O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Madaniyat va san’at sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish, madaniyat va san’at sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, madaniyat va san’at tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, madaniyat va san’at sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish hamda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan hujjatlarni bekor qilish orqali tartibga solish yukini kamaytirish talab etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 27-iyuldagi PF-114-son hamda “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 27-iyuldagi PF-114-son Farmoniga muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son Farmoniga muvofiq sohadagi ayrim qonunchilik hujjatlaridagi takrorlanish, kolliziya, huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 13-yanvar,
25-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-yanvardagi 25-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qarorida:
a) 1-ilovada:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi” bo‘limidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hayvonot bog‘i” so‘zlaridan keyin “Qoraqalpog‘iston san’at saroyi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“Toshkent shahri” bo‘limidagi “Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti” so‘zlaridan keyin “Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati” so‘zlaridan keyin “Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi”, “Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi”, “Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“Xalqlar do‘stligi” saroyi” so‘zlaridan keyin “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
b) 2-ilovaning “VII. Ta’lim muassasalari” bo‘limining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda uning filiallari, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining rektorlari, prorektorlari, dekanlari, konsertmeysterlari va professor-o‘qituvchilari, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining rektori, prorektorlari, dekanlari va professor-o‘qituvchilari, R. Glier va V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi, Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk, Respublika musiqa va san’at kolleji, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi, Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi, Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati direktorlari, direktor o‘rinbosarlari, o‘qituvchi va konsertmeysterlari tarkibi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 187-son qarorida 3-banddagi “Moliya vazirligi” hamda “O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasiga” so‘zlari tegishlicha “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” hamda “O‘zbekiston davlat filarmoniyasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi huzuridagi jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 25-dekabrdagi 1018-son qarorida:
a) nomidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari “Madaniyat vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari “Madaniyat vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovada:
nomidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari “Madaniyat vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari “Madaniyat vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-ilovaning nomidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” so‘zlari “Madaniyat vazirligi huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-martdagi 236-son qarori bilan tasdiqlangan “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomning 10-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Madaniyat vazirligining budjet va budjetdan tashqari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomga 4-ilovaning 4-bandidagi “Madaniyat va turizm vazirligi” so‘zlari “Madaniyat vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-fevraldagi 84-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha respublika va hududiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizomga ilovaning 10-pozitsiyasidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va turizm boshqarmalari boshliqlari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari boshliqlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni qayta tashkil etish va tugatishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 3-apreldagi 139-son qarorida:
a) 1-ilovaning 14-pozitsiyasidagi “Madaniyat va turizm vazirligi” so‘zlari “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovadagi “Madaniyat va turizm vazirligi” hamda “Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi” bo‘limlari tegishlicha “Madaniyat vazirligi” bo‘limlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-maydagi 192-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2023 va 2024-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 20-bandi “Mas’ul ijrochilar” ustunidagi “Madaniyat va turizm vazirligi” so‘zlari “Madaniyat vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Respublika chegaraoldi shahar va tumanlaridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan “yosh chegarachilar” klublari faoliyatini tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 26-iyundagi 261-son qarorida:
a) 2-ilovaning 33-bandi birinchi xatboshisidagi “Madaniyat va turizm vazirligi” so‘zlari “Madaniyat vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovadagi “I.F. Yunusov — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi Seleksiya va iqtidorli yoshlarni ko‘llab quvvatlash bo‘limi boshlig‘i” so‘zlari “I.F. Yunusov — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Ijodkor yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 4-ilovadagi “Lavozimiga ko‘ra — Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat va turizm vazirining o‘rinbosari, Viloyat madaniyat va turizm boshqarmasi boshlig‘i” so‘zlari “Lavozimiga ko‘ra — Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vazirining o‘rinbosari, viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 4a-ilovadagi “Lavozimiga ko‘ra — Tuman (shahar) madaniyat va turizm bo‘limi boshlig‘i” so‘zlari “Lavozimiga ko‘ra — Tuman (shahar) madaniyat bo‘limi boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan 2023 — 2027-yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish konsepsiyasining 12-bandi va 20-bandi beshinchi xatboshisidagi “Madaniyat va turizm vazirligi” so‘zlari “Madaniyat vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-yanvardagi 25-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Estrada qo‘shiqchilik san’atini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 2001-yil 26-iyundagi 272-son qaroriga 6-ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qaroriga ilovaning 19-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar madaniyat va san’at markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 14-avgustdagi 232-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son qaroriga 4-ilova.
5. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 270-qaroriga 1-ilovaning 56-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 153-son qaroriga ilovaning 344-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 09/24/25/0036-son)