22.04.2022 yildagi 208-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy sheriklik hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 4-martdagi PF-6181-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlariga onlayn davlat xizmatlarini ko‘rsatish, shu jumladan, ularni elektron shaklda davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, o‘z faoliyati to‘g‘risidagi yillik hisobotlarni real vaqt rejimida taqdim qilish, shuningdek, fuqarolik jamiyatining rivojlanish holati va tendensiyalarini kuzatib borish imkoniyatini beradigan elektron portal (keyingi o‘rinlarda — elektron portal) ishlab chiqilib, ishga tushirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi (keyingi o‘rinlarda — Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi) bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar elektron portal bazasida quyidagi imkoniyatlarni beradigan ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etsin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari (keyingi o‘rinlarda — NNT) tomonidan ijtimoiy va iqtisodiy dasturlar ishlab chiqilishida ishtirok etish, ularning ijrosini monitoring qilish, monitoring natijasi bo‘yicha majburiy tartibda ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan hujjatni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘g‘risidagi takliflarni mas’ul davlat organlari va tashkilotlariga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NNTlarning ijtimoiy va iqtisodiy dasturlar loyihalari yuzasidan bergan takliflarini davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqish va natijalarini elektron portalga joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NNTlar yoki davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ijtimoiy sheriklik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ijtimoiy sheriklik sohalari doirasida davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish to‘g‘risida Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga yoki uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalariga (keyingi o‘rinlarda — hududiy bo‘linmalar) buyurtmanomalar yuborish;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NNTlar tomonidan amalga oshirilgan jamoatchilik nazoratining yakuni bo‘yicha tayyorlangan hujjatni davlat organlari va tashkilotlariga yuborish hamda davlat organlari hamda tashkilotlari tomonidan ushbu hujjatning ko‘rib chiqilishi natijasi bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni e’lon qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan majburiy tartibda elektron portalga joylashtirib boriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy va iqtisodiy dasturlarning loyihalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotsial va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun NNTlarga budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berish uchun tanlov o‘tkazilishi haqidagi e’lonlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelgusi moliya yili uchun davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish to‘g‘risida Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga yuboriladigan buyurtmanomalar;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NNTlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalar, tuzilgan hamkorlik bitimlari, memorandumlar hamda berilgan davlat ijtimoiy buyurtmalari haqidagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmalarini amalga oshirish jarayoni va natijalari, ajratilgan mablag‘larning sarflanishi haqidagi ma’lumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi va uning hududiy bo‘linmalariga davlat granti va davlat ijtimoiy buyurtmasini berish uchun tanlovlar o‘tkazilishi haqidagi e’lonlar, shuningdek, o‘tkazilgan tanlovlarning natijalari haqida ma’lumotlarni elektron portalga joylashtirib borish tavsiya etilsin.
(3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Elektron portalda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha tashkiliy sxema ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Elektron portalning funksional imkoniyatlarini takomillashtirish, uning uzluksiz faoliyat ko‘rsatishi, shuningdek, unga texnik xizmat ko‘rsatish va uni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlar budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ijtimoiy sheriklikni elektron portal orqali amalga oshirish tartibiga rioya etilishining nazorati va doimiy monitoringini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-avgustga qadar davlat boshqaruvi organlarining sotsial va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarini amalga oshirish uchun NNTlarga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibini takomillashtirish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartib-taomillarini “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari asosida qayta ko‘rib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish uchun ajratiladigan mablag‘larning eng ko‘p miqdorini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy loyihalarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha qabul qilingan qaror ustidan shikoyat qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablag‘larning NNTlar tomonidan ma’muriy xarajatlar va ish haqiga ishlatiladigan qismini aniq belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini monitoring qilishning aniq mexanizmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalarining samaradorligini baholash indikatorlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablag‘lar sarflanishi yuzasidan jamoatchilikni doimiy ravishda xabardor qilib borish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, uning hududiy bo‘linmalari hamda NNTlarning elektron portaldan ushbu qarorda belgilangan vazifalarning bajarilishi uchun foydalanishi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
(6-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorning 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan funksional imkoniyatlar O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham amalga oshirilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Moliya vazirligi, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar NNTlarga qonunchilikda belgilangan tartibda ijtimoiy sheriklik doirasida ajratilgan davlat granti va ijtimoiy buyurtmasi bo‘yicha amalga oshirilgan ijtimoiy loyihalarning Yagona elektron reyestrini joriy etsin va doimiy ravishda yangilab borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tizimli va samarali ijrosi ta’minlanishiga ko‘maklashish maqsadida quyidagi masalalarni aniqlash uchun 2023-yildan boshlab har yili tahlil qilib boradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud ijtimoiy xizmatlarning xatlovi, ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish holati, ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishga jalb qilingan moddiy va moliyaviy resurslarning turlari va miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatayotgan subyektlar turlari (davlat organlari va tashkilotlari, NNTlar, tadbirkorlik subyektlari va boshqalar.) va soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini baholash orqali birinchi navbatda, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan aholi qatlamlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda, NNTlarga davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalari beriladigan ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning ustuvor yo‘nalishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tahlillar natijasi bo‘yicha har yili 1-martga qadar Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyalari, Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralarga ma’lumot taqdim etib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlik va idoralar har yili sotsial va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun NNTlarga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan beriladigan davlat ijtimoiy buyurtmalarini ushbu qarorning 6-bandida nazarda tutilgan tahliliy ma’lumotlarga asosan shakllantirib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 22-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
208-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 208-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron portalda Ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY SXEMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Adliya vazirligi, manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birga

7

Davlat organlari va tashkilotlari

6

Elektron portal

5

Fuqarolik jamiyati institutlari

1

4

2

3

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, uning hududiy bo‘linmalari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat organlari va tashkilotlari ijtimoiy va iqtisodiy dasturlarning loyihalari; budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasini berish uchun tanlov o‘tkazilishi haqidagi e’lonlar; loyihalar, tuzilgan hamkorlik bitimlari, memorandumlar hamda berilgan davlat ijtimoiy buyurtmalari bo‘yicha ma’lumotlar; Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga yuboriladigan davlat ijtimoiy buyurtmalari haqidagi ma’lumotlarni elektron portalga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, uning hududiy bo‘linmalari davlat granti va ijtimoiy buyurtmasini berish uchun tanlov o‘tkazilishi haqidagi e’lonlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, uning hududiy bo‘linmalari davlat granti tanlovlarning natijalari, loyihalarni amalga oshirish jarayoni va natijalari, ajratilgan mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha ma’lumotlarni elektron portalga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy va iqtisodiy dasturlarning loyihalariga takliflarni, e’lon qilingan tanlovlarda ishtirok etish uchun arizani davlat organlari hamda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga elektron portal orqali yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy sheriklik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha takliflarni davlat organlari va tashkilotlariga elektron portal orqali yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat organlari va tashkilotlari ijtimoiy sheriklik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha takliflarni fuqarolik jamiyati institutlariga elektron portal orqali yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Adliya vazirligi ijtimoiy sheriklikni elektron portal orqali amalga oshirish tartibiga rioya etilishining nazorati va doimiy monitoringini amalga oshiradi, amalga oshirilgan ijtimoiy loyihalarning yagona elektron reyestrini joriy etadi va doimiy ravishda yangilab boradi.
(ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/208/0338-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)