1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.02.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar faoliyatini va hamkorligini samarali ta’minlash hamda “Mahalla yettiligi” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘tgan davr mobaynida mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimi takomillashtirilib, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi, mahalladagi yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, davlat soliq inspektori va ijtimoiy xizmat xodimlarining hamkorlikdagi faoliyati yo‘lga qo‘yildi hamda ularning vazifalari belgilab berildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan bugungi davrda jamiyat ishlarini boshqarishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining hamkorligini mustahkamlash, ularning faoliyatini yanada kuchaytirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurligi talab etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni hamda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, “Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va uning a’zolari o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining (keyingi o‘rinlarda — “Mahalla yettiligi” a’zolari) ishga kelib ketishi bo‘yicha davomatni (tabelni) yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla yettiligi” a’zolarining ishga kelishini va ishdan ketishini hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla yettiligi” a’zolarining ishga kelishi va ishdan ketishi bo‘yicha davomatni (tabelni) yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla yettiligi” a’zolarining ishga kelishini va ishdan ketishini hisobga olish daftari va davomat (tabel) hujjatini saqlash.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.03.00 Rais (oqsoqol) va uning vakolatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, “Mahalla yettiligi” a’zolari mehnatiga mahalla fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan to‘ldirilgan tabel asosida haq to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 18-iyundagi 380-son qaroriga2-ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir mahalla fuqarolar yig‘ini huzurida mahalla raisi rahbarligida “Mahalla yettiligi”ni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining namunaviy tuzilmasiga “Mahalla yettiligi”ni kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla yettiligi”ning funksiyalari, vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston mahallalari uyushmasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mahalla fuqarolar yig‘inlari huzuridagi “Mahalla yettiligi” to‘g‘risidagi namunaviy nizom asosida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tegishli nizomlarning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi hamda ularning faoliyati samarali tashkil etilishiga har tomonlama ko‘maklashish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi K.K. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 15-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
137-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining ishga kelib ketishi bo‘yicha davomatni (tabelni) yuritish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YO‘RIQNOMA

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining ishga kelib ketishi bo‘yicha davomatni (tabelni) yuritishni tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur yo‘riqnomada quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davomat — muayyan ishda doimiy ishtirok etish yoki qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soatbay — ish haqiga nisbatan ishlatiladigan o‘lchov birligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla yettiligi” — fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari namunaviy tuzilmasiga kiritilgan mahalla raisi rahbarligidagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori a’zolaridan iborat bo‘lgan guruh.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.03.00 Rais (oqsoqol) va uning vakolatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.25.00 Ish vaqti / 05.02.25.01 Ish vaqtining muddati]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining (keyingi o‘rinlarda — “Mahalla yettiligi” a’zolari) ishga kelib ketishi bo‘yicha davomatni (tabelni) yuritish uchun javobgarlik fuqarolar yig‘ini raisi zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda soliq inspektori va ijtimoiy xodimning ishga kelib ketishi bo‘yicha davomat tegishliligi bo‘yicha tumandagi soliq inspeksiyasi va (yoki) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari hamda fuqarolar yig‘ini raisi o‘rtasida tuzilgan ishga kelib ketish grafigiga asosan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yig‘ini raisi lavozimi bo‘sh bo‘lgan taqdirda, “Mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan ovozga qo‘yish orqali davomatni (tabelni) yuritish bo‘yicha vaqtincha mas’ul shaxs tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan “Mahalla yettiligi” a’zolarining ishga kelib ketishi bo‘yicha davomatni (tabelni) yuritishga davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning mansabdor shaxslarining aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. “Mahalla yettiligi” a’zolarining ishga kelishini va ishdan ketishini hisobga olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Mahalla yettiligi” a’zolarining ishga kelib ketishini hisobga olish maqsadida har bir fuqarolar yig‘inida ushbu yo‘riqnomaga 1-ilovada keltirilgan