24.09.2004 yildagi 15-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan qabul qilingan ayrim qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatda oʻtkazilayotgan sud-huquq islohotlariga binoan qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar munosabati bilan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan qabul qilingan quyidagi qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oliy sud Plenumining 1998-yil 17-apreldagi “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qoʻllanilishi haqida”gi 12-son qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bandi quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“FPKning 8-moddasi hamda FKning 153-moddasining 2-qismi mazmuniga koʻra, fuqarolik sud ishlarini yuritish taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi asosida amalga oshirilishi tufayli daʼvogarning sudga murojaat etish muddatini oʻtkazib yuborganligi masalasi sud tomonidan faqat nizodagi tarafning bergan arizasiga muvofiq qoʻllaniladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oliy sud Plenumining 1997-yil 22-avgustdagi “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudida muhokama etish jarayonida protsessual qonunchilikka rioya qilinishi toʻgʻrisida” gi 12-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sudlarning eʼtibori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 17-son qarorining 23, 24-bandlariga binoan, raislik qiluvchi hukm eʼlon qilingandan soʻng sudlanuvchiga va boshqa taraflarga hukmning mazmunini, uning ustidan apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati berish tartibi va muddatlarini, shuningdek sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish va unga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqini tushuntirishga qaratilsin. Tegishli hollarda hukm sudlanuvchi bilmaydigan yoki yetarli darajada bilmaydigan tilda bayon qilingan boʻlsa, eʼlon qilinganidan soʻng, hukm tarjimon tomonidan sudlanuvchining ona tilida yoki sudlanuvchi uchun tushunarli boʻlgan boshqa tilda oʻqib eshittiriladi. Agar sudlanuvchi oʻlim jazosiga hukm qilingan boʻlsa, unga afv soʻrab iltimos qilish huquqi va tartibi ham tushuntiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, sudlarning eʼtibori Jinoyat-protsessual kodeksi 449-moddasining advokat qatnashishidan qatʼiy nazar sudlanuvchiga muzokara uchun soʻz berilishi toʻgʻrisidagi talablariga rioya etilishi lozimligiga qaratilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oliy sud Plenumining 2001-yil 1-iyundagi “Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti haqida”gi 5-son qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-bandi chiqarilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oliy sud Plenumining 2002-yil 25-oktabrdagi “Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 27-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bandi chiqarilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi F. MUHITDINOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi X. HASANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 24-sentabr,

15-son