yerlarni joylashtirish.

2023 — 2025 yy.

4. Qayta ishlash korxonalari uchun zarur boʻlgan navlar asosida uzumzorning texnik navlarini yetkazishni tashkil etish.

2023 — 2025 yy.

5. Texnik resurslar va koʻchatlarni yetkazib berishda tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam berish.

2023 — 2025 yy.

6. Uzumzorni barpo etish boʻyicha monitoringni tashkil etish.

bahor va kuz oylarida

2.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tizimida isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish hamda uzumzorlarning yagona reyestri axborot tizimini joriy etish.

1. Axborot tizimini ishlab chiqish boʻyicha tegishli hujjatlarni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga oʻtkazish.

bir oy muddatda

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligini tugatish komissiyasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

2. Axborot tizimini joriy etish choralarini koʻrish.

2023-yil dekabr

3. Axborot tizimini soliq organlariga va Qishloq xoʻjaligi vazirligi axborot tizimiga integratsiya qilish.

2024-yil yanvar

3.

Isteʼmol va texnik etil spirti tashuvchi avtotransport vositalari harakatini markazlashtirilgan tarzda monitoring va nazorat qilish imkoniyatiga ega geoaxborot tizimini joriy etish.

1. Axborot tizimini ishlab chiqish boʻyicha tegishli hujjatlarni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga oʻtkazish.

bir oy muddatda

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligini tugatish komissiyasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Axborot tizimini joriy etish choralarini koʻrish.

2023-yil dekabr

4.

Uzum mahsulotlari yetishtirishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish.

1. Tadbirkorlik subyektlariga uzum plantatsiyalarida agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish, yangi tokzorlarni barpo etish va boshqa xizmatlarni koʻrsatish.

Doimiy

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Respublikada parvarishlanayotgan uzumning yangi sanoatbop navlarini ekishni Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tavsiyasi asosida amalga oshirish.

Doimiy

3. Mahalliy sharoitda “in-vitro” laboratoriyasida koʻchatlarini yetishtirish uchun aylanma mablagʻlar boʻyicha buyurtmalarni qabul qilish.

Tadbirkorlar soʻroviga koʻra

4. “Tayyor holda topshirish” mexanizmi asosida loyihalarni amalga oshirish.

2023 — 2025 yy.

5. Buyurtma asosida xarajatlarni Jamgʻarma hisobidan moliyalashtirish.

Buyurtma kelib tushgan kundan bir oy muddatda

6. Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasining barcha huquq va majburiyatlari, gʻaznachilik hisobvaraqlaridagi barcha qoldiq mablagʻlarni 2023-yil 1-yanvargacha tadbirkorlik subyektlari va tijorat banklariga berilgan qarz (kredit) hisobidan qaytadigan mablagʻlar (resurslar) bilan birgalikda Agentlikka oʻtkazish.

Bir hafta muddatda

5.

Mahalliy sharoitda “in-vitro” laboratoriyasida koʻchatlarini yetishtirishni moliyaviy-qoʻllab quvvatlash.

1. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan loyiha paketini shakllantirish.

Talab va hisob-kitoblarga asosan

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

tijorat banklari,

tadbirkorlik subyektlari

2. Loyiha hujjatini moliyalashtirish uchun tijorat bankiga taqdim etish.

3. Loyihani moliyalashtirish (aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun 3 yil muddatga 5 milliard soʻmgacha).

4. Import qilinadigan dunyoga taniqli vinobop uzum navlarini “in-vitro” usulida yetishtirish va koʻchatchilik xoʻjaliklarida koʻpaytirish.

5. Import qilingan virusdan xoli boʻlgan sogʻlom uzum materiallarini himoyalangan joylarda ekish va parvarishlash boʻyicha doimiy monitoring yuritish;

6. Chet eldan “in-vitro” laboratoriyasida tayyorlangan materiallarni himoyalangan holda (probirkada) olib kelish yuzasidan rasmiylashtiriladigan hujjatlarni soddalashtirish va rasmiylashtirish muddatlarini qisqartirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

7.

Uzumning yangi navlarini sinovdan oʻtkazish, shuningdek, sovuqqa, kasalliklarga va virusga chidamli xorijiy va mahalliy koʻchatlar ishlab chiqarish uchun pitomniklar tashkil etishga 3 mln AQSH dollari ajratish.

1. Uzumning yuqori hosilli, sovuqqa, qurgʻoqchilikka, kasallik va zararkunandalarga, shoʻrga chidamli navlarini tanlash va yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish boʻyicha dasturni tasdiqlash.

2023-yil oktabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

2. Ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan loyihalarni shakllantirish.

har yili fevralgacha

3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan loyihalar boʻyicha xulosa berish.

har yili martgacha

4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan loyihalarni moliyalashtirish uchun taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ariza berish.

har yili aprelgacha

5. Loyihalarni bosqichma-bosqich moliyalashtirish.

6. “In-vitro” laboratoriyasi sharoitida yaratilgan koʻchatlar-ildizpoyalarni mahalliy sharoitga moslashtirish uchun zamonaviy issiqxonalarni yaratish.

Ariza berilgan kundan bir oy davomida moliyalashtirish bilan

7. Texnik uzum koʻchatlarini sertifikatlash.

2023-2024 yy.

8. Eksportbop uzum navlari sinovlarini oʻtkazish, istiqbolli navlarni saralash va amaliyotga tatbiq qilish maqsadida ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq oʻtkaziladigan tanlovlar natijalariga koʻra Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan jalb etilgan grant mablagʻlari hisobidan uch yilga teng taqsimot qilgan holda grant mablagʻlari ajratilishini taʼminlash.

