1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari |
|||||
|
1. |
Bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiya qilish. |
1. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiya qilish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish. |
2024-yil iyun |
- |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (V. Xamidov), “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi |
|
2. Ishlab chiqilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil iyul |
||||
|
2. |
Pedagog kadrlar tayyorlash tizimining uzluksizligi va uzviyligini taʼminlash. |
1. Pedagog kadrlarni tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalarining oʻquv reja va oʻquv dasturlarini tahlil etish. |
2024-yil avgust |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar, xalqaro tashkilotlarning grant mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (V. Xamidov), “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi |
|
2. Oliy taʼlim muassasalarining oʻquv reja va oʻquv dasturlarini hamda ulardagi taʼlim jarayonini umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari dasturlari asosida qayta ishlab chiqish. Bunda, pedagogika taʼlim yoʻnalishlari oʻquv rejalarida talabalarning metodik tayyorgarligi boʻyicha ajratilgan fanlar ulushini kamida 50 foizga yetkazishni taʼminlash. |
2025-yil yanvar |
||||
|
3. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini tahlil qilish va uni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2025-yil yanvar |
||||
|
3. |
Oʻqituvchilarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish. |
1. Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlari faoliyatini, professor oʻqituvchilar tarkibini, oʻquv reja va dasturlarini tahlil qilish. 2. Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlarini transformatsiya qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil iyul |
- |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (V. Xamidov), “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi |
|
4. |
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish mexanizmlarini joriy etish. |
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, oʻquvchilar tarbiyasi va odob-axloqi hamda ularda vatanparvarlik tuygʻularini tarbiyalashning vertikal tizimini ishlab chiqish. 2. Oʻquvchilarni tarbiyalash va ularning davomatini yaxshilash boʻyicha “mahalla yettiligi” bilan birgalikda jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish. |
2024-yil davomida |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
5. |
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning oʻz hayot yoʻllarini tanlashiga koʻmaklashuvchi tizim yaratish. |
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida psixologlar faoliyatini tahlil etish. |
2024-yil iyul |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga respublika budjetidan va mahalliy budjetlardan ajratilgan mablagʻlar |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (V. Xamidov), “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi |
|
2. Psixologlarning sifat tarkibini yaxshilash boʻyicha treninglar tashkil etish. |
2024-yil davomida |
||||
|
3. Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazini transformatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil avgust |
||||
|
4. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarining qobiliyati va moyilliklarini aniqlash, ularning rivojlanishiga psixologik-pedagogik jihatdan tashxis qoʻyish hamda ularni kelajakda dolzarb boʻladigan kasblarga yoʻnaltirishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish. |
2024-yil sentabr |
||||
|
6. |
Nodavlat taʼlim sohasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha samarali mexanizmlarni joriy qilish. |
1. Nodavlat taʼlim sohasida maʼmuriy tartib-taomillarni qisqartirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish. 2. Nodavlat taʼlim sohasida byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash. 3. Tavsiya va takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil avgust |
- |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (V. Xamidov), “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi |
|
II. Professional va oliy taʼlim sohasini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari |
|||||
|
7. |
Professional taʼlim muassasalarining oʻquv jarayoniga rivojlangan xorijiy davlatlarning taʼlim dasturlari (curriculum) asosida ishlab chiqilgan dasturlarni joriy qilish. |
1. Xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish boʻyicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va bitim imzolash. |
2024-yil sentabr |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
|
2. Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilinadigan kasb va mutaxassisliklarni tanlab olish. |
2024-yil noyabr |
||||
|
3. Ijodiy guruhlarni shakllantirish va xalqaro taʼlim dasturlarini tarjima qilish. |
2025-yil fevral |
||||
|
4. Tarjima qilingan xalqaro taʼlim dasturlari asosida mazmuniga milliy segmentni singdirgan holda yangi taʼlim dasturlarini ishlab chiqish. |
2025-yil aprel |
||||
|
5. Xalqaro taʼlim dasturlari talablaridan kelib chiqib taʼlim dasturlarining oʻquv yuklamalarini qayta koʻrib chiqish va optimallashtirish. |
