07.02.2024 yildagi PQ-62-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot sohalari uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon bozorida raqobatning tobora keskinlashuvi sharoitida mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlashda taʼlim sifati va ilmiy salohiyatni koʻtarish orqali kadrlar tayyorlash tizimining samaradorligini yanada oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, iqtisodiyot va moliya sohasidagi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish, ularda samarali boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyish, oʻquv jarayonlariga eng soʻnggi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, ilmiy faoliyatni jahon standartlari asosida tashkil etish, ularning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yanada oshirish, ilgʻor xorijiy tajribaga ega ilmiy-pedagogik kadrlarni keng jalb qilish mamlakat iqtisodiyoti hamda moliya tizimlari uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya sohalari uchun yuqori malakali hamda xalqaro talablarga mos mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, oʻquv hamda ilmiy jarayonlarni xalqaro standartlarga asoslanib innovatsion shakl va usullar asosida tashkil etish, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasining Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini unga Toshkent moliya instituti va Fiskal institutni (keyingi oʻrinlarda — Universitet) qoʻshib olish yoʻli bilan qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot, moliya va soliq sohalari boʻyicha dunyodagi soʻnggi tendensiyalar, moliyaviy texnologiyalar, ilgʻor xorijiy tajriba va real iqtisodiyot talablarini hisobga olgan holda oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayoniga xalqaro taʼlim standartlarini joriy etish, taʼlim va tadqiqot uygʻunligini taʼminlash orqali iqtisodiyot tarmoqlari uchun ilgʻor innovatsion ishlanmalar yaratish, talabalarda tizimli tahlil qilish, kreativ fikrlash va amaliy koʻnikmalarni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy oʻquv-ilmiy laboratoriyalar va simulyatsion markazlar tashkil etish orqali “taʼlim — fan — innovatsiya — raqamlashtirish” ekotizimini va sohani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlar transferini samarali yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot, moliya va soliq sohalarini rivojlantirishning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ularning natijalarini joriy etish yuzasidan ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon taʼlim va ilmiy makonida Universitetning nufuzini oshirish, yetakchi xorijiy universitetlar bilan akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, professor-oʻqituvchilarning xorijiy ilmiy-amaliy stajirovkasini tizimli yoʻlga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Universitet iqtisodiyot, moliya va soliq sohalari uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish hamda metodik taʼminot boʻyicha yetakchi oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Toshkent moliya instituti va Fiskal institutda tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Universitetda davom ettiradi hamda 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Universitetda 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayoni davlat tili, ingliz tili va boshqa xorijiy tillarda olib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bakalavriat va magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun alohida xorijiy tillarda oʻqitiladigan guruhlar tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim dasturlari xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining dasturi asosida bosqichma-bosqich ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayoniga yetakchi professor-oʻqituvchilar hamda tegishli sohalarda kamida 5 yillik amaliy tajribaga ega boʻlgan iqtisodiyot, moliya va soliq tizimlarida ishlagan mutaxassislar jalb etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot, moliya va soliq sohasi xodimlarining malakasini oshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Universitetga talabalarni oʻqishga qabul qilish 2024/2025 oʻquv yilidan boshlanadi. Bunda, davlat granti boʻyicha oʻqishga qabul qilish davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Universitet:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga idoraviy jihatdan boʻysunadi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi Universitet faoliyatini samarali tashkil etish, malaka talablarini ishlab chiqish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, talabalarga amaliyot bazalarida sharoitlar yaratishda kadrlar buyurtmachisi sifatida koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blanklarga, mustaqil balansga hamda shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent moliya instituti va Fiskal institutning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kuzatuv kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024 — 2027-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida kadrlar tayyorlash tizimini samarali yoʻlga qoʻyish, ilmiy salohiyatni oshirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan obyektlar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kuzatuv kengashi (Qoʻchqorov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2024-yil 1-aprelga qadar Universitetning boshqaruv kadrlari lavozimlariga yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarida ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislarni jalb qilish chorasini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2024/2025 oʻquv yili boshlanguniga qadar tajribaga ega boʻlgan loyihalashtirish tashkilotini jalb qilsin va Universitetning mavjud hududlari va bino-inshootlari negizida zamonaviy kampusni bunyod etish boʻyicha master rejani ishlab chiqsin hamda unda quyidagilarni nazarda tutsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Olmazor koʻchasi, 183-uy manzilidagi hududida xalqaro standartlarga javob beradigan oʻquv auditoriyalari, kovorking markazlari, IT laboratoriya, biznes inkubator va anjumanlar zalini oʻz ichiga olgan multifunksional koʻp qavatli binoni barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet kampusi va ulardagi bino-inshootlarni yuqori tezlikdagi internet bilan yagona tarmoqqa bogʻlash, oʻquv va ilmiy-tadqiqot jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalar uchun qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida maʼnan va jismonan eskirgan binolar oʻrnida yangi talabalar turar joyi, zamonaviy sport zallari, oshxonalar va boshqa bino-inshootlarni qurish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Universitetda mablagʻlari homiylik xayriyalari hisobidan shakllantiriladigan Universitetni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Universitetga tushgan toʻlov-kontrakt mablagʻlarining saqlash va joriy xarajatlardan ortgan qismi Universitetni rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi hamda taʼlim jarayonini yaxshilash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun kuzatuv kengashining qaroriga muvofiq ishlatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kuzatuv kengashi (Qoʻchqorov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Universitet faoliyatini takomillashtirish va taʼlim sifatini oshirish maqsadida ikki oy muddatda xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Universitet huzurida Transformatsiya markazini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transformatsiya markazi quyidagilar uchun masʼul etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetni 2030-yilga qadar xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy taʼlim muassasalari reytingida birinchi 1 000 talik roʻyxatga kiritish, shuningdek, Universitet taʼlim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlash yuzasidan strategiyani ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tajribaga muvofiq bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini maqbullashtirish hamda Universitetning taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim dasturlariga muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-2025-yillarda xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kamida 200 nafar yetakchi professor-oʻqituvchilarning stajirovkasini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning taʼlim dasturlarini xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining dasturlari asosida ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, Universitet faoliyatini moliyalashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablagʻlari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik xayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2025-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.K. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 7-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-62-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-fevraldagi PQ-62-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining kuzatuv kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

