Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 36-son qaroriga
1-ILOVA
|
Direktor |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Direktorning iqtisodiy va tashkiliy masalalar boʻyicha oʻrinbosari 1 |
Buxgalteriya boʻlimi 3 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Direktorning ijtimoiy-siyosiy masalalar boʻyicha birinchi oʻrinbosari 1 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Bosh yuriskonsult 1 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ijodiy-innovatsion loyihalar boʻlimi 3 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ijtimoiy tadqiqotlar va tahlil boʻlimi 3 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Umumiy boʻlim 2 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Matbuot va media laboratoriya boʻlimi 5 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Targʻibot texnologiyalarini joriy qilish, metodik qoʻllab-quvv�tlash va jurnal tahririyati boʻlimi 4 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Psixolog-konsultant 1 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Tyutorlar bilan ishlash va profilaktika tadbirlarini tashkil etish boʻlimi 3 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Axborot xavfsizligi boʻyicha mutaxassis 1 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Talabalar ijtimoiy faolligini qoʻllab-quvvatlash boʻlimi 3 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Malaka oshirish boʻlimi 2 |
Texnik foydalanish va xoʻjalik boʻlimi mudiri 1 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2-ILOVA
|
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligi, intellektual salohiyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ijodiy loyihalar tanlovlarini tashkil etish | ||||
|
1. |
Talaba va oʻquvchilarning zamonaviy raqamli texnologiyalarni oʻzlashtirish darajasini aniqlash hamda ular orasida ijodiy raqobatni shakllantirish maqsadida “Eng yaxshi dasturchi” respublika tanlovini oʻtkazish. |
1. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibini shakllantirish. |
2024-yil mart |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
|
2. Tanlov nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2024-yil aprel | |||
|
3. Tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish va OAVda keng yoritish. |
har yili belgilangan muddatda | |||
|
2. |
Iqtidorli talaba va oʻquvchilarning maqsadli faoliyatini tizimli tashkil etish hamda ularni yangi marralar sari yoʻnaltirish maqsadida “Yilning eng faol talabasi”, “Yilning eng faol oʻquvchisi” va “Islohotlar bilimdoni” respublika tanlovlarini doimiy ravishda oʻtkazish. |
1. Tanlovlarni oʻtkazish boʻyicha qoʻshma qaror va nizomni tasdiqlash. |
2024-yil aprel |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, Madaniyat vazirligi |
|
2. Tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish va OAVda keng yoritish. |
har yili belgilangan muddatlarda | |||
|
3. |
Talaba va oʻquvchilarning jamiyat taraqqiyotiga munosabatini aniqlash, ularda notiqlik mahorati va ilmiy salohiyatni namoyon qilish, xorijiy talabalar bilan Oʻzbekiston talabalarining ilmiy muloqotini tashkil etish uchun “Dunyoqarashlar muloqoti: yoshlarning jamiyat kelajagiga munosabati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani oʻtkazish. |
1. Konferensiyani oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibini tasdiqlash va konferensiya materiallarini shakllantirish. |
2024-yil sentyabr |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar it�ifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Konferensiya dasturi va materiallarini chop etish hamda tarqatish. |
2024-yil oktyabr | |||
|
3. Konferensiyani yuqori saviyada oʻtkazish va OAVda keng yoritish. |
2024-yil noyabr | |||
|
4. |
Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga munosabati va tanqidiy fikrlash mahoratini aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Milliy teleradio-kompaniyasining “Yoshlar” telekanalida “Yoshlar debati” doimiy koʻrsatuvini tashkil etish. |
1. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” telekanali bilan hamkorlik memorandumini imzolash. |
2024-yil may |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
|
2. Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish. |
doimiy | |||
|
3. Koʻrsatuvni yuqori saviyada tashkil etish. |
reja asosida | |||
|
5. |
Yosh tadqiqotchilar va talaba-oʻquvchilarning maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashini yuksaltirish, ularning ilmiy izlanishlarini ommalashtirish, yangi va zamonaviy ilmiy loyihalarni keng targʻib qilish hamda talaba-oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishga doir targʻibotlarning zamonaviy, taʼsirchan metodlarini doimiy yangilab borish maqsadida “Yoshlar va ilm-fan” nomli ilmiy-ommabop, oʻquv-metodik va maʼnaviy-maʼrifiy jurnalni tashkil etish va har chorakda nashr qilish. |
1. Jurnal tahririyati tarkibini shakllantirish. |
2024-yil iyun |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi |
|
2. Yosh tadqiqotchilar va talaba-oʻquvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari va maqolalarni jurnalda keng yoritish. |
doimiy | |||
|
3. Jurnalni nashr qilib borish. |
har chorakda | |||
|
6. |
Oliy va professional taʼlim muassasalari talabalari va oʻquvchilarining egallagan bilim va malakalarini, ijtimoiy jarayonlarga munosabatini hamda siyosiy bilim darajalarini oshirish maqsadida “Mushoira klubi”ni tashkil etish. |
1. Klubning nizomini ishlab chiqish hamda barcha oliy va professional taʼlim muassasalarida klub faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
2024-yil sentyabr |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi |
|
2. Faol klub aʼzolarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish. |
har chorakda | |||
|
II. Besh muhim tashabbus doirasida talabalar va oʻquvchilarning darsdan boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlarini tashkil etish | ||||
|
7. |
Oliy taʼlim muassasalari talabalarining ijodiy faoliyatini ragʻbatlantirish va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida talaba yoshlar oʻrtasida “Talabalar teatr studiyalari” respublika koʻrik-tanlovini doimiy ravishda oʻtkazish. |
1. Tanlov nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2024-yil sentyabr |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
|
2. Tanlovning saralash bosqichlarini oʻtkazish. |
reja asosida | |||
|
3. Tanlovning respublika bosqichini yuqori saviyada oʻtkazish va OAVda keng yoritish. |
2024-yil may-iyun | |||
|
8. |
Taʼlim muassasalarida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni taʼminlash, barcha oliy va professional taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining beshta muhim tashabbusi doirasida “Ijodkor yoshlar” klubi, “Yosh sportchilar” klubi, “Yosh dasturchilar” klubi, “Yosh kitobxonlar” klubi, “Chevar qizlar” toʻgaragini tashkil etish va har yili ushbu klub va toʻgarakda tayyorlangan ishlanmalarning respublika koʻrgazma-taqdimotini tashkil etish va ularni moliyalashtirish. |
1. Klublar faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun tavsiyalar ishlab chiqish. |
2024-yil sentyabr |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaz�rligi |
|
2. Talaba va oʻquvchilarni klublarga aʼzo qilish. |
2024-yil oktyabrdan boshlab | |||
|
3. Klublar faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish. |
2024-yil noyabr | |||
|
4. Klub va toʻgarakda tayyorlangan ishlanmalarning respublika koʻrgazma-taqdimotini yuqori saviyada oʻtkazish. |
har yili belgilangan muddatlarda | |||
|
9. |
Talaba va oʻquvchilarning oʻzbek va jahon mumtoz hamda zamondoshlar asarlarining hozirgi davrdagi tarbiyaviy ahamiyatini tushunishi va ulardan ijtimoiy faoliyatida foydalanish maqsadida “Kitob mening doʻstim” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish. |
1. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibini tasdiqlash. |
