25.03.2024 yildagi 152-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.03.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy sheriklik mexanizmlarining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, ijtimoiy sohada ularning salohiyatidan unumli va samarali foydalanish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini ajratish tizimiga yangi zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, davlat ijtimoiy buyurtmasini ajratish jarayonining shaffofligini taʼminlash zarurati mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy sheriklik hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-apreldagi 208-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini ajratish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 135-son qarori bilan tasdiqlangan Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasi uchun tanlovlarni eʼlon qilish va ularda ishtirok etish uchun arizalarni maxsus axborot portali orqali taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish uchun ajratiladigan mablagʻlarning eng koʻp miqdorini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy loyihalarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha qabul qilingan qaror ustidan shikoyat qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratiladigan mablagʻlarning nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan maʼmuriy xarajatlar va ish haqiga ishlatiladigan qismini aniq belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini monitoring qilishning aniq mexanizmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalarining samaradorligini baholash indikatorlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratiladigan mablagʻlar sarflanishi yuzasidan jamoatchilikni doimiy ravishda xabardor qilib borish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.B. Maxkamova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 25-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
152-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 152-son qaroriga

ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 3-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish boʻyicha tanlov (keyingi oʻrinlarda tanlov) — sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun talabgor sifatida ishtirok etayotgan bir nechta nodavlat notijorat tashkilotlaridan olingan takliflarni taqqoslash asosida davlat ijtimoiy buyurtmasini berishning raqobatli usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus axborot portali — vakolatli organ tomonidan yuritiladigan, davlat xaridlari amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlar, davlat xaridlarining yakunlari, ishtirokchilarning takliflari haqidagi axborotni va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa axborotni elektron shaklda koʻzdan kechirishni, shuningdek, amalga oshirilgan elektron davlat xaridlari toʻgʻrisida davlat xaridlari elektron tizimlarining operatorlari tomonidan kiritiladigan (yuboriladigan) axborotni toʻplashni taʼminlovchi veb-sayt”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“41. Davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlaridan kelib tushgan loyihalarni koʻrib chiqish, umumlashtirish, baholash hamda nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalarining samaradorligini aniqlash davlat boshqaruvi organlari huzuridagi jamoatchilik nazorati va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha jamoatchilik kengashlari (keyingi oʻrinlarda — jamoatchilik kengashi) tomonidan amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat boshqaruvi organlari tomonidan har yili oʻzining budjetdan tashqari mablagʻlari xarajatlari smetasida bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasini berish uchun ajratiladigan mablagʻlar miqdori nazarda tutiladi. Davlat boshqaruvi organi tomonidan bitta davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish uchun bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravarigacha boʻlgan miqdorda mablagʻlar ajratilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish doirasida loyiha ijrochilarining mehnatiga toʻlanadigan haq, moddiy-texnik bazani mustahkamlashga yoʻnaltirilgan mablagʻ va boshqa maʼmuriy xarajatlarning miqdori ajratilgan mablagʻlarning 20 foizidan oshmasligi lozim”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 20 va 21-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“20. Davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish uchun tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon tanlov boʻyicha hujjatlar loyihalarni qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida oʻn ikki ish kuni va koʻpi bilan oʻttiz ish kunidan oldin majburiy ravishda maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga, shuningdek, davlat boshqaruvi organlarining xohishiga koʻra — oʻzining rasmiy veb-saytiga, ommaviy axborot vositalariga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon quyidagi axborotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov tashkilotchisining nomi va manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasining tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari va miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish muddati;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchilarga qoʻyiladigan talablar (shartnoma tuzish huquqiga egalik, soliqlar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning, oʻziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi, insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlarining ishtirokchilar bilan bogʻlanish uchun bogʻlovchi shaxslar sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaxslarining yoki boshqa xodimlarining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi va manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov ishtirokchilari tomonidan loyihalarni berish muddati tugaydigan sana va vaqt;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni rasmiylashtirishga doir talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

tanlov gʻolibi bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi haqidagi axborot;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda ishtirok etish uchun loyihalarni davlat tilida va zaruratga qarab, boshqa tillarda tayyorlash majburiyligi toʻgʻrisidagi talab;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni baholash mezonlari va koʻrib chiqish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

