O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi Rayosatining
QARORI
“ILMIY DARAJALAR BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOM”GA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 12-avgustda 261-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/2-sonli “Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2441, 25.03.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-sentabrdagi 421-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari” to‘g‘risida qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996-yil 25-yanvaridagi 34/2-son qarori bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996-yil 10-iyulda 261-raqam bilan ro‘yxatga olingan “Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risida Nizom”ga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilsin.
Rais M.M. MUXITDINOV
Bosh ilmiy kotib K.S. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 17-iyul,
96/4-son
O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Oliy Attestatsiya komissiyasi
Rayosatining 2003-yil 17-iyulidagi
96/4-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Oliy Attestatsiya komissiyasi
Rayosatining 2003-yil 17-iyulidagi
96/4-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996-yil 25-yanvardagi 34/2–son qarori bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996-yil 10-iyulda 261-raqam bilan ro‘yxatga olingan Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risida Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 1-band bo‘yicha
a) “yutuqlarga” so‘zidan keyin “oliy ma’lumotga, shu jumladan bakalavr yoki magistr darajasiga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
b) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Tibbiyot fanlari bo‘yicha dissertatsiya himoya qilish — tibbiyot sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega shaxslarga, veterinariya fanlari bo‘yicha dissertatsiya himoya qilish — veterinariya sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega shaxslarga, yuridik fanlar bo‘yicha dissertatsiya himoya qilish — huquq (yurisprudensiya) sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega shaxslarga ruxsat etiladi.”.
2. 2-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Qoraqalpoq adabiyotshunosligi va tilshunosligi bo‘yicha dissertatsiyalar talabgorning xohishiga qarab, qoraqalpoq tilida yozilishi mumkin.”.
3. 5-bandning ikkinchi xatboshisining birinchi jumlasida “bir oy” so‘zlari “besh kun” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nomzodlik imtihonlari falsafa, milliy istiqlol g‘oyasi va fan metodologiyasi, chet tili, informatsion texnologiyalar asoslari hamda dissertatsiya mavzuiga muvofiq ixtisoslik fanidan o‘tkaziladi.
Chet el fuqarolari uchun nomzodlik imtihonlari o‘zbek yoki rus tili, informatsion texnologiyalar asoslari va dissertatsiya mavzuiga muvofiq ixtisoslik fanidan o‘tkaziladi.”
5. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Nomzodlik imtihonlarining mazmunini va ularni topshirish tartibini OAK Rayosati belgilaydi.”.
6. 10-band bo‘yicha:
a) ikkinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi chiqarilsin;
b) quyidagi mazmundagi uchinchi—beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Dissertatsiya ishi kirish qismi, kamida uchta bo‘lim, asosiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
Dissertatsiya ishining amaliyotga tadbiqi yuzasidan maxsus ishlab chiqilgan tavsiyalar ixtisoslashgan kengashda tasdiqlanib, attestatsiya ishiga ilova qilinadi.
Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar asosan oxirgi o‘n-o‘n besh yil ichida nashr etilgan bo‘lishi tavsiya etiladi.”;
v) uchinchi—beshinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi—sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
g) sakkizinchi xatboshidagi “Hay’ati (kollegiya)ning” so‘zlari “Rayosatining” so‘zi bilan almashtirilsin.
7. 11-band bo‘yicha:
a) birinchi xatboshidagi “(doktorlik dissertatsiyasi uchun OAK bilan kelishilgan holda)” so‘zlari chiqarilsin.
b) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Dissertatsiya mavzusi ilmiy kengash tomonidan tasdiqlangandan so‘ng, “OAK Byulleteni” jurnalida nashr etilishi uchun o‘rnatilgan tartibdagi hujjatlar bilan OAKga yuboriladi.”.
8. 12-band bo‘yicha:
a) birinchi xatboshidagi “chop etiladigan” so‘zlaridan keyin “OAK ro‘yxatidagi gazeta va ilmiy jurnallarda,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha dissertantning umumiy ilmiy ishlari soni 30 tadan (shundan 10 tasi yakka mualliflikda) kam bo‘lmasligi kerak.”;
v) beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“birinchi bo‘limda monografiyalar hamda gazeta, ilmiy jurnallar va to‘plamlarda chop etilgan maqolalar ro‘yxati beriladi. Bu bo‘limda keltirilgan maqolalarning kamida o‘ntasi OAK ro‘yxatidagi gazeta va ilmiy jurnallarda nomzodlik dissertatsiyasi himoyasidan so‘ng nashr qilingan bo‘lishi kerak. Dissertantning gazeta va ilmiy jurnallarda chop etilgan o‘nta maqolasi bo‘lmagan hollarda, doktorlik dissertatsiyasining himoyasi masalasini istisno tariqasida OAK Rayosati hal qiladi;”;
g) o‘n uchinchi xatboshi “talabgorning” so‘zidan keyin “OAK ro‘yxatidagi gazeta,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
d) quyidagi mazmundagi o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Nomzodlik dissertatsiyasi bo‘yicha talabgorning umumiy ilmiy ishlari soni beshtadan kam bo‘lmasligi kerak.”.
9. 14-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ilmiy daraja talabgorlari dissertatsiyasini dastlabki ekspertizadan o‘z xohishlari bilan, ixtisoslashgan kengashdan mustaqil ravishda o‘tkazishlari mumkin. Ixtisoslashgan kengash dastlabki ekspertizalar natijalaridan qoniqmagan taqdirda, dissertatsiyani qo‘shimcha ravishda ekspertizaga yuboradilar.”.
10. 15-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Kengash, dissertatsiya himoya uchun qabul qilingandan so‘ng, uning avtoreferati chop etilishidan avval belgilangan tartibda “OAK Byulleteni” jurnalida himoya to‘g‘risida e’lon beradi.”.