J.A. Qoʻchqorov

Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Kuzatuv kengashi raisi

2.

S.M. Buzrukxonov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari, Kuzatuv kengashi raisining oʻrinbosari

3.

A.Ya. Xaydarov

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari, Kuzatuv kengashi raisining oʻrinbosari

4.

M.M. Mirzayev

Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

5.

U.R. Shadiyev

Turizm qoʻmitasi raisi

6.

A.P. Glushenko

“Kapital bank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining oʻrinbosari

7.

U.K. Obidxoʻjayev

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori

8.

N.F. Karimov

Oʻzbekiston auditorlar palatasi kengashi raisi

9.

Lavozimiga koʻra

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, Kuzatuv kengashi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuzatuv kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuzatuv kengashi aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan, zarur hollarda, uning tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-fevraldagi PQ-62-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024 — 2027-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida kadrlar tayyorlash tizimini samarali yoʻlga qoʻyish, ilmiy salohiyatni oshirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

I. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faoliyatini tashkil etish

1.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining (keyingi oʻrinlarda — Universitet) faoliyatini qayta tashkil etish.

1. Universitet ustavini qayta ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2. Universitet huzuridagi bino va inshootlardan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish maqsadida Bino va inshootlardan foydalanish direksiyasini tashkil etish.

3. Universitetning yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

2024-yil mart

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Universitet

2.

Toshkent moliya instituti va Fiskal institut faoliyatini tugatish hamda ularning asosiy aktivlarini xatlovdan oʻtkazib, Universitet balansiga oʻtkazish.

1. Asosiy aktivlarni xatlovdan oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2. Ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalarining asosiy aktivlarini xatlovdan oʻtkazish.

2024-yil mart-aprel

-

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortikov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

(Pulatov)

3.

Universitet fakultetlari va kafedralari faoliyatini tashkil etish.

1. Tajribali mutaxassislar, pedagog xodimlar va olimlardan iborat ishchi guruh tuzish.

2024-yil mart

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Turdosh taʼlim yoʻnalishlarini yiriklashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

3. Iqtisodiyot tarmoqlarida kadrlar buyurtmachilari talablariga mos tashkil etilishi zarur boʻlgan kafedralar roʻyxatini shakllantirish hamda asoslash.

2024-yil aprel

4. Kafedralarni zarur oʻquv-uslubiy va meʼyoriy-uslubiy hujjatlar bilan taʼminlash.

2024-yil may-iyun

5. Kafedralarning professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2024-yil iyun-iyul

4.

Universitetni tajribali va yuqori malakali mutaxassislar (pedagog xodimlar) bilan toʻldirish.

1. Xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislarni (pedagog xodimlarni) belgilangan tartibda ochiq tanlovlar asosida saralab olish.

