29.12.2023 yildagi 694-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining raqobatga ta’sirini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni hamda Insofsiz raqobatni aniqlash metodikasini tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining, shuningdek, davlat yordamining raqobatga ta’siri baholanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-son Farmoniga muvofiq quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Raqobat qo‘mitasi) faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari qilib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlarning hamda ular loyihalarining raqobatga ta’sirini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar, moliya va raqamli bozorlarda insofsiz raqobat amaliyotlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining raqobatga ta’sirini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining raqobatga ta’sirini baholashning asosiy vazifalari va mezonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining (ex-ante va ex-post) raqobatga ta’sirini baholash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining raqobatga ta’sirini baholash uchun axborot manbalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Insofsiz raqobatni aniqlash metodikasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatni himoya qilish maqsadida tovar yoki moliya bozorida raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan sodir etilishi taqiqlangan holatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
insofsiz raqobatni aniqlash bosqichlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
insofsiz raqobat belgilarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
insofsiz raqobat holatlarini ko‘rib chiqish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, quyidagilar raqobatga ta’sirni baholashda asosiy vazifalar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni hamda amaldagi qonunchilik hujjatlarining huquqiy oqibatlarini tovar yoki moliya bozorlarida raqobatni cheklash qismi bo‘yicha umumiy baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarini qo‘llash jarayonida tovar yoki moliya bozorlarida raqobatni cheklash xavfini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalash va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olish tartib-taomillarini soddalashtirish va qisqartirish masalalarini o‘rganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar va moliya bozorining barcha ishtirokchilariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun teng imkoniyatlar yaratishda to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan omillarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tovar va moliya bozorlarida raqobatni cheklaydigan loyihalarni va amaldagi qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish bo‘yicha takliflar hamda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish holatlarini belgilangan muddatlarda bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Raqobat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 29-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
694-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 694-son qaroriga
1-ILOVA

Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining raqobatga ta’sirini baholash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining, shuningdek, davlat yordamining raqobatga ta’sirini baholash (keyingi o‘rinlarda — raqobatga ta’sirni baholash) tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat yordami — davlat tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, grantlar, davlat kafolatlari, imtiyozli kreditlar, eksklyuziv huquqlar, davlat mulkini imtiyozli narxlarda sotish va ijaraga berish, yer resurslaridan va yerosti boyliklaridan foydalanish huquqlarini imtiyozli shartlar asosida hamda boshqa preferensiyalar va afzalliklar tarzida berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatga ta’sirni baholash — normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tovar va moliya bozorlarida raqobatni bevosita yoki bilvosita cheklash ehtimolini aniqlash va baholash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Raqobatga ta’sirni baholash davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarda tovar hamda moliya bozorlarida raqobatni bevosita yoki bilvosita cheklaydigan holatlarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish hamda tegishli choralar ko‘rish maqsadida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagi hollarda raqobatga ta’sirni baholash o‘tkazilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjat loyihasi favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish, yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olish bo‘yicha cheklovchi tadbirlar (karantin)ni belgilashga qaratilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjat yoki uning loyihasida yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining talablariga muvofiqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar nazarda tutilsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Raqobatga ta’sirni baholash vakolatli organ tomonidan quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ex-ante” — normativ-huquqiy hujjat loyihasining (keyingi o‘rinlarda — loyiha) raqobatga