25.03.2024 yildagi 152-son
Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy sheriklik hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 22-apreldagi 208-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini ajratish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 3-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
to‘rtinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3. 20 va 21-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4. 25-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5. 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
6. 30-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7. 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
9. 7-bob quyidagi mazmundagi 351-band bilan to‘ldirilsin:
10. 36 va 37-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
12. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

T/r

Indikator

Mezonlar

Ko‘rsatkichlar

1.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi mablag‘lari doirasida loyihada belgilangan maqsad va vazifalarning bajarilganligi.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi mablag‘lari doirasida loyihada belgilangan maqsad va vazifalarning bajarilganlik darajasi baholanadi.

Ball maqsad va vazifalarning necha foizga bajarilganligiga qarab beriladi.

Masalan: 1000 nafar ehtiyojmand shaxslarni kasb-hunarga o‘qitish belgilangan bo‘lib, ulardan 300 nafari o‘qitilgan bo‘lsa, shunda maqsad va vazifalarning 30 foizi bajarilgan hisoblanib, 3 ball beriladi.

— 81 foizdan 100 foizgacha — 6 ball;

— 61 foizdan 80 foizgacha — 5 ball;

— 41 foizdan 60 foizgacha — 4 ball;

— 21 foizdan 40 foizgacha — 3 ball;

— 20 foiz va undan kam — 0 ball.

2.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi shaklida ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri ishlatilganligi.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi shak�ida ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri ishlatilganlik darajasi loyihaning budjetida belgilangan taqsimotdan jami summaga nisbatan necha foizga chetga chiqqanligiga qarab baholanadi.

Masalan, jami 20 mln so‘m ajratilgan bo‘lib, ushbu mablag‘ning 1 mln so‘m qismi ijtimoiy loyihaning budjetida ko‘rsatilmagan maqsad uchun ishlatilgan bo‘lsa, 1 mln.ning 20 mln.ga nisbatan foizi (5%) mablag‘larining noto‘g‘ri ishlatilganligi darajasini ko‘rsatadi.

— 0 foiz — 6 ball.

— 1 foizdan 10 foizgacha — 5 ball;

— 10 foizdan 30 foizgacha — 3 ball;

— 30 foizdan ortiq — 0 ball.

3.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi mablag‘lari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida OAVlarda batafsil axborot e’lon qilib borilganligi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi mablag‘lari doirasida amalga oshirilgan ishlar (tadbirlar soni, ishtirok etgan maqsadli auditoriya, erishilgan natijalar, ishlatilgan mablag‘lar va boshqalar) haqida har chorakda o‘zining rasmiy veb-saytida yoki ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib borilganligi o‘rganiladi.

Bunda fuqarolik jamiyati instituti tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘zining rasmiy veb-sayti, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi e’lonlar hisobga olinadi.

— 20 tadan ortiq — 6 ball;

— 15 — 19 ta — 5 ball;

— 10 — 14 ta — 4 ball;

— 6 — 9 ta — 3 ball;

— 1 — 5 ta — 2 ball.

4.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi belgilangan muddatda amalga oshirilganligi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy loyihada nazarda tutilgan tadbirlar davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish shartnomasida belgilangan muddatlarda amalga oshirilganligi holati baholanadi.

Ball miqdori muddatdan qanchalik kechiktirilganligi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Bunda davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish shartnomasida muddati uzaytirilgan bo‘lsa, uzaytirilgan muddat ham kechiktirilgan muddatga qo‘shib hisoblanadi.

— muddatida amalga oshirilsa — 6 ball;

— 1 oygacha kechiktirilsa — 4 ball;

— 1 oydan 2 oygacha kechiktirilsa — 2 ball;

— 2 oydan 3 oygacha kechiktirilsa — 1 ball;

— 3 oydan ortiq muddatga kechiktirilsa — 0 ball.

5.

Ijtimoiy loyihaning davom ettirilayotganligi.

Davlat ijtimoiy buyurtmasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan ijtimoiy loyiha davom ettirilayotganligi aniqlanadi.

Ijtimoiy loyiha davom ettirilayotgan bo‘lsa — 6 ball;

Ijtimoiy loyiha davom ettirilmayotgan bo‘lsa — 0 ball.

.