25.07.2020 yildagi PF-6035-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dunyoda koronavirus pandemiyasi xavfining tobora kuchayib borayotgani yuqumli kasalliklar, shu jumladan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish faoliyatidagi yondashuvlarni hamda sanitariya-epidemiologiya xizmatining institutsional asoslari va tashkiliy tuzilmasini hozirgi murakkab sharoit va orttirilgan tajribalardan kelib chiqib takomillashtirishni talab etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayniqsa, kasalliklarning oldini olish va ularni profilaktika qilish, erta aniqlash, to‘g‘ri tashxis qilish va davolashda sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari (qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalar, tez yordam stansiyalari va shoshilinch tibbiy yordam muassasalari) o‘rtasida tuzilmaviy bog‘liqlik va o‘zaro hamjihatlikdagi faoliyatni yo‘lga qo‘yish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, jamoat salomatligini saqlashda kasalliklar profilaktikasi, inson immunitetini mustahkamlash, buning uchun avvalam bor to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollikni oshirishni tizimli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish ustuvor vazifaga aylanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligini ta’minlashning mahallalar va aholi xonadonlari darajasigacha qamrab oladigan yaxlit tizimini yaratish, sanitariya-epidemiologiya xizmatining yaqin va o‘rta istiqboldagi rivojlanishini belgilash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash (zamonaviy laboratoriyalar, asbob-uskunalar, maxsus texnika, test tizimlari, himoya vositalari va boshqalar), soha uchun kadrlarni tayyorlash va jalb qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mamlakatda koronavirus pandemiyasi kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi (A.N. Aripov) aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash bo‘yicha quyidagi kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda besh kun muddatda hududlarda shakllangan ijobiy tajribadan kelib chiqib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalar va aholi xonadonlarida yuqumli kasalliklar, shu jumladan koronavirusning oldini olish, simptomsiz, yengil kechayotgan bemorlar va ular bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha har bir oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda mobil guruhlarni tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mobil guruhlar tarkibiga birinchi navbatda malakali shifokor yoki infeksionist hamda patronaj hamshirasi kiritilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligini jalb qilgan holda mobil guruhlarni dori-darmon, aloqa, transport vositalari va boshqa zarur asbob-uskuna va anjomlar (shaxsiy himoya vositalari, pulsoksimetr, pirometr va boshqalar) bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mobil guruhlar uchun soddalashtirilgan yo‘riqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlarini tizimli yo‘lga qo‘yish, laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazishda tirbandlikning oldini olish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida laboratoriya tekshiruvi amaliyotiga xususiy sektorni jalb qilgan holda ekspress-test va immunoferment tahlili usullari kiritilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) alohida xizmat ko‘rsatish tashkil etilgan tibbiyot muassasalari, ulardagi bo‘sh koykalar soni, kasallarni qabul qilish holati, kasallikka chalingan va tibbiyot muassasalarida hamda boshqa ruxsat etilgan hududlarda davolanayotgan bemorlar soni, ularning holati, dori vositalari, shuningdek, zarur laboratoriya va tibbiyot anjomlari va texnikasining mavjudligi hamda holati yuzasidan ma’lumotlarni muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) aholi tomonidan murojaat qilinganda hamda ularda kasallik belgilari aniqlanganda tezkorlik bilan koronavirus infeksiyasiga tahlil olish va tahlil natijalarini uch kunlik muddatda ularni shaxsiy telefon raqamlari orqali xabardor qilish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) o‘n besh kun muddatda tibbiyot muassasalari o‘rtasidagi axborot almashish tizimini soddalashtirish maqsadida hisobotlar turi, davriyligi va boshqa qog‘ozbozliklar bilan bog‘liq jarayonlarni elektron tizimga o‘tkazish orqali keskin qisqartirilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarga uy sharoitida yordam ko‘rsatishning quyidagi tartibini joriy qilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir oilaviy poliklinika kesimida umumiy amaliyot shifokori va patronaj hamshirasi uchun aniq xonadonlar taqsimlanadi hamda umumiy nazorat oilaviy poliklinika mudiri tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida tajribali shifokorlardan iborat bo‘lgan kasallikka chalingan bemorlarni saralash va evakuatsiya qilish, davolash jarayonini monitoring qilish guruhlari tuziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har bir tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida birlamchi bo‘g‘in shifokorlari bilan tuman (shahar) tibbiyot birlashmasining vrachlari operativ maslahatlashish va bemorlar ahvolini to‘g‘ri baholay olish imkonini beradigan aloqa tizimi o‘rnatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaviy poliklinika mudiri har kuni kasalligi simptomsiz, yengil kechayotgan bemorlar, ular bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar soni, ahvoli, shuningdek, davolash muolajalarini olayotgan bemorlarda kasallik kechish dinamikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni telefon yoki onlayn videoaloqa tizimi orqali tuman (shahar) tibbiyot birlashmasining oilaviy poliklinikalar bo‘yicha koordinatoriga yetkazib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy sharoitida davolanayotgan bemorlar ahvoli dinamikasida salbiy o‘zgarishlar kuzatilgan taqdirda mobil guruhga murojaat qilib, bemorni tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga tegishli bo‘lgan tibbiyot muassasalariga yotqizish choralarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) sohada kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qanoatlantirish, xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini soddalashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalardagi mavjud kichik va o‘rta tibbiy xodimlar vakant joylari tibbiyot ta’lim muassasalari bitiruvchilari, pensionerlar va boshqa tibbiyot mutaxassisligiga ega bo‘lgan shaxslar orasidan to‘liq to‘ldirilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n besh kun muddatda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi bilan birgalikda tibbiyot muassasalari umumiy klinik laboratoriyalarining vrach-laborantlarini virusologiya laboratoriyalarida faoliyat ko‘rsatishi uchun tayyorlash, shu jumladan amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslarni tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigirma kun muddatda respublikadagi oliy ta’lim muassasalarining “Biologiya” ta’lim yo‘nalishini tugatgan bitiruvchilarini Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi va uning hududiy filiallari, Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning hududiy filiallari, Andijon, Buxoro va Samarqand tibbiyot institutlarida virusologiya laboratoriyasining vrach-laboranti mutaxassisligi bo‘yicha bir oylik qayta tayyorlash kurslarini yo‘lga qo‘ysin. Bunda, mazkur kurslar onlayn tarzda o‘tkazilib, oliy ta’lim muassasalarining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koronavirus pandemiyasini bartaraf etish bo‘yicha e’lon qilingan karantin tadbirlari yakuniga qadar barcha tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchilarini 1 yilgacha bo‘lgan muddatga vaziyat og‘ir bo‘lgan hududlarga jalb qilinishini ta’minlasin. Bunda vaziyat og‘ir bo‘lgan hududlarga jalb qilinayotgan mutaxassislar uchun uy-joy va boshqa qulay sharoitlar yaratish bilan bog‘liq xarajatlar tegishli mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigirma kun muddatda Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi hududiy bo‘linmalarining tibbiy xodimlarini “valeolog” mutaxassisligiga qayta ixtisoslashtirish bo‘yicha bir oylik qisqa muddatli onlayn kurslarini tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi tomonidan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarini (qishloq vrachlik punktlari, oilaviy polikliniklar, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar) jalb qilgan holda aholining keng qatlamlari va har bir xonadonda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zararli odatlarga qarshi kurashish, tibbiy madaniyatni rivojlantirish, jismoniy tarbiya, sport va to‘g‘ri ovqatlanishni faol targ‘ib qilish bo‘yicha doimiy ravishda zarur choralar ko‘rib borilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4310-son qarori bilan ehtiyoj yuqori bo‘lgan tor mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlarni birlamchi tibbiyot-sanitariya muassasalari uchun bir yildan kam bo‘lmagan muddatda birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarida (internatura) tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilganligi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 15-avgustga qadar birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarida (internatura) tahsil olayotgan umumiy amaliyot shifokorlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini ishlab chiqsin va joriy qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 20-avgustga qadar birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarida (internatura) tahsil olish uchun shifokorlar mutaxassisliklari ro‘yxatini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarini (internatura) to‘liq joriy qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Sanepidqo‘m), uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Sanepidqo‘m uning tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar bilan birga yaxlit tizimni