2024-yil avgust

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Musayev),

Universitet

2. Mehnat qonunchiligi talablari asosida pedagog xodimlarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish.

2024-yil sentabr

3. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va Fiskal institutining shtatlar soni maqbullashtirilishi natijasida ishdan boʻshatiladigan professor-oʻqituvchilar, ishchi va xizmatchilarni belgilangan tartibda ish bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

2024-yil sentabr

5.

Universitetning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini qayta koʻrib chiqish va turdosh taʼlim yoʻnalishlarini maqbullashtirish.

1. Ilgʻor xorijiy tajriba asosida taʼlim yoʻnalishlarini maqbullashtirish boʻyicha taklif ishlab chiqish.

2024-yil aprel

-

Universitet,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Bilim va malakalarni baholash agentligi

(Karimov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Musayev)

2. Universitet, Toshkent moliya instituti va Fiskal institutning 2- va 3-kursga oʻtgan talabalari oʻqishini tegishliligi boʻyicha maqbullashtirilgan taʼlim yoʻnalishlariga koʻchirish.

2024/2025 oʻquv yilida

3. Universitetda taʼlim jarayoni ingliz tilida olib boriladigan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarga talabalarni qabul qilish tizimini takomillashtirish.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab

II. Universitetda taʼlim jarayonini samarali tashkil etish, takomillashtirish, yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini joriy etish

6.

Oʻquv reja va oʻquv dasturlarni kadrlar buyurtmachilari talablariga moslashtirish.

1. Kadrlar buyurtmachilari bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlanadigan kafedralar huzurida pedagog xodimlar va amaliyotchi mutaxassislardan iborat ekspert guruhlarini tuzish.

2024-yil mart

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norkulov),

Universitet

2. Ekspert guruhlari tomonidan amaldagi taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining malaka talabalari, oʻquv reja va oʻquv dasturlarini koʻrib chiqish hamda takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2024-yil aprel

3. Yangi taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining malaka talabalari, oʻquv rejasi va oʻquv dasturlarini yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining tajribalari asosida ishlab chiqish.

2024-yil iyun

4. Individual taʼlim trayektoriyalariga asoslangan, talabalarda ijodiy fikrlash, amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan oʻquv rejalarini ishlab chiqish.

2024-yil iyul

5. Iqtisodiyot tarmoqlari va mehnat bozori talablariga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollariga muvofiq fan bloklari tarkibi, oʻquv yuklamalari hajmini maqbullashtirish.

2024-yil avgust

7.

Talabalarda tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish.

1. Xorijiy tajribalar asosida mustaqil taʼlimni tashkil etish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish.

2024-yil mart

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Mustaqil taʼlimni tashkil etish boʻyicha xorijiy pedagog xodimlar ishtirokida seminar-treninglar tashkil etish.

2024/2025 oʻquv yili

3. Talabalarning mustaqil taʼlim olishi uchun yetarli shart-sharoit yaratish.

2024/2025 oʻquv yili

4. Mustaqil taʼlim jarayonini talabalarning amaliy koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirish.

2024/2025 oʻquv yili

5. Oʻquv jarayoniga kasbiy kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, oʻquv jarayonini amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirish.

2024/2025 oʻquv yili

8.

Mashgʻulotlar yuzasidan talabalar fikrini oʻrganish (feedback) hamda oʻzaro tashrif (peer review) tizimini rivojlantirish.

1. Mashgʻulotlar yuzasidan talabalar fikrini oʻrganishga qaratilgan elektron platformani ishga tushirish.

2024-yil avgust

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Mashgʻulotlar yuzasidan talabalar fikrini oʻrganish tahlili asosida tegishli chora-tadbirlarni belgilash.

2024/2025 oʻquv yili

9.

Fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash orqali talabalarning amaliy koʻnikmalarini oshirish.

1. Tijorat banklari, moliya va soliq organlari, yirik xoʻjalik birlashmalari bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish asosida mutaxassis tayyorlovchi kafedralarning filialini tashkil etish.

2024-yil avgust

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Talabalarni kafedra filiallarida mustaqil taʼlimning “5+1” shakli boʻyicha oʻqitishni tashkil etish.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab

3. Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha oʻqitiladigan fanlar asosida amaliy mashgʻulotlar va malakaviy amaliyotlarga korxona va tashkilotlarning malakali mutaxassislarini jalb qilish.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab

4. Bitiruvchi kurs talabalarining amaliyotlarini uzluksiz shaklda kelgusi ish joylarida oʻtkazish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab

5. Bitiruv malaka ishlari va magistrlik dissertatsiyalari himoyasini amaliyot obyektlarida, kadrlar buyurtmachilari bazasida tashkil etish.

