29.12.2023 yildagi 725-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash faoliyati sohasida xizmatlar sifatini oshirish, oʻzini oʻzi boshqarish mexanizmini rivojlantirish hamda ekspertiza jarayonlarini tartibga solish va raqamlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish mexanizmini tasdiqlash haqida” 2008-yil 28-iyuldagi 161-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hamda baholash faoliyati sohasida xizmatlar sifatini oshirish, baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish jarayonlarini raqamlashtirish orqali shaffoflikni taʼminlash, ushbu yoʻnalishda oʻzini oʻzi boshqarish mexanizmi joriy etilganligi natijasida bahsli vaziyatlarda baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini ekspertizadan oʻtkazish jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish mexanizmini tasdiqlash haqida” 2008-yil 28-iyuldagi 161-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligi faqat birinchi yoki oliy toifali baholovchilar jalb etilgan holda ekspertizadan oʻtkazilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-martdan boshlab, baholovchi tashkilotlar tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish natijalariga koʻra rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosalari yuzasidan maʼlumotlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Ekspertiza xulosalarining yagona reyestri”ga kiritilishi majburiyligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlarning soʻrovnomalariga koʻra bahsli vaziyatlarda baholash hisobotining haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasiga kiritilgan materiallarni dastlab baholash hisobotini tayyorlagan baholash tashkiloti aʼzo boʻlgan professional jamoat birlashmasi tomonidan koʻrib chiqish va xulosa berishi tartibini joriy qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan baholash faoliyatining yagona axborot platformasi negizida baholash toʻgʻrisidagi hisobot yuzasidan rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosasi boʻyicha maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi hamda barcha uchun ochiq boʻlgan Ekspertiza xulosalarining yagona reyestri yaratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qaror 2024-yil 1-martdan kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortikov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 29-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
725-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 725-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish mexanizmini tasdiqlash haqida” 2008-yil 28-iyuldagi 161-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sudlarning soʻrovnomalariga koʻra bahsli vaziyatlarda baholanadigan obyektlarning baholash boʻyicha materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining ishini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash obyektlari bahosi boʻyicha materiallarni bahsli vaziyatlarda sudlarning soʻrovlariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 8-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Baholash haqidagi hisobotning haqqoniyligini ekspertiza qilish uchun faqat birinchi yoki oliy toifali baholovchilar jalb etilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 12-bandning ikkinchi xatboshisidagi “taqdim etish” soʻzlaridan keyin “va ushbu materiallarning haqqoniyligi uchun javobgar boʻlish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 14-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“buyurtmachining talabiga koʻra ekspertizani oʻtkazishga shartnoma tuzilishi baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasiga aʼzoligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni, baholovchi (baholovchilar)ning malaka sertifikatini, baholovchi (baholovchilar)ning birinchi yoki oliy toifasiga egaligi toʻgʻrisidagi guvohnomani va baholovchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisini oldindan taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan xolisona ekspertiza oʻtkazishga toʻsqinlik qiladigan holatlar paydo boʻlishi, manfaatlar toʻqnashuvining mavjudligi, mustaqillik tamoyiliga rioya qilishning imkoni yoʻqligi oqibatida ekspertizani oʻtkazishda oʻzining ishtirok etishi mumkin emasligi toʻgʻrisida buyurtmachiga xabar qilish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 19-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“hisobot Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga, baholash faoliyati standartlariga, baholash faoliyati sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq emas”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“20. Agar baholash toʻgʻrisidagi hisobot Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga, baholash faoliyati standartlariga, baholash faoliyati sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tuzilgan boʻlsa va isbotlovchi ahamiyatli maʼlumotlarga ega boʻlsa, baholash toʻgʻrisidagi hisobot ishonchli deb eʼtirof etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ekspertiza tugallangandan keyin uch kun muddatda bajaruvchi ekspert xulosasi nusxasini bajariladigan baholash ishlarining xolisligi va sifati ustidan nazorat qilish hamda reyestrini yuritish uchun ekspertiza oʻtkazayotgan baholash tashkiloti aʼzo boʻlgan baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasiga, baholash hisoboti haqqoniy emas deb topilgan taqdirda, bir nusxasini baholash hisobotning bajaruvchisi aʼzo boʻlgan baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasiga yuboradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Baholash toʻgʻrisidagi hisoboti yuzasidan amalga oshirilgan ekspertiza xulosalari boʻyicha maʼlumotlar ekspertiza tugallangandan keyin besh ish kunida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining baholash toʻgʻrisidagi Ekspertiza xulosalarining yagona reyestriga (keyingi