2023 — 2026 yy.

8.

Bogʻdorchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining uzum koʻchatchiligi tajriba xoʻjaligini tashkil etish.

1. Navoiy viloyati hokimligi tomonidan Qiziltepa tumanidan tajriba xoʻjaligi uchun 200 ga yer maydonini tanlash va ajratish.

2023-yil sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Navoiy viloyati hokimligi,

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

2. Tajriba uchastkasini tashkil etish xarajatlarini hisob-kitob qilish.

2023-yil oktabr

3. Loyihani moliyalashtirish.

2023-yil davomida

4. Tajriba xoʻjaligini tashkil etib, Fransiya va boshqa davlatlarning texnik uzum navlari koʻchatlarini olib kelish va tajribalarni oʻtkazish choralarini koʻrish.

2024 — 2026-yillar

10.

Mahalliy vino xom ashyosini sifatli saqlash va qayta ishlashni xalqaro standart talablariga moslashtirish maqsadida vino mahsulotlari uchun eman bochkalari va poʻlat sisternalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish.

1. Investitsiya loyihalarining manzillar roʻyxatini shakllantirish.

2023-yil sentabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

2. Xom ashyo (eman daraxti va poʻlat materiallari) bilan taʼminlashda vino mahsulotlari ishlab chiqaruvqi korxonalarga yordam berish.

2023-2024 yy.

3. Loyihalarni amalga oshirishni boshlash va ishga tushirish.

Tarmoq jadvaliga asosan

11.

Malakali vinochilik mutaxassislarini tayyorlash tizimini yaratish.

1. Jomboy tumani agrotexnologiya kolleji negizida xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda qisqa muddatli oʻquv dasturlarini yaratish.

2023-yil sentabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

2. Ikki tomonlama taʼlim tizimini joriy etish. Bunda, Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya institutida uzumchilik va vinochilik yoʻnalishi boʻyicha “dual taʼlim” tizimini joriy etish.

2023-2024 oʻquv yillarida

3. Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya institutida uzumchilik va vinochilik yoʻnalishi boʻyicha 3 va 4-bosqich talabalari hamda anʼanaviy ravishda uzumchilik va vinochilik bilan shugʻullanadigan ishlab chiqaruvchi korxona mutaxassislarini xorijiy mamlakatlarga oliy taʼlim muassasalari budjetdan tashqari hamda uzumchilik va vinochilik bilan shugʻullanadigan korxonalar mablagʻlari hisobidan amaliyot oʻtashga yuborish.

2023 — 2025 oʻquv yillarida

4. Mazkur taʼlim muassasalarida 2023 — 2024 oʻquv yilidan boshlab mutaxassis va talabalarni kamida bitta xorijiy tilga (fransuz, italyan) tayyorlash va malakasini oshirish dasturini qabul qilish.

2023-yil avgust — sentabr

5. Fransiya, Gruziya va boshqa mamlakatlar oʻqituvchilari va mutaxassislarini jalb qilgan holda universitetlarda uzumchilik va vinochilik boʻyicha magistratura mutaxassisligini ochish.

2023 — 2026 oʻquv yillarida

6. Oliy taʼlim muassasalari va texnikumlarda uzumchilik va vinochilik yoʻnalishidagi mutaxassislarni tayyorlash uchun Fransiya, Gruziya va boshqa mamlakatlardan xorijiy oʻqituvchilar va mutaxassislarni budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga jalb qilish choralarini koʻrish.

2023 — 2026 oʻquv yillarida

7. Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantirishda Toshkent davlat agrar universitetida “Uzumchilik va vinochilik” magistratura mutaxassisligi boʻyicha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlarini belgilash.

2023 — 2026 oʻquv yillarida

12.

Buxoro, Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida, shuningdek, ixtisoslashgan hududlarda gastroenoturizmni rivojlantirish.

1. Yuqori sifatli oʻzbek milliy vino brendlarini turoperatorlar orasida keng targʻib qilish va yangi turizm yoʻnalishlariga kiritish choralarini koʻrish.

2023-yil davomida

Buxoro, Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Turizm qoʻmitasi

2. Tegishli infratuzilmaga ega hududlarda enoturizm yoʻnalishi boʻyicha faoliyat olib boradigan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash.

2023-yil sentabr

3. Hududlarda enoturizm yoʻnalishi boʻyicha xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda umumiy ovqatlanish shoxobchalarini (vino tatib koʻrish bilan) tashkil etish boʻyicha faoliyatni yoʻlga qoʻyish.

2023-2024-yillar

4. Uzumchilik va vinochilik muzeylarini yertoʻlalarda tashkil qilish va ularni soha korxonalaridagi mavjud uzumchilik va vinochilikka tegishli qadimiy asbob-anjomlar, uskunalar bilan toʻldirish.

2023-yil dekabr

5. Ommaviy axborot vositalarida targʻibot ishlarini olib borish.

Doimiy

13.

Samarqand va Parkent tumanlarida kichik sanoatbop uzum plantatsiyasiga ega tadbirkorlik subyektlarida kamida 2 ta “HoReCa” (mehmonxona-restoran-kafe) tizimini joriy etish.

1. Kichik sanoatbop uzum plantatsiyasiga ega tadbirkorlik subyektlarini aniqlash.

2023-yil avgust

Samarqand viloyati hokimligi,

Toshkent viloyat hokimligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

tashabbuskorlar

2. Tadbirkorlik subyektlari bilan birga loyiha hujjatini ishlab chiqish.

2023-yil sentabr

3. “HoReCa” tizimini joriy qilishga xorijiy mutaxassislarni jalb etish.