tashkil qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sanepidqo‘mning tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlariga koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb etilgan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanishi tatbiq etilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi Sanepidqo‘mning jozibadorligini oshirish va tizimga malakali mutaxassislarni jalb etish maqsadida 2021-yil 1-martga qadar pandemiyadan keyingi davrda ham tibbiyot va Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarining mehnatiga haq to‘lashning yangilangan tizimini tasdiqlasin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4695-son qarorining 1-bandida nazarda tutilgan mehnatga qo‘shimcha haq to‘lash shartlari Sanepidqo‘mning xodimlariga qo‘llaniladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanepidqo‘m xodimlarining amaldagi oylik ish haqlariga qo‘shimcha ravishda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lganda lavozim maoshiga — 30 foiz, fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga ega bo‘lganda — 60 foiz har oylik ustamalar belgilanadi;
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanepidqo‘mning ilmiy-tadqiqot muassasalari:
(5-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga bazaviy moliyalashtirish asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbar xodimlarining ish haqi budjet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Sanepidqo‘mga moddiy-texnika bazasini yaxshilash va xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida aholiga pullik asosda (laboratoriya xizmati, sertifikatsiya, ekspertiza va boshqalar) xizmat ko‘rsatish huquqi beriladi;
(5-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Sanepidqo‘m Davlat budjetidan tizimga ajratilgan mablag‘lar, ularning sarflanish yo‘nalishlari, samaradorlik natijalari yuzasidan ma’lumotlarni har oy yakuni bo‘yicha jamoatchilikka e’lon qiladi va o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtirib boradi.
(5-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining budjetdan tashqari Maxsus jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va ularning hududiy bo‘linmalarining budjetdan tashqari hisob raqamlaridagi barcha qoldiq mablag‘lari Jamg‘armaga to‘liq o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiologiya qonunchiligini buzganlik uchun Sanepidqo‘m tomonidan qo‘llanilgan jarimalar va jarimalarni to‘lash kechiktirilganligi uchun hisoblangan penyalardan tushgan mablag‘larning 50 foizi (nazorat tadbirlari boshqa davlat organlari bilan birgalikda amalga oshirilganda, jarima hamda jarimalarni to‘lash kechiktirilganligi uchun hisoblangan penyalardan tushgan mablag‘larning 25 foizi);
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ixtisoslashgan pullik xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan tushumlarning ularni amalga oshirishga ketgan jami xarajatlar qoplangandan keyin qolgan summasining 15 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanepidqo‘m xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlash, shu jumladan uy-joyni ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, shuningdek, xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanepidqo‘mning boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanepidqo‘m tizimiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanepidqo‘m oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida xorijiy va mahalliy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish.
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Davlat budjetining 1,7 mlrd so‘m va xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma va investitsiya banki) jalb qilingan 194,5 mln AQSh dollari mablag‘lari hisobidan Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning tarkibiy tuzilmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, qurilish, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, yuqori texnologiyali asbob-anjomlar, apparaturalar, jihozlar, maxsus texnika, sarflovchi va boshqa vositalar bilan ta’minlanishi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, chora-tadbirlar rejasiga muvofiq xarid qilinayotgan asosiy vositalar, qurilish, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlari asoslantirilgan hisob-kitoblarga muvofiq Vazirlar Mahkamasi (B.A. Musayev) bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev) chora-tadbirlar rejasiga muvofiq xarid qilinayotgan asosiy vositalar, qurilish, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlari bo‘yicha jalb qilinayotgan xalqaro moliya institutlari mablag‘larining to‘g‘ri va to‘liq o‘zlashtirilishi yuzasidan doimiy monitoring yuritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sog‘liqni saqlash vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni boshqarish guruhlarini birlashtirish va yagona Sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni amalga oshirish guruhini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 2020 — 2025-yillarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini xalqaro standartlarga muvofiq qayta ko‘rib chiqish rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sog‘liqni saqlash vazirligi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini xalqaro standartlar va normalarga muvofiq qayta ko‘rib chiqish jarayoniga Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va boshqa xalqaro ekspertlarni jalb qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sanepidqo‘m va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanepidqo‘mning budjetdan tashqari mablag‘lari;