oʻrinlarda ekspertiza xulosalarining yagona reyestr deb yuritiladi) bajaruvchi tomonidan joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert xulosalari (davlat sirlari yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirlarni oʻz ichiga olgan hujjatlarga doir xulosalar bundan mustasno) ekspertiza xulosalarining yagona reyestriga kiritilishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan biriga aʼzo boʻlmagan baholash tashkiloti hamda baholash tashkiloti shtatida (yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida) birinchi yoki oliy baholovchining toifa guvohnomasi mavjud boʻlmagan mutaxassis tomonidan amalga oshirilgan ekspertiza — baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish deb hisoblanmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3 boʻlim. “Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga, baholash faoliyati standartlariga, baholash faoliyati sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn uchinchi xatboshidagi “ilovada” soʻzidan oldin “1-” raqami bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) quyidagi mazmundagi VI1 boʻlim bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“VI1. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot yuzasidan rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosalari boʻyicha Ekspertiza xulosalarining yagona reyestrini yuritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
241. Baholovchi tashkilotlar tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish natijalariga koʻra rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosalari yuzasidan tegishli maʼlumotlar Ekspertiza xulosalarining yagona reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Yagona reyestr) kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur maʼlumotlarni kiritish va ulardan foydalanish uchun toʻlovlar undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona reyestrga davlat sirlari yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
242. Yagona reyestr Davlat aktivlarini boshqarish agentligini (keyingi oʻrinlarda — Davaktiv agentligi) baholash faoliyatining yagona elektron axborot platformasi negizida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
243. Yagona reyestrga maʼlumotlarni baholovchi tashkilotlar tomonidan kiritilishi majburiy hisoblanib, u baholovchi tashkilotlar va Davaktiv agentligi tomonidan doimiy ravishda yangilanib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi tashkilotning rahbari maʼlumotlarni kiritishga masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona reyestrga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligiga baholovchi tashkilot javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
244. Rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosasi boʻyicha maʼlumotlar (aniqlashtirish) Yagona reyestrga ekspertiza tugagandan soʻng besh ish kuni ichida baholovchi tashkilot tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash orqali kiritiladi va ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona reyestrga kiritilgan maʼlumotlardan tashqari, Davaktiv agentligi tomonidan zaruriyatga koʻra baholovchi tashkilotdan ekspert xulosasiga oid aniqlashtiruvchi maʼlumotlar olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
245. Yagona reyestrga dastlab kiritilgan maʼlumotlarda nomuvofiqliklar aniqlanganda, besh ish kuni ichida mazkur nomuvofiqliklar baholovchi tashkilot va Davaktiv agentligi masʼullariga biriktirilgan elektron kalitlar orqali tegishli maʼlumotlarni yangilash asosida bartaraf etiladi. Bunda, “izoh” ustunida kiritiladigan oʻzgartirishlarning asoslari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
246. Baholovchi tashkilotlar tomonidan mazkur boʻlim talablariga rioya etilishi baholovchi tashkilotlarining professional jamoat birlashmalari tomonidan nazorat qilinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) 25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“25. Ekspertizani oʻtkazishda bajaruvchi oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga, baholash faoliyati standartlariga, baholash faoliyati sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni buzganligi uchun qonunchilikka muvofiq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertizani oʻtkazishda baholovchi tomonidan qonun buzilish holati sodir etilganda, Ekspert komissiyasining qaroriga asosan baholovchining toifa guvohnomasini bekor qilish toʻgʻrisida vakolatli organga taqdimnoma kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi tomonidan takroran qonun buzilish holati sodir etilganda, Ekspert komissiyasining qaroriga asosan baholovchi tashkilotlarning jamoat birlashmasiga baholovchi tashkilotni jamoat birlashmasi aʼzoligidan chiqarish toʻgʻrisida va baholovchining malaka sertifikatining amal qilishini toʻxtatish yuzasidan vakolatli organga taqdimnoma kiritish uchun taqdimnoma yuboriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilova belgisidagi “ILOVA” soʻzidan oldin “1-” raqami bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rus tilidagi matnining “1. Obщiye svedeniya” bandidagi “deystvuyuщey na osnovanii litsenzii” soʻzlari “yavlyayuщeysya chlenom professionalnogo obщestvennogo obyedineniya otsenochnix organizatsiy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) quyidagi mazmundagi 2-ilova bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish tartibi haqidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholovchi tashkilotlar tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish natijalariga koʻra rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosalari yuzasidan Ekspertiza xulosalarining yagona reyestriga kiritiladigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼLUMOTLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ekspertiza oʻtkazgan baholovchi tashkilot

