29.08.1996 yildagi 263-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“xorijdan mablag‘ jalb qilish” — O‘zbekiston Respublikasi yoki uning rezidenti tomonidan xorijiy davlatlar yoki norezidentlar aktivlarining (kreditlar, zayomlar va boshqalarning) mazkur xorijiy davlatga yoki norezidentga yoxud ularning talabiga ko‘ra uchinchi shaxsga shartlashilgan davrda adekvat aktivlarni, shu jumladan aktivlardan foydalanganlik uchun to‘lovlarni taqdim etish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan holda jalb etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlatning xorijdan mablag‘ jalb qilishi” — aktivlarni chet el manbalaridan (xorijiy davlatlar, ularning yuridik shaxslaridan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlari (zayomlari)ni to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“rezidentning tashqi qarzi” — uning xorijdan mablag‘ jalb qilishi natijasida yuzaga kelgan majburiyatlari yig‘indisi;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi O‘RQ-836-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 2-avgustdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“umumiy tashqi qarz” — rezidentlarning davlat tomonidan kafolatlanmagan tashqi qarzlari hamda davlat tashqi qarzi summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“qarz oluvchi” — xorijdan mablag‘ jalb qilgan yoxud xorijdan mablag‘ jalb qilish niyatini hujjat bilan tasdiqlagan O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘ruvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki rezident;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“kredit beruvchi” — xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha aktivlar bergan yoki aktivlar berish niyatida bo‘lgan xorijiy davlat yoki norezident (xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari). Agar norezidentlar bir nechta bo‘lsa, u holda kreditorlar guruhidagi vakolatli boshqaruvchi vazifasini bajaruvchi norezident kredit beruvchi hisoblanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risidagi qonunchilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijdan mablag‘ jalb qilish bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat qarzi bilan bog‘liq munosabatlar alohida qonun bilan tartibga solinadi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi O‘RQ-836-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son — 2023-yil 2-avgustdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida O‘zbekiston Respublikasining xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida bayon etilganidan ko‘ra boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnomalar qoidalari qo‘llanadi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Xorijdan mablag‘ jalb qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijdan mablag‘ quyidagi yo‘llar bilan jalb qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat yoki O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lmish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan zayomlar, tovarlar yoki xizmatlarni import qilish shaklida kreditlar jalb etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
norezidentlar mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi moliya institutlari tomonidan depozitlarga jalb etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing operatsiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va rezidentlarning obligatsiyalar, veksellar hamda boshqa xil qimmatli qog‘ozlar chiqarib, chet el bozorlarida joylashtirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa tur va shakllardan foydalanish.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi O‘RQ-836-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 2-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi O‘RQ-836-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 2-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-361-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 686-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Qarz oluvchining majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarz oluvchi quyidagilarni bajarishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zi tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalar hamda ular yuzasidan operatsiyalar haqida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga, kafolatlangan qarzlar bo‘yicha esa O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ham hisobotlar taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir alohida tashqi qarz bo‘yicha qarzning to‘liq to‘langanligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga xabar berishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi O‘RQ-836-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 2-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijdan mablag‘ jalb qilish borasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijdan mablag‘ jalb qilish masalalari bo‘yicha xalqaro moliya tashkilotlari bilan muzokaralar olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlanmagan xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijdan mablag‘ jalb qilishga doir operatsiyalarni hisobga olish va kuzatib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy tashqi qarzning hisobini yuritish;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi O‘RQ-836-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 2-avgustdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi O‘RQ-836-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 2-avgustdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijdan mablag‘ jalb qilish bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasiga rezidentlarning tashqi qarzi bo‘yicha axborotlar taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlar.
(9-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(91-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 29-apreldagi O‘RQ-836-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 2-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Xalqaro moliya tashkilotlariga axborot taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xalqaro moliya tashkilotlariga O‘zbekiston Respublikasining tuzilgan shartnomalarga muvofiq xorijdan mablag‘ jalb qilishi to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Xorijdan mablag‘larni jalb qilish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan bahslarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risidagi shartnomalar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarz beruvchi bilan qarz oluvchi o‘rtasida chiqqan bahslar, agar xalqaro shartnomalarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sud tartibida yoki taraflarning kelishuviga ko‘ra — xolislar tekshiruvi tartibida hal etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 29-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
263-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 126-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 52-son, 686-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son)