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. 2021-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlariga ularning faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini o‘rganish va tahlillar natijalariga asosan “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi”ni (keyingi o‘rinlarda — Belgi) berish amaliyoti joriy qilinsin.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgi Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan uch xil turdagi — “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar bo‘yicha 12 oy muddatgacha beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yashil” toifadagi Belgiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyati Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan o‘rganilishi va tekshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilgan holatlar bundan mustasno). Bunda “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimining xavfsiz obyektlari reyestriga kiritilgan turizm va yondosh infratuzilma obyektlari “yashil” toifadagi Belgiga ega bo‘lgan obyektlarga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgi tadbirkorlik subyektlarining tashabbusi bilan (ixtiyoriy) yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda davlat organlari tashabbusi bilan (majburiy) beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlarining tashabbusi bilan (ixtiyoriy) Belgini olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hamda pullik asosda amalga oshiriladi. Bunda, ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun olinadigan daromad Sanitariya-epidemiologiya xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va xodimlarni rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xizmati va Savdo-sanoat palatasi manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-fevralga qadar Belgini berish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(13-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sanitariya-epidemiologiya xizmati tashkil etilayotganligi munosabati bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va ularning hududiy bo‘linmalari tugatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning hududiy bo‘linmalari — tegishincha Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi, shuningdek, ularning hududiy bo‘linmalari huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorislari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. 2020-yil 1-sentabrdan boshlab sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi sohasida bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida “Tibbiy-profilaktika va jamoat salomatligi” fakulteti tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sog‘liqni saqlash vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda tegishli tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida “Tibbiy-profilaktika va jamoat salomatligi” fakulteti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-yanvarga qadar tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida xalqaro reytinglarga kiruvchi nufuzli xorijiy tibbiyot ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida sanitariya-gigiyena va epidemiologiya hamda mikrobiologiya yo‘nalishidagi filiallar, shuningdek, xalqaro fakultetlar ochilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vazirlar Mahkamasi 2021-yil 1-martga qadar sodir bo‘lgan favqulodda hodisa, tabiiy ofatlar, pandemiya davrida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va orttirilgan tajribadan kelib chiqib, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi va “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlarni yangi tahrirda ishlab chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, loyihalarda yuqumli va parazitar kasalliklarning paydo bo‘lishi va tarqalishi, tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega ofatlar sodir bo‘lishi xavfi yuzaga kelgan sharoitda aholining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi bo‘yicha batafsil “harakatlar algoritmi” va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5814-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sog‘liqni saqlash vazirligi uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 25-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-6035-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Xarajatlar*