2023-yil oktabr

4. “HoReCa” tizimini tashkil etish boʻyicha loyiha hujjatini Agentlikka taqdim etish.

2023-yil noyabr

5. Jamgʻarma hisobidan loyihani moliyalashtirish chorasini koʻrish.

2023-yil dekabr

6. Loyihani ishga tushirish.

2024-yil dekabr

14.

“VINE Uzbekistan” brendi ostida Rossiya, Xitoy va Qozogʻistonda vino mahsulotlari eksportini rivojlantirish.

1. Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish uchun potensial tashqi bozorlarda chuqur marketing tadqiqotlarini oʻtkazish.

2023-yil dekabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

2. Qozogʻiston, Xitoy va boshqa mamlakatlarda milliy vino savdo uylarini ochish.

2023-2024 yy.

3. Xalqaro koʻrgazma va yarmarkalarda soha korxonalari ishtirokini taʼminlash.

har yili

4. Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston, Janubiy Koreya Respublikasi va boshqa importyor davlatlar bilan muzokaralarni olib borish.

2023-2024 yy.

5. Eksport qilinadigan uzum va vinochilik mahsulotlarining bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarining qulay va tezlashtirilgan tartibini joriy etish.

2023-yil dekabr

15.

2023-2024-yillarda vinochilik mahsulotlari eksportida foydalaniladigan 20 ta yangi zamonaviy vagon-sisternalarni sotib olish va mavjudlarini modernizatsiya qilish choralarini koʻrish.

1. 20 ta yangi zamonaviy vagon-sisternalarni sotib olish boʻyicha loyiha hujjatini tayyorlash.

2023-yil sentabr

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

2. Vagon-sisternalarni sotib olishga tender savdolarini oʻtkazish.

2023-2024-yil avgust — oktabr

3. Mavjud vagon-sisternalarni taʼmirlashning loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash.

2023-2024-yil avgust oylari

4. Loyihani moliyalashtirish.

Belgilangan muddatda

5. Eksportni qoʻllab-quvvatlash maqsadida vinochilik mahsulotlari eksportini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari bilan maxsus sisterna-vagonlarni talabga koʻra ijaraga berishda, istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn shartnoma tuzish choralarini tashkil etish.

Belgilangan muddatda

16.

Uzumchilik sohasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

1. Ilgʻor xorijiy mamlakatlar, jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Chili, Turkiya, Italiya va boshqa mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Doimiy

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Turizm qoʻmitasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

2. Xalqaro vino festivalini oʻtkazish, jumladan 2023-yil sentabr oyida Toshkent viloyati Parkent tumanida ilk festivalni oʻtkazish.

har yili oktabrga qadar

3. “Ipak yoʻlida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida respublikada ishlab chiqarilgan vinochilik mahsulotlari stendini tashkil qilish.

belgilangan muddatda

4. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari koʻmagida xalqaro turizm yarmarkalari va koʻrgazmalarida respublikada ishlab chiqarilgan vinochilik mahsulotlari namoyishini tashkil qilish.

belgilangan muddatda

17.

Kam quvvatli va tabiiy vino ichimliklariga jamoatchilikning qiziqishini oshirish.

1. Ichimliklarni targʻib qilish dasturini ishlab chiqish.

2023-yil sentabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

2. Dasturni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil oktabr

18.

“Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish loyihasi” doirasidagi jami 8 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlarini Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirsin.

1. Texnik iqtisodiy asosga oʻzgartirish kiritish.

Bunda, mablagʻlar sanoatbop, xoʻraki, kishmishbop uzum navlarining ilmiy asosda onalik bogʻlari va plantatsiyalarini yaratishga, oʻsimliklar skriningini amalga oshirishga, laboratoriyalarni tashkil etish, qurish va jihozlashga hamda sertifikatsiyalash tizimini joriy etishga, hududlarda mobil laboratoriyalarni joriy etishga, avtoxton va introduksiyalangan uzum navlarini kolleksiyalashga, xorijiy va mahalliy yarmarka, festivallarni oʻtkazish va qatnashishga, sohaga xalqaro standart talablarini joriy etishga, mutaxassis xodimlarni xorijda malakasini oshirish hamda xalqaro va mahalliy ekspert, konsultant va kompaniyalarni jalb etishga, “in-vitro” laboratoriyalarini tashkil etishga va boshqa tadbirlarni oʻtkazishga yoʻnaltirish.

2023-yil sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

2. Loyiha TIA sini Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markaziga taqdim etish.

2023-yil sentabr

3. Loyihalarni ishlab chiqish.

2023-yil oktabr — noyabr

4. Loyiha boʻyicha tender savdolarini oʻtkazish va moliyalashtirishni boshlash.

2023 — 2026-yil davomida

19.

Tok plantatsiyalarining reyestri va tashabbuskorlarga uzum yetishtirish uchun qulay boʻlgan yerlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ochiq elektron bazasini yaratish.

1. Tok plantatsiyalarini inventarizatsiya qilish va reyestrni shakllantirish.

2023-yil sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

2. Uzum yetishtirish uchun qulay boʻlgan yerlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ochiq bazasini shakllantirish.

2023-yil noyabr

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi PF-54-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada uzumchilikni rivojlantirish Kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Sh.M. Gʻaniyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Kengash raisi

2.

J.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Kengash raisining oʻrinbosari

3.

A.B. Voitov

qishloq xoʻjaligi vaziri

4.

Sh.R. Xamrayev

suv xoʻjaligi vaziri

5.

A.R. Karimov

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

6.

N.N. Saydullayev

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

7.

