08.02.2024 yildagi PQ-64-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyatidagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida (keyingi o‘rinlarda — “Urgut” EIZ) yangi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, import o‘rnini bosuvchi hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, viloyatning mavjud resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shuningdek, yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan 40 gektar bo‘sh yer uchastkasini ajratish hisobidan “Urgut” EIZ hududini kengaytirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Samarqand viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Kadastr agentligi hamda “Urgut” EIZ direksiyasi” davlat unitar korxonasi bilan birgalikda bir hafta muddatda ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, davlat yer kadastri ma’lumotlariga belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirishlar kiritsin va yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Urgut” EIZ direksiyasi” davlat unitar korxonasi mablag‘lari hisobidan “Urgut” EIZning yangi hududlari bosh rejasining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi bosh rejani ishlab chiqishda buyurtmachi tashkilot etib belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh rejani ishlab chiqish bo‘yicha pudrat tashkiloti belgilangan tartibda tanlov (tender) savdolariga asosan aniqlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh rejani ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlar Samarqand viloyati mahalliy budjetining orttirib bajarilgan qismi hamda Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, “Urgut” EIZ hududida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5600-son Farmoniga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
infratuzilma obyektlarini qurish ishlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4929-son qaroriga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
infratuzilma obyektlari ishlari bo‘yicha buyurtmachilarni belgilash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5101-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Urgut” EIZga yangi qo‘shilayotgan yer uchastkalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash yuzasidan manzilli dasturni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, infratuzilma obyektlari 2024-yil va kelgusi yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5278-son qaroriga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov hamda Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 8-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-64-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-fevraldagi PQ-64-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-noyabrdagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5278-son qaroriga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagi mazmundagi 16-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

16.

Nurobod tumani, “Tepaqul” MFY hududi:

shimoliy tomondan — A-378 “Samarqand — Qarshi” avtomobil yo‘li;

sharqiy tomondan — “Mironqul gaz servis” MChJ va “Bahrom bobo Vafaqulov” fermer xo‘jaligi hududi;

janubiy tomondan — “Bahrom bobo Vafaqulov” fermer xo‘jaligi hududi;

g‘arbiy tomondan — “Bahrom bobo Vafaqulov” fermer xo‘jaligi hududi

40,0

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Jami” pozitsiyasidagi “407,32” raqami “447,32” raqami bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2024-y., 07/24/64/0116-son)