2024/2025 oʻquv yili

10.

Yagona integrallashgan masofaviy oʻqitish apparat-dasturiy kompleksini joriy etish.

1. Nazariy va amaliy mashgʻulotlarni masofaviy oʻtkazish uchun Universitet rasmiy veb-saytida virtual kabinet yaratish.

2024-yil avgust

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Onlayn-smart oʻquv auditoriyalarini yaratish.

2024-yil sentabr

3. Universitetning yetakchi professor-oʻqituvchilari maʼruzalarining audiovizual taʼlim kontentini hamda multimedia taʼlim mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi maxsus studiyalar va mutaxassislar shtati belgilangan media markazni ishga tushirish.

2024-yil oktabr

4. Pedagog xodimlar tomonidan oʻtkaziladigan mashgʻulotlarning (maʼruza, seminarlar va boshqalar) markazlashgan katalogini serverlarda shakllantirish va umumiy foydalanish uchun onlayn translyatsiya qilishga moʻljallangan elektron platforma ishlab chiqish.

2024-yil dekabr

11.

Pedagog xodimlar, yosh tadqiqotchilar, talabalar uchun oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar elektron kataloglaridan hamda jahon taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish.

1. Axborot-resurs markazi fondidagi oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlarning toʻliq elektron variantini yaratish va ularni ARMAT++ dasturi hamda universitetning E-Kutubxona elektron dasturlari kataloglari fondlariga joylashtirish.

2024-yil mart — avgust

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Axborot-resurs markazining oʻquv zallaridagi Science Direct, EBSCO hamda boshqa ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalari tizimlarini toʻliq oʻrnatish.

2024-yil sentabr

3. Tegishli tizimlardan oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish va ilmiy ishlarni amalga oshirish jarayonida foydalanishni taʼminlash.

2024/2025 oʻquv yili

12.

Taʼlim jarayonining oʻquv adabiyotlari bilan toʻliq taʼminlanishiga erishish.

1. Universitet tipografiyasini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash orqali zamonaviy raqamli tipografiyani tashkil etish.

2024-yil may

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Fanlar boʻyicha oʻquv adabiyotlarini yaratish maqsadli rejalarini ishlab chiqish, tasdiqlash.

2024-yil may

3. Oʻquv adabiyotlari va axborot manbalarini tayyorlashga yetuk professor-oʻqituvchilar, soha mutaxassislari va xorijiy olimlarni jalb qilish.

2024/2025 oʻquv yili

4. Zamonaviy mahalliy va xorijiy adabiyotlar hamda davriy nashrlarni xarid qilish, shuningdek, oʻquv adabiyotlarini nashr rejasiga muvofiq yaratish va nashr etish.

2024/2025 oʻquv yili

13.

Oʻquv jarayonini boshqarishning zamonaviy axborot tizimlari asosida amalga oshirilishini taʼminlash.

1. Universitetda tuzilma, professor-oʻqituvchilar va xodimlar hamda talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (NEMIS)ga hamda rasmiy veb-saytga toʻliq kiritilishini taʼminlash.

2024-yil mart

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Universitetda oʻqitilayotgan barcha fanlar boʻyicha fan kontentlarining elektron bazasini shakllantirish va axborot tizimiga kiritish.

2024-yil aprel

14.

Oʻzaro kelishuvlar asosida xorijiy hamda mahalliy oliy taʼlim muassasalari bilan akademik mobillikni yoʻlga qoʻyish.

1. Oʻzaro bitimlar asosida xorijiy hamda mahalliy oliy taʼlim muassasalari bilan ikki tomonlama akademik almashinuvni amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishish.

2024-yil mart — iyul

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Taʼlim dasturlarini kredit-modul (ECTS) tizimida amalga oshiruvchi yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro mobillik dasturlari boʻyicha hamkorlikni amalga oshirish.

2024/2025 oʻquv yili

3. Oʻzaro kelishuvlar va shartnomalar asosida xorijiy hamda mahalliy oliy taʼlim muassasalari bilan akademik mobillikni yoʻlga qoʻyish.

2024/2025 oʻquv yili

15.

Xorijiy nufuzli oliy taʼlim muassasalarining salohiyatli pedagog xodimlarini taʼlim jarayoniga jalb etish.

1. Xorijiy nufuzli (birinchi 500 talik roʻyxatga kirgan) oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish.

2024-yil mart — avgust

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Mashgʻulotlarga yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari pedagog xodimlari, chet elda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarni onlayn va oflayn tarzda jalb etish.

