|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori Oʻzbekiston Respublikasida ekologik turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, mamlakatimizning mavjud resurslaridan oqilona foydalanish hisobiga ekologik turizmni rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish va unga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda tadbirkorlik subyektlari uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish orqali togʻli va chekka hududlar hamda choʻl mintaqalaridagi aholini ish bilan taʼminlash, ularning daromad manbaini kengaytirish maqsadida: 1. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar (qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari, togʻli va choʻl hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida (keyingi oʻrinlarda — ekohududlar) joylashgan yer uchastkalarini kompleks turizm xizmatlarini yoʻlga qoʻygan holda turistik klasterlar tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga ajratish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin. 2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra: ekohududlarda joylashgan yer uchastkalari ularning toifasi oʻzgartirilmagan holda turistik klasterlar tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali faoliyat koʻrsatish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 10 yil muddatga ijaraga beriladi; Ekologiya vazirligiga ekohududlarda tashkil etiladigan turistik klasterlarning batafsil rejalashtirish loyihalari va master rejalarini ishlab chiqish uchun xorijiy loyiha institutlarini, shuningdek, maslahatchilarni jalb qilish huquqi beriladi; ekohududlarda tashkil etiladigan turistik klasterlarning batafsil rejalashtirish loyihalari va master rejalarini ishlab chiqish uchun loyihalashtirish va konsalting kompaniyalari, mahalliy va xorijiy ekspertlar hamda boshqaruvchi kompaniyalar xizmatlariga haq toʻlash Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi; turistik klasterlar hududidagi turistik obyektlar Ekologiya vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilanadigan yengil va tez quriladigan konstruksiya hamda ekologik toza qurilish materiallaridan barpo etiladi; ekohududlarda tashkil etiladigan turistik klasterlarda turizm xizmatlari inson faoliyatining atrof-muhitga salbiy taʼsirining oldini olishni nazarda tutuvchi ekohududlarni rivojlantirish dasturlariga muvofiq koʻrsatiladi. Bunda, ekohududlarni rivojlantirish dasturlari Ekologiya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 3. Quyidagilar: “Tabiatga sayohat” ekoturizmni rivojlantirish milliy dasturini 1-ilovaga muvofiq; Davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar (qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari, togʻli va choʻl hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida tashkil qilinishi mumkin boʻlgan faoliyat (xizmat) turlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq; Davlat qoʻriqxonalari, pitomniklar, milliy tabiat bogʻlari va oʻrmon xoʻjaliklarida ekoturizm xizmatlari yoʻlga qoʻyiladigan hududlarning roʻyxati 3-ilovaga muvofiq; Plyaj va suvda dam olish turizm xizmatlari tashkil etiladigan respublikadagi yirik suv havzalari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq; Zamonaviy talablar asosida dor yoʻllari qurilishi rejalashtirilgan tuman va shaharlar roʻyxati 5-ilovaga muvofiq; Ekologik turizm yoʻnalishida faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan istiqbolli turistik klaster loyihalarining manzilli roʻyxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov) ikki oy muddatda ekologik turizm yoʻnalishida faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan istiqbolli turistik klaster loyihalarini amalga oshirish dasturini tasdiqlasin. 5. Ekologiya vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorga 3-ilovada koʻrsatilgan davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, pitomniklar, milliy tabiat bogʻlari va oʻrmon xoʻjaliklarining batafsil rejalashtirish loyihalari va master rejalarini quyidagilarni nazarda tutgan holda belgilangan muddatlarda ishlab chiqilishini taʼminlasin: hududning mavjud tabiiy resurslaridan kelib chiqqan holda turistik soʻqmoqlar, selfi zona va piknik zonalar, manzarali tomosha qilish maydonchalari va hayvonlarni masofadan kuzatish imkonini beruvchi fototurlarni tashkil qilish hududlarini belgilash; chiqindilarni tashlash va ekohududda oʻrnatiladigan yoʻl koʻrsatkichlari nuqtalarini belgilash hamda ekologik talablarga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalarini joylashtirish; kemping, glemping, oʻtov, ekouylar va boshqa turdagi joylashtirish vositalari joylashuvini belgilash; ekohududlarga kirish qismida elektromobillar uchun quvvatlantirish stansiyalari, koʻchma restoranlari mavjud boʻlgan avtoturargohlar joylashuvini belgilash; ekohududlarda mavjud turizm xizmatlari va turistik salohiyat toʻgʻrisida maʼlumot olish, ekohududning elektron turistik xaritasi, suvenir mahsulotlari savdosi va boshqa xizmatlar koʻrsatadigan tashrif markazlari (visitor center) joylashuvini belgilash. 6. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Ekologiya vazirligi bilan birgalikda ekohududlarda turistik klasterlarni tashkil qilish uchun salohiyatli xorijiy va mahalliy investorlar hamda xorijiy va xalqaro tashkilotlarni, shu jumladan ularning grant mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin. Bunda: ekohududlarda yoʻl-transport, kommunal va turizm infratuzilmalarini qurish xarajatlarini xorijiy investorlar mablagʻlari hisobidan qoplash boʻyicha muzokaralar oʻtkazilishini taʼminlasin; salohiyatli xorijiy investorlarga loyiha takliflari (obyektlari) toʻgʻrisida “Road-show” taqdimotlar oʻtkazsin; har chorakda xorijiy investorlar bilan oʻtkazilgan muzokaralar yakuni boʻyicha tashabbuskorlar, amalga oshirish muddatlari va moliyalashtirish manbalarini aniq belgilagan holda turizm infratuzilmasini tezkor rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalari roʻyxatini shakllantirib borsin. 7. Ekohududlarda tashkil etiladigan turistik klasterlarda faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkasini ijaraga berishda quyidagilar nazarda tutilsin: ekohududlarni rivojlantirish dasturida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish; ekohududning ekologik holati va turizmni rivojlantirishning barqarorligini taʼminlash; ekohududda noyob tabiiy obyektlar va majmualarni, oʻsimliklar va hayvonlarning genetik fondini saqlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; ekologik talablar asosida turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va xizmatlar sifatini jahon standartlari darajasiga yetkazish; energiyaning muqobil va qayta tiklanuvchi manbalaridan foydalangan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni joriy qilish asosida oʻziga xos ekologik tizimni yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish; ekohududga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish; yangi ish oʻrinlarini yaratish orqali aholi daromadlarini oshirish; innovatsion va zamonaviy turizm infratuzilmasini yaratish; turizm xizmatlarini koʻrsatuvchilar va isteʼmolchilar oʻrtasida avtomatlashtirilgan maxsus elektron dastur yordamida axborot almashinuvini tizimli yoʻlga qoʻyish orqali tashrif buyuruvchilar oqimini koʻpaytirish; ekohududdagi turistik soʻqmoqlar va yoʻl koʻrsatkichlarining belgilangan talablarga muvofiqligini taʼminlab borish; yangi turizm xizmatlarini (shu jumladan, Planting Tour, Plogging Tour va boshqalar) va ekoaksiyalarni tashkil qilib borish; ekohududning ishlab chiqilgan brendi asosida targʻibot dasturlarini amalga oshirish; ekohududning rekreatsion salohiyatini oshirish; turistik klasterlarning tashrif markazlarida turistlar hisobini yuritib borishni taʼminlash. 8. Belgilansinki: a) davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar yer uchastkalarini va davlat mulki obyektlarini ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar quyidagicha taqsimlanadi: 50 foizi — davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar yerlaridan doimiy foydalanuvchilarga; 10 foizi — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markaziga; 40 foizi — Ekologiya jamgʻarmasiga; b) davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar, oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari hududiga kirish uchun toʻlovlardan tushgan mablagʻlar quyidagicha taqsimlanadi: 30 foizi — Ekologiya jamgʻarmasiga; 30 foizi — mahalliy budjetga; 40 foizi — davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar, oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari yerlaridan doimiy foydalanuvchilarga; v) 2028-yil 1-yanvargacha turistik klasterlarda yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish xarajatlari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi; g) davlat buyurtmachilariga xarid jarayoni ochiqligini taʼminlagan holda oʻz xodimlari uchun sayohatlarni ekohududlarga tashkil qilish maqsadida turoperatorlar oʻrtasida eng yaxshi takliflarni tanlash natijalariga koʻra turistik mahsulotlarni xarid qilishga ruxsat beriladi. 