O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya qayta tashkil qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 21-dekabrdagi PF-210-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 21-dekabrdagi PF-210-son Farmoniga ko‘ra:
a) Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya etib qayta tashkil qilinganligi;
b) Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya:
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri — Milliy komissiya raisining o‘rinbosari rahbarlik qiladigan Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyadan;
O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri — Milliy komissiya raisining o‘rinbosari rahbarlik qiladigan Munosib mehnat masalalari bo‘yicha kichik komissiyadan iborat ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilsin:
Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya qayta tashkil qilinganligi sababli uning hududiy komissiyalari va Munosib mehnat masalalari bo‘yicha kichik komissiyaning nomini o‘zgartirish;
ma’muriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi sifatida qayta tashkil etilganligi bois ushbu Vazirlikning nomini o‘zgartirish.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 26-aprel,
239-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-apreldagi 239-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni milliy darajadagi qayta yo‘naltirish tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 8-fevraldagi 60-son qarorida:
a) 1-ilovada:
7-bandning beshinchi xatboshisi, 12-bandning birinchi xatboshisi va 46-bandning birinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-banddagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy komissiya” so‘zlari “Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha hududiy komissiya (keyingi o‘rinlarda — hududiy komissiya)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
31-banddagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy komissiyaga (keyingi o‘rinlarda — hududiy komissiya)” so‘zlari “hududiy komissiyaga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
34-bandning uchinchi xatboshisidan “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha” so‘zlari chiqarib tashlansin;
78-banddagi “Majburiy mehnatga qarshi kurashish” so‘zlari “Munosib mehnat” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9-ilovaning matnidagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish” so‘zlari “Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-ilovaning matnidagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish” so‘zlari “Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
2-bandi to‘rtinchi xatboshisi hamda 4-bandining birinchi xatboshisidagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish” so‘zlari “Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-banddan “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 708-son qarori bilan tasdiqlangan Odam savdosi sohasidagi jinoyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona axborot bazasini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish” so‘zlari “Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2024-y., 09/24/239/0308-son)