2024/2025 oʻquv yili

16.

Pedagog xodimlarni xorijiy mamlakatlarga stajirovkaga yuborish va ularning malakasini oshirish.

1. Universitet pedagog xodimlarining xorijiy mamlakatlar oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida stajirovkasini tashkil etish hamda malakasini oshirish rejasini tasdiqlash.

2024-yil avgust

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Pedagog xodimlarning xorijiy mamlakatlar oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida stajirovkasini tashkil etish hamda ularni malaka oshirish kurslariga yuborish.

2024/2025 oʻquv yili

3. Universitetda soha boʻyicha yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining pedagog kadrlari va mutaxassislari ishtirokida vebinar, onlayn maʼruzalar tashkil etish.

2024/2025 oʻquv yili

17.

Taʼlim va amaliyot oʻrtasidagi integratsiyani taʼminlash.

1. Moliya va soliq organlari, banklar, sugʻurta kompaniyalari, yirik korxonalar bilan hamkorlik memorandumlarini rasmiylashtirish.

2024-yil sentabr

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norkulov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Universitet

2. Universitetda mutaxassislik fanlari uchun oʻquv xonalarini maxsus jihozlash, oʻquv laboratoriyalarini tashkil etish.

2024/2025 oʻquv yili

18.

Xalqaro eʼtirof etilgan agentliklar reytingining birinchi 1000 talik roʻyxatiga kirgan xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan jalb etiladigan pedagog xodimlar ulushini oshirish.

1. Universitetga jalb qilingan xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini belgilash.

2024-yil aprel

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Har semestrda oʻquv va ilmiy jarayonga xalqaro eʼtirof etilgan agentliklar reytingining birinchi 1000 talik roʻyxatiga kirgan oliy taʼlim muassasalaridan kamida 15 nafardan professor-oʻqituvchini jalb qilish.

2024/2025 oʻquv yili

3. Universitetga viza talabnomalariga binoan taklif etilayotgan xorijlik mutaxassislar, pedagog xodimlar va ilmiy xodimlar uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalarini konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirish choralarini koʻrish.

2024/2025 oʻquv yili

Universitet,

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov)

19.

Xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 300 talik roʻyxatidan oʻrin olgan universitetlar bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish.

1. Xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 300 talik roʻyxatidan oʻrin olgan universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.

2024-yil mart-aprel

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan tegishli taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish yuzasidan hamkorlik memorandumlarini rasmiylashtirish.

2024-yil may-iyun

3. Qoʻshma taʼlim dasturlari asosida mutaxassis kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab

20.

Universitetdagi mavjud taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarni bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.

1. Universitetdagi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari bilan hamkorlik kelishuviga erishish.

2024-yil may

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Universitetdagi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2024-yil iyun

3. Universitetni xalqaro darajaga olib chiqish uchun malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish.

2024-yil iyul-avgust

4. Universitetdagi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarni bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.

2024/2025 oʻquv yili davomida

21.

Taʼlim sifatini ichki nazorat qilish mexanizmlarini belgilash va joriy etish.

1. Universitetda taʼlim sifatini ichki nazorat qilish mexanizmlarini belgilash va joriy etishini taʼminlash.

2024-yil mart — may

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Taʼlim sifatini taʼminlash uchun doimiy monitoring va davriy nazoratni yoʻlga qoʻyish.

2024-yil mart

3. Taʼlim sifati boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni Universitet Kengashi muhokamasiga kiritib borish.

2024/2025 oʻquv yili

22.

Universitetning ish samaradorligi yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilarini ragʻbatlantirish tizimini joriy etish.

1. Universitet professor-oʻqituvchilarining ish samaradorligini baholash mezonlarini (KPI) ishlab chiqish va Universitet kengashida tasdiqlash.

2024-yil avgust

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Ish samaradorligini baholash mezonlariga (KPI) asosan natijalari yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilarni moddiy ragʻbatlantirib borish.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab doimiy

III. Universitetning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda ilmiy ishlar natijadorligini taʼminlash

23.

Pedagog xodimlarning ilmiy salohiyatini oshirish.

1. Pedagog xodimlar uchun Web of Science, Scopus tizimlarida ilmiy maqolalar chop etish va ularning iqtiboslik darajasini oshirish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etib borish.

2024/2025 oʻquv yili

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Universitet pedagog xodimlari ilmiy salohiyatini 70 foizga yetkazish.