tanlov ishtirokchilari tomonidan korrupsiya koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha ariza taqdim etish majburiyligi haqidagi talablar.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa axborotlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 25-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“25. Tanlovda ishtirok etish uchun nodavlat notijorat tashkilotlari quyidagi hujjatlarni elektron shaklda maxsus axborot portali orqali tegishli davlat boshqaruvi organiga taqdim etadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“26. Tanlov gʻolibi nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tanlovga taqdim etilgan loyihalarni oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash natijalariga koʻra aniqlanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 30-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“30. Tanlov natijalari tanlov gʻolibi aniqlangan kundan soʻng bir ish kuni ichida Jamoatchilik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi. Jamoatchilik kengashi qarorlari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Jamoatchilik kengashining yigʻilishi bayonnomasi Jamoatchilik kengashi kotibi tomonidan yuritiladi va Jamoatchilik kengashi raisi, kotibi va ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan imzolanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“31. Davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruvi organi va tanlovda gʻolib deb topilgan nodavlat notijorat tashkiloti oʻrtasida Jamoatchilik kengashining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish shartnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruvi organi va tanlovda gʻolib deb topilgan nodavlat notijorat tashkilotining huquq va majburiyatlarini hamda javobgarligini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov natijalariga koʻra tuzilgan shartnoma toʻgʻrisidagi axborot davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruvi organi tomonidan maxsus axborot portaliga shartnoma tuzilgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay joylashtiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagi mazmundagi 61-bob bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“61-bob. Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini monitoring qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
331. Davlat ijtimoiy buyurtmasini ajratgan davlat boshqaruvi organi davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda monitoring qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda davlat moliyaviy nazorati amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini monitoring qilishga auditorlik tashkiloti jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
332. Davlat ijtimoiy buyurtmasini olgan nodavlat notijorat tashkiloti davlat ijtimoiy buyurtmasi bajarilishi yakunlangan kundan boshlab besh ish kuni ichida davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish bilan bogʻliq barcha hujjatlarni davlat ijtimoiy buyurtmasini ajratgan davlat boshqaruvi organiga taqdim qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
333. Davlat ijtimoiy buyurtmasini ajratgan davlat boshqaruvi organi va davlat ijtimoiy buyurtmasini olgan nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ushbu hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab bir oy ichida oʻrganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrganish davomida davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalarining samaradorligi, yaʼni davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi hamda mablagʻlarni ajratishdan koʻzlangan maqsadlarga erishilganligi aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrganish natijasi yuzasidan dalolatnoma tuzilib, davlat ijtimoiy buyurtmasini ajratgan davlat boshqaruvi organi va davlat ijtimoiy buyurtmasini olgan nodavlat notijorat tashkilot(lar)i rahbar(lar)i tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
334. Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalarining samaradorligi davlat ijtimoiy buyurtmasini ajratgan davlat boshqaruvi organining jamoatchilik kengashi tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalarining samaradorligini aniqlashdan maqsad davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish uchun ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi hamda berilgan ijtimoiy buyurtmadan koʻzlangan ijtimoiy maqsadlarga erishilishini tahlil qilishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
335. Davlat ijtimoiy buyurtmasi samaradorligining maksimal koʻrsatkichi 30 ballni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalarining samaradorligi toʻplagan ballarga qarab aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori samaradorlik — 25 va undan yuqori ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrtacha samaradorlik — 15 balldan 24 ballgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
samarasiz — 1 balldan 14 ballgacha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalariga koʻra yuqori samaradorlikka erishgan nodavlat notijorat tashkiloti davlat ijtimoiy buyurtmasini bergan davlat boshqaruvi organi tomonidan budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan keyingi yillarda oʻtkaziladigan davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovlarida ishtirok etishda taqdim qilgan ijtimoiy loyihasi boʻyicha toʻplangan umumiy ballga ushbu ballning 10 foizi bir martalik imtiyoz sifatida qoʻshib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalari samarasiz boʻlgan taqdirda, nodavlat notijorat tashkiloti davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish uchun ajratilgan mablagʻlarning 50 foizini tegishli davlat boshqaruvi organi hisobvaraqlariga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
336. Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablagʻlardan maqsadsiz foydalanilganda, ushbu mablagʻlar tegishli davlat boshqaruvi organi hisobvaraqlariga toʻliq qaytarilishi lozim”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 7-bob quyidagi mazmundagi 351-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“351. Nodavlat notijorat tashkiloti davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablagʻlardan foydalanish yuzasidan batafsil maʼlumotlarni har chorakda oʻzining rasmiy veb-saytida yoki ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib boradi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 36 va 37-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“36. Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablagʻlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanish, shuningdek, shartnomada koʻrsatilgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik ishlarni sifatli va oʻz vaqtida bajarish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruvi organi va nodavlat notijorat tashkilotining rahbari javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Nodavlat notijorat tashkiloti ushbu Nizom talablari bajarilishiga masʼul davlat boshqaruvi organlari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan boʻysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoxud bevosita sudga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartib-tamoyillari bilan bogʻliq qoidalarning buzilishi boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlarining shikoyatlari “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagi mazmundagi 38-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“38. Davlat boshqaruvi organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasini berish sohasidagi ushbu Nizom bilan tartibga solinmagan munosabatlarga davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik normalari qoʻllaniladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqich

Subyektlar

Mexanizm

Muddatlar

1-bosqich

Davlat boshqaruvi organi

Davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish uchun tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon va tanlov boʻyicha hujjatlarni maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga, shuningdek, davlat boshqaruvi organlarining xohishiga koʻra oʻzining rasmiy veb-saytiga, shuningdek, ommaviy axborot vositalariga joylashtiradi.

