Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish hamda hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholashda mahalla raisining ishtirokini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda mahallani jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch boʻgʻiniga aylantirish, uning jamiyatdagi oʻrni va rolini kuchaytirish, mahallalardagi muammolarni oʻz vaqtida va samarali hal etishda davlat organlari va tashkilotlarining mahallalardagi vakillarining imkoniyatlarini yanada kengaytirish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, mahalladagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori faoliyatini baholashda mahalla raislarining maqomini oshirish zarurligi taqozo etilmoqda.
“Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali va rejali asosda tashkil etish hamda uning aʼzolarini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga muvofiq:
mahalla raisi tomonidan hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim hamda soliq inspektorlari “Mahalla yettiligi”ning faoliyati eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha alohida baholanishi. Bunda koʻrsatkichlar mazkur xodimlarning ish beruvchilari tomonidan Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi;
mahalla raislari hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorlari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholashda 20 foiz ball berish huquqiga ega boʻlishi;
“Mahalla yettiligi” aʼzolarining ish haqini asosiy ish joyidan berish tartibi saqlab qolingan holda eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholash natijalaridan kelib chiqib, ular moddiy ragʻbatlantirilib borilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, mahalla raisi tomonidan hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim hamda soliq inspektorlarining (keyingi oʻrinlarda — “Mahalla yettiligi” aʼzolari) faoliyati eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha ilovada keltirilgan indikatorlarga muvofiq baholanadi.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) mahalla raisining faoliyati tuman (shahar) mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashi tomonidan Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan har oylik ish rejalar asosida amalga oshiriladi;
b) “Mahalla yettiligi” aʼzolarining faoliyati tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligining boʻlinmalari hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlarining tuman (shahar) rahbarlari tomonidan tasdiqlanadigan har oylik ish rejalar asosida amalga oshiriladi;
v) har oylik ish rejalarda ustuvor ravishda quyidagi asosiy tadbir va vazifalar belgilanadi:
mahalla raisi uchun:
milliy qadriyatlar, urf-odatlar va anʼanalarni targʻib qilish;
davlat organlari vakillarini aholi muammolarini hal etishga safarbar etish;
mahalla infratuzilmasini yaxshilash;
“Obod mahalla”, “Obod koʻcha” va “Obod xonadon” mezonlarini joriy etish;
“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilishiga koʻmaklashish;
ommaviy hasharlarni tashkil qilish va ularga aholini jalb qilish;
qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini taʼminlash;
nuroniylar bilan birgalikda taʼlim muassasalarida tarbiyaviy soatlar va suhbatlar oʻtkazish;
“Mahalla yettiligi” aʼzolari faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
hokim yordamchisi uchun:
doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish hamda ularning bandligini taʼminlash;
aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan, kredit va subsidiyalar ajratilishida koʻmaklashish;
dehqon xoʻjaliklari bilan eksport qiluvchi, broker va qayta ishlovchi korxonalarning hamkorligini tashkil etish;
mahallalarda mikroloyihalar manzilli dasturini shakllantirish va ularning amalga oshirilishiga koʻmaklashish;
boʻsh turgan bino va inshootlar hamda yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarishda koʻmaklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning daromadini oshirish choralarini koʻrish;
(3-band “v” kichik bandining oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan yoki qaytib kelgan fuqarolar va ularning oila aʼzolari bilan ishlash;
tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish ishlarini tashkil etish;
yoshlar yetakchisi uchun:
uyma-uy yurish orqali “Yoshlar balansi”ni shakllantirish;
yoshlar bilan manzilli ishlash va ularning bandligini taʼminlash;
ijtimoiy faol yoshlarni qoʻllab-quvvatlash;
sogʻlom turmush tarzi va sportni ommalashtirish;
“Yoshlar daftari”dagi yoshlarning muammolarini hal etish;
xorijdagi vatandosh yoshlar bilan ishlash va ularni qoʻllab-quvvatlash;
yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish;
xotin-qizlar faoli uchun:
oilalarni mustahkamlash va ajrimlarning oldini olish;
xotin-qizlar muammolari va qiziqishlarini oʻrganib, ularga koʻmaklashish;
xotin-qizlar oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish hamda “Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat” tamoyilini targʻib qilish;
xotin-qizlar oʻrtasida tizimli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish;
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda taʼlim imkoniyatlarini kengaytirish;
tazyiq va zoʻravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratishda faol ishtirok etish;
profilaktika inspektori uchun:
mahalla hududida jamoat tartibini saqlash;
huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan manzilli ishlash;
