Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.01.2024 14.08.2014 yildagi 232-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.01.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar madaniyat va sanʼat markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-yanvardagi 25-sonli “Madaniyat va sanʼat sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarni Vatanga muhabbat, mustaqillik gʻoyalariga sadoqat va fidoyilik ruhida tarbiyalash, yurt ravnaqiga daxldorlik tuygʻusini mustahkamlash, ularning keng qamrovli bunyodkorlik va yaratuvchilik jarayonidagi ishtirokini kengaytirishda madaniyat va sanʼatning oʻrnini har tomonlama oshirish, shuningdek boy madaniy musiqiy merosimiz, zamonaviy milliy estrada va jahon sanʼati durdonalari asosida ularda yuksak badiiy dunyoqarashni shakllantirish hamda yosh iqtidorlarni ragʻbatlantirish tizimini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi, Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, “Mahalla” xayriya jamoat fondining Yoshlar madaniyat va sanʼat markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, madaniyat va sanʼat borasida yoshlarning intilishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida konsert va festivallar, koʻrik-tanlovlar, turli madaniy shou-tomosha tadbirlarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon xalqlari milliy musiqa va qoʻshiqchilik sanʼatining noyob namunalarini yoshlar orasida keng targʻib qilish, Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan hamda yurtimizdan xorijga chiquvchi yosh xonanda, sozanda va badiiy jamoalarning gastrol safarlarini milliy xususiyatlarimizga muvofiq yuqori badiiy saviyada uyushtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh ijodkorlarning, ayniqsa chekka qishloq va mahallalardagi iqtidorli yoshlarning noyob isteʼdodini roʻyobga chiqarish va ular faoliyatini tizimli ravishda keng targʻib etish, turli teleloyiha, teletanlov, koʻrsatuv va eshittirishlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning ijodiy birlashmalari, jamoalari va yakkaxon ijrochilarning faoliyati, repertuari, ssenariylari, dasturlarining yuqori gʻoyaviy-badiiy saviyasini taʼminlashga amaliy yordam berish, ushbu jarayonni muvofiqlashtirish va tahlil qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli maʼnaviy tahdidlar, mafkuraviy xurujlar, “ommaviy madaniyat”ning yoshlarga zararli taʼsirini oʻrganish hamda yoshlar oʻrtasida samarali ijodiy hamkorlik muhitini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar uchun tajriba almashish, ilmiy-ijodiy simpoziumlar, konferensiyalar, mahorat darslari tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
teatr, konsert va tomosha sahnalari, madaniyat, sanʼat markazlari, madaniyat va istirohat bogʻlari, amfiteatrlar va boshqa madaniy-tomosha muassasalaridan samarali foydalanish hamda joylarda yosh iqtidor egalari va isteʼdod sohiblarini qoʻllab-quvvatlash, ularga amaliy yordam koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga muvofiq Markazga quyidagi faoliyat turlarini tegishli litsenziya olmasdan amalga oshirishga ruxsat berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida va undan tashqarida konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noshirlik va taʼlim faoliyati, audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish, audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, fonogrammalarni tayyorlash hamda turizm faoliyati bilan shugʻullanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, Markaz yuridik shaxs hisoblanib, Madaniyat vazirligi muassisligida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning tuzilmasi va Ustavini tasdiqlasin hamda oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda Markazning shtatlar jadvalini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Mustaqillik shoh koʻchasi, 2-uy manzilida joylashgan Yoshlar ijod saroyi binosini, undagi mebel va jihozlar hamda moddiy-texnik vositalar bilan birgalikda Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashiga tasarruf etish huquqisiz bepul berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar ijod saroyi binosida Markazni ijara toʻlovisiz joylashtirish, shuningdek saroyning konsert va koʻrgazma zallari, xonalari, mebel va jihozlari hamda moddiy-texnik vositalaridan bepul foydalanishi toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda ushbu qarorning 4-bandida koʻrsatilgan binoni, undagi mebel va jihozlar hamda moddiy-texnik vositalar bilan birgalikda belgilangan tartibda topshirsin, Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi oʻz balansiga qabul qilsin va undan maqsadli foydalanilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar Markazning faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazning tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassisning budjetdan tashqari mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda jalb etiladigan homiylik mablagʻlari hisobidan Markaz faoliyati tashkil etilishini, shuningdek uning moddiy-texnika bazasi shakllantirilishini taʼminlasin.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2014-yilgi parametrlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi Markazning belgilangan tartibda zamonaviy aloqa vositalari, shu jumladan Internet tarmogʻi va boshqa aloqa turlari bilan taʼminlash choralarini koʻrsin hamda uning zamonaviy talablarga javob beradigan veb-saytini yaratishga koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Toshkent shahar hokimligi tomonidan taʼsis etilgan “YOSNLAR IJOD SAROYINI SAQLASN VA EKSPLUATASIYA QILISN DIREKTSIYASI” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda direksiya deb ataladi) qonunchilikda belgilangan tartibda tugatilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda direksiya belgilangan tartibda tugatilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi bilan birgalikda tugatilayotgan direksiya xodimlarining ishga joylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-avgustdagi 442-f-son farmoyishining 3 va 4-bandlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-maydagi 312-f-son farmoyishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 14-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
232-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 33-son, 423-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)