11. 19-band bo‘yicha:
a) birinchi xatboshida “etilgan bo‘lishi kerak” so‘zlari “etiladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) birinchi xatboshining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Avtoreferat o‘zbek, rus, yoki ingliz tillarida yozilishi mumkin.”;
v) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xalqaro ekspertizadan o‘tkazish va ilmiy yutuqlarni targ‘ib qilish maqsadida avtorreferatga rus, o‘zbek va ingliz tillaridagi qisqacha mazmuni ilova qilinishi tavsiya etiladi. Qisqacha mazmunning hajmi doktorlik dissertatsiyasi uchun bir sahifadan va nomzodlik dissertatsiyasi uchun yarim sahifadan oshmasligi lozim. Dissertatsiya avtoreferati bosmaxonada yoki ko‘paytirgich uskunada kengash belgilagan nusxada bosiladi.”.
12. 20-band bo‘yicha:
a) “mashinkada ikki intervalda yozilgan” so‘zlari chiqarilsin;
b) quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Doktorlik dissertatsiya bo‘yicha dissertatsiyaning va avtoreferatining muqovasida faqat birgina ilmiy maslahatchi ko‘rsatilishi mumkin.
Nomzodlik dissertatsiyasi bo‘yicha dissertatsiyaning va avtoreferatning muqovasida birgina ilmiy rahbar ko‘rsatilish mumkin. Nomzodlik dissertatsiyasi bo‘yicha ikkinchi ilmiy rahbar yoki ilmiy maslahatchi zarur hollarda, dissertatsiya va avtoreferatning titul varag‘ida OAK ruxsati bilan ko‘rsatilishi mumkin. Ixtisosliklar tutashligida himoyaga taqdim etilgan nomzodlik dissertatsiyalari bundan mustasno.”.
13. 25-band bo‘yicha:
a) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Dissertatsiya ishi bajarilgan yoki ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha dissertant buyurtmachi, ijrochi (sherik ijrochi) bo‘lgan tashkilotlar, talabgor ishlayotgan muassasa, rasmiy opponentlarning, ilmiy rahbarning, ilmiy maslahatchining asosiy ish joyi bo‘lgan muassasa, yetakchi tashkilot bo‘la olmaydi.”;
b) ikkinchi—beshinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi—oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
14. 30-band bo‘yicha:
a) ikkinchi xatboshidagi “Dissertatsiyaga” so‘zi “Doktorlik dissertatsiyasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Nomzodlik dissertatsiyasi himoyasida, qoida tariqasida, rasmiy opponentlarning hammasi qatnashishi shartdir.”.
15. 33-band bo‘yicha:
a) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Shuningdek, dissertatsiya, avtoreferat hamda attestatsiya hujjatlarining elektron versiyalari o‘rnatilgan tartibda talabgorning attestatsiya ishi bilan birga OAKga topshiriladi.”;
b) ikkinchi—to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi—beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
16. 35-bandning birinchi xatboshisidagi “bordiyu” so‘zi chiqarilsin.
17. 37-band bo‘yicha:
b) to‘rtinchi xatboshida “birgalikda” so‘zidan keyin “OAK Rahbariyati ruxsati bilan” so‘zlari qo‘shilsin;
v) beshinchi xatboshida “bo‘linma” so‘zidan keyin “OAK Rahbariyati ruxsati bilan” so‘zlari qo‘shilsin;
g) yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mabodo kengash himoya o‘tkazishda OAK Nizomlari talablarini va o‘rnatilgan tartib-qoidani buzgan bo‘lsa, OAK Rahbariyati OAK Me’yoriy (protsedura) komissiyasining qaroriga asosan attestatsiya ishi ko‘rilishini to‘xtatib, dissertatsiya ishiga rad javobi berishi mumkin.”.
18. 39-band quyidagi tahrirda bayon etilsiin:
“39. Dissertatsiya himoyasidan keyin, dissertatsiyada aniqlangan noaniqliklarni, xatolarni tuzatish mumkin emas. Attestatsiya ishining OAKda ko‘rilish jarayonida attestatsiya ishida aniqlangan xatolar, kamchiliklar tuzatilishiga ruxsat berilmaydi.
Talabgor o‘z dissertatsiyasini ko‘rib chiqish jarayonining har qanday bosqichida: kengashda — yashirin ovoz berishdan avval, OAKda esa — fan nomzodi yoki doktori ilmiy darajasini berish haqidagi yechim yoxud qaror qabul qilinishidan oldin uni muhokamadan olishga haqli, o‘zga materiallardan ularning muallifi va manbaini ko‘rsatmasdan foydalanganligini kengash yoki OAK aniqlagan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda dissertatsiya muhokamadan olingandan keyin umumiy asoslarda takroran himoyaga taqdim etilishi mumkin.”.
19. VI bo‘lim chiqarilsin.
20. 42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. OAK Rayosatining ilmiy daraja berish haqidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ilmiy daraja diplomlari qaror qabul qilingan paytdan boshlab bir oy muddat davomida OAK Rayosati qarori asosida rasmiylashtiriladi va beriladi.”.
21. 47-bandning birinchi xatboshisidagi va 48-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Hay’ati” so‘zi “Rayosati” degan so‘z bilan almashtirilsin.
22. Nizom quyidagi mazmundagi 50-band bilan to‘ldirilsin:
“50. Ushbu Nizom bo‘yicha barcha tushuntirishlar OAK Rayosati tomonidan belgilangan tartibda beriladi.”.
23. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar, ular kuchga kirgunga qadar tegishli kafedralar tomonidan himoyaga tavsiya etilgan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)