13.05.2024 yildagi O‘RQ-926-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 30-yanvarda qabul qilingan

Senat tomonidan 2024-yil 30-martda maʼqullangan

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimizda zargarlik sanoatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, zargarlik buyumlari eksportini oshirishga, shuningdek turizm sohasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash uchun har tomonlama imkoniyatlar yaratishga qaratilgan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni vaqtda zargarlik tarmogʻini sanoatning asosiy drayverlaridan biriga aylantirish, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va ularning savdosi boʻyicha faoliyatni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining xomashyoga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga turizmni yanada rivojlantirish, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarining samarali faoliyatni amalga oshirishi uchun ularni qoʻllab-quvvatlash va ularga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yoʻnalishdagi xizmatlarni koʻrsatishdan olgan foydasi foyda soligʻidan ozod qilinishi toʻgʻrisidagi norma bilan toʻldirish nazarda tutilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari “Turizm toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarni xomashyo resurslari bilan taʼminlashga va ularning eksport salohiyatini oshirishga, shuningdek turizmni rivojlantirishga va yangi ish oʻrinlarini yaratishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 6, 444, 446-moddalar, № 7, 540-modda, № 12, 1011-modda) 483-moddasi quyidagi mazmundagi qirq toʻqqizinchi va elliginchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qoʻshilgan qiymat soligʻidan 2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yoʻnalishdagi xizmatlarni koʻrsatishdan olgan foydasi 2026-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda foyda soligʻidan ozod qilinadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyulda qabul qilingan “Turizm toʻgʻrisida”gi OʻRQ-549-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 387-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda) 21-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qism quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyajlar majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi lozim, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari joylashtirish vositalari sifatida majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — beshinchi qismlar tegishincha uchinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun 1-moddasi ikkinchi xatboshisining qoidalari 2024-yil 1-yanvardan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 13-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-926-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2024-y., 03/24/926/0344-son)