2024-yil iyul |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
|
2. Tanlov nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2024-yil sentyabr | |||
|
3. Tanlov toʻgʻrisida OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish. |
2024-yil sentyabrdan boshlab doimiy | |||
|
4. Tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish. |
har yili belgilangan muddatlarda | |||
|
10. |
Talaba va oʻquvchilarda oʻzbek tilining turkiy xalqlar tili sifatidagi ahamiyati, uning tarixiy �akllanish bosqichlari, eski oʻzbek tilining zamonaviy oʻzbek tili va imlosidan farqi, hozirgi davr oʻzbek tilidagi yangi soʻzlarning paydo boʻlish sabablarini bilish va uni ommalashtirish, badiiy tilda muloqot mahoratini shakllantirish maqsadida talaba va oʻquvchilar oʻrtasida “Til bilimdonlari” respublika tanlovini doimiy ravishda oʻtkazish. |
1. Tanlov nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2024-yil avgust |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
|
2. Tanlovning saralash va respublika bosqichini yuqori saviyada oʻtkazish. |
2024-yil sentyabr — dekabr | |||
|
3. Tanlovni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish. |
doimiy | |||
|
11. |
Oliy taʼlim muassasalari talaba yoshlari oʻrtasida “Maʼrifat maydoni” va “Yurtim qadriyatlari” koʻrik-tanlovlari hamda “Mening Oʻzbekistonim” videorolik tanlovini doimiy ravishda oʻtkazib borish. |
1. Tanlovlar nizomlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2024-yil sentyabr-oktyabr |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi |
|
2. Tanlovlarning saralash va respublika bosqichlarini yuqori saviyada oʻtkazish. |
har yili belgilangan muddatlarda | |||
|
3. Tanlovlarni OAVda keng yoritish. |
reja asosida | |||
|
12. |
Talaba yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan “Huquqiy yordam” ijtimoiy volontyor-talabalar harakatini tashkil etish. |
1. “Huquqiy yordam” volontyor-talabalar harakatining nizomi va yoʻriqnomasini ishlab chiqish. |
2025-yil yanvar |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi |
|
2. Harakat dasturini tasdiqlash. |
2025-yil aprel-may | |||
|
3. Harakatning volontyor-talabalar aʼzolari roʻyxatini shakllantirish. |
2025-yil iyun | |||
|
4. Harakat faoliyatini monitoring qilib borish. |
doimiy | |||
|
13. |
“Volontyorlik klubi”, intellektual klubl�r, “Ekoklub” faoliyatini tashkil etish orqali talabalarning faolligini oshirish, ularda jamiyat rivojlanishiga daxldorlik hissini kuchaytirish. |
1. Yosh volontyorlar roʻyxatini shakllantirish. |
2025-yil sentyabr |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi |
|
2. Volontyorlik faoliyati boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish. |
reja asosida | |||
|
3. Volontyorlar ishtirokida ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlar, loyihalar va aksiyalar oʻtkazish. |
2025-yildan boshlab belgilangan muddatlarda | |||
|
14. |
Talaba va oʻquvchilarning ifodali oʻqish mahoratini shakllantirish, maʼnaviy ongini rivojlantirish, badiiy asarlardagi obrazlarning xulq-atvoriga baho berish, ularning kechinmalarini his qilish va salbiy obrazlarning illatlarini aniqlash maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn kitobxonlik tanlovini oʻtkazish. |
1. Tanlov nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2025-yil yanvar |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
|
2. Tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish. |
har chorakda | |||
|
3. Tanlov gʻoliblarini tantanali taqdirlash va OAVda keng yoritish. |
har yili belgilangan muddatlarda | |||
|
15. |
Talaba va oʻquvchi yoshlar ongida vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish, ogohlikka daʼvat sifatida “Bu aziz Vatan barchamizniki” shio�i ostida respublika festivalini oʻtkazish. |
1. Festivalni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibini shakllantirish. |
2025-yil mart |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi |
|