9. Ekologiya vazirligi: a) “Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasi doirasida davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar (qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari, togʻli va choʻl hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalaridagi turistik klasterlarda tashrif markazlarini barpo qilish va tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda ushbu hududlarda turistik soʻqmoqlarni qurish loyihalarini amalga oshirsin; b) 2024-yil 1-sentabrga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi “Tabiatga sayohat” elektron platformasi va uning mobil ilovasini ishga tushirsin: ekohududlardagi turistik klasterlar elektron xaritasi; turistik klasterlarning tashrif markazlarida taqdim etiladigan xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; ushbu hududlarga sayohatni rejalashtirish va joylashtirish vositalarini oldindan band qilish; mavjud togʻ va gʻorlar, turistik soʻqmoqlar hamda ularning imkoniyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. Bunda, eng yaxshi taklifni bildirgan tadbirkorlik subyektlari ularni tanlash asosida Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan jalb qilinishi mumkin. 10. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziriga: ekohududlarda turizm salohiyati yuqori boʻlgan turistik soʻqmoqlarni aniqlash, ular boʻylab yaratiladigan infratuzilmaning (yoʻl koʻrsatkichlari, kemping, dam olish joylari va boshqa) joylashuvini belgilash, shuningdek, ularning elektron xaritasini ishlab chiqish uchun maʼlumotlar shakllantirishga mutaxassis va mahalliy aholini jalb qilish; ushbu qarorga 5-ilovada belgilangan tuman va shaharlarda avtokemping lagerlari tashkil qilinadigan hududlarni belgilash vakolati berilsin. 11. Belgilansinki, turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida 2027-yil 1-yanvarga qadar: choʻl hududlarida rekreatsion turistik xizmatlarni koʻrsatuvchi kurort zonalarini (toifali mehmonxonalar, SPA-mehmonxonalar, sanatoriy va pansionatlar) tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlari uch yil davomida foyda soligʻini va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini ushbu soliqlar boʻyicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi; choʻl hududlarida tematik xiyobonlarni tashkil qilgan yuridik shaxslar tematik xiyobonlar foydalanishga topshirilgan kundan eʼtiboran uch yil davomida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini ushbu soliqlar boʻyicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi. 12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi “Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-238-son qarorining 5-bandi “yer soligʻi” soʻzlaridan keyin “hamda foyda soligʻi” soʻzlari bilan toʻldirilsin. 13. Ekologiya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2024-yil 12-yanvar, PQ-21-son Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-21-son qaroriga 1-ILOVA “Tabiatga sayohat” ekoturizmni rivojlantirish MILLIY DASTURI
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-106-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2024-y., 06/24/106/0571-son) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-21-son qaroriga 2-ILOVA Davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar (qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari, togʻli va choʻl hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida tashkil qilinishi mumkin boʻlgan faoliyat (xizmat) turlari ROʻYXATI
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar (qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari, togʻli va choʻl hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida tashkil qilinishi mumkin boʻlgan faoliyat (xizmat) turlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-21-son qaroriga 3-ILOVA Davlat qoʻriqxonalari, pitomniklar, milliy tabiat bogʻlari va oʻrmon xoʻjaliklarida ekoturizm xizmatlari yoʻlga qoʻyiladigan hududlarning ROʻYXATI
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat qoʻriqxonalari, pitomniklar, milliy tabiat bogʻlari va oʻrmon hoʻjaliklarida ekoturizm xizmatlari yoʻlga qoʻyiladigan hududlarning roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-21-son qaroriga 4-ILOVA Plyaj va suvda dam olish turizm xizmatlari tashkil etiladigan respublikadagi yirik suv havzalari ROʻYXATI
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi plyaj va suvda dam olish turizm xizmatlari tashkil etiladigan respublikadagi yirik suv havzalari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-21-son qaroriga 5-ILOVA Zamonaviy talablar asosida dor yoʻllari qurilishi rejalashtirilgan tuman va shaharlar ROʻYXATI
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zamonaviy talablar asosida dor yoʻllari qurilishi rejalashtirilgan tuman va shaharlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-21-son qaroriga 6-ILOVA Ekologik turizm yoʻnalishida faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan istiqbolli turistik klaster loyihalarining MANZILLI ROʻYXATI