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Moddiy-texnika bazani mustahkamlash

1.

Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazini zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostik va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

4,2 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi

2.

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklar ilmiy-tadqiqod institutini zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostik va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

3,7 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

3.

Respublika o‘lat profilaktika markazini, uning filiallari va bo‘linmalarini zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostik va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

2 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

4.

Virusologiya ilmiy-tekshirish institutini zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostik va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

3,8 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning hududiy laboratoriya komplekslari faoliyatini takomillashtirish va zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostik va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

66,8 mln

AQSh doll

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Hududiy yuqumli kasalliklar shifoxonalarini zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostik va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

5 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Respublika va hududiy OITSga qarshi kurash markazlarini zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostik asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

2 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

8.

OIV infeksiyasi yuqqanlik vaqtini tashxis qilish uchun virus antigenini aniqlovchi diagnostikumlar xarid qilish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020 yil

2021 yil

350 mln so‘m

350 mln so‘m

Davlat budjeti va xalqaro moliya institutlari grant mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,
Moliya vazirligi

9.

Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil

5,9 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi

10.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil

2,4 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi

11.

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklar ilmiy-tadqiqod instituti moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil

4,6 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi

12.

Respublika o‘lat profilaktika markazi, uning filiallari va bo‘linmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil

6,8 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi

13.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning hududiy bo‘linmalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil

50 mln

AQSh doll

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, investitsiya dasturlari doirasida Davlat budjeti mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

14.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalarida omborxonalarni qurish, sovutish uskunalari, sovutgich, muzlatkich, stabilizator, generator, avtorefrijirator xarid qilish orqali uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil davomida

17,2 mln AQSh doll.

Vaksinatsiya

va immunizatsiya bo‘yicha Global alyans mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

15.

Yuqumli kasalliklar shifoxonalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil

5 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

16.

Respublika va hududiy OITSga qarshi kurash markazlari laborator komplekslarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil

5mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

17.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalarini ixtisoslashtirilgan transport vositalari bilan ta’minlash, shu jumladan:

a) Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshqarmalari va bo‘limlarini:

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-2021

yillar

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

dezinfeksiya kameralari o‘rnatilgan transport vositalari;

2020-yil

5,49 mln AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

sanitar avtotransportlar;

2020-yil

3,15 mln AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

xizmat velosipedlari;

2020-yil

757 mln so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

b) o‘lat profilaktikasi bo‘limlari va filiallarini:

UAZ tibbiy xizmat (sanitariya) avtomobillari;

2020-yil

480 ming AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

yuqori o‘tuvchanlikka ega maxsus yengil avtomobil Pikap ISUZU D-MAX;

2020-yil

480 ming AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

yuqori o‘tuvchanlikka ega yuk tashuvchi transport vositasi;

2020-yil

529 ming AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

suv tashish uchun avtotirkama.

2020-yil

120 mln so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

II. Qo‘shimcha chora-tadbirlar

18.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena me’yorlariga rioya etilishini nazorat qilishni amalga oshirish bo‘yicha ma’muriy reglamentni tasdiqlash to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

obyektlarda sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oshirish tartibi va davriyligiga qo‘yiladigan tabaqalashgan talablarni ularning xavf-xatarlar toifasi va funksional maqsadlaridan kelib chiqqan holda belgilash;

xavf-xatar toifasi past bo‘lgan nazorat obyektlari uchun tekshirishlar o‘tkazishni bekor qilish hamda masofaviy monitoringni amalga oshirish;

xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash bo‘yicha keng jamoatchilik bilan yaqindan hamkorlik qilish, bu borada ta’sirchan jamoatchilik nazorati joriy qilinishini ta’minlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2021-yil 1-may

-

-

Sanitariya-epidemiologiya xizmati, manfaatdor vazirlik va idoralar

19.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati huzurida aholining sanitariya-epidemiologiya sohasida ilmiy va innovatsion izlanishlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida mutasaddi vazirlik, idoralar malakali mutaxassislari hamda olimlardan iborat maxsus ilmiy kengash tashkil etish.

Maxsus ilmiy kengash nizomi va uning tarkibini tasdiqlash.

Buyruq

2020-yil

1-sentabr

-

-

Sanitariya-epidemiologiya xizmati, manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

Aholining sanitariya-epidemiologiya sohasida ilmiy va innovatsion izlanishlar yuzasidan Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning L.M. Isayev nomidagi filiali uchun belgilangan tartibda 2020 — 2025-yilga mo‘ljallangan manzilli davlat buyurtmasini shakllantirish va amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

Har yili

-

Davlat budjeti

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sanitariya-epidemiologiya xizmati

21.