Lavozimi boʻyicha

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori

8.

A.A. Muratov

“Qishloqqurilishbank” ATB boshqaruv raisi

9.

K.T. Abdulloyev

“SAG AGRO” MCHJ in-vitro laboratoriyasi taʼsischisi

10.

I.H. Boymatov

Fargʻona viloyati Oltiariq tumani “Xayrullo Boymatov” uzumchilik fermer xoʻjaligi rahbari

11.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

12.

Lavozimi boʻyicha

Qishloq xoʻjaligi vazirligining masʼul boshqarmasi boshligʻi, Kengash ishchi organi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash ishchi organi ovoz berish huquqiga ega boʻlmaydi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining vazifa va funksiyalari oʻtkazilayotgan vazirlik va idoralar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzumchilik va vinochilik sohasida davlat siyosatini yuritish hamda sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“uchlik tizim”, yaʼni sanoatbop yangi uzum navlari, plantatsiyalarni kengaytirish hamda vinochilikni rivojlantirishga, shuningdek, zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish va kompleks modernizatsiyalashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy va mahalliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va tarmoq yetakchi ishlab chiqaruvchilari vakillari bilan hamkorlik qilish orqali vinochilik sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzbek vinolarining milliy brendini yaratish va uni jahon bozorlarida keng targʻib qilish tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzum, meva va rezavorlardan tayyorlangan mahsulotlar sifatini aniqlash yuzasidan tegishli vakolatli organlar bilan hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy vino tayyorlovchilarning xalqaro miqyosda raqobatbardoshligi va eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, sohaga investitsiyalarni jalb etishda uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativlar va texnologik normalarni joriy etishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda mahsulotlar sifatini tahlil qilish maqsadida vinochilik mahsulotlari degustatsiyasini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vinochilik sohasida innovatsion loyihalarni joriy etishda koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda davlat siyosatini yuritish, shuningdek, sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosiga doir faoliyatni litsenziyalash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik va texnologik normalarga rioya etilishi hamda saqlanish sifatini, shu jumladan, ularni ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan xom ashyo va yordamchi materiallar sifatini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanadigan korxonalar tomonidan litsenziya talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularning aylanmasi hajmlarining monitoringini zamonaviy axborot tizimlarini faol joriy etish va rivojlantirish orqali olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnik va texnologik normalarni joriy etish va ularga rioya etilishiga koʻmaklashish.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-son qaroriga
7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5200-son qarorining 2 va 14-bandlari hamda 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-noyabrdagi “Gʻalla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni taʼminlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish toʻgʻrisida”gi PQ-10-son qarori 7-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarga tegishli 20 ta urugʻlik don tayyorlash sexlarini ushbu korxonalarning Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi oldidagi qarzdorligini (ular boʻyicha hisoblangan penyalar, shuningdek, obyektni oʻtkazish natijasida yuzaga keladigan soliqlarni ham inobatga olgan holda) obyektning baholangan qiymati miqdoriga kamaytirish hisobiga Urugʻchilikni rivojlantirish markaziga tekinga berish va toʻliq modernizatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4803-son qaroriga 1, 2 va 2a-ilovalarning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy koʻrsatkichlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

Jami*

Shu jumladan:

XTU** imtiyozli krediti

XTU krediti

XTTB*** qarzi

Oʻzbekiston Respublikasi ulushi

Tashabbuskorlar

1.

Loyihaning umumiy qiymati

ming AQSH doll. ekv.

659 334

219 000

100 000

181 000

124 334

35 000

2.

Jami kapital qoʻyilmalar summasi

ming AQSH doll. ekv.

584 439

219 000

100 000

181 000

49 439

35 000

shu jumladan:

2.1.

Mahsulot va xizmatlar

ming AQSH doll. ekv.

299 298

219 000

80 298

2.2.

Ishtirok etuvchi moliya tashkilotlari kredit liniyalari

ming AQSH doll. ekv.

235 000

19 453

180 547

35 000

2.3.

Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar

ming AQSH doll. ekv.

50 141

250

452

49 439

3.

Soliq va bojxona imtiyozlari

ming AQSH doll. ekv.

74 895

74 895

4.

Yangi qishloq xoʻjalik texnologiyalarni joriy etiladigan yer maydoni

12 ming ta fermer xoʻjaliklari jami 35 ming gektar maydonda, shu jumladan: intensiv bogʻlar — 5 ming gektar, issiqxonalar — 100 gektar

5.

Qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini takomillashtirish

40 ming tonna quvvatga ega muzlatkichli omborxonalar, 60 ming tonna meva-sabzavotlarni qayta ishlash, hududlarda agrologistik komplekslarni barpo etish

6.

Iqtisodiy ichki foyda meʼyori

26,3%

7.

Yangi ish oʻrinlari

16 ming ta

8.

Qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirish

Yangi tadqiqot va ishlanmalar 50 foizga ortadi, 10 ming gektarda agrotexnologik xaritalari yangilanadi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Yakuniy narx koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ish va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalari asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** XTU — Xalqaro taraqqiyot uyushmasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** XTTB — Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi boʻyicha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi mablagʻlaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

ming AQSH dollar

Komponentlar nomi

Jami

XTTB qarzi summasi

XTU krediti summasi

XTU imtiyozli krediti summasi

Qarzning qaytarilishi:

Davlat budjetidan

Loyiha ishtirokchilari tomonidan

1 — komponent:

“Qishloq xoʻjaligida hosildorlikni oshirish dasturlarini qoʻllab quvvatlash”

164 298

0

15 298

149 000

84 000

51 %

80 298

49 %

shu jumladan:

1.1. Amaliy tadqiqotlar va ishlanmalar

68 248

0

0

68 248

54 250

79 %

13 998

21 %

1.2. Urugʻ va koʻchat yetishtirish

37 000

0

15 298

21 702

7 700

21 %

29 300

79 %

1.3. Tabiiy resurslarni boshqarishni yaxshilash

14 050

0

0

14 050

12 050

86 %

2 000

14 %

1.4. Texnologiyalarni joriy etishda fermerlarni qoʻllab-quvvatlash

45 000

0

0

45 000

10 000

22 %

35 000

78 %

2 — komponent:

“Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qiymat zanjiriga investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash”

200 000

180 548

19 452

0

0

0 %

200 000

100 %

shu jumladan:

2.1. Meva-sabzavotchilik tarmogʻida fermerlar kooperativlari va kooperatsiyalari uchun kredit

50 000

30 548

19 452

0

0

0 %

50 000

100 %

2.2. Samarali hamkorlik uchun kredit

150 000

150 000

0

0

0

0 %

150 000

100 %

3 — komponent:

“Savdo va marketingga koʻmaklashish”

126 000

0

65 000

61 000

31 000

25 %

95 000

75 %

shu jumladan:

3.1. Agrologistika markazlarini qurish

95 000

0

65 000

30 000

0

0 %

95 000

100 %

3.2. Oʻsimliklar himoyasini va karantinini kuchaytirish

5 000

0

0

5 000

5 000

100 %

0

0 %

3.3. Bozor axborot tizimini takomillashtirish.

26 000

0

0

26 000

26 000

100 %

0

0 %

4 — komponent:

“Loyihani boshqarish”

9 000

0

0

9 000

9 000

100 %

0

0

Qarz boʻyicha bir martalik toʻlov komissiyasi

702

452

250

0

0

0 %

528

75 %

174

25 %

0

0 %

JAMI

500 000

181 000

100 000

219 000

124 174

25 %

375 826

75 %

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qaroriga
2a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbir nomi

Kredit summasi

(ming doll.)

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Qishloq xoʻjaligida davlat boshqaruvi va ilmiy tadqiqot institutlarini transformatsiyasi

(Masʼullar: qishloq xoʻjaligi vaziri — A. Voitov, nvestitsiyalar, sanoat va savdo vaziri — L. Qudratov)

1.1. Qishloq xoʻjaligi sohasidagi ilmiy tadqiqot institutlari faoliyatini tubdan isloh etish

1.

Jahon standartlariga koʻra yetakchi davlatlarning ilmiy markazlari va institutlari andozasida milliy qishloq xoʻjaligi manfaatlariga asoslangan Qishloq xoʻjaligi ITIlarini muvofiqlashtirish markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish.

Bunda, qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi quyidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarini Markazga joylashtirish:

1. Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti;

2. Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti;

3. Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti;

4. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti;

5. Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti;

6. Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti;

7. Qishloq xoʻjaligi mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti;

8. Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti oziq-ovqat taʼminoti sohasi ilmiy-tadqiqot instituti;

9. Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti;

10. Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti;

11. Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti;

12. Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi.

Yuqoridagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining bino va yer maydonlari tegishliligi boʻyicha mazkur ilmiy-tadqiqot institutlarining tajriba va ishlab chiqarish bazasiga aylantiriladi.

Biotexnologiya, intensiv meva-sabzavotchilik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash, suv tejovchi texnologiyalar, agromarketing boʻyicha Markazning boʻlimlarini tashkil etish.

Shuningdek, Markazda quyidagilar tashkil etilishi boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish:

1. Qishloq xoʻjaligining barcha sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlgan zamonaviy yuqori texnologiyali laboratoriya;

2. Yoʻnalishlar boʻyicha demonstratsiya maydonchalari (yopiq va ochiq usulda);

3. Xorijiy va mahalliy oʻsimliklar florasi milliy genbanki;

4. Norticulture markazi;

5. Strategik tahlil markazi.

50 000

1. Xorijiy konsultantlar, ekspertlar va kompaniyalarni jalb etgan holda Markazni tashkil etish choralarini koʻrish. Bunda:

Markazni tashkil etish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;

binoning maketi, dizayni va loyihalash ishlarini amalga oshirish;

zaruriy infratuzilma, xususan gaz, elektr energiyasi, suv bilan taʼminlash hamda internet uchun optik liniyali aloqa kanallariga ulanish;

qurilish ishlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchi tashkilotni tanlash va qurilish ishlarini rejalashtirish.

2023-yil fevral-mart

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Shukurov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Laboratoriya jihozlari va uskunalar uchun texnik talabnomalarni ishlab chiqish va tender tadbirlarini amalga oshirish.

3. Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari talabalarining “Qishloq xoʻjaligi bilim va innovatsiyalarni oʻz ichiga olgan agroxizmatlar milliy markazi” hamda Markazda oʻquv ishlab chiqarish amaliyotlarini oʻtishlarini tashkil etish.

2023-yil oktabrdan boshlab doimiy ravishda

4. Markazga xorijiy, jumladan Xitoy, Isroil, Turkiya, Germaniya, Gollandiya, Umon sultonligi, Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSH kabi davlatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislarini jalb etish.

5. Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi xorijiy yetakchi oliy va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda megaloyihalarni olib borishni tashkil etish.

6. Markaz hududida xorijiy davlatlarning yetakchi ilmiy va innovatsion markazlarining boʻlinmalarini tashkil etish.

2024-yil martdan boshlab doimiy ravishda

1.2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi 4 ta markaz va agrosanoat majmuiga kiruvchi tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish

2.

