22.02.2024 yildagi 8-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining qarori, 22.02.2024 yildagi 8-son
Kuchga kirish sanasi
26.03.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish muhiti omillarining zararliligi va xavfliligi, mehnat jarayonining ogʻirligi va tigʻizligi koʻrsatkichlari boʻyicha mehnat sharoitlarining gigiyenik tasnifini (0069-24-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 25-martda hisobga olindi, hisob raqami 241]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishlab chiqarish muhiti omillarining zararliligi va xavfliligi, mehnat jarayonining ogʻirligi va tigʻizligi koʻrsatkichlari boʻyicha mehnat sharoitlarining gigiyenik tasnifi (0069-24-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais B. YuSUPALIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 22-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 17-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori A. ABDUKAYuMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 20-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2024-yil 22-fevraldagi 8-son qaroriga

ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ishlab chiqarish muhiti omillarining zararliligi va xavfliligi, mehnat jarayonining ogʻirligi va tigʻizligi koʻrsatkichlari boʻyicha mehnat sharoitlarining gigiyenik tasnifi

(0069-24-son SanQvaN)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) ishlab chiqarish muhiti omillarining zararliligi va xavfliligi, mehnat jarayonining ogʻirligi va tigʻizligi koʻrsatkichlari boʻyicha mehnat sharoitlarining gigiyenik tasnifini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur sanitariya qoidalarida quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zararli ishlab chiqarish omili — taʼsiri xodimning kasb kasalligiga chalinishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish omili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish oʻrni — xodimlarning mehnat faoliyati jarayonida doimo yoki vaqtincha boʻlish joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb kasalligi — ushbu kasb uchun xos boʻlgan hamda ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining zararli va xavfli omillari taʼsiri natijasida xodim chalingan kasallik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat sharoitini gigiyenik normativlari (REK, RED) — butun mehnat faoliyati davomida, har kuni (yakshanba kundan tashqari) haftasiga 40 soatdan oshmagan holda ishlash jarayonida insonlar va ularning keyingi avlodi organizmida zamonaviy usullar yordamida aniqlanadigan kasalliklarni va oʻzgarishlarni yuzaga keltirmaydigan zararli ishlab chiqarish omillari darajalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat sharoitlari — xodimning ish layoqati va sogʻligʻiga taʼsir koʻrsatuvchi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni omillari yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish qobiliyati — insonning talab etiladigan vaqt oraligʻida topshirilgan sifatida ishning aniq miqdorini bajarish qobiliyatini tavsiflaydigan organizmning fiziologik va psixologik funksiyalari imkoniyatlari bilan belgilanadigan insonning holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ogʻir mehnat sharoitlari — mehnat faoliyati davrida insonning organizmida kasb kasalliklari kelib chiqishiga, yengil, oʻrta ogʻir va ogʻir darajadagi kasbiy ish qobiliyatini yoʻqotishiga olib keladigan mehnat sharoiti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli ishlab chiqarish omili — taʼsiri xodimning jarohat olishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish omili. Miqdoriy tavsifiga va amal qilishining davomiyligiga bogʻliq ravishda ayrim zararli ishlab chiqarish omillari xavfli boʻlishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nam termometr boʻyicha harorat indeksi (WBGT indeksi) — havoning harakat tezligiga, namligiga, issiqlik nurlanishiga va atrof-muhit bilan issiqlik almashinuvida havo haroratini birgalikda taʼsir qilishini aks ettiruvchi empirik integral koʻrsatkich.