2. Festival nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2025-yil aprel | |||
|
3. Festivalni hududiy va respublika bosqichlarini yuqori saviyada oʻtkazish. |
2025-yil may-iyun | |||
|
4. Festivalni OAV orqali keng yoritish. |
reja asosida | |||
|
16. |
Talabalar turar joylarida taʼlim muassasasining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda talabalar uchun barcha sharoit va imkoniyatlarga ega boʻlgan zamonaviy kasb turlari va axborot texnologiyalarini oʻrgatadigan “Kasbim — mening faxrim” toʻgaragini tashkil etish. |
1. Oliy taʼlim muassasalarining talabalar turar joylarida toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
2025-yil sentyabr |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
|
2. Toʻgaraklarga talaba va oʻquvchilarni aʼzo qilish maqsadida targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish. |
2025-yil oktyabr | |||
|
3. Toʻgaraklar faoliyatini monitoring qilib borish. |
doimiy | |||
|
17. |
Talaba va oʻquvchilarning tadb�rkorlik sohasiga oid bilim va koʻnikmalarini oshirish, ularni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha tadbirkor va hunarmandlar ishtirokida oʻquv-treninglar tashkil etish. |
1. Hamkor tashkilotlar bilan oʻquv-treninglar rejasini ishlab chiqish. |
2025-yil may |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
|
2. Oʻquv-treninglarda ishtirok etadigan tadbirkor va hunarmandlar roʻyxatini shakllantirish. |
2025-yil iyun-iyul | |||
|
3. Oʻquv-treninglarni yuqori saviyada tashkil etish va OAVda keng yoritish. |
2025-yil avgust-sentyabr | |||
|
18. |
Talaba va oʻquvchilarda oʻz yurtining qadimiy tarixi, moddiy va maʼnaviy boyliklarini, Oʻzbekistonning shahar va qishloqlaridagi bunyodkorlik ishlarini koʻrish va ular qa�bida milliy gʻurur tuygʻusini shakllantirish maqsadida “Vatan boʻylab sayohat qilamiz” shiori ostida talabalarning Oʻzbekiston boʻylab sayohatini tashkil etish va sayohat natijalari boʻyicha “Mening yurtim” mavzusida esselar tanlovini oʻtkazish. |
1. Talaba va oʻquvchilarning turizm maskanlariga ijodiy tashrifi boʻyicha reja-jadval ishlab chiqish. |
2025-yil yanvar |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Turizm qoʻmitasi |
|
2. Tanlov nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2025-yil fevral | |||
|
3. Talabalarning turizm maskanlariga ijodiy tashrifini tashkil etish. |
reja-jadval asosida | |||
|
4. Tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish va OAVda keng yoritish. |
doimiy | |||
|
19. |
Talaba va oʻquvchilarga oilaning muhim qadriyat sifatidagi ahamiyati, erta nikohning oqibatlarini tushuntirish, qizlar va yigitlarning oilaviy muammolarini bartaraf etish boʻyicha psixologlar va tegishli sohalar boʻyicha shifokorlarning “Maslahat soatlari”ni tashkil etish. |
1. “Siz mustaqil hayotga tayyormisiz?” mavzusida soha mutaxassislari bilan uchrashuv-muloqotlar tashkil etish. |
2025-yil sentyabr |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
2. Yoshlar oʻrtasida “Uch avlod uchrashuvi” mavzusida hayotiy tajribaga ega va namunali oilalar vakillari ishtirokida davra-suhbatlari tashkil etish. |
reja asosida | |||
|
3. Yoshlar oʻrtasida tibbiyot sohasi vakillari ishtirokida erta va qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning ijtimoiy-salbiy oqibatlari toʻgʻrisida profilaktika seminarlarini tashkil etish va ijt�moiy roliklar namoyish qilish. |
2025-yil oktyabrdan boshlab doimiy | |||
|
20. |
“Sogʻlom turmush tarzi — toʻgʻri yashash ramzi” mavzusida targʻibot tadbirlarini tashkil etish. |
1. Tibbiyot va sport sohasi mutaxassislari ishtirokida sogʻlom turmush tarzining ahamiyatini keng targʻib qilish maqsadida turkum uchrashuvlar tashkil etish. |
2024-yil sentyabrdan boshlab doimiy |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
|
2. Talabalar turar joylarida yashovchi talabalar uchun ertalabki badantarbiya mashqlarini oʻtkazish. |
doimiy | |||
|
3. Mavzuga doir ijtimoiy rolik tayyorlash va oliy taʼlim muassasalariga yetkazish. |