Respublika urugʻchilikni rivojlantirish markazi, “Qishloq xoʻjaligida standartlashtirish markazi” DUK, Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi, Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi va agrosanoat majmuiga kiruvchi boshqa ixtisoslashgan tashkilotlarning (“Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” DUK, “Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MCHJ, Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi) faoliyatini modernizatsiya qilish.

20 000

1. Har bir tizim tashkilotlari faoliyatini batafsil oʻrganib chiqib, ularni modernizatsiya qilish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish.

2. Mazkur tizim tashkilotlarining faoliyati aloqadorligiga koʻra ITIlar bilan uzviy bogʻliq holda faoliyatini qayta koʻrib chiqish.

3. Tizim tashkilotlarining faoliyatini “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalarni qamrab olgan agroxizmatlar markazi” orqali amalga oshirish choralarini koʻrish.

2023-yil mart

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Shukurov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

1.3. Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalarni oʻz ichiga olgan Respublika agroxizmatlar milliy markazi va hududiy agroxizmatlar markazini tashkil etish

3.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agroinnovatsiya” DUK hamda Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi “Gʻoʻza urugʻchiligi” markazi negizida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Qishloq xoʻjaligi bilim va innovatsiyalarni oʻz ichiga olgan agroxizmatlar koʻrsatish boʻyicha “Agroxizmatlar milliy markazi”ni tashkil etish.

Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilash:

qishloq xoʻjaligi bilim va innovatsiyalar tizimi strategiyasini amalga oshirish;

hududiy agroxizmatlar markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari oʻrtasida integratsiyani taʼminlash;

yangi ilmiy va innovatsion yutuqlarni tarqatish;

yagona milliy tarmoq va maʼlumotlar bazasini shakllantirish;

sohaga zamonaviy bilimlarga ega mutaxassislarni jalb qilish va davriy ravishda ularning malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash;

hududiy agroxizmat markazlarining oʻzaro uzviy aloqalarini rivojlantirish;

xalqaro sifat standartlarini hududiy agroxizmat markazlarida joriy qilish.

11 500

1. Xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimini qamrab olgan agroxizmatlar milliy markazi” strategiyasini ishlab chiqish.

2023-yil oktabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Shukurov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qishloq xoʻjaligi bilim va innovatsiyalarni oʻz ichiga olgan agroxizmatlar tizimi milliy resurs markazini modernizatsiya qilish.

2024-yil may

4.

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlarda agroxizmatlar markazlarini tashkil etish, xususiy biznes va ilmiy-tadqiqot muassasalarini jalb etgan holda demonstratsiya maydonlarini, zamonaviy laboratoriya, IT texnologiya, zaruriy inshoot va infratuzilmalarni yaratish hamda “ekstenshn” faoliyatni yoʻlga qoʻyish.

Agroxizmatlar markazlarida seleksiya, urugʻchilik, fitosanitariya, tuproq, suv tahlili va oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilish, in-vitro, IT boʻyicha statsionar va koʻchma laboratoriyalarni qamrab olgan idoralararo hududiy yuqori texnologiyali laboratoriyani tashkil etish.

Ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda agrosanoat majmuiga kiruvchi tashkilotlarning faoliyatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, hamda viloyatlardagi agroxizmatlar markazlari orqali samarali tashkil etish, zarur infratuzilma va texnologiyalar bilan taʼminlash, xususan ilmiy tadqiqot institutlari stansiyalari faoliyatini takomillashtirish.

Shuningdek, 6 ta ixtisoslashgan tashkilotlar:

1. Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi;

2. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi;

3. “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat korxonasi;

4. Viloyat agrokimyoviy tahlil markazlari;

5. “Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” DUK;

6. Oʻsimliklar karantini va himoyasi hududiy boshqarmalarining sifatli agroxizmatlarni koʻrsatish ishlarini takomillashtirish va yangi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlardagi agroxizmatlar markazlari imkoniyatlaridan foydalangan holda faoliyatini yoʻlga qoʻyish, zaruriy texnika va texnologiyalar bilan taʼminlash.

Agroxizmatlar markazlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmat turlarini kengaytirish. Bunda Agrosanoat majmuidagi vazirlik va idoralarning hududiy boʻlimlari mutaxassislari hamda tijorat banklarini markazga joylashtirish.

39 000

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari takliflari asosida hududiy agroxizmatlar markazlarini joylashtirish uchun mavjud kollej (texnikum) binolarini aniqlash va ajratish choralarini koʻrish. Bunda:

Binoning maketi, dizayni va loyihalash ishlarini amalga oshirish;

optik liniyali aloqa kanallariga ulanishni taʼminlash;

Agroxizmatlar markazlarini gaz, elektr energiyasi va suv bilan taʼminlash choralarini koʻrish;

2023-yil iyun

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Shukurov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari

taʼmirlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha pudratchi tashkilotni tanlash va taʼmirlash ishlarini boshlash.

2024-yil mart

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari tomonidan agroxizmat markazlarida xizmat turlarini kengaytirish maqsadida xususiy biznes vakillarini jalb etish.

2024-yil iyun

3. Laboratoriya jihozlari va uskunalar uchun texnik talabnomalarni ishlab chiqish va tender tadbirlarini amalga oshirish.

2024-yil iyul

4. Zaruriy jihozlarni (avtomashina, kompyuter, ofis jihozlari va boshqalar) sotib olish va oʻrnatish ishlarini amalga oshirish.

5. Agroxizmatlar markazlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmat turlari reyestri va preyskurantlarni shakllantirish.

6. Qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya xizmatlarini tashkil etish maqsadida markazning texnika parkini tashkil etish.