Izoh: * Osma-dor yoʻllarini tashkil etayotgan tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalari istisno tariqasida 30 yilgacha ijaraga berilishi mumkin. Vazirlar Mahkamasi tomonidan ekologik turizm yoʻnalishida faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan istiqbolli turistik klasterlar loyihalarini amalga oshirish uchun dasturlar tasdiqlanadi. (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 07/24/21/0044-son; 03.08.2024-y., 06/24/106/0571-son) |
Постановление Президента Республики Узбекистан О мерах по ускоренному развитию экологического туризма в Республике Узбекистан В целях диверсификации туристских услуг и ускорения реализации инвестиционных проектов, создания более благоприятных условий для развития экологического туризма за счет рационального использования имеющихся природных ресурсов нашей страны и привлечения прямых иностранных инвестиций в данную сферу, а также обеспечения занятости и расширения источников доходов населения, проживающего в отдаленных и труднодоступных районах, на горных и пустынных территориях путем создания дополнительных возможностей для субъектов предпринимательства: 1. Одобрить предложения Министерства экологии, охраны окружающей среды и изменения климата (далее — Минэкологии), Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимиятов областей и города Ташкента по выделению субъектам предпринимательства земельных участков в буферных зонах государственных заповедников, национальных природных парках, питомниках (за исключением зон, преобразованных в заповедники), лесных и лесоохотничьих хозяйствах, на горных и пустынных территориях, а также в водоохранных зонах водных объектов (далее — экотерритории) для создания туристских кластеров с организацией комплексных туристских услуг. 2. Установить порядок, в соответствии с которым: земельные участки, расположенные на экотерриториях, передаются в аренду субъектам предпринимательства для создания туристских кластеров без изменения их категории посредством электронной торговой платформы «E-auksion» сроком на 10 лет с возможностью последующего продления срока осуществления деятельности; Минэкологии предоставляется право на привлечение зарубежных проектных институтов и консультантов к разработке проектов детальной планировки и мастер-планов туристских кластеров, создаваемых на экотерриториях; оплата услуг проектных и консалтинговых компаний, отечественных и зарубежных экспертов, а также управляющих компаний по разработке проектов детальной планировки и мастер-планов туристских кластеров, создаваемых на экотерриториях, производится за счет средств Экологического фонда и иных источников, не запрещенных актами законодательства; туристские объекты на территории туристских кластеров строятся из легких, быстровозводимых конструкций и экологически чистых строительных материалов, определяемых Минэкологии и Министерством строительства и жилищно-коммунального хозяйства; туристские услуги в туристских кластерах, создаваемых на экотерриториях, оказываются в соответствии с программами развития экотерриторий, предусматривающими предотвращение негативного воздействия деятельности человека на окружающую среду. При этом программы развития экотерриторий разрабатываются и утверждаются Минэкологии. 3. Утвердить: Национальную программу развития экотуризма «Путешествие на природу» согласно приложению № 1*; Перечень видов деятельности (услуг), разрешаемых к организации в буферных зонах государственных заповедников, национальных природных парках, питомниках (за исключением зон, преобразованных в заповедники), лесных и лесоохотничьих хозяйствах, на горных и пустынных территориях, а также в водоохранных зонах водных объектов согласно приложению № 2*; Перечень территорий государственных заповедников, питомников, национальных природных парков и лесных хозяйств, в которых налаживаются экотуристские услуги согласно приложению № 3*; Перечень крупных водоемов республики, в которых организуются туристские услуги пляжного туризма и отдыха на воде согласно приложению № 4*; Перечень районов и городов, на территории которых запланировано строительство канатных дорог по современным требованиям согласно приложению № 5*; Адресный перечень проектов перспективных туристских кластеров, деятельность которых налаживается в направлении экологического туризма согласно приложению № 6*. * Приложения № № 1 — 6 приводятся на узбекском языке. 