reja asosida | |||
|
21. |
Talaba yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida Kurash sport turi boʻyicha “Vazir kubogi” musobaqasini oʻtkazish. |
1. Musobaqa Hakamlar hayʼati tarkibini shakllantirish. |
2025-yil fevral |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Talabalar sporti assotsiatsiyasi |
|
2. Musobaqa nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2025-yil mart | |||
|
3. Musobaqani yuqori saviyada oʻtkazish hamda gʻoliblarni munosib ragʻbatlantirish. |
2025-yil aprel-ma� | |||
|
4. Musobaqani OAVda keng yoritish. |
doimiy | |||
|
III. Ijtimoiy tadqiqotlar, psixodiagnostik, profilaktik davolash ishlari | ||||
|
22. |
Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy-psixologik holatini yanada yaxshilash maqsadida har bir oliy taʼlim muassasasida mutaxassislardan iborat ijtimoiy va pedagogik-psixologik xizmat guruhini tashkil etish. |
1. Har bir oliy taʼlim muassasasida mutaxassislardan iborat ijtimoiy va pedagogik-psixologik xizmat guruhini tashkil etish. |
2025-yil fevral |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Ijtimoiy fikr” markazi |
|
2. Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy-psixologik holati yuzasidan ijtimoiy soʻrovnomalar (tadqiqotlar) oʻtkazish. |
2025-yil mart oyidan boshlab reja asosida | |||
|
3. Ijtimoiy va pedagogik-psixologik xizmat guruhi faoliyatini monitoring qilib borish. |
doimiy | |||
|
23. |
Talaba-oʻquvchilar oʻrtasida “Biz qorrupsiyaga qarshimiz!”, “Giyohvandlik asr vabosi”, “Odam savdosi davr muammosi”, “OITS haqida bilish muhim”, “Chekish va zararli odatlar oqibati” mavzularida onlayn soʻrovnomalar oʻtkazish. |
1. Soʻrovnoma savollarini shakllantirish. |
2025-yil fevral |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
|
2. Maxsus bot va platformalar orqali soʻrovnomalarni tashkil etish. |
2025-yil mart oyidan boshlab reja asosida | |||
|
3. Soʻrovnoma natijalarini tahlil qilish va tavsiyalar ishlab chiqish. |
belgilangan muddatlarda | |||
|
24. |
“Jaholatga qarshi maʼrifat”, “Ekstremizm va terrorizm nima?”, “Jinoyat bu...” kabi mavzularda qisqa metrajli videoroliklar tayyorlash hamda namoyish etish. |
1. Videoroliklar ssenariysini ishlab chiqish. |
2025-yil mart |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
|
2. Videoroliklar tayyorlash hamda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etish. |
reja asosida | |||
|
25. |
Har bir talaba bilan uning dunyoqarashi, maqsadi, qiziqishlari, ruhiyati haqida “Oʻzingizni taʼriflang”, “Aslida qanday insonsiz?” yoʻnalishida soʻrovnoma oʻtkazish. |
1. Talaba dunyoqarashi, maqsadi, qiziqishlari, ruhiyatini oʻrganishga qaratilgan soʻrovnomalar tuzish. |
2025-yil aprel |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Ijtimoiy fikr” markazi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
|
2. Oliy taʼlim muassasalarida talabalar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazish va natijalarini tahlil qilish. |
2025-yil may | |||
|
3. Soʻrovnoma natijalari tahlili asosida tegishli chora-tadbirlar belgilash va ularning amalga oshirilishini taʼminlash. |
belgilangan muddatlarda | |||
|
26. |
Oliy, professional va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan maʼnaviy-maʼrifiy soha vakillarini oʻquv, metodik qoʻllanmalar, tavsiyalar va taqdimot materiallari bilan taʼminlash. |
1. Oʻquv-metodik qoʻllanmalar, tavsiyalar va taqdimotlar tayyorlash boʻyicha Ishchi guruh tarkibini shakllantirish. |
2025-yil oktyabr |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
|
2. Oliy, professional va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari uchun kerakli materiallarni aniqlash maqsadida soʻrovnomalar oʻtkazish. |
2025-yil noyabr | |||
|
3. Soʻrovnoma yakunlari boʻyicha mavzular ketma-ketligini aniqlash hamda oʻquv-metodik materiallarni tayyorlash va nashr etish hamda taʼlim muassasalariga yetkazish. |
2025-yil dekabr | |||
3-ILOVA