27.12.2023 yildagi PQ-410-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.12.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tizimini takomillashtirish, ularni qoʻllab-quvvatlash, jamiyatga integratsiya qilish va mustaqil hayot kechirishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish jarayonini raqamlashtirish, koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni (keyingi oʻrinlarda — yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar) aniqlash tartib-taomillarini optimallashtirish va raqamlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida tashkil etish orqali mazkur xizmatlardan foydalanish qamrovini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan shaxslarning salomatligi va turmush sifatini yaxshilash orqali ularning ijtimoiylashuvini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoya tizimida parvarishlash iqtisodiyotini shakllantirish orqali xususiy sektor ishtirokini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy ahvolidan kelib chiqib tabaqalashtirilgan ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish tizimini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni aniqlash, ularga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestri (keyingi oʻrinlarda — reyestr) yuritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni aniqlash va ularning murojaatlarini qabul qilish mahalla darajasida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan oʻzgalarning parvarishiga muhtojlik darajasini baholash natijalari hamda individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish rejasi (keyingi oʻrinlarda — Individual ijtimoiy xizmatlar rejasi) tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning yoʻqotilgan biometrik pasportlari (identifikatsiya ID-kartalari) ular reyestrga kiritilguniga qadar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi buyurtmasi asosida davlat boji undirilmagan holda almashtirib beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyestrga kiritilgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tegishli ijtimoiy xizmatlar va yordamni koʻrsatish uchun boshqa davlat organlariga taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyestrga kiritilgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning yashash sharoiti individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga muvofiq moslashtirib beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2024-yil 1-fevraldan boshlab reyestrga kiritilgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar va yordam ijtimoiy xizmat koʻrsatish shartnomasi asosida koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2024-yil 1-martdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga muvofiq oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish, mustaqil ravishda harakatlanish va moʻljal olish imkoniyati cheklangan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xodimlar assistentlarining “soatbay” asosda haftaning barcha kunlari xizmat koʻrsatishi uchun qonunchilikka muvofiq moslashuvchan ish tartibi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini taqsimlash va uning taqdirini hal etishga qaratilgan boshqa bitimlar notarial tasdiqlashdan avval “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan kelishiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 2024-yil 1-apreldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda shartnoma asosida pullik xizmat koʻrsatish tartibi joriy etiladi. Bunda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarda shartnoma asosida koʻrsatiladigan pullik xizmatlar roʻyxati Agentlik tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyestrga kiritilgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga va ularga bevosita hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxsga bir yilda bir marta temir yoʻl yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar (borish va qaytish uchun) ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2024-yil 1-martdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) har oyda bir marotaba ijtimoiy xodim assistentlarining faoliyati yolgʻiz keksalarning oʻzlari, mahalladagi ijtimoiy xodimlar va maxsus dastur tomonidan baholanadi hamda baholash natijalaridan kelib chiqib “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodim assistentlarini ragʻbatlantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ijtimoiy xodim assistentlarining xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi mehnat haqi fondining 50 foiziga yetkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) har olti oyda bir marotaba ijtimoiy xizmatlar sifati hamda individual ijtimoiy xizmatlar rejasi natijalari “Inson” markazi xodimi, ijtimoiy xodim, tuman tibbiyot birlashmasining maxsus monitoring guruhi vakili hamda fuqarolar yigʻini raisi tomonidan monitoringdan oʻtkaziladi. Bunda:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning oddiy va murakkab harakatlarni amalga oshirish imkoniyati baholab boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
individual ijtimoiy xizmatlar rejasida belgilangan xizmatlarning masʼul xodim tomonidan koʻrsatilgan muddati, natijasi, sifati, samaradorligi, bexatarligi baholanadi va monitoring maʼlumotlari “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga kiritib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi tomonidan xizmatdan qoniqish hosil qilganligi darajasi baholanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) notariuslar tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga umrbod renta shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimlari tomonidan renta toʻlovchi tomonidan umrbod renta shartnomasi shartlariga rioya etilishi monitoring qilib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamlar koʻrsatish dasturlari boʻyicha axborot targʻiboti yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik buyurtmasiga asosan Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamlar koʻrsatish dasturlari boʻyicha maʼlumotlar mobil aloqa operatorlari va kontent-provayderlar orqali aholining mobil aloqa vositalariga SMS-xabar koʻrinishida yuboriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik buyurtmasi boʻyicha mobil aloqa operatorlari va kontent-provayderlarning SMS-xabarni foydalanuvchiga uzatish bilan bogʻliq xarajatlari yuridik shaxslarning soliq bazasiga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ijtimoiy xizmatlar va yordamlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mobil aloqa operatorlari va kontent-provayderlar tomonidan uzatilishi uchun SMS-xabar limiti ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlikning “Saxovat” keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatini Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazi sifatida qayta nomlash haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiylashuvini taʼminlash maqsadida ijtimoiy-mehnat reabilitatsiya xonalari tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istiqomat qiluvchi har 100 kishiga Agentlik tizimidagi muassasalarning amaldagi shtat birliklari doirasida bir nafardan ijtimoiy xodim, reabilitolog va mehnat yoʻriqchisi shtat birliklari joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istiqomat qiluvchilarning oʻz xohishiga koʻra mehnat faoliyati bilan shugʻullanishiga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2024-yil 1-apreldan boshlab Samarqand va Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlarida eksperiment tariqasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularda joylashtirilgan shaxslarga ularning ehtiyoji hamda xohishiga koʻra qisqa va uzoq muddat qolish hamda internat uyidan butunlay chiqish imkoniyati yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ular tomonidan mobil, kunduzgi qatnov shaklidagi, qisqa va uzoq muddatli ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari koʻrsatiladi. Bunda, mazkur xizmatlardan:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ATga kiritilgan oilalarning oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalari va nogironligi boʻlgan shaxslari bir yilda bir marta bepul;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari joylashgan hududdagi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar shartnoma asosida foydalanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik 2024-yil 1-dekabrga qadar eksperiment natijalaridan kelib chiqib mazkur tartibni boshqa ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlariga ham tatbiq etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2024-yil 1-maydan boshlab reyestrga kiritilgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga har oylik uy-joy kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya hamda oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena tovarlari uchun har oyda qoʻshimcha pul toʻlovlari oʻrniga yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun har oyda minimal isteʼmol xarajatlari miqdorida moddiy yordam joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Agentlik direktori M.P. Olloyorov Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov bilan birgalikda 2025-yil 1-yanvarga qadar Agentlik tizimidagi keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar faoliyatini takomillashtirish hamda imtiyozli toifa shaxslarni sanatoriya muassasalarida davolash tizimini yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ijtimoiy himoyaga muhtoj keksa va nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agentlik ikki oy muddatda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish shartnomasining namunasini hamda yolgʻiz va yolgʻiz yashovchi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni aniqlash, ularga ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish reglamentini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Agentlik direktori M.P. Olloyorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 27-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-410-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PQ-410-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy himoyaga muhtoj keksa va nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