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Zararlilik va xavflilik darajasi boʻyicha mehnat sharoitlari sinflari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Zararlilik va xavflilik darajasi boʻyicha mehnat sharoitlari quyidagi toʻrtta sinfga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-sinf (maqbul mehnat sharoitlari) — bunda xodimlarning salomatligi saqlanishini taʼminlash bilan birga ish qobiliyatini yuqori darajasini ushlab turish uchun dastlabki shart-sharoitlar yaratib beriladi. Ishlab chiqarishdagi maqbul sharoitlarda noqulay omillar, aholi uchun xavfsiz sifatida qabul qilingan darajalardan oshib ketmasligi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-sinf (ruxsat etilgan mehnat sharoitlari) — ish oʻrni uchun belgilangan gigiyenik normativlardan oshib ketmaydigan muhit va mehnat jarayoni omillarining darajalari, bunda organizmning funksional holatidagi oʻzgarishlar reglamentlangan dam olishdan keyin yoki keyingi smena boshlanishiga tiklanadi va xodimlarning salomatlik holatiga uzoq davom etadigan vaqt davomida salbiy taʼsir koʻrsatmaydi. Maqbul va ruxsat etilgan sinflar xavfsiz boʻlgan mehnat sharoitlariga mos keladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-sinf (zararli boʻlgan mehnat sharoitlari) gigiyenik normativlardan oshib ketadigan hamda xodimlar organizmiga nojoʻya taʼsir koʻrsatadigan zararli ishlab chiqarish omillarini mavjudligi. Zararli boʻlgan mehnat sharoitlari gigiyenik normativlarni oshish darajalari va xodimlar organizmida yaqqol namoyon boʻladigan oʻzgarishlar boʻyicha zararlilik quyida koʻrsatilgan toʻrtta darajaga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-sinfning 1 darajasi (3.1) — zararli omil darajalarini gigiyenik normativlaridan ogʻishi bilan taʼriflanuvchi zararli mehnat sharoitlari, organizmda funksional oʻzgarishlarni yuzaga keltirib, ular zararli boʻlgan omillar bilan uzoq vaqt davomida aloqa uzilgandan keyin qayta tiklanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-sinfning 2 darajasi (3.2) — koʻp holatlarda ish qobiliyatini vaqtincha yoʻqotish bilan bogʻliq boʻlgan kasalliklarni oʻsishiga, umumiy kasalliklar sonini ortishiga, uzoq davom etadigan (15 yildan ortiq) mehnat sharoitidan soʻng kasbiy kasalliklarni dastlabki belgilarini paydo boʻlishiga, barqaror boʻlgan funksional buzilishlarga olib keluvchi zararli ishlab chiqarish omillarining maʼlum darajalariga ega boʻlgan zararli mehnat sharoitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-sinfning 3 darajasi (3.3) — kasb kasalliklarini, mehnat faoliyati davrida yengil va oʻrtacha daraja ogʻirlikda rivojlanishiga, ish qobiliyatini vaqtincha yoʻqotish bilan bogʻliq boʻlgan kasalliklarni oshib ketishiga, surunkali umumiy somatik patologiyalarni oʻsishiga olib keladigan zararli va xavfli boʻlgan ishlab chiqarish omillari darajalariga ega zararli, ogʻir mehnat sharoitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-sinfning 4 darajasi (3.4) — kasbiy kasalliklarni ogʻir shakllari (umumiy ish qobiliyatini yoʻqotish bilan kechadigan) kelib chiqishi, surunkali kasalliklar sonini ahamiyatli ravishda oʻsishi va ish qobiliyatini vaqtincha yoʻqotish bilan bogʻliq boʻlgan kasalliklarni yuqori darajalari qayd qilinishi mumkin boʻlgan juda zararli va ogʻir mehnat sharoitlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-sinf — smena davomida oʻlimga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish omillari bilan tavsiflanadigan oʻta xavfli mehnat sharoitlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ish oʻrni havosidagi zararli kimyoviy va biologik moddalar tarkibiga hamda fizik omillar taʼsiriga koʻra mehnat sharoitlarini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mehnat sharoitining zararlilik darajasi SanQvaN “Ish oʻrni havosidagi zararli moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyalarining gigiyenik normativlari” 0294-11-son talablariga binoan zararli moddalarni gigiyenik normativlardan oshib ketish darajalari boʻyicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ish oʻrni havosida bir vaqtning oʻzida bir xil taʼsirga ega bir nechta zararli moddalar va biologik omillar meʼyori quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