2025-yil may |
||||
|
6. Oʻquvchilarga beriladigan malakalar asosida Professional taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatoriga tegishli oʻzgartirishlar kiritish. |
2025-yil iyun |
||||
|
7. Ishlab chiqilgan taʼlim dasturlarini professional taʼlim muassasalarida joriy etish. |
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab |
||||
|
8. |
Professional taʼlim muassasalari oʻquvchilarining oʻz taʼlimini oliy taʼlim muassasalarida davom ettirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish. |
1. Kasb-hunar taʼlimining oliy taʼlim bilan integratsiyasini kuchaytirish, jumladan taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlashni “2+2”, “1+3” va boshqa sxemalar asosida tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
2024-yil 1-sentabr |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar |
“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), oliy va professional taʼlim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar |
|
2. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va huzuridagi professional taʼlim muassasalarida TESOL, TEFL oʻquv kurslari va Milliy malakalar ramkasining 3 — 5-darajadagi malakalarni berishga yoʻnaltirilgan qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy qilish va ularning tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bilan integratsiyasini taʼminlash. |
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab |
||||
|
3. Toshkent arxitektura va qurilish universitetida va huzuridagi professional taʼlim muassasalarida Milliy malakalar ramkasining 3 — 5-darajalariga mos boʻlgan qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy qilish va ularning tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bilan integratsiyasini taʼminlash. |
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab |
||||
|
9. |
Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tashkilotlar tomonidan Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatish tartibini belgilash. |
Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tashkilotlarning Oʻzbekistonda faoliyat yuritish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda, qaror loyihasida: taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tashkilotlarga qoʻyiladigan talablarni; taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tashkilotlarning Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtishi va faoliyat yuritishi tartibini nazarda tutish. |
2024-yil avgust |
- |
“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) |
|
10. |
Milliy oliy taʼlim muassasalarining taʼlim dasturlarini xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 300 talik roʻyxatiga kirgan oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlari asosida takomillashtirish. |
1. Taʼlim dasturlari takomillashtiriladigan taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari roʻyxatini shakllantirish. |
2024-yil may |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi,oliy taʼlim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar |
|
2. Taʼlim dasturlarini takomillashtirish va tasdiqlanishini taʼminlash. |
2024-yil avgust |
||||
|
3. Takomillashtirilgan taʼlim dasturlarini oliy taʼlim muassasalari amaliyotiga joriy etish. |
2024-yil sentabr |
||||
|
11. |
Oliy taʼlimdagi oʻquv jarayoni va baholash tizimini ilgʻor xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish. |
1. Oliy taʼlimda talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish. |
2024/2025 oʻquv yili davomida |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi,oliy taʼlim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar |
|
2. Mustaqil taʼlimni tashkil etishning ilgʻor tajribalarini joriy etish. |
2025-yil sentabr |
||||
|
3. Barcha oliy taʼlim tashkilotlarida antiplagiat dasturlarini joriy etish. |
2025-yil sentabr oyidan boshlab |
||||
|
4. Oliy taʼlimdagi oʻquv jarayoni va baholash tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritish. |
2025-yil avgust |
||||
|
12. |
Oliy taʼlimda taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari eksportini oshirish maqsadida xalqaro mehnat bozori talablari asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. |
1. Xalqaro mehnat bozorlarining oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish. |
2024-yil dekabr |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi,oliy taʼlim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar |
|
2. Oʻrganish natijalari asosida oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash boʻyicha takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2025-yil aprel |
||||
|
3. Xalqaro mehnat bozorlaridagi ehtiyoj va talablardan kelib chiqib kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. |
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab |
||||
|
13. |
Oliy taʼlimda professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish. |
1. Professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha dunyodagi yetakchi universitetlar tajribasini oʻrganish va natijasi boʻyicha amaldagi tartibni takomillashtirish yuzasidan takliflarni shakllantirish. |