2025/2026 oʻquv yili

3. Nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish.

2024/2025 oʻquv yili

4. “Xirsh” indeksi 5 va undan yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilar va ilmiy izlanuvchilarni moddiy ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2024/2025 oʻquv yili

5. Universitet ilmiy jurnallarini Scopus, Web of Science va boshqa xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga kiritish choralarini koʻrish.

2024/2025 oʻquv yili

6. Oʻqituvchilarni nufuzli xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga doktoranturaga oʻqishga yuborishni tashkil etish.

2024/2025 oʻquv yili

24.

Universitetni xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning (QS, TNE) birinchi 1000 talik roʻyxatiga kiritish.

1. Quacquarelli Symonds (QS) va Times Nigher Education (TNE) xalqaro reytinglarida ishtirok etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2024-yil aprel

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Universitetni xalqaro SsiVal axborot-tahlil tizimi yordamida jahondagi ilmiy-tadqiqot natijalarini tahlil qilib borish asosida ilm-fanning ilgʻor yutuqlari bilan uygʻun rivojlantirishni taʼminlash.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab doimiy

25.

Iqtidorli yoshlarni tanlab olish, ularni oʻz iqtidori va qobiliyatini yanada koʻproq namoyon etishlari uchun sharoit yaratish.

1. Yoshlarni ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlarga faol jalb etish uchun startap, akselerator markazlarini tashkil etish, mablagʻ va shtat birliklari ajratish.

2024-yil aprel

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Talabalarning eng yaxshi innovatsion loyiha va startaplarini ragʻbatlantirish.

2024/2025 oʻquv yili

3. Startap loyihalarni moliyalashtirishga yetakchi banklar, sugʻurta kompaniyalari va boshqa yirik korxonalarni jalb etish.

2024/2025 oʻquv yili

26.

Universitetda yoshlar ilmiy-madaniy hamkorligini yoʻlga qoʻyish.

1. Xorijiy va mahalliy oliy taʼlim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda “Summer school”, “Winter school” maktablarini tashkil qilish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil may

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. “Summer school”, “Winter school” maktablarining tashkil etilishiga qaratilgan xalqaro loyihalar bazasini shakllantirish va ushbu loyihalarda talabalar ishtirokini tashkil etish.

2024/2025 oʻquv yili

27.

Universitetda amaliy, fundamental va innovatsion tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyish.

1. Amaliy, fundamental va innovatsion tadqiqotlar mavzularini tegishli sohalar muammolarini inobatga olgan holda ishlab chiqish.

2024-yil aprel

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Innovatsion rivojlanish agentligi

(Rajabbayev),

Universitet

2. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun loyiha va takliflar kiritib borish.

2024/2025 oʻquv yili

28.

Universitet huzurida ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish bilan shugʻullanuvchi davlat xususiy-sheriklik shartlari asosida “Spin-off” innovatsion markazi va korxonalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Davlat xususiy-sheriklik shartlari asosida innovatsion markaz va korxonalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuv va memorandumlar rasmiylashtirish.

2024-yil may

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Innovatsion markaz va korxonalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali tijoratlashtirish salohiyati yuqori boʻlgan yangi ilmiy mahsulotlar yaratishga erishish.

2024/2025 oʻquv yili

29.

Universitet professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlarining yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlarda stajirovka oʻtashi va malaka oshirishini tashkil etish.

1. Xorijiy mamlakatlarning sohadagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tahlil markazlari bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish va chuqurlashtirish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish.

2024-yil may

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Tegishli xorijiy tashkilotlar bilan Universitet professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlarining stajirovka oʻtashi va malaka oshirishini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash.

2024-yil may — sentabr

3. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda stajirovka va malaka oshirishni tashkil qilish jadvalini tuzish, kelishish va tasdiqlash.

2024-yil may — sentabr

30.

Xalqaro ilmiy-tadqiqot grant loyihalarini amalga oshirish.

1. Xorijiy mamlakatlar oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, qoʻshma konferensiya, simpozium va seminarlar tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishish.

2024-yil may

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Innovatsion rivojlanish agentligi

(Rajabbayev),

Universitet

2. Xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ilmiy ishlar boʻyicha takliflar tayyorlash va dasturni tasdiqlash hamda faoliyat yoʻnalishida ishlarni tashkil etish.

2024-yil may — sentabr

3. Sohaga ilgʻor ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini joriy etish maqsadida ixtisoslashgan kompaniyalar bilan hamkorlikni amalga oshirish hamda ushbu ishlarga nufuzli xalqaro universitetlarni jalb qilish.