K1

K2

Kn

---------

+

---------

+

............

+

---------

≤1

REK1

REK2

REKn

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bu erda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
K1, K2,…, Kn — ish oʻrni havosidagi zararli moddalarning haqiqiy miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REK1, REK2, .., REKn — ish oʻrni havosidagi zararli moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ish oʻrni havosida bir vaqtning oʻzida turli xil taʼsir qiluvchi ikki va undan ortiq zararli moddalar boʻlsa, mehnat sharoitini baholash quyidagi tarzda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zararlilikni eng yuqori sinfiga va darajasiga mos keladigan moddalar konsentratsiyasi boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1-sinfiga mos keladigan darajadagi moddalarni xohlagan miqdorda boʻlishi mehnat sharoitini zararlilik darajasini oshirmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2-sinfi darajasidagi uch va undan ortiq moddalar mehnat sharoitlarini 3.3-sinfi darajasiga oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3-sinfi darajasidagi ikki va undan ortiq zararli boʻlgan moddalar mehnat sharoitlarini 3.4-sinfiga oʻtkazadi. Xuddi shu tarzda 3.4-sinfdan 4-sinfga oʻtkazish amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agarda biror modda bir yoki undan koʻp boʻlgan maxsus samara koʻrsatish taʼsiriga (kanserogen, mutagen, allergen, qoʻzgʻatuvchi, fibrogen taʼsir) ega boʻlsa mehnat sharoiti bir pogʻona yuqori darajaga oʻtkaziladi. Ish oʻrni havosida zararli moddalar miqdorining darajasiga bogʻliq boʻlgan mehnat sharoitlari sinflari 1-ilovada, biologik omillarning ish oʻrni havosidagi miqdoriga koʻra mehnat sharoitlari sinflari 2-ilovada keltirilgan koʻrsatkichlarga muvofiq baholanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ish kuni (smenasi) davomida xodimga turli davriy (doimiy va doimiy boʻlmagan (tebranuvchi, impulsli, shovqin) va spektral (tonal shovqin) tavsifga ega boʻlgan shovqin taʼsir qilsa, ekvivalent tovush darajasi oʻlchanishi yoki hisoblanishi zarur. Impuls va tonal shovqinning hisoblangan yoki oʻlchangan ekvivalent tovush darajasi 5 dBA ga orttiriladi, shundan soʻng olingan natijani RED bilan taqqoslash mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xodimga doimiy tebranish (umumiy va mahalliy) taʼsir qilganda, mehnat sharoitlarini baholash vibrotezlanishning ekvivalent tuzatilgan darajasini oʻlchash yoki hisoblash orqali amalga oshirilishi kerak. Xodimga doimiy boʻlmagan tebranish (umumiy va mahalliy) taʼsir qilganda, mehnat sharoitlarini baholash tebranishning ekvivalent (energiya boʻyicha) darajasini integral baholash usuli bilan amalga oshirilishi zarur. Xodimga ish kuni (smenasi) davomida ham doimiy, ham doimiy boʻlmagan tebranish (umumiy va mahalliy) taʼsir qilganda, mehnat sharoitlarini baholash vibrotezlanishning ekvivalent tuzatilgan darajasini oʻlchash yoki hisoblash (ularning taʼsir qilish davomiyliginini hisobga olgan holda) orqali amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xodimga ish kuni (smenasi) davomida ham doimiy, ham doimiy boʻlmagan infratovush taʼsir qilganda, mehnat sharoitlarini baholash ekvivalent umumiy tovush bosimi darajasini (ekvivalent dBLin) oʻlchash yoki hisoblash (ularning taʼsir qilish davomiyligini hisobga olgan holda) orqali amalga oshirilishi zarur. Shovqin, infratovush, ultratovush, tebranish, havo ionizatsiyasi darajalariga bogʻliq holda mehnat sharoiti sinflari 3-ilovada, ionlanmagan elektromagnit maydonlari va nurlanishlari taʼsir qilganda zararlilik va xavflilik sinfi 4-ilovada, optik diapazonda ionlanmagan elektromagnit nurlanishlar taʼsir qilganda zararlilik va xavflilik sinfi 5-ilovada keltirilgan koʻrsatkichlarga muvofiq baholanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Mikroiqlim, yoritilganlik, mehnat jarayonining ogʻirligi va tigʻizligi koʻrsatkichlariga koʻra mehnat sharoitlarini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mikroiqlim koʻrsatkichlariga koʻra mehnat sharoitlarini baholashda issiqlik va (yoki) sovuqning sunʼiy manbai boʻlgan texnologik uskunalarning ishchi hududda foydalanishi, havo harorati, namligi, havo tezligi va (yoki) issiqlik nurlanishi hamda mikroiqlim koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Baholash quyidagicha amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqichda mehnat sharoitlari havo harorati koʻrsatkichi asosida baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqichda mehnat sharoitlari havo namligi, havo harakati tezligi va (yoki) issiqlik nurlanishi asosida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikroiqlim koʻrsatkichlari boʻyicha zararlilik va xavflilik sinfi 6 — 10-ilovalarda keltirilgan koʻrsatkichlarga muvofiq baholanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xodim organizmiga tashqi issiqlik yuklamasini baholashda WBGT-indeks integral koʻrsatkichidan foydalaniladi. WBGT-indeksini