1-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Yaylovlardan samarali foydalanishning tashkiliy-uslubiy asoslarini takomillashtirish | |||||
|
1. |
Yaylovlarni toifalash va ularning degradatsiyasini tabaqalashgan holda baholashning yagona uslubiyotini ishlab chiqish. |
1. Yaylovlarni toifalash va ularning degradatsiyasini baholash boʻyicha xalqaro mezonlar, usullar va indikatorlarni tahlil qilish va oʻrganish. |
2024-yil aprel |
Ijrochilarning mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) |
|
2. Yaylovlarni toifalash va ularning degradatsiyasini tabaqalashgan holda baholashning yagona uslubiyoti loyihasini ishlab chiqish. |
2024-yil may | ||||
|
3. Loyihani tasdiqlash boʻyicha qoʻshma qarorni qabul qilish va oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish. |
2024-yil iyun | ||||
|
2. |
2024 — 2028-yillarda 21,2 mln gektar yaylovlarni konturlar va foydalanuvchilar kesimida xatlovdan oʻtkazish. |
1. Yaylovlarni konturlar kesimida xatlovdan oʻtkazish uchun talab etiladigan mablagʻlarning smeta-hujjatlarini ishlab chiqish. |
2024-yil aprel |
Qishloq xoʻjaligi vazirligiga qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymatini aniqlash va qayta baholash, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni xatlovdan oʻtkazish, yaylovlarda geobotanik tadqiqotlar va monitoringini oʻtkazish uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
2. Qishloq xoʻjaligi vazirligiga har yili budjet mablagʻlari parametrlarida ajratiladigan mablagʻlar hisobidan yaylovlarni xatlovdan oʻtkazish ishlarini moliyalashtirish. |
2024-yil may | ||||
|
3. Har bir kontur va foydalanuvchi kesimida elektron xaritalarni yaratish va Qishloq xoʻjaligi vazirligining yagona geoaxborot tizimiga kiritish. |
2024 — 2028-yillar davomida | ||||
|
4. Xatlov natijalariga koʻra zaxiradagi boʻsh turgan yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovlar asosida ijaraga berish orqali respublika boʻyicha yaylovlardan subyektlar kesimida (fermer, dehqon xoʻjaligi va boshqalar) foydalanilishini bosqichma-bosqich taʼminlash. |
Xatlov yakuni bilan bir oy muddatda | ||||
|
3. |
Degradatsiyaga uchragan yaylovlarni tiklash hamda tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya qilinishini taʼminlash. |
1. 15 ming gektarda choʻl-yaylov oziqabop oʻsimliklar urugʻchiligini tashkil etish. |
2024-yil may |
Ijrochilarning mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi (I. Ergashev), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi (N. Bakirov) |
|
2. Oʻsimlik qoplami kamaygan yaylovlarda chorva mollarini almashlab oʻtlatish tizimini joriy qilish. |
2024-yil davomida | ||||
|
3. Deltaplanlar va boshqa uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida urugʻlarni sepish ishlarini amalga oshirish. |
Ekish mavsumida | ||||
|
4. |
Yaylovlar suv taʼminotini yaxshilash va qayta tiklashda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish choralarini koʻrish. |
1. Buxoro va Navoiy viloyatlarida yaylovlarni suv taʼminotida mavjud boʻlgan nasoslar va suv inshootlari, sugʻorish tarmoqlarini xatlovdan oʻtkazish. |
2024-yil may |
Ijrochilarning mablagʻlari |
Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi (I. Ergashev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortikov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
2. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida boʻlgan nasoslar va boshqa gidrografik inshootlarni davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga biriktirish uchun takliflar ishlab chiqish. |
2024-yil iyun | ||||
|
5. |
Yaylov inspeksiyasini tashkil etish boʻyicha taklif ishlab chiqish. |
1. Chet mamlakatlarda yaylovlardan foydalanish va muhofaza qilish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish tajribasini oʻrganish va tahlil qilish. |
2024-yil may |
Ijrochilarning mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) |
|
2. Yaylovlardan foydalanish va muhofaza qilish boʻyicha davlat nazoratni amalga oshirish yuzasidan asoslangan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil iyul | ||||
|
6. |
Yaylov hududlarida infratuzilma tarmoqlarini qayta tiklash va rivojlantirish. |
1. Yaylovlardagi nosoz va taʼmirtalab sugʻorish inshootlarini rekonstruksiya qilish hamda resurs tejamkor uskunalar oʻrnatish. |
Grafik asosida |
Ijrochilarning mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi (I. Ergashev), Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (J. Tursunov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
2. Chorva mollarini saqlash joylari va choʻpon uylarini taʼmirlash hamda yangidan qurish. |
Doimiy | ||||
|
3. Uzoq choʻl hududlariga olib boruvchi yoʻllarni taʼmirlash. |
Grafik asosida | ||||
|
4. Yaylov infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini joriy qilgan holda eksperiment loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish. |
2024-yil dekabr | ||||
|
7. |
Yaylovlardan oqilona va samarali foydalanish maqsadida aholi savodxonligini oshirish boʻyicha amaliy xizmat koʻrsatishni joriy qilish. |