2024/2025 oʻquv yili

31.

Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi muammolar yechimiga qaratilgan tadqiqotlarni rivojlantirish uchun “Eksperimental iqtisodiyot” laboratoriyasini tashkil etish.

1. Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi muammolar yechimiga qaratilgan tadqiqotlarni rivojlantirish uchun “Eksperimental iqtisodiyot” laboratoriyasining texnik talablarini ishlab chiqish hamda zarur jihozlar roʻyxatini shakllantirish.

2024-yil mart

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Ishlab chiqilgan texnik talablar asosida shakllantirilgan laboratoriya jihozlarini xarid qilish.

2024-yil dekabr

3. Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi muammolar yechimiga qaratilgan tadqiqotlarni rivojlantirish uchun “Eksperimental iqtisodiyot” laboratoriyasini jihozlash va ishga tushirish.

2025-yil yanvar

IV. Talabalar sogʻlom turmush tarzini yuritishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish

32.

Talaba-yoshlar oʻrtasida yot gʻoyalarning oldini olish va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini belgilash.

1. Tadbirlarga hamkor tashkilotlardan mutaxassislar jalb qilish.

2024-yil mart

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Mavzular boʻyicha tezislar va taqdimot tayyorlash.

2024-yil aprel

3. Universitet talabalari oʻrtasida tadbirlar oʻtkazish.

Doimiy

4. Mashgʻulotlarni maʼruza va savol-javoblar shaklida, mutaxassislarni jalb etgan holda tashkil etish.

Doimiy

33.

Universitetda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “5 ta muhim tashabbus”ni keng joriy etish maqsadida markaz tashkil qilish.

1. Markaz nizomi va chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil mart

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Universitet binolarida Markaz uchun “5 ta muhim tashabbus”ni qamrab oladigan xonalar ajratish va ularni tayyorlash.

2024-yil mart

3. Xonalarni “5 ta muhim tashabbus” doirasidagi zarur texnika va jihozlar bilan taʼminlash.

2024-yil mart

4. Fakultetlar oʻrtasida “Quvnoqlar va zukkolar”, “Zakovat”, “Munozara”, “Talabalar teatr studiyasi”, “Tafakkur sinovlari”, “Maʼrifat maydoni” koʻrik-tanlovlarini oʻtkazish.

2024/2025 oʻquv yili

5. Universitetda maqom va dutorchi qizlar ansambllarini tashkil etish.

2024/2025 oʻquv yili

34.

Yoshlarning qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatidan xabardorligi, huquqiy ongi va madaniyatini oshirish.

1. Mashgʻulotlar boshlanishidan 5 daqiqa oldin ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar yuzasidan yangiliklar bilan tanishtirish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2024/2025 oʻquv yili

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Inson huquqlari, gender tenglik, vijdon erkinligi, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faollik, mustahkam fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga oid maxsus kurslar tashkil etish.

2024/2025 oʻquv yili

35.

Talabalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish.

1. Talaba-yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, ularning sport bilan muntazam shugʻullanishlarini taʼminlash uchun sport toʻgaraklari faoliyatini yanada takomillashtirish va ishtirokchi talaba-yoshlar qamrovini oshirish, ular uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, doimiy ragʻbatlantirib borishni oʻz ichiga olgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2024/2025 oʻquv yili

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Sportning futbol va voleybol turlari boʻyicha Rektor kubogini tashkil etish hamda Universitetning ichki va oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi musobaqalarini oʻtkazish.

2024/2025 oʻquv yili

3. Jismoniy tarbiya va sportga doir tadbir va aksiyalar tashkil etish.

2024/2025 oʻquv yili

36.

Tarixiy shaxslar va xalq qahramonlari haqida talaba-yoshlar orasida targʻibot-tashviqot ishlarini keng yoʻlga qoʻyish.

1. Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro, boshqa tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati, XX asrning birinchi yarmidagi qatagʻon qurbonlari, Ikkinchi jahon urushi davrida oʻz jonini fido qilgan qahramonlarga bagʻishlangan tematik kechalar va ijodiy uchrashuvlar tashkil etish.

2024/2025 oʻquv yili

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Ijodiy ishlar tanlovlarini oʻtkazish.

2024/2025 oʻquv yili

3. El-yurt hurmatiga sazovor boʻlgan keksa avlod vakillari bilan doimiy uchrashuvlar, davra suhbatlarini oʻtkazish.

2024/2025 oʻquv yili

4. Universitet talaba-yoshlari bilan “Maʼnaviyat kuni” doirasida bugungi kunning dolzarb masalalari va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga oid mavzularda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish va tadbirlarga taniqli ijodkor, sanʼatkor va yozuvchi shoirlarni taklif etish hamda kinoteatr, teatr, muzeylar, konsert tomoshalari, boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarga tashriflarni tashkil etish.