ta’sirini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ex-post” — amaldagi normativ-huquqiy hujjatning raqobatga ta’sirini baholash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Raqobatga ta’sirni baholashning asosiy mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Normativ-huquqiy hujjat yoki uning loyihasining raqobatga ta’siri quyidagi oqibatlarning biriga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lganda, uning ta’siri raqobat uchun salbiy deb baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning (keyingi o‘rinlarda — yetkazib beruvchilar) doirasi va sonini cheklashga olib kelsa, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar yoki moliya bozorining alohida ishtirokchilariga raqobatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi davlat yordamini bersa yoki muddatini uzaytirsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat yuritish sharti sifatida raqobatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi litsenziyalash yoki ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olish tartibini o‘rnatsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim yetkazib beruvchilarning o‘z tovar va xizmatlarini realizatsiya qilish imkonini cheklasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib beruvchining tovar va moliya bozoriga kirishidagi yoki undan chiqishidagi xarajatlarini sezilarli darajada oshirsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar yoki moliya bozori ishtirokchilariga ularning bozorga kirishiga to‘sqinlik qiladigan texnik tartibga solishning yangi shartlarini o‘rnatsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tovar va xizmatlarini realizatsiya qilish yoki ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, investitsiya kiritish imkonini cheklovchi geografik to‘siq o‘rnatsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yetkazib beruvchilarning o‘zaro raqobatlashish imkoniyatini chegaralasa, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib beruvchilarning tovarlarga va xizmatlarga narx belgilash imkoniyatini chegaralasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib beruvchilarning o‘z tovar va xizmatlarining reklamasi yoki marketingini amalga oshirish erkinligini chegaralasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim yetkazib beruvchilarga boshqalar oldida afzallik beruvchi yoki tovar va xizmatlar xarid qiladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki jismoniy shaxslar (keyingi o‘rinlarda — iste’molchilar) tanlashi mumkin bo‘lgan darajadan oshuvchi tovar sifati standartlarini o‘rnatsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xarajatlarini oshirsa, shuningdek, resurslarni (moddiy, moliyaviy va mehnat) ayrim yetkazib beruvchilarga, shu jumladan, tovar yoki moliya bozorining yangi ishtirokchisiga ajratish yo‘li bilan boshqalarning xarajatlariga nisbatan ko‘proq sarflanishiga olib kelsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar yoki moliya bozorlarida tadbirkorlik subyektlari ishtirokida davlat korxonasi yoki davlat ulushi bor korxonalar tuzishni nazarda tutsa va uning natijasida raqobatni cheklaydigan holat yuzaga kelsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yetkazib beruvchilarning bozor munosabatlarida o‘zaro raqobatlashishga qiziqishini pasaytirsa, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi o‘zini o‘zi boshqaradigan yoki birgalikda boshqariladigan tartib yaratsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni, shu jumladan, yetkazib beruvchilarning ishlab chiqarish, narxlar, aylanmalar yoki xarajatlar bo‘yicha axborotlarini yoritishni talab etsa yoki rag‘batlantirsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining amal qilishidan har qanday alohida tarmoq yoki yetkazib beruvchilar guruhi faoliyatini istisno qilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) yetkazib beruvchilarning yangi texnologiyalar, mahsulotlar yoki biznes modellarini amaliyotga joriy etishni cheklasa, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsiyalar asosiy xususiyat bo‘lgan bozorlarda innovatsiyalarni joriy etishni cheklasa yoxud ularni joriy etishga bo‘lgan qiziqishni pasaytirsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi texnologiyalarni qo‘llashni cheklasa yoki yetkazib beruvchilarni biznes modellardan foydalanishlariga to‘sqinlik qilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsiyalarning istiqbolini cheklasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) iste’molchilar uchun kerakli axborotni tanlash imkonini chegaralasa, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iste’molchilarning o‘z xohishlari asosida ular kimdan tovar (ish, xizmat) sotib olish masalasini hal qilish imkoniyatlarini chegaralasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iste’molchilarning bir tovar yoki mahsulot yetkazib beruvchilardan boshqasiga o‘tishida narxni oshirib, ularning imkoniyatlarini kamaytirsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iste’molchi uchun tovarni (ishlar, xizmatlarni) sotib olishda zarur bo‘lgan axborotning asl mohiyatini o‘zgartirib, natijada ularning adashishiga olib kelsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining raqobatga ta’sirni baholash (“Ex-ante”)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilarni nazarda tutuvchi loyihalar vakolatli organ tomonidan “ex-ante” usulida baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun yangi cheklovlar, litsenziyalarning, ruxsat berish tartib-taomillarining yangi turlari joriy etilishi yoki amaldagi cheklovlar, ruxsat berish tartib-taomillari, faoliyatning litsenziyalanadigan turlari tovar va moliya bozori ishtirokchilarining yanada kengroq doirasiga nisbatan tatbiq etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) litsenziyalar yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish uchun qo‘shimcha talablar va shartlar joriy etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yuridik shaxslar ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdoriga doir talablar oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) xo‘jalik yurituvchi subyektlarning belgilangan huquqlari cheklanishi (kamaytirilishi) yoki ular uchun qo‘shimcha majburiyatlar yoxud qo‘shimcha xarajatlar joriy etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) davlat yordami berilishini, shu jumladan, ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun har qanday turdagi imtiyozlar, kafolatlar, preferensiyalar belgilanishini, shuningdek, ularga eksklyuziv huquqlar berilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) iste’molchilar yoki tovar va moliya bozori ishtirokchilari uchun infratuzilma hamda tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlaridan (ish, xizmatlaridan) foydalanish shartlarini o‘zgartirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) tabiiy monopoliya subyektlarining tovar va moliya bozorlarida ishtirokining mavjudligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) xo‘jalik faoliyatini amalga oshiradigan, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori 25 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxs, shuningdek, o‘ziga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan davlat muassasalarini va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini o‘zgartirish, aksiyalar (ulushlar) olishi;
(7-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) tovar va moliya bozorida davlat organlari va tashkilotlarining yoki davlat ishtirokidagi korxonalarning raqobatni cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) tovar va moliya bozori ishtirokchilarining istalgan ko‘rinishdagi resurslar, jumladan, xom ashyo, materiallar, ishchi kuchi va moliyaviy resurslardan foydalanish shartlarining o‘zgarishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Nizomning 7-bandida keltirilgan masalalar ishlab chiqilayotgan loyihada mavjud bo‘lgan taqdirda, loyihani ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan jamoatchilik muhokamasi va idoralararo kelishuv yakunlari bo‘yicha qayta ishlangan loyiha quyidagi ma’lumot va hujjatlarni ilova qilgan holda vakolatli organga taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tovar va moliya bozori ishtirokchilarining tovar hamda moliya bozoriga kirish xarajatlari (bevosita yoki bilvosita) hisob-kitobi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) loyihaning qabul qilinishidan barcha manfaatdor bo‘lgan tomonlar uchun foydaning (bevosita yoki bilvosita) hisob-kitobi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xarajatlari va foydalari hisob-kitobi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) loyihaning qabul qilinishi yuzasidan manfaatlariga ta’sir ko‘rsatadigan tegishli tovar va moliya bozori ishtirokchilarining soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) muqobil narxlar va tariflar, shu jumladan, bozorga kirib keluvchi import mahsulotlarning narxi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) loyiha bilan tartibga solinadigan tovarga (ish, xizmatga) ehtiyojning darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) loyihani tayyorlashga asos bo‘lgan hujjatlar va tahliliy ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha hisobot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyihani ishlab chiquvchi tashkilot taqdim qilingan hisob-kitoblar, ma’lumot va hujjatlarning haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jamoatchilik muhokamasi va idoralararo kelishuv yakunlari bo‘yicha qayta ishlangan loyiha ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan tegishli hujjatlar bilan birga vakolatli organning hududiy organlariga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organning hududiy organlari tomonidan loyiha ushbu Nizom va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vakolatli organ va uning hududiy organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan muddatga muvofiq raqobatga ta’sirni baholashdan o‘tkazilayotgan loyiha yuzasidan xulosa taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosa ikki nusxada tuziladi. Bir nusxasi vakolatli organda qoladi, ikkinchi nusxasi hujjatni ishlab chiqqan tashkilotga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Loyiha yuzasidan raqobatga ta’sirni baholash natijalari bo‘yicha vakolatli organning xulosasi loyiha ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Loyihani ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli organning xulosasi loyiha bilan