2024-yil iyun |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi,oliy taʼlim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar |
|
2. Takliflarni oliy taʼlim tashkilotlari mutaxassislari va xorijiy ekspertlar ishtirokida muhokamadan oʻtkazish. |
2024-yil dekabr |
||||
|
3. Professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha yangi tartibni joriy etish. |
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab |
||||
|
14. |
Oliy taʼlim tizimining mehnat bozori talablariga muvofiqligi taʼminlash. |
1. Kadrlar tayyorlash jarayoniga ish beruvchilarni jalb etish mexanizmlarini takomillashtirish. |
2024-yil iyul |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi,oliy taʼlim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar |
|
2. Taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirishda ish beruvchilarning ishtirokini kengaytirish, manfaatdorligini oshirish va javobgarligini belgilash yuzasidan takliflarni tayyorlash. |
2024-yil dekabr |
||||
|
3. Talabalar amaliyotini tashkil etish hamda taʼlim dasturlarini ishlab chiqishda kadrlar buyurtmachilari masʼuliyatining aniq chegaralarini belgilash. |
2025-yil may |
||||
|
15. |
Muhandislik-texnika yoʻnalishida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish. |
1. Muhandislik-texnika yoʻnalishidagi 33 ta davlat oliy taʼlim muassasalarining faoliyatini kompleks tahlil qilish boʻyicha ishchi guruhini tashkil etish. |
2024-yil may |
Tegishli oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, tarmoq ishlab chiqarish korxonalari mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi, tarmoq ishlab chiqarish korxonalari |
|
2. Muhandislik-texnika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarida: kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va qabul parametrlarining soha tarmoqlarining kadrlarga boʻlgan real ehtiyojlariga muvofiqligini; moddiy-texnik baza (zamonaviy laboratoriyalar va asbob-uskunalarning mavjudligi) holatini; amaldagi oʻquv dasturlarining ishlab chiqarish texnologiyalari va ish beruvchilarning talablariga muvofiqligini; talabalarning sohadagi ishlab-chiqarish tashkilotlarida amaliy bilim olishini; professor-oʻqituvchilarning bilim darajasi va oʻquv adabiyotlarining amaliyotga yoʻnaltirilganligini oʻrganish. |
2024-yil iyun — avgust |
||||
|
3. Oʻrganish natijalari boʻyicha asoslangan amaliy takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil sentabr |
||||
|
16. |
Oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish. |
1. Nufuzli xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari roʻyxatini shakllantirish va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlash. |
2024-yil may |
Tegishli oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi, oliy taʼlim tashkilotlari |
|
2. Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
2024-yil iyun |
||||
|
3. Xalqaro tashkilotlar bilan taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha shartnomalar tuzish va akkreditatsiyani belgilangan tartibda amalga oshirish. |
2024-yil iyuldan boshlab |
||||
|
4. Taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish jarayonlarining monitoringini yuritishni yoʻlga qoʻyish. |
2024-yil sentabr |
||||
|
17. |
Oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilarining xorijiy davlatlarda malaka oshirishi va stajirovkadan oʻtishini tashkil qilish. |
1. Oliy taʼlim tashkilotlarining 40 yoshgacha boʻlgan professor-oʻqituvchilarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish yoki stajirovkaga yuborish uchun saralab olish. |
2024-yil iyun |
Tegishli oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi, oliy taʼlim tashkilotlari |
|
2. Saralab olingan professor-oʻqituvchilarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish. |
2024-yil iyul — sentabr |
||||
|
3. Malaka oshirish yoki stajirovka oʻtash davomida oʻrganilgan ilgʻor xorijiy tajribani oliy taʼlim tashkilotida amalda joriy etilishini taʼminlash. |
2024-yil sentabr — dekabr |
||||
3-ILOVA
|
T/r |
Muassasa nomi |
Vazirlik (idora)dan biriktirilgan masʼul xodim |
|
I. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi muassasalar | ||
|
1. |
Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 9-son umumiy oʻrta taʼlim muassasasi |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari U. Sharifxodjayev |
|
2. |
Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʻrinbosari F. Boqiyev |
|
3. |
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʻrinbosari T. Komilov |
|
4. |
Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʻrinbosari S. Radjabov |
|
5. |
Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 129-son umumiy oʻrta taʼlim muassasasi |
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori V. Xamidov |
|
II. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi muassasalar | ||
|
6. |
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari K. Karimov |
|
7. |
Toshkent gidrometeorologiya texnikumi |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari S. Buzrukxonov |
|
8. |
Toshkent moliya instituti huzuridagi akademik litsey |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari Sh. Turdikulova |