1.

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilash.

1. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni aniqlash, reyestrga kiritish, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish, monitoring qilish va reyestrdan chiqarish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2. Tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil yanvar

-

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Adliya vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2.

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar qarindoshlarini koʻrib kelishlari uchun ularga va ularni kuzatuvchi shaxsga bir yilda bir marotaba temir yoʻl yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar (borish va qaytish uchun) ajratish tartibini belgilash.

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar qarindoshlarini koʻrib kelishlari uchun ularga va ularni kuzatuvchi shaxslarga bepul chiptalar ajratish tartibini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil mart

-

Transport vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Adliya vazirligi

3.

Reyestrga kiritilgan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni shahar yoʻlovchilar transportida (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalari beriladigan shaxslar toifasiga kiritish.

Reyestrga kiritilgan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga imtiyozli transport kartalarini berish tartibini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish

2024-yil mart

-

Transport vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Adliya vazirligi

4.

Reyestrga kiritilgan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning yashash sharoitini moslashtirib berish.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi buyurtmasi asosida Reyestrga kiritilgan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga Yakka tartibdagi dastur talablariga muvofiq yashash sharoitini moslashtirish (pandus, tutqichlar, hojatxona, oshxona, yotoqxona va vannalarni moslashtirish).

Doimiy ravishda

“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari,

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

5.

Uyda ijtimoiy-maishiy xizmatlarni koʻrsatishga nodavlat notijorat tashkilotlari va volontyorlarni jalb etish.

Quyidagi tadbirlarni amalga oshirish:

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksa va nogironligi boʻlgan shaxslarga tyutorlik (zamonaviy texnologiya va onlayn xizmatlardan foydalanishga oʻrgatish) hamda ijtimoiy kuzatuv (tibbiyot va sport muassasasiga olib borish va koʻrikdan oʻtkazish) xizmatlarini koʻrsatishga nodavlat notijorat tashkilotlari va volontyorlar jalb etish;

bosqichma-bosqich volontyorlar jalb etiladigan ijtimoiy xizmatlar turlarini kengaytirib borish.

Doimiy ravishda

-

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Oʻzbekiston volonterlar assotsiatsiyasi,

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi

6.

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan ijtimoiy yordam berishda kasaba uyushmalari ishtirokini kengaytirish.

1. Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda Kasaba uyushmalari hududiy birlashmalari bilan birgalikda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Reyestrga kiritilgan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy buyurtmalari asosida kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan ijtimoiy yordam berishni (oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, uy-joyni taʼmirlash, kommunal xizmatlarga haq toʻlash va shu kabilar) yoʻlga qoʻyish.

2024-yil apreldan boshlab har chorakda bir marta

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi mablagʻlari,

“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

7.

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatishda ijtimoiy sheriklik, xayriya va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikning boshqa shakllarini amalga oshirish platformasini yaratish.

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida quyidagilarni nazarda tutuvchi platformani ishga tushirish:

nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun tashabbus kiritish;

nodavlat notijorat tashkilotlarini va volontyorlarni tanlab olishga tanlov mezonlarini belgilash;

muvaffaqiyatli ijtimoiy sheriklik loyihalari haqidagi maʼlumotlarni targʻib qilish;

homiylar, volontyorlar va Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan ijtimoiy sheriklik loyihalarini amalga oshirayotgan subyektlar reyestri;

tijorat subyektlari, volontyorlik harakatlari va boshqa shaxslarni ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga jalb qilish va boshqalar.

2024-yil mart

Hisob-kitoblarga muvofiq

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi va budjet mablagʻlari hisobidan

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi

8.

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning parvarishi bilan band boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini tashkil etish.

Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning parvarishi bilan band boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2024-yil avgust

-

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

9.

Imtiyozga ega boʻlmagan shaxslar uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimida koʻrsatiladigan xizmatlarni shartnoma asosida pullik xizmat koʻrsatish imkoniyatini yaratish.

Tuman (shahar) “Inson” markazlari hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarda shartnoma asosida pullik asosda koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatini tasdiqlash.

2024-yil aprel

-

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

10.

Reyestrga kiritilgan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlash tizimini takomillashtirish.

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlari tomonidan “Ijtimoiy karta” orqali imtiyozli dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha takliflarni kiritish.

2024-yil sentabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Markaziy bank,

Adliya vazirligi

11.

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilish boʻyicha ularning oila aʼzolarini oʻqitish.

1. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilish boʻyicha ularning oila aʼzolarini oʻqitish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilish boʻyicha video-rolik, qoʻllanmalar yaratish va mazkur shaxslarning oila aʼzolariga tarqatish va elektron platformaga joylashtirib borish.

2024-yil apreldan boshlab doimiy ravishda

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Nodavlat notijorat tashkilotlari

12.

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun joylarda ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish.

1. Nuroniylar maskanlari va mahalla guzarlarida oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun haftaning bir kunini “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida tuman (shaharda)gi:

2024-yil aprel

“Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari,

masʼul vazirlik va idoralarning mablagʻlari,

homiylik xayriyalari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

“Nuroniy” jamgʻarmasi,

“Hunarmand” uyushmasi

sport maktablarini jalb qilgan holda sport tadbirlarini (shaxmat, shashka, fitnes va boshqalar);

musiqa maktablarini jalb qilgan holda musiqa toʻgaraklarini;

hunarmandchilik yoʻnalishida toʻgaraklarni;

nodavlat notijorat tashkilotlari va koʻngillilar bilan hamkorlikda zarur xizmatlardan (elektron davlat xizmatlaridan foydalanish, tovar (ish, xizmat) buyurtma qilish va boshqalar) foydalanish koʻnikmalarini shakllantiruvchi tyutorlik xizmatlarini yoʻlga qoʻyish.

2. Reja-grafik tasdiqlagan holda har bir toʻgarak uchun haftaning bir kunida toʻgarak soatlarini belgilash.

Doimiy ravishda

13.

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestriga kiritilgan shaxslarga qilingan homiylik faoliyatini ragʻbatlantirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga Reyestrga kiritilgan shaxslarga qilingan homiylik xayriyalarini foyda soligʻi bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlarga kiritish boʻyicha qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2024-yil may

-

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi

14.

Harakat faolligi toʻliq cheklangan ruhiy kasallik bilan nogironligi boʻlgan shaxslarning oila aʼzolariga mazkur shaxslarni parvarishlash boʻyicha koʻmaklashish.

Harakat faolligi toʻliq cheklangan ruhiy kasallik bilan nogironligi boʻlgan shaxslarning oilalarga haftada bir marta patronaj hamshira parvarish xizmatini tashkil etishni nazarda tutuvchi sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻini ishlab chiqish.

Bunda, oilaviy shifokor va psixiatrning bemor holatini baholash natijasiga muvofiq zarur hamshiralik parvarish (yotoq yaralar profilaktikasi, davolovchi mashqlar, buyurilgan dori vositalarni qabul qilinishi ustidan nazorat) tartibini nazarda tutish.

2024-yil mart

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

15.

Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni zoʻravonlikdan himoya qilishni targʻib qilish.

Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni qiynoqqa solish, zoʻravonlik, boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etish holatlarining oldini olish masalasida ommaviy axborot vositalarida tushuntirish-targʻibot ishlarini tashkil etish.

Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha jamoatchilik guruhlari faoliyatini jadallashtirishga oid davra suhbatlarini tashkil etish.

media-reja asosida

-

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida ilmiy tadqiqotlar olib borish.

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashning dolzarb muammolarini tadqiq qilish boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish boʻyicha grant eʼlon qilish.

2024-yil sentabr

Ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalariga koʻra ajratiladigan grantlar

Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti,

Oliy taʼlim, fan

va innovatsiyalar vazirligi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz yashovchi hamda keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga koʻrsatilayotgan xizmatlar samaradorligini tahlil qilish, soʻrovnomalar oʻtkazish va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish

2024-yil oktabr

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlari

Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti,

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi

17.

Reyestrga kiritilgan yolgʻiz keksa va yolgʻiz yashovchi keksalarning turar joylariga nisbatan vorislik va egasiz deb topilgan turar joylar boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish.

Reyestrga kiritilgan yolgʻiz keksa va yolgʻiz yashovchi keksalarning vafotidan soʻng vorislik masalalarini belgilashda yolgʻiz yashovchi keksalarga davlat tomonidan kafolatlangan holda koʻrsatilgan tibbiy va ijtimoiy xizmatlar xarajatlarini qoplash, shuningdek turar joylarini egasiz deb topish tartibini belgilash yuzasidan xorijiy tajribani oʻrgangan holda qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2024-yil noyabr

-

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

18.

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksa va nogironligi boʻlgan shaxslarning yoʻqotilgan biometrik pasportlari (identifikatsiya ID-kartalarini) ular Reyestrga kiritilguniga qadar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi buyurtmasi asosida almashtirib berishda davlat bojidan ozod qilish.

1. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksa va nogironligi boʻlgan shaxslarning yoʻqotilgan biometrik pasportlari (identifikatsiya ID-kartalarini) ular Reyestrga kiritilguniga qadar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi buyurtmasi asosida almashtirib berishda davlat bojidan ozod qilish boʻyicha oʻzgartirish kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish va kelishish.

2. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil may

-

Ichki ishlar vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

19.

Nuroniylar maskanlari, madaniyat markazlari va mahalla guzarlarida oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun sport, musiqa, hunarmandchilik yoʻnalishida toʻgaraklarni yoʻlga qoʻyish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi amaliyotni yoʻlga qoʻyish:

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun mahallalar kesimida ijtimoiy buyurtmani shakllantirish;

ijtimoiy buyurtmadan kelib chiqib Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Hunarmand” uyushmasining hududiy boʻlinmalari va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, Nuroniylar maskanlari, madaniyat markazlari va mahalla guzarlarida toʻgaraklarni reja-grafik asosida tashkil etish.

2024-yil 1-maydan boshlab doimiy ravishda

Masʼul tashkilotlarning mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi,

“Hunarmand” uyushmasi

20.

Ota-onasini qarovsiz qoldirgan voyaga yetgan mehnatga layoqatli shaxslarning ota-onalariga gʻamxoʻrlik qilish boʻyicha masʼuliyatini oshirish.

1. Ota-onasini qarovsiz qoldirgan voyaga yetgan mehnatga layoqatli shaxslardan qarovsiz qoldirilgan ota-onasiga ijtimoiy xodimlar tomonidan koʻrsatilgan uyda parvarish xizmatlari uchun kompensatsiya undirish boʻyicha milliy qonunchilik va ilgʻor xorijiy tajribani tahlil qilish.

2. Oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnomani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2024-yil iyul

-

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

Bosh prokuratura

21.

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish jarayoniga nodavlat sektorni jalb etish yuzasidan taklif tayyorlash.

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga Toshkent shahrida eksperiment tariqasida nodavlat tashkilotlar orqali ijtimoiy xizmatlarni (kunduzgi qatnov, transport xizmati, uyda koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar, boshpana (shelter) va boshqalar) koʻrsatish yuzasidan takliflar kiritish.

2024-yil iyun

-

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

22.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar faoliyatini takomillashtirish.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar faoliyatini takomillashtirish hamda imtiyozli toifadagi shaxslarni sanatoriya muassasalarida davolash tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2024-yil dekabr

-

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi

23.

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga oila tarkibi boʻyicha maʼlumotlarni kiritib borish.

Oila tarkibi boʻyicha maʼlumotlarni “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga integratsiya qilish va doimiy ravishda kiritib borish.

2024-yil yanvardan boshlab doimiy ravishda

-

Adliya vazirligi

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/410/1005-son; 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 05.11.2025-y., 06/25/206/1017-son; 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)