(nomi va STIR raqami)

Ekspertiza oʻtkazgan baholovchi tashkilot rahbari

(F.I.O.)

Ekspertiza oʻtkazgan toifali ekspert

(F.I.O., toifasi va guvohnoma raqami)

Ekspertiza buyurtmachisi

(nomi)

Ekspertizani oʻtkazish yuzasidan shartnoma

(raqami va sanasi)

Oʻtkazilgan ekspertiza turi

(tahliliy va dala sharoitida)

Tayyorlangan ekspert xulosasi

(raqami va sanasi)

Ekspertiza xulosasi natijasi

(haqqoniy yoki haqqoniy emas)

1

2

3

4

5

6

7

8

9

1.

2.

3.

...

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlagan baholovchi tashkilot

(nomi)

Tayyorlangan baholash toʻgʻrisidagi hisobot (raqami va sanasi)

Baholash obyekti

(nomi va manzili)

Baholash sanasi

Baholash obyekti turi*

Baholash obyekti kadastr raqami **

(koʻchmas mulk obyektlari uchun)

Baholash maqsadi ***

Aniqlanadigan qiymat turi

IZOH

10

11

12

13

14

15

16

17

18

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Transport vositalari, mashina va uskunalar, intellektual mulk, koʻchmas mulk, biznesni baholash va boshqalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Kadastr raqami, koʻchmas mulk turi (turar va noturar), qurilish osti maydoni, umumiy foydalanish maydoni, yashash maydoni, huquq turini belgilaydigan hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** Realizatsiya qilish, garovga qoʻyib kredit olish, davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish, ustav fondiga kiritish va boshqa maqsadlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
**** Bozor qiymati, adolatli qiymat, investitsiya qiymati, sinergetik qiymat, tugatish qiymati, almashtirishning qoldiq qiymati, takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati, maxsus qiymat, sugʻurtaga oid qiymat, soliqqa oid qiymat, bozor ijara haqi va boshqa turdagi qiymatlar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sudlarning soʻrovnomalariga koʻra bahsli vaziyatlarda baholanadigan obyektlarning baholash boʻyicha materiallarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining ishini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom baholanadigan obyektlarning baholash boʻyicha materiallarini bahsli vaziyatlarda sudlarning soʻrovnomalariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasi ishlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholanadigan obyektlarning baholash boʻyicha materiallarini bahsli vaziyatlarda sudlarning soʻrovlariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish — sudlar tomonidan yuborilgan baholanadigan obyektlarning baholash boʻyicha materiallarida baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi haqidagi xulosalarni tahlil qilish va tuzish boʻyicha tadbirlar yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholanadigan obyektning baholash boʻyicha materiallari — baholanadigan obyektni baholash toʻgʻrisidagi hisobot, baholanadigan obyekt boʻyicha ushbu baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligi toʻgʻrisida ekspert xulosasi, shuningdek ish bilan bogʻliq va sud soʻroviga ilova qilingan boshqa hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya — baholanadigan obyektning baholash boʻyicha materiallarini bahsli vaziyatlarda sudlarning soʻrovnomalariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi ekspert komissiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari — kamida ellikta baholovchi tashkilotning aʼzoligiga asoslangan, baholovchilarning professional darajasini oshirishga va saqlab turishga koʻmaklashish, ularning professional manfaatlarini, shu jumladan, sudlarda himoya qilish maqsadida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qarori — Komissiya bayonnomasi bilan rasmiylashtirilgan baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasining xulosasini Komissiya tomonidan koʻrib chiqish natijasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasi xulosasi — baholanadigan obyektlarning baholash boʻyicha materiallarini bahsli vaziyatlarda sudlarning soʻrovnomalariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha predmet va natijalardan iborat boʻlgan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspert — baholovchi tashkilot shtatida turuvchi (yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida faoliyat yurituvchi), baholovchining birinchi yoki oliy toifasiga ega boʻlgan, ekspertlar reyestriga kiritilgan va ekspert xulosasi tayyorlash uchun baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari yoki Komissiya tomonidan jalb etiladigan baholovchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertlar reyestri — baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan, baholovchining birinchi yoki oliy toifasiga ega boʻlgan baholovchilar roʻyxati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ekspertiza oʻtkazish uchun zarur boʻlgan materiallar (shu jumladan, baholanadigan obyektni baholash toʻgʻrisidagi hisobot va ushbu baholash hisobotining haqqoniyligi yoki haqqoniy emasligi haqidagi ekspert xulosasi) ilova qilingan holda, sudlar tomonidan Komissiyaning ishchi organiga taqdim etilgan ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida sudlarning ajrimi baholanadigan obyektlarning baholash boʻyicha materiallarini bahsli vaziyatlarda sudlarning soʻrovlariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda “ekspertiza” deb ataladi) uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Komissiya tarkibi va uning ishlarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Komissiyaning doimiy aʼzolari tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiyaning ekspert aʼzosi ekspertlar reyestriga kiritilgan ekspertlardan boʻlgan Komissiyaning doimiy aʼzolari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Komissiyaga Komissiya raisi rahbarlik qiladi, u:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ishlarini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya majlisining kun tartibini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya majlisi oʻtkaziladigan sana va joyni tayinlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya majlislarida raislik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Komissiya raisi boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Komissiya raisining oʻrinbosari bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Komissiya aʼzolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ishlarida qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlarning talabiga binoan kelib tushgan baholanadigan obyektlarning baholash boʻyicha materiallarini koʻrib chiqish natijalariga koʻra baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari xulosalarini eshitadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ishiga ekspertlarni jalb etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertlarning bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari va ekspertlar ishlari natijalarini muhokama qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qarorlarini qabul qilish toʻgʻrisida ovoz berishda qatnashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiya majlisi, agar unda aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qarori majlisda qatnashgan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzosining Komissiya qabul qilgan qarordan farq qiladigan alohida fikr-mulohazasi Komissiya majlisining protokolida aks ettiriladi yoki yozma ravishda alohida rasmiylashtiriladi va Komissiya majlisi protokolining uzviy qismi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi va u Komissiya ishlari boʻyicha hujjatlarning Agentlik tomonidan belgilangan tartibga muvofiq yuritilishi hamda saqlanishini taʼminlaydi, shuningdek, ekspertiza oʻtkazish boʻyicha kelib tushgan sud ajrimlarining reyestrini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya majlislarni ekspertizadan oʻtkazish uchun materiallar toʻplanishiga qarab oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ekspertiza oʻtkazilishi va uning natijalarini koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish tartibi haqidagi nizomning I boʻlimi 4, 5-bandlariga va V, VII boʻlimlari talablariga muvofiq ekspertizadan oʻtkazish baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish tartibi haqidagi nizomning III va IV boʻlimlari normalari baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalariga, Komissiyaga va ekspertga (ekspertlarga) tatbiq etiladi, baholash hisobotining haqqoniyligi ekspertizadan oʻtkazganlik uchun toʻlov boʻyicha normalar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Komissiyaning ishchi organi baholanadigan obyektni baholash boʻyicha sud ajrimi ilova qilingan materiallar bilan baholanadigan obyektni baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlagan baholash tashkiloti aʼzo boʻlgan baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ekspertiza Komissiya tomonidan, baholanadigan obyektning baholash boʻyicha materiallari Komissiyaga kelib tushgan sanadan boshlab 30 kun mobaynida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasi 15 kun muddatda baholanadigan obyektni baholash boʻyicha taqdim etilgan materiallarni ekspert (ekspertlar)ni jalb etgan holda oʻrganib chiqadi va ularni