4. Кабинету Министров (А. Раматов) в двухмесячный срок утвердить программу реализации проектов по налаживанию деятельности перспективных туристских кластеров в направлении экологического туризма. 5. Минэкологии совместно с Министерством строительства и жилищно-коммунального хозяйства обеспечить разработку в установленные сроки проектов детальной планировки и мастер-планов государственных заповедников, питомников, национальных природных парков и лесных хозяйств, указанных в приложении № 3* к настоящему постановлению, предусматривающих определение: территорий создания туристических тропинок, селфи-зон, пикник-зон, живописных смотровых площадок и организации фототуров, предоставляющих возможность наблюдения за животными на расстоянии, исходя из имеющихся природных ресурсов этих территорий; точек выброса отходов и установки дорожных указателей, а также точек размещения санитарно-гигиенических узлов, соответствующих экологическим требованиям, на экотерриториях; точек размещения кемпингов, глэмпингов, юрт, экодомов и других видов средств размещения; точек размещения автостоянок, включающих станции зарядки электромобилей и передвижные рестораны, во въездной зоне экотерриторий; точек дислокации туристических центров (visitor center), предоставляющих услуги по информированию об имеющихся туристских услугах, туристском потенциале и электронной туристской карте экотерриторий, реализации сувенирной продукции и прочих услугах. 6. Министерству инвестиций, промышленности и торговли совместно с Минэкологии принять меры по привлечению потенциальных зарубежных и отечественных инвесторов, зарубежных и международных организаций, включая их грантовые средства, к созданию туристских кластеров на экотерриториях. При этом: обеспечить проведение переговоров по оплате за счет средств иностранных инвесторов расходов на строительство дорожно-транспортной, коммунальной и туристской инфраструктур на экотерриториях; проводить «Road-show» презентации проектных предложений (объектов) для потенциальных иностранных инвесторов; ежеквартально по итогам переговоров, проведенных с иностранными инвесторами, формировать перечень инвестиционных проектов по ускоренному развитию туристской инфраструктуры с конкретным определением их инициаторов, сроков реализации и источников финансирования. 7. При передаче земельных участков в аренду субъектам предпринимательства, осуществляющим деятельность в туристских кластерах, создаваемых на экотерриториях, предусмотреть: своевременное и качественное выполнение ими задач, определенных Программой развития экотерриторий; обеспечение стабильности экологической обстановки и устойчивого развития туризма на экотерриториях; реализацию мер по сохранению генофонда уникальных природных объектов и комплексов, растений и животных на экотерриториях; диверсификацию туристских услуг и доведение качества оказываемых услуг до уровня международных стандартов; реализацию проектов в целях создания своеобразной экологической системы путем внедрения новейших современных энергосберегающих систем и технологий с использованием альтернативных и возобновляемых источников энергии; привлечение отечественных и иностранных инвестиций в экотерритории; увеличение доходов населения путем создания новых рабочих мест; создание инновационной и современной туристской инфраструктур; увеличение потока посетителей путем налаживания на системной основе обмена информацией между субъектами, предоставляющими туристские услуги, и потребителями с помощью электронной автоматизированной программы ведения учета постояльцев; обеспечение на постоянной основе соответствия установленным требованиям туристических тропинок и дорожных указателей на экотерриториях; постоянную организацию новых видов туристских услуг (в том числе Planting Tour, Plogging Tour и других) и экологических акций; реализацию программ по продвижению на основе разработанного бренда экотерриторий; повышение рекреационного потенциала экотерриторий; обеспечение ведения учета туристов туристическими центрами туристских кластеров. 