tartibda “Xodimlarning ishga kelishini va ishdan ketishini hisobga olish daftari” (keyingi o‘rinlarda — hisobga olish daftari) yuritiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.03.00 Rais (oqsoqol) va uning vakolatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.25.00 Ish vaqti / 05.02.25.01 Ish vaqtining muddati]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Hisobga olish daftari fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan yuritiladi (to‘ldiriladi) hamda varaqlari ip o‘tkazib tikilgan, tartib raqami qo‘yilgan va so‘rg‘ich yoki mastika muhr bilan muhrlangan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Hisobga olish daftarining yuritilishi va saqlanishi hamda unga kiritiladigan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun fuqarolar yig‘ini raisi javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Hisobga olish daftarida xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi, egallab turgan lavozimi, ishga kelish va ishdan ketish sanasi, vaqti ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobga olish daftarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar har bir “Mahalla yettiligi” a’zosi tomonidan to‘ldiriladi va imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Mahalla yettiligi” a’zolari (soliq inspektori va ijtimoiy xodim bundan mustasno) bir ish kuni mobaynida hisobga olish daftarida ikki marta qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla yettiligi” a’zolari (soliq inspektori va ijtimoiy xodim bundan mustasno) har kuni ishga kelgan zahoti hamda ishdan ketish oldidan hisobga olish daftariga ishga kelish va ishdan ketish vaqti to‘g‘risidagi yozuvni kiritgan holda imzo bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ish kuni yakunlari bo‘yicha hisobga olish daftarining har kuni to‘ldirilganligini fuqarolar yig‘ini raisi nazorat qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla yettiligi” a’zolari uzrli sabab bilan ishda bo‘lmagan taqdirda, sana ustuniga ushbu yo‘riqnomaga 2-ilovada keltirilgan tartibda fuqarolar yig‘ini raisi shartli belgilarni qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda fuqarolar yig‘ini raisi shartli belgi qo‘yishdan avval “Mahalla yettiligi” a’zosining ishga kelmaganlik sababini surishtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Davomatni (tabelni) yuritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Har oy yakunlari bo‘yicha fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan “Mahalla yettiligi” a’zolarining hisobga olish daftaridagi ishga kelishi va ishdan ketishi monitoring qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monitoring tahlillariga ko‘ra “Mahalla yettiligi” a’zolarining ishga kelishi va ishdan ketishi bo‘yicha davomat (tabel) fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan ushbu yo‘riqnomaga 3-ilovada keltirilgan shaklda to‘ldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Fuqarolar yig‘ini raisi tabelga har bir “Mahalla yettiligi” a’zosining haqiqatda ishlagan vaqtini mehnat qonunchiligiga muvofiq kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Fuqarolar yig‘ini raisi tabelni to‘ldirib bo‘lganidan so‘ng tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlangan tabelning ko‘chirma nusxasini “Mahalla yettiligi” a’zolarining mehnatiga ish haqi hisoblash uchun ularning kadrlar bilan ishlash bo‘yicha hududiy mutaxassislariga har oyning oxirgi sanasida yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Hisobga olish daftari va davomatni (tabel) saqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Fuqarolar yig‘inida hujjatlarning saqlanishi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ish yurituvchisi tomonidan ta’minlanadi. Ish yurituvchi hisobga olish daftari va tabelni fuqarolar yig‘inida saqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Fuqarolar yig‘inida tabel bo‘yicha yig‘majildlar yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu yo‘riqnoma talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining ishga kelib ketishi bo‘yicha davomatni (tabelni) yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga

Xodimlarning ishga kelishini va ishdan ketishini hisobga olish daftari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishga kelganlik va kelmaganlik to‘g‘risidagi qaydlar (oyning sanalari bo‘yicha)
Sana
Sana
Sana
Sana
Sana
Sana
Sana
Sana
Sana
Sana
Sana
Sana
Keldi
Ketdi
Keldi
Ketdi
Keldi
Ketdi
Keldi
Ketdi
Keldi
Ketdi
Keldi
Ketdi
Keldi
Ketdi
Keldi
Ketdi
Keldi
Ketdi
Keldi
Ketdi
Keldi
Ketdi
Keldi
Ketdi
1.
2.
3.
4.
5.
6.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining ishga kelib ketishi bo‘yicha davomatni (tabelni) yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
2-ILOVA

Shartli belgilar

* Profilaktika inspektori jamoat tartibini saqlash maqsadida maxsus profilaktika tadbirlariga jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining ishga kelib ketishi bo‘yicha davomatni (tabelni) yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TASDIQLAYMAN”
__________________
fuqarolar yig‘ini raisi
________________________
(F.I.O.)
20___ yil “___” _________
“________________” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorining ishga kelishi va ishdan ketishi bo‘yicha
_____/_______son — TABEL
T/r
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Lavozimi
Oy kunlari
Ishlandi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
Soatbay
Kun
1.
2.
3.
4.
5.