oʻrganish natijalari boʻyicha xulosani ishchi organga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosada ekspertiza oʻtkazish uchun asos, ekspertiza predmeti (ekspertizaga taqdim etilgan materiallar roʻyxati), ekspertiza oʻtkazilgan sana, ekspertiza oʻtkazgan baholovchining familiyasi, ismi va otasining ismi, taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqish natijalari jamlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Komissiya baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasining xulosasini olgandan keyin 10 ish kuni muddatda uni koʻrib chiqadi va koʻrib chiqish yuzasidan tegishli qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda Komissiya baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasining xulosasini asoslantirilgan holda qayta koʻrib chiqish uchun qaytarishga va baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasining xulosasini koʻrib chiqish uchun ekspertlar reyestridagi ekspertlarni jalb qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Komissiya qarori uning barcha aʼzolari imzolagan bayonnoma bilan Komissiya kotibi tomonidan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Komissiya bayonnomasida quyidagilar aKs ettirilgan boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bayonnomaning sanasi va raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertizani oʻtkazish uchun asos;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertiza predmeti (ekspertizaga taqdim etilgan materiallar roʻyxati);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasi tomonidan taqdim etilgan xulosa boʻyicha Komissiya qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya jamoat birlashmasining xulosasidan rozi boʻlgan taqdirda, xulosani kelishish va tegishli sudga joʻnatish boʻyicha Komissiya qarorini qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya jamoat birlashmasining xulosasidan norozi boʻlgan taqdirda — Komissiya xulosani qayta koʻrib chiqish uchun baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasiga qaytarish yoki ekspert xulosasini olish uchun ekspert (ekspertlar)ni jalb etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Ekspert (ekspertlar) xulosasini baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasining xulosasi bilan birga tegishli qaror qabul qilish uchun sudga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Bayonnoma tasdiqlangandan keyin Komissiya uch kun muddatda uni, baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasining xulosasini va ekspert (ekspertlar) xulosasini (mavjud boʻlsa) baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasi, Komissiya aʼzolari va jalb etilgan ekspertlarning (mavjud boʻlsa) xizmatiga haq toʻlash hisob-kitobi bilan birgalikda tegishli sud manziliga joʻnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud tomonidan baholash hisoboti haqqoniy emas deb topilgan taqdirda, sud ajrimiga asosan Komissiya baholanadigan obyektni takroriy baholashni tashkil etadi va baholanadigan obyektning bahosi toʻgʻrisidagi xulosani sudga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Takroriy baholash deganda sud ajrimida belgilangan baholash sanasi holatiga xuddi shu baholanadigan obyektga tegishli dastlabki baholashda foydalanilgan hujjatlar asosida amalga oshirilgan baholash tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari, komissiya aʼzolari, ekspertlar xizmatlari uchun xarajatlar taqdim etilgan hisob-kitoblar asosida sud qarori bilan qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Baholanadigan obyektlarning bahosi boʻyicha materiallarini bahsli vaziyatlarda sudlarning soʻrovnomalariga koʻra ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspert komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi sud ekspertizasi markazi direktori, komissiya raisining oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boshqarma boshligʻi, komissiya aʼzosi

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi sud ekspertizasi markazi eksperti, komissiya aʼzosi

Lavozimi boʻyicha

Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari vakillari, komissiya aʼzolari

ekspert

ekspert

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mutaxassisi, komissiya kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertlar reyestriga kiritilgan ekspertlar orasidan Komissiya aʼzolari Komissiyaning doimiy aʼzolari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning doimiy aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlariga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/725/1004-son)