mahalladagi kriminogen vaziyatni tahlil qilish, huquqbuzarliklarni sodir etish sabablarini aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻrish;
qarovsiz va nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini taʼminlash;
aholini terrorchilik, ekstremistik va boshqa gʻayriqonuniy buzgʻunchilik hamda axloqsizlik yoʻnalishidagi oqimlar taʼsiridan himoya qilish;
ijtimoiy xodim uchun:
parvarishga muhtoj yolgʻiz keksalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
nogironligi boʻlgan va ogʻir kasallikka chalinganlar shaxslar hamda turli nuqsonlari boʻlgan va uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarga yordam berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga yordam koʻrsatish;
(3-band “v” kichik bandining qirq beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan hamda toʻliq boʻlmagan oilalardagi bolalarga yordam koʻrsatish;
ota-onasi xorijiy davlatlarga ketgan bolalar hamda voyaga yetmagan yolgʻiz onalar va otalar bilan ishlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band “v” kichik bandining qirq sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
soliq inspektori uchun:
hududning soliq bazasini kengaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga koʻmaklashish;
mol-mulk soligʻi va yer soligʻi toʻlovchilarini hisobga olish ishlarini bajarish hamda soliqlar oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qilish;
soliqlar ixtiyoriy toʻlanishiga qaratilgan targʻibot ishlarini tashkil etish;
mablagʻlarning gʻayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, naqd pul tushumining toʻliq va oʻz vaqtida topshirilishini nazorat qilish;
soliq toʻlovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda koʻmaklashish;
g) mahalla raisi va “Mahalla yettiligi” aʼzolarining faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholashda boshqa koʻrsatkichlar bilan bir qatorda har oylik ish rejalarning amalda bajarilish holati ham inobatga olinadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Yoshlar ishlari agentligi Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan holda bir oy muddatda “Mahalla yettiligi” aʼzolari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholash metodikasini qayta ishlab chiqsin.
Bunda:
xotin-qizlar faoli faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholashda ichki ishlar organlari tomonidan tazyiq va (yoki) zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga berilgan himoya orderlari soni inobatga olinmasin;
hokim yordamchilari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholashda “yangi tashkil qilingan subyektlar” koʻrsatkichiga asosan ularning olis hududlarda faoliyat yuritayotganlariga qoʻshimcha koeffitsiyent berish nazarda tutilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan birgalikda uch oy muddatda Mahallaning yagona platformasi doirasida mahalla raisi tomonidan “Mahalla yettiligi” aʼzolari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholash mexanizmlarini nazarda tutuvchi modulni yaratsin va ushbu tizimni ishga tushirish bilan bogʻliq barcha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Bunda ushbu tizimni yaratish va texnik qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining mahallalar faoliyatini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Yoshlar ishlari agentligi Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan birgalikda uch oy muddatda “Mahalla yettiligi” aʼzolari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) maʼlumotlari shakllanadigan axborot tizimlarini Mahallaning yagona platformasi bilan oʻzaro integratsiya qilishni taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasiga:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda doimiy ravishda barcha fuqarolar yigʻinlarida mahalla raisi tomonidan “Mahalla yettiligi” aʼzolari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholashni yoʻlga qoʻyishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga har tomonlama koʻmaklashib borish;
bir oy muddatda mahalla raislarining faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholash tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash, bunda baholash natijalari boʻyicha mahalla raislarini moddiy ragʻbatlantirishni nazarda tutish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Vazirlar Mahkamasining “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 18-may,
292-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-maydagi 292-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Mahalla raisi tomonidan hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorlarining faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha baholash indikatorlari
|
20___ yilning ___ choragi uchun |
|||
|
T/r |
Mezonlar |
Koʻrsatkichlar |
Beriladigan ball |
|
1. |
Mahalla raisi tomonidan yoʻnaltirilgan muammoli masalalarni bartaraf etganligi |
30 ta va undan ortiq |
+ 10,0 |
|
20 ta va undan ortiq |
+ 3,0 |
||
|
16 ta va undan ortiq |
+ 1,0 |
||
|
15 ta va undan kam |
0 |
||
|
2. |
Mehnat majburiyatlarining haqiqatda bajarilgan vaqti |
Haqiqatda ishlangan kunlari toʻliq boʻlgan |
+ 10,0 |
|
Sababsiz oʻn kungacha ishga kelmagan |
+ 3,0 |
||
|
Sababsiz oʻn kun va undan ortiq ishga kelmagan |
0 |
||
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 09/24/292/0356-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)