2024/2025 oʻquv yili

37.

Mahallalar bilan hamkorlik ishlarini yoʻlga qoʻyish, uyushmagan yoshlarning kitob mutolaa qilishga va sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish.

1. “Bir ziyoli — bir mahallaga maʼnaviy homiy” tamoyili asosida hamda “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” mavzusida mahallarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni uyushtirish.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab doimiy

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

2. Mahallalardagi uyushmagan yoshlar bilan sport musobaqalari va kitobxonlik tadbirlarini oʻtkazish.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab doimiy

38.

Universitetning Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Olmazor koʻchasi, 183-uy manzilida joylashgan maʼnan va jismonan eskirgan binolarni buzish hisobiga 1 000 oʻrinli talabalar turar joyini qurish.

1. Universitetning Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Olmazor koʻchasi, 183-uy manzilida joylashgan oshxona binosini buzish.

2. Buzish hisobiga boʻshagan yer maydonida 1 000 oʻrinli talabalar turar joyini barpo etish yuzasidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

3. Loyiha-smeta hujjatlariga asosan 1 000 oʻrinli talabalar turar joyini qurib, foydalanishga topshirish.

2026-yil dekabr

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Universitet

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-fevraldagi PQ-62-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan obyektlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Obyektning nomi

Manzili

Egallagan maydoni,
(m2)

Kadastr raqami

Balansda saqlovchi

1.

Maʼmuriy, 1-sonli oʻquv binosi, axborot resurs markazi va madaniyat saroyi binolari

Toshkent shahar, Chilonzor tumani, I. Karimov koʻchasi, 49-uy

15 890

10:03:01:01:02:0009

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

2.

Universitet hududi, 2, 3, 4, 5, 6 va 7-sonli oʻquv binolari, 1 va 2-sonli talabalar turar joylari binolari

Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Olmazor koʻchasi, 183-uy

88 754

10:03:01:01:02:0061

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

3.

19-sonli yosh ilmiy tadqiqotchilar yotoqxonasi

Toshkent shahar, Chilonzor tumani Algoritm dahasi 19-uy

533

10:03:05:03:04:0034

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

4.

Toʻrtkoʻl fakulteti binosi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toʻrtkoʻl tumani, Toʻrtkoʻl koʻchasi, 59-uy

4 979

23:08:16:01:04:0002

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

5.

“A”, “B”, “V”, “G”, “D”, “E”, “J”, “I” oʻquv binolari

Toshkent shahar, Yunusobod tumani, A. Temur koʻchasi, 60A-uy

26 982

10:07:01:02:01:0323

Toshkent moliya instituti

6.

Oʻquv binosi

Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 3-uy (Saidova koʻchasi, 6-uy)

4 769

10:08:05:03:02:0074

Toshkent moliya instituti

7.

1-sonli talabalar turar joyi binosi

Toshkent shahar, Olmazor tumani, A. Xidoyatov koʻchasi, 2-uy

3 914

10:08:05:03:02:0073

Toshkent moliya instituti

8.

2- sonli talabalar turar joyi binosi

Toshkent shahar, Olmazor tumani, Chimboy koʻchasi, 2-uy

12 084

10:08:05:03:02:0017

Toshkent moliya instituti

9.

3-sonli talabalar turar joyi binosi

Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Osiyo koʻchasi, 1-uy

1 447

10:07:01:02:01:0654

Toshkent moliya instituti

10.

Sport majmuasi

Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Niyozbek yoʻli koʻchasi, 3-pr, 57-uy

12 873

10:07:01:02:01:0679

Toshkent moliya instituti

11.

Sport maydonchasi

Toshkent shahar, Olmazor tumani, Chimboy koʻchasi, 72V-uy

5 623

10:08:05:03:02:0096

Toshkent moliya instituti

12.

Bosh oʻquv binosi, Kasb mahoratini oshirish oʻquv binosi

Toshkent shahar, Uchtepa tuman, Kichik halqa yoʻli, 3-uy

5 320

10:01:06:01:02:0028

Fiskal institut

13.

1 va 2-sonli talabalar turar joyi binolari

Toshkent shahar, Uchtepa tuman, Kichik halqa yoʻli, 3-uy

8 235

10:01:06:01:02:0028

Fiskal institut

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2024-y., 07/24/62/0110-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)