birga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Loyiha O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasiga kiritilganda, unga vakolatli organning xulosasi majburiy tartibda ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatning raqobatga ta’sirini baholash (“Ex-post”)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vakolatli organ va uning hududiy organlari tomonidan ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan normalar mavjud bo‘lgan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning raqobatga ta’siri hamda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiqligi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida “ex-post” usulida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “Ex-post” usulida baholash jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga, jamoatchilik nazorati subyektlarining taklif va tavsiyalariga, ommaviy axborot vositalari orqali o‘rganilgan yoki chop etilgan boshqa materiallarni o‘rganib chiqish natijalaridan kelib chiqib amalga oshirilishi mumkin. Bunda baholash 10 kun muddat mobaynida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vakolatli organning hududiy organlari har chorak yakuni bo‘yicha baholash natijalari yuzasidan vakolatli organga belgilangan tartibda axborot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka zid bo‘lgan va raqobatga salbiy ta’sir etayotgan normativ-huquqiy hujjatlar aniqlangan taqdirda, vakolatli organ qonunchilik hujjatlariga asosan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga tegishli tartibda takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, qo‘mitalar va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan qonunchilik hujjatlari yuzasidan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatini belgilangan muddatda bartaraf etish to‘g‘risida qonunchilik hujjatlariga muvofiq bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organning hududiy organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan qonunchilik hujjatlarini raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga zid deb topganda, ular yuzasidan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatini belgilangan muddatda bartaraf etish to‘g‘risida qonunchilik hujjatlariga muvofiq bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan qabul qilingan hujjatlarni raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan o‘rganishdan o‘tkazish ushbu Nizomning 14-15-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Raqobatga ta’sirni baholash uchun axborot manbalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Raqobatga ta’sirni baholashda rasmiy va norasmiy axborotlardan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Rasmiy axborotlarga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rasmiy statistika ma’lumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oqibatlarni prognozlashtirish masalalari bo‘yicha ilmiy-tahliliy materiallar va nashrlar, ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar hamda yig‘ilishlar materiallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli tashkilotlar va ishlab chiquvchi tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlarning natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarda e’lon qilingan nashrlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatga ta’sirni baholash doirasida davlat organi va tashkiloti tomonidan, shu jumladan, bevosita joyiga chiqqan holda o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida olingan (aniqlangan) ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro shartnomalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud amaliyoti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa rasmiy manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Norasmiy ma’lumotlarga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat tashkilotlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet jahon axborot tarmog‘ining norasmiy axborot resurslari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat ma’lumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovnomalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Vakolatli organ quyidagilarga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatga ta’sirni baholash o‘tkazilayotgan hujjat predmetiga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlar bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tanishishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatga ta’sirni baholash o‘tkazilayotgan hujjatlarning normalariga aniqlik kiritishga va ular bo‘yicha tegishli tushuntirishlar olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha bo‘yicha manfaatlariga aloqador tomonlarning, shuningdek, mustaqil ekspertlar va boshqa malakali mutaxassislarning fikrlarini o‘rganishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Vakolatli organ quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatga ta’sirni baholashni tashkil etish va o‘tkazish uchun qonunchilik hujjatlari bilan o‘rnatilgan talablarga rioya qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatga ta’sirni baholashda unga ma’lum bo‘lib qolgan davlat siri va tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor etmaslikka;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlashga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Vakolatli organning loyihalar bo‘yicha bergan xulosasida nazarda tutilgan taklif va e’tirozlar ushbu loyihani qayta ko‘rib chiqish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Nizomda qayd etilgan masalalar yuzasidan kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 694-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Insofsiz raqobatni aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