“Tibbiy profilaktika va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish ishlari samaradorligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2020-yil
10-avgust

-

-

Sanitariya-epidemiologiya xizmati, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Oziq-ovqat xomashyosi va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi obyektlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishning samarali mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Bunda, ushbu obyektlarda aniqlangan sanitariya-gigiyena sohasidagi huquqbuzarliklar uchun undirilgan jarimalar hisobidan mazkur huquqbuzarlikni qayd etgan shaxslarni pul mukofoti bilan rag‘batlantirish mexanizmlarini belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2021-yil 1-may

-

-

Sanitariya-epidemiologiya xizmati, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

23.

Aholining sanitariya madaniyatini oshirish, kasalliklar, ayniqsa, yuqumli kasalliklarni oldini olish, sanitariya-gigiyena va epidemiologiya masalalarini aholi orasida keng targ‘ib qilish maqsadida media dastur ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini;

mazkur Farmon maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida keng tushuntirilishini;

mazkur qaror ijrosining borishi to‘g‘risidagi xolis va to‘liq ma’lumotlarni keng jamoatchilikka tezkorlik bilan yetkazilishini ta’minlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

Bir hafta muddatda

Ijrochilar mablag‘lari

-

Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya, Xalqaro press-klub, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Sanitariya-epidemiologiya xizmati

24.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralari tayyorlanadigan tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida “valeologiya”, “tibbiy psixologiya”, “nutritsiologiya”, “diyetologiya”, “farmakologiya”, “kineziologiya”, “reabilitologiya”, “profpatologiya” fanlarini chuqurlashtirilgan holda o‘qitishni joriy etish.

Bunda, tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining “oliy hamshiralik ishi” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lgan kadrlarga 2023-yildan boshlab “valeologiya” tibbiy ixtisosligi bo‘yicha tibbiy faoliyatini amalga oshirish huquqini berish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020/2021 o‘quv yilidan

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

25.

Oqava suvlar, chang, gaz, hid, chiqindilar va boshqalarni atrof-muhitga chiqarish orqali uni ifloslantiruvchi davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari tomonidan yetkazilgan zararni yumshatish va salomatlikni tiklash uchun yillik daromadini, shuningdek, boshqa manbalar hisobidan tegishli ajratmalarni Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga o‘tkazish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Tahliliy ma’lumot

2020-yil

1-noyabr

-

-

Sanitariya-epidemiologiya xizmati, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Ekologiya
va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: mazkur summalarga loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va boshqa jarayonlar natijalariga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Chora-tadbirlarni amalga oshirish xarajatlarining jami: 1,697 mlrd so‘m va 194,529 mln AQSh doll., shundan:

mlrd so‘mda

mln AQSh doll.

Davlat budjeti mablag‘lari

1,697

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

177,329

Vaksinatsiya va immunizatsiya bo‘yicha Global alyans mablag‘lari

17,2

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020 — 2025-yillarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini xalqaro standartlarga muvofiq qayta ko‘rib chiqish rejasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

SanQvaM yo‘nalishlari

Jami

Shundan

2020-yil

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

1.

Ovqatlanish gigiyenasi

27

4

4

5

5

5

4

2.

Kommunal gigiyena

53

8

8

9

9

9

10

3.

Mehnat gigiyenasi

58

10

10

10

10

9

9

4.

Radiatsiya xavfsizligi

13

2

2

2

3

2

2

5.

Davolash-profilaktika

muassasalari gigiyenasi

16

2

3

3

3

3

2

6.

Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi

38

5

8

8

6

6

5

7.

Toksikologiya

5

1

1

2

1

-

-

Jami:

210

32

36

39

37

34

32

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2020-y., 06/20/6035/1115-son; 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son; 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)