1. Hududlarda yaylovdan foydalanuvchilar uchun oʻquv-amaliy seminarlar tashkil etish. |
Har chorakda |
Ijrochilarning mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi (I. Ergashev), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev) |
|
2. Yaylovlar va pichanzorlarni saqlash va kelgusi avlodga bust-butun holda yetkazish boʻyicha “Yaylovlarimiz eʼtiborga muhtoj” va “Kelajak avlodga yaylovlarni yetkazaylik” kabi shiorlar ostida koʻrsatuvlar tayyorlash, ularni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. |
|||||
|
3. Yaylovdan foydalanuvchilarga hududlarda yaylovlardan samarali foydalanish boʻyicha davra suhbatlarini tashkil etish. |
Har chorakda | ||||
|
8. |
Germaniyaning Tabiatni muhofaza qilish boʻyicha Zukkov fondi bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonda iqlimni moliyalashtirish vositalari orqali choʻl yaylovlarni tiklash va ulardan barqaror foydalanish” loyihasini amalga oshirish. |
1. Loyiha boʻyicha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xulosasini olish. |
2024-yil iyun |
Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Gidrometeorologiya xizmati markazi (Sh. Xabibullayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov) |
|
2. Vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda loyiha hujjatlarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil avgust | ||||
|
3. Loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirish choralarini koʻrish. |
Belgilangan muddatda | ||||
|
II. Yaylovlar va ulardagi yer osti suvlarini muhofaza qilish strategiyasini amalga oshirish | |||||
|
9. |
Oʻzbekiston yaylovlari va yer osti suvlarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish strategiyasini moliyalashtirish ishlarini amalga oshirish. |
1. Xalqaro va mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda amalga oshiriladigan ishlar uchun smeta xarajatlarini ishlab chiqish. |
2024-yil aprel |
Hisob-kitoblarga asosan xalqaro moliya institutlari mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) |
|
2. Amalga oshiriladigan ishlarni xorijiy moliya institutlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish choralarini koʻrish. |
2024-yil aprel — avgust | ||||
|
10. |
Strategiyani amalga oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
Amalga oshirish muddatlarini va moliyalashtirish manbalarini tasdiqlashni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil oktabr |
Hisob-kitoblarga asosan xalqaro moliya institutlari mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri (K. Sharipov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov) |
|
III. Yaylovlarni barqaror boshqarish tizimini joriy etish | |||||
|
11. |
Yaylovlarning bugungi ekologik va xoʻjalik holati boʻyicha tahliliy hisobot tayyorlash. |
1. Respublikada tarqalgan asosiy yaylov tiplarining real ekologik-xoʻjalik holati va oʻsimliklar qoplamining degradatsiya darajasi boʻyicha maʼlumotlarni toʻplash. |
2024-yil noyabr |
Ijrochilarning mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti (R. Toʻrayev) |
|
2. Yaylovlardagi bugungi vaziyat va ulardan foydalanish tartib-qoidalarining amaldagi tizimini joylarda oʻrganish boʻyicha dala kuzatuv ishlarini olib borish. |
2024-yil dekabr | ||||
|
3. Olingan natijalar asosida tahliliy materiallar tayyorlash va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqish. |
2024-yil dekabr | ||||
|
12. |
Samarqand davlat universiteti va Toshkent davlat agrar universitetida yaylov ekologiyasi va menejmenti boʻyicha taʼlim yoʻnalishida kadrlar tayyorlash tizimini yaratish choralarini koʻrish. |
1. “Yaylov ekologiyasi va menejmenti” taʼlim yoʻnalishidagi nufuzli xorijiy universitetlarning tajriba va yutuqlarini oʻrganish. |
2024-yil mobaynida |
Ijrochilarning mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri (K. Sharipov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) |
|
2. “Yaylov ekologiyasi va menejmenti” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mavjud ehtiyojni aniqlash. |
2024-yil aprel | ||||
|
3. Ilgʻor xorijiy tajribaga asoslanib, yaylov ekologiyasi va menejmenti boʻyicha milliy oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. |
2024-yil may | ||||
|
4. “Yaylov ekologiyasi va menejmenti” taʼlim yoʻnalishini oliy taʼlimning bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari klassifikatoriga kiritish boʻyicha takliflarni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etish. |
2024-yil iyun | ||||
|
13. |
“Yaylov ekologiyasi va menejmenti” yoʻnalishida xorijiy muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirish. |
1. “Yaylov ekologiyasi va menejmenti” yoʻnalishida xorijiy muassasalar bilan hamkorlik kelishuvini tuzish. |
2024-yil aprel |
Ijrochilarning mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) |
|
2. Yaylov sohasida yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlariga, jumladan, Texas A&M University (AQSH), Darmstadt Technical University (Germaniya)ga amaliy tashrif uyushtirish va kelishuv shartnomalarini rasmiylashtirish. |