2024-yil avgust

7. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini yanada rivojlantirish maqsadida “daladan isteʼmolgacha” tamoyili asosida xalqaro standartlarni keng joriy etilishida koʻmaklashish.

2024-yil sentabr

8. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarga on-layn va call centre orqali agroxizmat koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish tavsiyalarini oʻzida qamrab olgan mobil platformalarni yaratish.

9. Yetakchi xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda qishloq xoʻjaligi ekinlarining oʻsish va rivojlanish holatlari, zararkunanda va kasalliklar bilan zararlanishi, ozuqa elementlariga talabini sunʼiy yoʻldoshlarning (Sentinel, Aist va bosh.) spektr tahlillari xizmatlarini yoʻlga qoʻyish.

10. Qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish va yangi yer maydonlarini oʻzlashtirishni tahlil qilish boʻyicha yagona platformasini shakllantirish hamda sunʼiy intellekt (Artificial Intelligence) tizimini joriy etish.

11. Qishloq xoʻjaligi sohasida uchuvchisiz uchish vositalari yordamida xizmat koʻrsatish tizimini agroxizmat markazlari orqali yoʻlga qoʻyish.

2024-yil oktabr

5.

Agroxizmatlar markazlari uchun yetuk kadrlarni tayyorlash, ularni doimiy malakasini oshirish orqali kadrlar salohiyatini mustahkamlash.

6 500

1. Sohadagi oliy taʼlim muassasalari talabalarining Agroxizmat markazlarida amaliyot oʻtashlarini tashkil etish.

2024-yil yanvardan boshlab

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Shukurov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari

2. Agroxizmat markazlariga yangi xizmat turlarini keng joriy etish maqsadida xorijiy mutaxassislarni jalb etish.

Doimiy

3. Agroxizmatlar markazlarida faoliyat olib borayotgan xodimlarning xorijiy mamlakatlarda malakasini muntazam ravishda oshirishini taʼminlash.

4. Agroxizmatlar markazlarida faoliyat olib borayotgan va jalb etilgan xodimlarni baholash mexanizmini ishlab chiqish va KPI tizimini keng joriy etish.

5. Agroxizmatlar koʻrsatish sifatini oshirish boʻyicha xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda oʻquv va amaliy seminar hamda treninglarni tashkil etish hamda Training of Trainers (TOT) dasturlarini yoʻlga qoʻyish.

6. Xususiy biznes vakillarini keng jalb etgan holda qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy va ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlarining ilmiy va innovatsion ishlanmalarini joriy etish hamda tijoratlashtirishni agroxizmat markazlari orqali amalga oshirish.

6.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlarda qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini rivojlantirish, Elita urugʻchilik xoʻjaliklarini tubdan isloh qilish.

13 000

1. “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi”ning viloyat tuzilmalarini shakllantirish va modernizatsiyalash hamda yangi tuzilmalar tasarrufida hududlarga zarur boʻlgan urugʻlik materiallarini saqlash boʻyicha zamonaviy omborxona tashkil etish.

2023-yil yanvar — dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Shukurov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari

2. “Elita urugʻchilik xoʻjaligi” MCHJlarni urugʻlarni saralash, kalibrovka qilish, dorilash, qadoqlash, saqlash boʻyicha infratuzilmalarini rivojlantirish hamda moddiy-texnika salohiyatini kuchaytirish.

II. Kredit liniya

(Masʼullar: Markaziy bank raisi oʻrinbosari — A. Kamalov, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari — N. Xolmurodov)

7.

2.1. Subkomponent.

Meva-sabzavotchilik tarmogʻida fermerlar kooperatsiyalari uchun kredit.

2.2. Subkomponent.

Samarali hamkorlik va klasterlar uchun kredit.

Kredit liniyasi faqat meva-sabzavotchilik tarmogʻidagi kooperatsiyalar va samarali hamkorlik, shuningdek, klasterlarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan boʻlib, mablagʻlar toʻliq (100 foiz) quyidagi yoʻnalishlar uchun ajratiladi:

1. Intensiv bogʻ va tokzorlar yaratish;

2. Mahsulotni qayta ishlash, qadoqlash, saqlash, tashish;

3. Energiya tejaydigan sugʻorish tizimlarini, zamonaviy issiqxonalardan tashqari ochiq maydonlarda suv tejovchi, tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish.

200 000

1. Meva-sabzavotchilik tarmogʻidagi kooperatsiyalar va klasterlar orasidan tashabbuskorlarni aniqlash.

2. Jahon banki talablariga javob beradigan hamda iqtisodiy samaradorligi asoslangan eng maqbul loyihalarni tanlab olish.

3. Loyihalarni amalga oshirish uchun zarur yer maydonlarini belgilab, ajratish.

4. Jahon banki talablariga asosan tashabbuskorlarning sub-loyiha hujjatlarini ishlab chiqish;

5. Tijorat banklari tomonidan maʼqullangan sub-loyihalar hujjatlarini Agrosanoat agentligiga taqdim etish.

6. Jahon banki talablariga asosan sub-loyiha hujjatlarini koʻrib chiqish va moliyalashtirish.

7. Loyihalarni amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatish.

2023-yil fevraldan boshlab

doimiy

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Xaydarov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari,

Loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari,

Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi

(Shukurov)

III. Yangi intensiv bogʻ va tokzorlarni barpo etish

(Masʼullar: Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A. Xaitov, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari — N. Xolmurodov)

8.

Yangi mexanizm asosida intensiv bogʻ va tokzorlarni qurish hamda aholi uchun qoʻshimcha iqtisodiy imkoniyatlarni yaratish (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida).