hisoblash mazkur sanitariya qoidalarining 11-ilovasi boʻyicha amalga oshirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 1000 Wt/m2 dan ortib ketuvchi issiqlik nurlanishi mehnat sharoitining WBGT-indeks kattaligidan qatʼiy nazar zararli va xavfli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bir xil darajadagi ikkita omil taʼsir qilganda (WBGT-indeksi va issiqlik nurlanishi), mehnat sharoiti bir pogʻona yuqori darajaga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Yilning iliq davrida (tashqi havo harorati 10◦C dan baland boʻlganda) ochiq hududda ishlaganda mehnat sharoitini baholash uchun 6-ilovada keltirilgan mikroiqlim koʻrsatkichlariga asoslanish zarur. Smena davomida turli mikroiqlim taʼsirida boʻladigan xodimlar uchun mikroiqlim koʻrsatkichi boʻyicha mehnat sharoiti 12-ilovada keltirilgan koʻrsatkichlarga muvofiq baholanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yoritilganlik koʻrsatkichlariga koʻra mehnat sharoitlarini baholash ish oʻrnining yoritilganlik koʻrsatkichi boʻyicha amalga oshiriladi. Xodim ochiq maydonda faqat kunduzi ishlaganda, mehnat sharoitlari yoritilganlik koʻrsatkichi boʻyichaga maqbul mehnat sharoitlari deb hisoblanishi zarur. Koʻruv maydonida koʻzni qamashtiruvchi, yoʻnalishli tarqoq va aralash yorugʻlikni aks ettiruvchi ish oʻrni va farqlash obyekti (metallar, plastmassalar, shisha, yaltiroq qogʻoz) bilan ishlovchi hamda koʻrishda noqulayliklardan shikoyat qiluvchi xodimlarning ish oʻrnida toʻgʻridan-toʻgʻri va aks ettirilgan porlash koʻrsatkichlarini baholash kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ionlangan nurlanish taʼsiridagi mehnat sharoitlarini baholash nurlanishning potensial dozasi quvvati — maʼlum bir ish joyida standart sharoitlarda ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlashda kalendar yilida olinishi mumkin boʻlgan maksimal potensial samarali (ekvivalent) nurlanish dozasi asosida hisoblanishi zarur. Ishlab chiqarish binolarini yoritilganlik koʻrsatkichlari boʻyicha mehnat sharoitining zararlilik darajasi (doimiy ish joylari uchun) 1 3-ilovada, ionlangan nurlanish taʼsir qilganda mehnat sharoiti (samarali dozaning qismlariga nisbatan) 14-ilovada, atmosfera bosimi darajasiga bogʻliq holda mehnat sharoiti 15-ilovada keltirilgan koʻrsatkichlarga muvofiq baholanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Togʻ jinslari tushish ehtimoli mavjudligiga qarab mehnat sharoitlari sinflari 16-ilovada keltirilgan koʻrsatkichlariga asoslanish zarur. Zararlilikni 3-sinfning 1, 2 yoki 3-darajalarini ikkita va undan ortiq koʻrsatkichlari mavjud boʻlganda mehnat sharoiti bir pogʻona yuqori darajaga oʻtkaziladi. Mehnat jarayonining ogʻirligi koʻrsatkichlari boʻyicha mehnat sharoitlari sinflarini yakuniy baholash jadvali 17-ilovada va mehnat jarayonining diqqat talabligi koʻrsatkichlari boʻyicha mehnat sharoitlari sinflari 18-ilovada keltirilgan koʻrsatkichlarga muvofiq baholanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Mehnat jarayonining ogʻirligi va tigʻizligi koʻrsatkichlariga qarab ish sharoitlarini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mehnat jarayonining ogʻirligi koʻrsatkichi boʻyicha mehnat sharoiti eng yuqori sinfiga (kichik sinfga) ega boʻlgan koʻrsatkich boʻyicha belgilanadi. Agar mehnat jarayonining ogʻirligining 3.1 yoki 3.2 kichik sinfiga kiruvchi ikki yoki undan ortiq koʻrsatkichlari mavjud boʻlsa, mehnat sharoitlari mos ravishda bir pogʻona yuqori baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mehnatning tigʻizligini baholashda mehnat faoliyati va uning strukturasini ish kuni, haftalar davomida xronometraj kuzatuvlar yoʻli bilan oʻrganish asosida amalga oshiriladi. Mehnat jarayoni tigʻizligi koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda mehnat sharoitlari sinflari 19-ilovada keltirilgan koʻrsatkichlarga muvofiq baholanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish omillarini kombinatsiyalangan va uygʻunlashtirilgan taʼsir qilishini hisobga olgan holda mehnat sharoitlarini baholashda oʻlchash natijalariga asosan aniqlangan har bir omillar uchun yuqorida bayon etilgan bandlarga muvofiq baholanadi. Zararlilik va xavflilik darajalari boʻyicha mehnat sharoitlari sinflari yakuniy natijalarini rasmiylashtirish 20-ilovada keltirilgan shaklga koʻra amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat sharoitini zararlilik va xavflilik darajalari boʻyicha umumiy baholash quyidagicha belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zararlilikni eng yuqori sinfi va darajasi boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 va undan ortiq omillar 3.1-sinfga mansub boʻlsa, mehnat sharoiti 3.2-sinfga mos keladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2, 3.3, 3.4-sinflariga kiruvchi ikkita va undan ortiq omillar mavjud boʻlganda, mehnat sharoitlari mos ravishda bir pogʻona yuqori baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar roʻyxati 21-ilovada keltirilgan.