Loyihalarni qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida 12 ish kuni va koʻpi bilan 30 ish kunidan oldin

2-bosqich

Nodavlat notijorat tashkiloti

Tanlovda ishtirok etish uchun tegishli hujjatlarni elektron shaklda maxsus axborot portali orqali tegishli davlat boshqaruvi organiga taqdim etadi.

Loyihalarni qabul qilish muddati tugaydigan sanagacha

3-bosqich

Jamoatchilik kengashi

1. Tanlov gʻolibini nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tanlovga taqdim etilgan loyihalarni koʻrib chiqish va baholash natijalariga koʻra aniqlaydi.

10 ish kuni ichida

2. Jamoatchilik kengashi qarorini bayonnoma bilan rasmiylashtiradi.

1 ish kuni ichida

4-bosqich

Davlat boshqaruvi organi

Davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruvi organi va tanlovda gʻolib deb topilgan nodavlat notijorat tashkiloti oʻrtasida davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish shartnomasi tuziladi.

10 ish kuni ichida

Nodavlat notijorat tashkiloti

”.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagi mazmundagi 3-ilova bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

3-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Nodavlat notijorat tashkilotlariga davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalarining samaradorligini aniqlash

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
METODIKASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Indikator

Mezonlar

Koʻrsatkichlar

1.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi mablagʻlari doirasida loyihada belgilangan maqsad va vazifalarning bajarilganligi.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi mablagʻlari doirasida loyihada belgilangan maqsad va vazifalarning bajarilganlik darajasi baholanadi.

Ball maqsad va vazifalarning necha foizga bajarilganligiga qarab beriladi.

Masalan: 1000 nafar ehtiyojmand shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish belgilangan boʻlib, ulardan 300 nafari oʻqitilgan boʻlsa, shunda maqsad va vazifalarning 30 foizi bajarilgan hisoblanib, 3 ball beriladi.

— 81 foizdan 100 foizgacha — 6 ball;

— 61 foizdan 80 foizgacha — 5 ball;

— 41 foizdan 60 foizgacha — 4 ball;

— 21 foizdan 40 foizgacha — 3 ball;

— 20 foiz va undan kam — 0 ball.

2.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi shaklida ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri ishlatilganligi.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi shak�ida ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri ishlatilganlik darajasi loyihaning budjetida belgilangan taqsimotdan jami summaga nisbatan necha foizga chetga chiqqanligiga qarab baholanadi.

Masalan, jami 20 mln soʻm ajratilgan boʻlib, ushbu mablagʻning 1 mln soʻm qismi ijtimoiy loyihaning budjetida koʻrsatilmagan maqsad uchun ishlatilgan boʻlsa, 1 mln.ning 20 mln.ga nisbatan foizi (5%) mablagʻlarining notoʻgʻri ishlatilganligi darajasini koʻrsatadi.

— 0 foiz — 6 ball.

— 1 foizdan 10 foizgacha — 5 ball;

— 10 foizdan 30 foizgacha — 3 ball;

— 30 foizdan ortiq — 0 ball.

3.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi mablagʻlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida OAVlarda batafsil axborot eʼlon qilib borilganligi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi mablagʻlari doirasida amalga oshirilgan ishlar (tadbirlar soni, ishtirok etgan maqsadli auditoriya, erishilgan natijalar, ishlatilgan mablagʻlar va boshqalar) haqida har chorakda oʻzining rasmiy veb-saytida yoki ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib borilganligi oʻrganiladi.

Bunda fuqarolik jamiyati instituti tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan oʻzining rasmiy veb-sayti, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi eʼlonlar hisobga olinadi.

— 20 tadan ortiq — 6 ball;

— 15 — 19 ta — 5 ball;

— 10 — 14 ta — 4 ball;

— 6 — 9 ta — 3 ball;

— 1 — 5 ta — 2 ball.

4.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi belgilangan muddatda amalga oshirilganligi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy loyihada nazarda tutilgan tadbirlar davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish shartnomasida belgilangan muddatlarda amalga oshirilganligi holati baholanadi.

Ball miqdori muddatdan qanchalik kechiktirilganligi bilan bogʻliq boʻladi.

Bunda davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish shartnomasida muddati uzaytirilgan boʻlsa, uzaytirilgan muddat ham kechiktirilgan muddatga qoʻshib hisoblanadi.

— muddatida amalga oshirilsa — 6 ball;

— 1 oygacha kechiktirilsa — 4 ball;

— 1 oydan 2 oygacha kechiktirilsa — 2 ball;

— 2 oydan 3 oygacha kechiktirilsa — 1 ball;

— 3 oydan ortiq muddatga kechiktirilsa — 0 ball.

5.

Ijtimoiy loyihaning davom ettirilayotganligi.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan ijtimoiy loyiha davom ettirilayotganligi aniqlanadi.

Ijtimoiy loyiha davom ettirilayotgan boʻlsa — 6 ball;

Ijtimoiy loyiha davom ettirilmayotgan boʻlsa — 0 ball.

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2024-y., 09/24/152/0245-son)