METODIKASI

1. Ushbu Metodika insofsiz raqobatni aniqlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Metodikada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy organlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
insofsiz raqobat — xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda afzalliklarga ega bo‘lishga qaratilgan, qonunchilikka, ish muomalasi odatlariga zid bo‘lgan hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (raqobatchilarga) zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoxud ularning ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan yoki putur yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatchini obro‘sizlantirish — raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi yoki uning ishchanlik obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan, u sotuvga taklif qilayotgan tovarning sifati va iste’mol xossalari, mazkur tovarni tayyorlash hamda undan foydalanish usullari va sharoitlari, undan foydalanishdan kutilayotgan natijalar, tovarning muayyan maqsadlarga yaroqliligi, tovarni sotuvga taklif etish shartlari, shu jumladan, uning narxi to‘g‘risida yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noto‘g‘ri taqqoslash — raqobatchi xo‘jalik yurituvchi tomonidan subyektni yoki uning tovarini tovarning ustunligi haqida tasavvur hosil qiluvchi so‘zlardan yoki ramzlardan tovarning xolisona tasdiqqa ega bo‘lgan tavsifini yoki taqqoslash parametrlarini ko‘rsatmagan holda foydalanib taqqoslash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Raqobatni himoya qilish maqsadida quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
insofsiz raqobat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatchini obro‘sizlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noto‘g‘ri taqqoslash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarning xususiyati, ishlab chiqarilish usuli va joyi, iste’mol xossalari, narxi va sifati, ishlab chiqaruvchining (bajaruvchining) kafolat majburiyatlari xususida iste’molchilarni chalg‘itish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni, shu jumladan, fan-texnikaga, ishlab chiqarishga yoki savdoga oid axborotni egasining roziligisiz olish, undan foydalanish, uni oshkor etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar yoki moliya bozoriga raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyektning kirishiga to‘sqinlik qilishga yoki uni bozordan chetlashtirishga olib keluvchi harakatlarni sodir etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Insofsiz raqobatni aniqlash bosqichlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Insofsiz raqobat belgilari vakolatli organ tomonidan vakolat doirasida bevosita o‘rganish va tahlillarni amalga oshirish, yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini, ommaviy axborot vositalarining xabarlarini hamda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining insofsiz raqobat haqidagi ma’lumotlarini o‘rganish davomida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar insofsiz raqobat belgilarini aniqlashning asosiy bosqichlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) insofsiz raqobat belgilari mavjud yoki mavjud emasligini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) insofsiz raqobat holatini sodir etgan shaxslar doirasini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) insofsiz raqobat harakatlari raqobatchi yoki uning manfaatini ko‘zlab boshqa shaxslar tomonidan sodir etilganligini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) insofsiz raqobat bo‘yicha dalillarni to‘plash va ularga huquqiy baho berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) insofsiz raqobat holatini yoki uning mavjud emasligini e’tirof etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Insofsiz raqobat belgilari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar insofsiz raqobat belgilari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi yoxud uning manfaatlarini ko‘zlab boshqa shaxslar tomonidan ularning iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda afzalliklarga ega bo‘lishga qaratilgan, qonunchilikka, ish muomalasi odatlariga zid bo‘lgan hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (raqobatchilarga) zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlarini sodir etish, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan tovar, ish va xizmatlarning (keyingi o‘rinlarda — tovar) tashqi bezatilishi va shakli, nomi, tamg‘alanishi, etiketkasi, o‘rovi, ranglar uyg‘unligini takrorlash orqali raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tovarni fuqarolik muomalasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reklama materiallaridan yoki ularning bir qismidan nusxalarni ruxsatsiz foydalangan holda ko‘chirish orqali raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tovarni realizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyektning individuallashtirish vositalariga, tovarni individuallashtirish vositalariga bo‘lgan mutlaq huquqini olish orqali avval fuqarolik muomilasiga kiritilgan tovarning realizatsiya qilinishini cheklashga qaratilgan xatti-harakatlarni sodir etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi yoxud uning manfaatlarini ko‘zlab boshqa shaxslar tomonidan raqobatchini obro‘sizlantirish yoki uning ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan yoki putur yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlarini sodir etish, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi yoki uning ishchanlik obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan, sotuvga taklif qilinayotgan tovarning sifati va iste’mol xossalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarni tayyorlash hamda undan foydalanish usullari va sharoitlari, shuningdek, tovardan foydalanishdan kutilayotgan natijalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarning muayyan maqsadlarga yaroqliligi, tovarni sotuvga taklif etish shartlari, shu jumladan, uning narxi to‘g‘risida yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi yoxud uning manfaatlarini ko‘zlab boshqa shaxslar tomonidan o‘zini yoki o‘ziga tegishli tovarni raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki uning tovaridan ustunligi haqida tovarning xolisona tasdiqqa ega bo‘lgan tavsifini yoki taqqoslash parametrlarini ko‘rsatmasdan taqqoslash, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“eng”, “eng yaxshi”, “birinchi”, “faqat”, “faqatgina” va boshqa orttiruvchi nisbatlardan foydalangan holda solishtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati yoki uning tovari sifati, narxi va boshqa xususiyatlariga salbiy baho berish orqali o‘zining faoliyati yoki tovari bilan solishtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tovarning xususiyati, ishlab chiqarilish usuli va joyi, iste’mol xossalari, narxi va sifati, ishlab chiqaruvchining (bajaruvchining) kafolat majburiyatlari, shu jumladan, tovarning miqdori, bunda tovarning bozorda mavjudligi, ularni muayyan sharoitda sotib olish imkoniyati, shuningdek, ushbu tovarga bo‘lgan talabning haqqoniy hajmi xususida iste’molchilarni chalg‘itish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyektning tijorat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni, shu jumladan, fan-texnikaga, ishlab chiqarishga yoki savdoga oid axborotni egasining roziligisiz olish, undan foydalanish, uni oshkor etish, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan tuzilgan shartnoma asosida foydalanilayotgan tijorat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirdan, shu jumladan, fan-texnikaga, ishlab chiqarishga yoki savdoga oid axborotdan shartnomani buzgan holda foydalanish va uni oshkor etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan tijorat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir, shu jumladan, fan-texnika, ishlab chiqarish yoki savdoga oid axborot ko‘rsatilgan ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan egasining roziligisiz raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyektning manfaatini ko‘zlab, ulardan foydalanish yoki oshkor qilish, agar ushbu ma’lumotlardan foydalanishning yoki oshkor qilishning qonun yoki shartnomada belgilangan oshkor qilish muddati tugamagan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) tovar yoki moliya bozoriga raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyektning kirishiga to‘sqinlik qilishga yoki uni bozordan chetlashtirishga olib keluvchi harakatlarni sodir etish, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki ularning manfaatlarini ko‘zlab boshqa shaxslar tomonidan raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyektning bozorga kirishiga ma’muriy va boshqa to‘sqinliklar qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni bozordan chetlashtirish maqsadida tovarni tannarxidan past narxda realizatsiya qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘z vakolatlari doirasida tadbirkorlik tavakkalchiligi sharoitlarida qabul qilgan qarorlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Insofsiz raqobat holatlarini ko‘rib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatib o‘tilgan insofsiz raqobat belgilari aniqlangan taqdirda, vakolatli organ tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atiladi va ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar belgilangan tartibda o‘zlari sodir etgan harakatlar raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga zid emasligi to‘g‘risidagi dalillarni taqdim etish, shuningdek, vakolatli organning qarori (ko‘rsatmasi) ustidan bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan insofsiz raqobatni sodir etganlik uchun “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan tartibda jarima tarzidagi moliyaviy sanksiya qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Metodikada qayd etilgan masalalar yuzasidan kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu Metodika talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/694/1006-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)