1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni kengaytirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan bog‘liq qarorlar ijrosini samarali amalga oshirishda ilmiy yondashuvlar va boshqaruv kadrlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutini (keyingi o‘rinlarda — Institut);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabini (keyingi o‘rinlarda — Oliy maktab) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi rahbarlarini tayinlash, xodimlariga tibbiy xizmat ko‘rsatish, mehnatga haq to‘lash va ustama belgilash tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Institut va Oliy maktab faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut tarkibida hududlarda yer resurslaridan unumli foydalanish va ularni optimal taqsimlash orqali bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish yuzasidan muammolarni o‘rganish va amaliy takliflar tayyorlashga yo‘naltirilgan yuridik shaxs bo‘lmagan “Yer islohotlari markazi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy maktab tuzilmasida yuridik shaxs bo‘lmagan “Yashil iqtisodiyotni ilgari surish va joriy etish” loyiha ofisi va Biznes inkubator va startap loyihalar bilan ishlash markazi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov):
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut va Oliy maktabning boshqaruv hamda ilmiy pedagogik xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda zamonaviy talablarga mos yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut va Oliy maktabning Vasiylik kengashi orqali ularning faoliyatini muvofiqlashtirib borish va moddiy-texnika bazasini yaxshilash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Hududlar va sohalar kesimidagi muammolarni joylarga chiqib o‘rganish, aholi va tadbirkorlar o‘rtasida so‘rovnomalar olib borish, muntazam ravishda O‘zbekiston iqtisodchilar forumini tashkil etish, xorijiy ekspertlarni jalb qilish hamda xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maqsadida Institut qoshida yuridik shaxs bo‘lmagan Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etilsin va uning moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetidan har yili Institutning bir yillik mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 40 foizi miqdorida ajratiladigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Institut va Oliy maktab faoliyatining moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlarida Institut va Oliy maktab faoliyat ko‘rsatishi uchun nazarda tutilgan mablag‘lar, 2024-yildan boshlab belgilangan tartibda Davlat budjeti parametrlarida ko‘zda tutiladigan mablag‘lar;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yig‘imlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Oliy maktabga ijtimoiy soliqning 12 foiz miqdordagi stavkasi qo‘llaniladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Institut va Oliy maktab faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, ularning nizomlarini tasdiqlash, moddiy-texnika bazasini yaxshilash va boshqa tashkiliy-texnik masalalarni nazarda tutuvchi qarorni qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 4-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-108-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-apreldagi PQ-108-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti faoliyatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
USTUVOR YO‘NALISHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida tegishli yillarga mo‘ljallangan davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Hududlarda yer resurslaridan unumli foydalanish va ularni optimal taqsimlash orqali bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish yuzasidan muammolarni o‘rganish va amaliy takliflar tayyorlash, shuningdek, yer islohotlariga oid zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etishda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Joylarda mavjud muammolarni bevosita o‘rgangan holda iqtisodiy o‘sish nuqtalari va rivojlanish drayverlarini aniqlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mamlakatda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni doimiy ravishda hududlar kesimida tahlil qilib borish, erishilayotgan natijalar asosida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish borasida ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish hamda shular asosida sohadagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash va samarasi yuqori bo‘lgan moliyaviy mexanizmlarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Iqtisodiyotda bozor mexanizmlarini va raqobatni rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida biznes muhitini yaxshilash hamda xalqaro reyting va indekslarda mamlakat mavqeyini oshirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishini kompleks baholagan holda asoslantirilgan ekspertlik xulosalarini tayyorlash va natijalarini davriy chop etib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Hududlar va sohalarni rivojlantirishga ta’sir qiluvchi tashqi xavflarni o‘rganish va ularning salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Iqtisodiyotda mehnat unumdorligi, kapital qiymati samaradorligi, energiya, suv va boshqa resurslar tejamkorligini baholash hamda barqaror rivojlanishga qaratilgan milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish samaradorligini o‘rganish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Hududlar kesimida asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini tahlil qilib borish, ularga talab va taklif hajmini aniqlash, narxlarning o‘sishiga ta’sir etuvchi bevosita va bilvosita omillarni tahlil qilish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish holati to‘g‘risida ma’lumotlarni tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Urbanizatsiya jarayonlarini takomillashtirish, ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish, turar joylarni muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma bilan birgalikda qurishni inobatga olgan holda urbanizatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi faoliyatini ilmiy va axborot-tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idora va tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikda islohotlar natijadorligini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-apreldagi PQ-108-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
USTUVOR YO‘NALISHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Biznesni boshqarish” (MBA) hamda iqtisodiyotning talab yuqori bo‘lgan boshqa ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavrlar va magistrlar tayyorlash, shuningdek oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshirish.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PF-88-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Zamonaviy iqtisodiy bilimlar bo‘yicha vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat vakillari, hokim o‘rinbosarlari hamda iqtisodiyot tarmoqlarida kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari malakasi va ularning faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan trening, seminar va master-klasslar tashkil etish, ularga aholi bilan samarali ishlashni o‘rgatish, bir mahallada yuqori samara ko‘rsatayotgan tajribalarni boshqa mahallalarga qo‘llash amaliyotini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Yashil” texnologiyalarni joriy etishning institutsional asoslarini rivojlantirish, ilmiy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish hamda mazkur sohada kadrlar malakasini oshirishda yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kichik innovatsion biznes va startap g‘oyalarni loyiha darajasiga yetkazishda konsalting xizmatlarini ko‘rsatish, shu jumladan biznes ekotizimini shakllantirish, menejment, marketing, buxgalteriya, huquqiy masalalar hamda boshqa professional mutaxassislarning mentorlik xizmatlarini ko‘rsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qo‘shma ikki diplom (dual degree) dasturlari bo‘yicha Quacquarelli Symonds (QS) va Times Nigher Education (TNE) hamda boshqa xalqaro reytinglarda yetakchi bo‘lgan rivojlangan mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tadbirkorlik ekotizimi, kadrlar salohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar hamda ekspertlik xulosalarini tayyorlash va natijalarini davriy chop etib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-apreldagi PQ-108-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi rahbarlarini tayinlash, xodimlariga tibbiy xizmat ko‘rsatish, mehnatga haq to‘lash va ustama belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Yo‘nalish
Lavozim
Tartib
1.
Direktorlar va ularning o‘rinbosarlarini tayinlash va lavozimidan ozod etish
Direktorlar
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Direktor o‘rinbosarlari
Bosh vazir o‘rinbosari bilan kelishilgan holda Institut va Oliy maktab direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
2.
Tibbiy xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlari
Direktorlar
Bosh vazir o‘rinbosari kotibiyati mudiriga tenglashtiriladi.
Direktor o‘rinbosarlari
Bosh vazir o‘rinbosari kotibiyati mudiri o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Direktor maslahatchilari, loyiha rahbarlari, markaz va bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar
Bosh vazir o‘rinbosari kotibiyatining bosh mutaxassisiga tenglashtiriladi.
3.
Xodimlarga ish haqi hisoblash
Xodimlar
Vazirliklar uchun belgilangan Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash tarif koeffitsiyentini 2 baravarga oshirilgan holda qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Bunda:
Direktorlar
Vazir o‘rinbosari;
Direktorlarning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari
vazirliklarning mos ravishda departament boshlig‘i va departament boshlig‘i o‘rinbosari;
Direktor maslahatchilari, loyiha va markaz rahbarlari, kafedra mudirlari
vazirliklarning boshqarma boshlig‘i;
Bo‘lim boshliqlari
vazirliklarning bo‘lim boshlig‘i;
Professor-o‘qituvchilar
vazirliklarning bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari;
Bosh va yetakchi mutaxassislar
vazirliklarning mos ravishda bosh va yetakchi mutaxassisi uchun nazarda tutilgan razryadlarga nisbatan qo‘llaniladi.
4.
Ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama (rag‘batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan
holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda)
Barcha xodimlar
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorlarda:
1 yildan 3 yilgacha — 0,3;
3 yildan 5 yilgacha — 0,6;
5 yildan 10 yilgacha — 0,8;
10 yildan 15 yilgacha — 1,0;
15 yildan 20 yilgacha — 1,2;
20 yildan yuqori — 1,5.
Ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama olish huquqini beruvchi ish staji Institut va Oliy maktab tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 07/23/108/0192-son; 22.05.2025-y., 06/25/88/0459-son)