6.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 18-iyundagi 380-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi namunaviy nizomga ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yig‘ini majlisi
(fuqarolar vakillarining yig‘ilishi)
Taftish komissiyasi
Fuqarolar yig‘inining kengashi
Mahalla yettiligi
Fuqarolar yig‘inining raisi
Huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosar — profilaktika inspektori
Hokim yordamchisi
Xotin-qizlar faoli
Yoshlar yetakchisi
Ijtimoiy xodim
Soliq inspektori
Keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchi
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiya
Xotin qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya
Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi
“Keksalar maslahati” guruhi
“Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhi
Mahalla nazorati guruhi
“Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi
Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya
Ayollar maslahat kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan tegishli hududdagi muammolarning dolzarbligiga qarab, fuqarolar yig‘ini tomonidan fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa komissiyalar ham tuzilishi mumkin.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fuqarolar yig‘ini huzuridagi jamoatchilik tuzilmalari to‘g‘risida namunaviy nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 3-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla yettiligi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagi mazmundagi 42-bob bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“42-bob. “Mahalla yettiligi” faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. “Mahalla yettiligi”ning asosiy maqsadi, vazifalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5832. “Mahalla yettiligi”ning maqsadi mahallaning ichki resurslarini aniqlash hamda ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish uchun safarbar etishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5833. Quyidagilar “Mahalla yettiligi”ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarining ijrosi ta’minlanishini, oilalarning iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli va ehtiyojlarini o‘rganishda fuqarolar yig‘ini kengashiga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarni “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarga “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”, Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hamda Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish va subsidiyalar ajratish bo‘yicha qaror qabul qilish. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Mahalla yettiligi”ning kollegial qarorlari asosida ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam va ajratiladigan subsidiyalar ro‘yxati”da keltirilgan ijtimoiy yordam va subsidiyalar ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish va bunday vaziyatga tushganlarni og‘ir vaziyatdan chiqarish maqsadida ijtimoiy xodim tomonidan kiritilgan xulosa asosida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan yordam berish bo‘yicha kollegial qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatiga doir masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda ishtirok etish, shuningdek, ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlariga tegishli takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5834. Mazkur Namunaviy nizomning 4-bandida belgilangan jamoatchilik tuzilmalari qarorlarining tavsiyaviy xususiyatga ega ekanligi to‘g‘risidagi qoida “Mahalla yettiligi”ning jismoniy shaxslarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish va subsidiyalar ajratish yuzasidan qabul qiladigan qarorlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5835. “Mahalla yettiligi” quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi aniqlanganda, materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ijtimoiy yordam turlarini ko‘rsatish va subsidiyalar ajratish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish sohasiga bevosita aloqasi bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlarining vakillarini “Mahalla yettiligi” faoliyatiga jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla yettiligi” qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z faoliyatida qonunchilik hujjatlariga va mazkur Namunaviy nizom talablariga qat’iy rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlashga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘ymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla yettiligi” a’zolariga ayon bo‘lgan shaxsiy hayotga oid ma’lumotlarni o‘zgalarga oshkor qilmaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. “Mahalla yettiligi” tarkibini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5837. “Mahalla yettiligi” tarkibiga 7 nafar a’zodan iborat bo‘lgan mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla yettiligi”ga fuqarolar yig‘ini raisi rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla yettiligi” a’zolari o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5838. Mahalla raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla yettiligi” faoliyatini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla yettiligi” a’zolari o‘zlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majlislarni chaqiradi va o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillari yig‘ilishi), fuqarolar yig‘ini kengashi majlislarida uning nomidan vakil bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla yettiligi” nomidan chiqadigan hujjatlarni imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5839. “Mahalla yettiligi” kotibi vazifasini bajarish mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5840. “Mahalla yettiligi” vakolatiga doir masalalar uning majlislarida ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla yettiligi” majlisining hujjatlarini tayyorlash va a’zolarini chaqirish vazifasi kotib tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim ularga yuklangan vazifalar yuzasidan jismoniy shaxslarni tegishli daftarlarga kiritish, ulardan chiqarish hamda ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish va subsidiyalar ajratish bo‘yicha hujjatlarni shakllantirish uchun javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla yettiligi” kotibi yig‘ilishlarning bayonnomasini yuritadi va qarorlar ijrosini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5841. “Mahalla yettiligi”ning yig‘ilishi, agar unda a’zolarning kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yig‘ilishni o‘tkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, “Mahalla yettiligi”ning yangi yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5842. “Mahalla yettiligi” yig‘ilishining qarori yig‘ilishda ishtirok etadigan a’zolarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, mahalla raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5843. “Mahalla yettiligi” o‘z faoliyati yuzasidan har oyda mahalla fuqarolar yig‘ini kengashiga, yilning har choragida fuqarolar yig‘ini majlisiga (fuqarolar vakillari yig‘ilishiga) hisobot beradi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2024-y., 09/24/137/0220-son)