15 000

1. Yer maydonlarni aniqlash va ajratish.

2023-yil mart-aprel

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Mamadaminov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari,

Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi

(Shukurov),

Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi

(Karimov),

“Agroservis operator” DUK

(Shukurov)

2. Tumanlarda tashabbuskor fermer xoʻjaliklari va tadbirkorlarning dastlabki roʻyxatini shakllantirish.

3. Xalqaro konsultantlarni jalb etgan holda ekin maydoni va turini tanlash hamda loyihalarni ishlab chiqish.

2023-yil may-iyun

4. Ishlab chiqilgan loyihalar asosida pudratchi tashkilotlarni jalb qilish uchun tender eʼlon qilish.

2023-yil iyul

5. Intensiv bogʻ va tokzor barpo etish uchun pudratchi tashkilotlar bilan shartnoma imzolash.

2023-yil sentabr

6. Loyiha tashabbuskorlarini aniqlash va investitsiyaviy shartnoma imzolash.

2023-yil oktabr

7. Intensiv bogʻlarni barpo etishni boshlash.

2023-yil oktabr-noyabr

IV. Agrologistika komplekslarini tashkil etish

(Masʼullar: iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari — I. Norqulov, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari — N. Xolmurodov)

9.

Hududlarda kichik agrologistika markazlarini tashkil etish (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida).

115 000

1. Yer maydonlarini aniqlash va ajratish.

2023-yil fevral

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Mamadaminov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi

(Shukurov),

Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi

(Karimov),

“Agroservis operator” DUK

(Shukurov)

2. Barpo etiladigan agrologistika komplekslari hujjatlarini ishlab chiqish uchun xalqaro konsultantlarni jalb etish.

2023-yil mart-aprel

3. Agrologistika komplekslarini qurish va zamonaviy texnika-texnologiyalar bilan taʼminlash boʻyicha texnik iqtisodiy asos (TIA) va tender hujjatlarini ishlab chiqish.

2023-yil may

4. Qurilish montaj ishlarini amalga oshirish hamda ixtisoslashtirilgan asbob-uskunalarni oʻrnatish boʻyicha pudratchini aniqlash va shartnoma imzolash, moliyalashtirishni ochish.

2023-yil Iyun — avgust

5. Agrologistika komplekslari qurilish ishlarini amalga oshirish.

2023-yil Sentabr — dekabr

V. Bozor axborot tizimini takomillashtirish

(Masʼullar: Raqamli texnologiyalar vazirligi — J. Maxsudov, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari — N. Xolmurodov)

10.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi bozor axborot tizimini takomillashtirish, shu jumladan, lekin cheklanmagan xolda:

yer resurslarini boshqarishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish uchun agro-integratsiyalashgan tizimlarni yaratish;

suv resurslarini boshqarishning axborot tizimini yaratish;

yer resurslarini monitoring qilish maqsadida zamonaviy uchuvchisiz uchish qurilmalari (dron), ofis jihozlari (kompyuter, avtomashina, maxsus kiyim va boshqalar) va uskunalarni yetkazib berish.

20 000

1. Yer va suv resurslarini boshqarishning integratsiyalashgan va axborot tizimlarini rivojlantirishga maqsadida xorijiy va mahalliy ekspertlar va IT konsalting kompaniyalarini jalb qilish;

2023-yil fevral-mart

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Yuldashev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari,

Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi

(Shukurov),

“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DUK

(Alimov)

2. “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DUK bazasini modernizatsiya qilish;

2023-yil aprel-may

3. Uskunalar va uchuvchisiz uchish qurilmalari yetkazib berish boʻyicha yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish.

2023-yil sentabr-oktabr

11.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda tarkibiga kiruvchi tashkilotlar, funksional tizimlar va boʻlimlarning ish faoliyatini takomillashtirish, bunda:

vazirlikni transformatsiya va modernizatsiya qilish;

vazirlik va tizim tashkilotlari mutaxassislarini xorijiy va mahalliy konsultantlarni jalb qilgan holda malaka va koʻnikmalarini oshirish;

vazirlikning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;

vazirlik faoliyatini raqamlashtirish va IT tizimlarini tatbiq etish.

6 000

1. Qishloq xoʻjaligi vazirligining tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini transformatsiya va modernizatsiya qilish va takomillashtirish, shuningdek, turli sohalarga ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish maqsadida mahalliy va xorijiy maslahatchilar, konsalting kompaniyalarini jalb qilish.

2022-yil yanvar oyidan boshlab doimiy

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Voitov),

Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi

(Shukurov),

2. Qishloq xoʻjaligi vazirligining tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining salohiyatini oshirish maqsadida turli treninglar, seminarlar, oʻquv kurslari oʻtkazish, shuningdek, xalqaro tajribani oʻrganish maqsadida rivojlangan mamlakatlarda malaka va koʻnikmalarini oshirish.

3. Loyiha doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda keng yoritib borish.

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari maʼmuriy binolaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi F-26-son farmoyishiga 1-ilovaning izoh qismidagi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“**”Oʻzdonmahsulot” AK belgilangan tartibda tugatilgunga qadar boshqa binoga koʻchiriladi. Bunda, bino-inshootlar ularning baholangan qiymatiga jamiyatning Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi oldidagi qarzdorligini kamaytirish hisobiga davlat mulki sifatida operativ boshqaruv huquqi asosida tekinga oʻtkaziladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 07/23/260/0557-son; 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son, 26.06.2024-y., 07/24/233/0450-son, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son; 11.04.2025-y., 06/25/65/0331-son; 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)