2024-yil may | ||||
|
3. Xorijiy hamkorlar bilan birgalikda Oʻzbekiston sharoitida yaylovlardan samarali foydalanish boʻyicha zamonaviy ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlari va amaliyoti talablarini ishlab chiqish. |
2024-yil iyun | ||||
|
IV. Yer osti suvlarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish | |||||
|
14. |
Oʻzbekistonda yer osti suvlarini boshqarish va monitoring qilish, ilmiy va maʼmuriy bazasini tahlil qilish. |
1. Yaylovlarda yer osti suvlarini monitoring qilishning holati va mavjud ilmiy-texnik infratuzilmasi boʻyicha maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish. |
2024-yil aprel |
Ijrochilarning mablagʻlari |
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov) |
|
2. Yaylovlarda kuzatuv quduqlarini optimal joylashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
2024-yil may | ||||
|
3. Yaylov monitoringini avtomatlashtirilgan tizimga (zamonaviy oʻlchov uskunalari, elektron maʼlumotlar bazasi, yer osti suvlarining elektron raqamli xaritasi) aylantirish choralarini koʻrish. |
2024-yil iyun | ||||
|
15. |
Qishloq xoʻjaligida yer osti suvlariga boʻlgan talabni oʻrganish va xronometrajli tahlillar oʻtkazish. |
1. Yaylov oʻsimliklarining suvga boʻlgan talabidan kelib chiqib, yer osti suvlariga nisbatan ehtiyojni aniqlash. |
2024-yil aprel |
Ijrochilarning mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi (I. Ergashev), Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov) |
|
2. Yer osti suvlaridan foydalanish tartibi asosida xronometrajli tahlillar oʻtkazish. |
2024-yil iyun | ||||
|
3. Yer osti suvlaridan foydalanish va ularni boshqarish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish. |
2024-yil iyul | ||||
|
4. Yer osti suvlaridan foydalanish hisobini yuritish boʻyicha elektron maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish. |
Doimiy | ||||
|
16. |
Yaylovlardan vaqtincha foydalanish va yerga egalik huquqiy kafolatlarini amaliyotga tatbiq qilish. |
1. Yaylovlardan foydalanuvchilarning yerga nisbatan egalik qilish huquqlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan va ijara shartnomalari tuzilganlik holatini tahlil qilish. |
2024-yil aprel |
Ijrochilarning mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi (I. Ergashev), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi (N. Bakirov) |
|
2. Yerdan foydalanuvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan amaliy seminarlar tashkil qilish. |
2024-yil may | ||||
|
3. Yaylovlarning ekologik holatini saqlash, ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash va iqtisodiy samaradorligini taʼminlash boʻyicha joriy holatni oʻrganish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini koʻrish. |
Doimiy | ||||
|
17. |
Yaylovlardagi yer osti suvlaridan foydalanish tartibini belgilash. |
1. Yaylovlardagi yer osti suvlaridan yaylovlarni va chorva mollarini sugʻorish uchun foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqish. |
2024-yil iyun |
Ijrochilarning mablagʻlari |
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi (I. Ergashev), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi (N. Bakirov) |
|
2. Yaylovlardagi yer osti suvlaridan yaylovlarni va chorva mollarini sugʻorish uchun foydalanish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida qoʻshma qaror qabul qilish. |
2024-yil avgust | ||||
2-ILOVA
|
1. |
I.Yu. Abduraxmonov |
— |
qishloq xoʻjaligi vaziri, ishchi guruh rahbari |
|
2. |
T.Yu. Rapikov |
— |
Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari kotibiyati mudiri, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari |
|
3. |
A.A. Abduxakimov |
— |
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri |
|
4. |
B.F. Islamov |
— |
togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri |
|
5. |
I.F. Xamrayev |
— |
Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi |
|
6. |
N.J. Bakirov |
— |
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi direktori |
|
7. |
E.Sh. Hayitov |
— |
Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi raisi |
|
8. |
R.A. Toʻrayev |
— |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti bosh direktori |
|
9. |
T.F. Rajabov |
— |
Samarqand davlat universiteti qoshidagi Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti direktori |
|
10. |
O.I. Soatov |
— |
Qishloq xoʻjaligi vazirligining Tuproq unumdorligini oshirish va yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish boshqarmasi boshligʻi, ishchi guruh kotibi |
3-ILOVA
|
Tadbir nomi |
Masʼul tashkilot |
Moliyalashtirish manbai |
Yaylov va pichanzor maydonlari (mln. gektar) |
Shundan: | ||||
|
2024-yilda |
2025-yilda |
2026-yilda |
2027-yilda |
2028-yilda | ||||
|
2024 — 2028-yillarda yaylovlarni xatlovdan oʻtkazish va elektron xaritalarini ishlab chiqish |
“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti |
Qishloq xoʻjaligi vazirligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar |
21,2 |
3,5 |
4,4 |
4,4 |
4,4 |
4,5 |