8. Установить, что: а) средства, поступающие от передачи в аренду земельных участков и объектов государственной собственности буферных зон государственных заповедников, национальных природных парков, питомников, распределяются в следующем порядке; 50 процентов — направляются постоянным пользователям земель буферных зон государственных заповедников, национальных природных парков, питомников; 10 процентов — перечисляются в Центр по эффективному использованию объектов государственной собственности при Агентстве по управлению государственными активами; 40 процентов — перечисляются в Экологический фонд; б) средства, взимаемые за вход на территорию буферных зон государственных заповедников, национальных природных парков, питомников, лесных и лесоохотничьих хозяйств, распределяются в следующем порядке: 30 процентов — перечисляются в Экологический фонд; 30 процентов — перечисляются в местные бюджеты; 40 процентов — направляются постоянным пользователям земель буферных зон государственных заповедников, национальных природных парков, питомников, лесных и лесоохотничьих хозяйств; в) до 1 января 2028 года расходы туристских кластеров, связанные с подготовкой и повышением квалификации инструкторов-проводников, покрываются за счет средств Фонда поддержки туризма; г) государственным заказчикам по результатам отбора наилучших предложений туроператоров разрешается приобретать туристскую продукцию для своих работников с обеспечением открытости закупочных процедур в целях организации внутренних путешествий на экотерритории. 9. Минэкологии: а) в рамках проекта «Восстановление устойчивых лесных ландшафтов в Узбекистане» реализовать проекты строительства туристических центров в туристских кластерах буферных зон государственных заповедников, национальных природных парков, питомников (за исключением зон, преобразованных в заповедники), лесных и лесоохотничьих хозяйствах, на горных и пустынных территориях, в водоохранных зонах водных объектов, а также с привлечением субъектов предпринимательства создания туристических тропинок на указанных территориях; б) запустить в срок до 1 сентября 2024 года электронную платформу «Путешествие на природу» и ее мобильное приложение, содержащие: электронную карту туристских кластеров экотерриторий; информацию об услугах, предоставляемых туристическими центрами туристских кластеров; функцию заблаговременного планирования путешествий на экотерритории и бронирования средств размещения; информацию о горах и пещерах, а также о туристических тропинках республики, их возможностях. При этом на основе отбора субъекты предпринимательства, выдвинувшие наилучшие предложения, могут привлекаться за счет средств Экологического фонда. 10. Предоставить министру экологии, охраны окружающей среды и изменения климата полномочия по: привлечению специалистов и местных жителей к формированию сведений для определения туристических тропинок, имеющих высокий туристский потенциал, мест размещения инфраструктуры вдоль туристических тропинок (дорожных и других видов указателей, кемпингов, мест отдыха и иных), а также к разработке их электронной карты; определению территорий строительства автокемпингов в районах и городах, установленных приложением № 5* к настоящему постановлению. 11. Установить, что до 1 января 2027 года: субъекты предпринимательства, организовавшие на пустынных территориях курортные зоны (гостиницы, имеющие категорию (звезды), SPA-гостиницы, санатории и пансионаты) и предоставляющие рекреационные туристские услуги в течение трех лет уплачивают налог на прибыль и земельный налог с юридических лиц по ставкам, сниженным на 50 процентов от установленной налоговой ставки; юридические лица, создавшие тематические парки на пустынных территориях, в течение трех лет со дня сдачи в эксплуатацию парков, уплачивают земельный налог с юридических лиц, налог на имущество юридических лиц по ставкам, сниженным на 50 процентов от установленной налоговой ставки. 12. В пункте 5 постановления Президента Республики Узбекистан от 27 июля 2023 года № ПП-238 «О мерах по дальнейшему ускорению реформ и эффективной организации системы государственного управления в сфере туризма» после слов «виду деятельности» дополнить словами «а также земельного налога и налога на прибыль, взимаемых». 13. Минэкологии совместно с заинтересованными министерствами и ведомствами в трехмесячный срок внести в Кабинет Министров проекты соответствующих нормативно-правовых актов, предусматривающие изменения и дополнения в акты законодательства, вытекающие из настоящего постановления. 14. Возложить на министра экологии, охраны окружающей среды и изменения климата А.А. Абдухакимова, Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимов областей и города Ташкента персональную ответственность за эффективную организацию исполнения настоящего постановления. Обсуждение хода исполнения настоящего постановления, осуществление координации и контроля за деятельностью ведомств, ответственных за его исполнение, возложить на Премьер-министра Республики Узбекистан А.Н. Арипова. Президент Республики Узбекистан Ш. МИРЗИЁЕВ г. Ташкент, 12 января 2024 г., № ПП-21 (Национальная база данных законодательства, 18.01.2024 г., № 07/24/21/0044; 03.08.2024 г., № 06/24/106/0571) |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||