15.02.2018 yildagi 117-son
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Hamkorlik yo‘nalishlari va ulardan kelib chiqadigan vazifalar

Jamoatchilik tuzilmasi va unga biriktirilgan davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari

I. Sog‘lom oilani shakllantirish, yoshlarni oila qurishga tayyorlash, muqaddas dinimiz pokligini asrash, to‘ylar va boshqa marosimlarni ixcham o‘tkazish, oilada huquqbuzarliklarga muntazam yo‘l qo‘yadigan shaxslar bilan profilaktika ishlarini olib borish

sog‘lom oilani shakllantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;

yigit va qizlarni oila qurishga ruhiy-ma’naviy jihatdan tayyorlashga ko‘maklashish, oilalarda ajralishlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini tashkil etish, oilaning muqaddasligi va jamiyatning asosiy bo‘g‘ini ekanligini yoshlar ongiga singdirishga qaratilgan tashviqot ishlarini amalga oshirish;
er-xotin, qaynona va kelin o‘rtasidagi nizolarni bartaraf etish, buzilgan munosabatlarni tiklashga doir amaliy choralar ko‘rishga ko‘maklashish;

oilalardagi tinchlik-totuvlik mahallalardagi ma’naviy muhit barqarorligi, shuningdek, oilaning sog‘lomligi jamiyat mustahkamligi hamda mamlakat barqarorligi bilan uzviy bog‘liqligini fuqarolarga tushuntirish.

Oilaviy qadriyatlarni mustahk�mlash komissiyasi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

oilada va turmushda huquqbuzarliklarga muntazam yo‘l qo‘yadigan, turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan shaxslar bilan profilaktika ishlarini olib borish;

Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi,

Ichki ishlar vazirligi

joylarda (oila, mahallalar, mehnat jamoalari, ta’lim muassasalarida) milliy-diniy an’analarni tushuntirish;

oilalar, mahallalar, jamiyatda sog‘lom muhitni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi, tinch-osuda hayotni, muqaddas dinimiz pokligini asrab-avaylash bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish;

to‘ylar va boshqa marosimlarni fuqarolar manfaatlarini, milliy qadriyatlarimiz va ibratli an’analarimizni hisobga olgan holda, ixcham o‘tkazishni aholi o‘rtasida targ‘ib qilish va bu boradagi ijobiy tajribalarni ommalashtirish;

oilalarda nosog‘lom munosabatlar, qaynona-kelin, er-xotin o‘rtasidagi janjallarga barham berish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.

Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi

II. Yurtga sadoqat, madaniy merosimizga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash, urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, millatlararo totuvlikni ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy dasturlar ijrosini amalga oshirish

ma’naviyat va ma’rifat ishlarini zamon talablari asosida tashkil etish, aholining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlariga daxldorlik hissini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;

ma’naviy hayot, milliy ong va qadriyatlar, e’tiqod va tafakkur, ko‘p asrlik urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, ma’naviy olamni yuksaltirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;

milliy g‘oya va uning uzviy tarkibiy qismlari hisoblangan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik kabi tamoyillarning mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish.

Ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo‘yicha komissiya, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

fuqarolar ongida yurtga sadoqat, madaniy merosimizga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularni “ommaviy madaniyat”ning salbiy illatlari ta’siridan himoya qilish choralarini ko‘rish;

milliy bayramlarni aholi o‘rtasida yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha qabul qilingan ma’naviy-ma’rifiy dasturlar ijrosini fuqarolar yig‘ini hududida ta’minlashga ko‘maklashish.

Ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo‘yicha komissiya, Madaniyat vazirligi

III. Yolg‘iz keksa fuqarolar, pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslarni manzilli ijtimoiy muhofaza qilish va davolash, aholini bandligini ta’minlashga ko‘maklashish

yolg‘iz keksa fuqarolar, pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslarni manzilli ijtimoiy muhofaza qilishni takomillashtirish, davolash, tizimli sog‘lomlashtirishni tashkil etish yo‘li bilan ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordam darajasi va sifatini oshirish, profilaktika tadbirlarini kengaytirish;

kam ta’minlangan oilalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz fuqarolarning sog‘ligini saqlashga ko‘maklashish.

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya,

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar va moddiy yordam to‘lanishi bo‘yicha monitoringni amalga oshirish, mehnatga layoqatli oila a’zolarining bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faolligini oshirish orqali oilani kam ta’minlanganlikdan chiqarish yuzasidan alohida dasturlarni ishlab chiqish.

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va to‘lashda ishtirok etish.

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya,

Moliya vazirligi

aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish.

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

yolg‘iz kishilar va ehtiyojmand keksalarni ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularning birinchi navbatdagi ehtiyojlari qondirilishida har tomonlama yordam berish.

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya,

O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi

IV. Xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirishda ularning o‘rnini oshirish, salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlarning oldini olish

xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yosh avlodni tarbiyalash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash, onalik v� bolalikni muhofaza qilish, ijtimoiy hayotda, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish borasida ularning o‘rnini rolini kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

– xotin-qizlarning sog‘ligini saqlash, sog‘lom oilani shakllantirish, oilaviy va ayollar sportini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

– mahallada, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlar (xotin-qizlar o‘rtasida turli jinoyatlar, o‘z joniga qasd qilish, fohishabozlik, giyohvandlik, voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga berish kabi) yuzaga kelishining oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.

Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

V. Voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqlari, erkinliklarini himoya qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, ekstremistik oqim a’zolari ta’siriga tushib qolishining oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, turli to‘garaklarga jalb etish

yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik g‘oyalariga sadoqat, milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik tuyg‘ularini qaror toptirish va rivojlantirish, turli mafkuraviy tahdidlardan asrash;

voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;

voyaga yetmaganlar va yoshlarning hududlarda ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy, ijtimoiy, ekologik ishlarni amalga oshirishda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga ko‘maklashish;

voyaga yetmaganlar va yoshlarning milliy ma’naviyatimizga zid bo‘lgan salbiy illatlar hamda turli ekstremistik oqim a’zolari ta’siriga tushib qolishining oldini olish ishlariga ko‘maklashish.

Voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiya,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlar va yoshlarning tarbiyasiga ko‘maklashish bo‘yicha tegishli organlar va jamoatchilik bilan hamkorlik qilish.

Voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiya,

Ichki ishlar vazirligi

o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik g‘oyalarini yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash;

“Oila — mahalla — ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar majmuasining amalga oshirilishiga ko‘maklashish;

voyaga yetmaganlar va yoshlarni to‘garaklariga jalb etish.

Voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiya,

Xalq ta’limi vazirligi

aholi, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, keksalar, qishloq aholisi o‘rtasida sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni ommalashtirish borasida keng ko‘lamli ishlarni tashkil etish;

aholini ommaviy sport tadbirlariga, milliy sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan xalq o‘yinlari va musobaqalarga keng jalb qilish;

vakolatli davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda fuqarolar yig‘inining hududda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga oid dasturlarining amalga oshirilishiga ko‘maklashish.

Voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiya, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

VI. Fuqarolarga biznesni tashkil etish, yuritish va yanada rivojlantirishda, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish

tadbirkorlik subyektlariga biznesni tashkil etish, yuritish va yanada rivojlantirishda amaliy yordam ko‘rsatish, davlat organlari va bozor infratuzilmasi subyektlari xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha sharoitlar yaratish, maslahat yordami va axborot ta’minotini taqdim etish;

yangidan faoliyat boshlayotgan tadbirkor�arga biznes-rejalar tayyorlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq zarur axborotlarni olish va amaliy masalalarni hal etishda huquqiy va maslahat yordami ko‘rsatish.

Tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha komissiya, Savdo-sanoat palatasi

tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarni qonun hujjatlarida belgilangan tartib-taomillar, imtiyozlar, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, mehnat munosabatlariga kirishish va boshqa masalalar yuzasidan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish va maslahat markazlari faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish.

Tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha komissiya, Adliya vazirligi

fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali tizimini yaratish;

aholi o‘rtasida chorvachilik, parrandachilik, dehqonchilik, shaxsiy tomorqa xo‘jaligi bilan shug‘ullanish haqida targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish;

“Tomorqa — qo‘shimcha daromad manbai!” shiorini qishloq aholisi o‘rtasida keng targ‘ib qilish hamda yer egalarining kundalik faoliyatiga singdirish.

Tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha komi�siya, O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

tadbirkorlik subyektlari va aholi barcha qatlamlariga bank va kredit xizmatlarini ko‘rsatish;

Tadbirkorlik subyektlari va aholi barcha qatlamlariga bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar va kredit turlari bo‘yicha axborotlar taqdim qilish, kredit olish tartibi to‘g‘risida tushunchalar berish.

Tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha komissiya, tijorat banklari

VII. Fuqarolarning huquqiy va sanitariya-ekologiya savodxonligini oshirish, yashil patrullar faoliyatini tashkil qilish, atrof muhitni muhofaza qilish ishlarini amalga oshirish

aholi o‘rtasida fuqarolarning huquqiy va sanitariya-ekologiya savodxonligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish;

mahallalar hududlarida joylashgan umumta’lim muassasalarida ekologik to‘garaklar, ekoklublar, yashil patrullar faoliyatini tashkil qilish, shuningdek, o‘quvchilarning ekologik dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan turli tadbirlar o‘tkazish;

chiqindilarni nazorat qilish sohasidagi qonun talablarining buzilishi holatlari bo‘yicha fuqarolar yig‘inlarida davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etish;

fuqarolar orasida ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlarini ko‘paytirish, aholini tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammolarini birgalikda hal etishga da’vat qilish.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya,

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya,

O‘zbekiston Ekologik harakati

VIII. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini targ‘ib qilish

o‘z vakolati doirasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.

Jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiya, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini belgilangan tartibda himoya qilish;

aholining iste’mol madaniyatini oshirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish.

Jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiya, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

aholi o‘rtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, bu sohada aholining huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish;

iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashish.

Jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiya, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi

IX. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda huquqiy va maslahat yordami ko‘rsatish, soliq va majburiy to‘lovlar sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, tadbirkorlik subyektlari va aholi barcha qatlamlariga bank va kredit xizmatlarini ko‘rsatishga ko‘maklashish

yangidan faoliyat boshlayotgan tadbirkorlarga biznes-rejalarni tayyorlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq zarur axborotlarni olish va amaliy masalalarni hal etishda huquqiy va maslahat yordami ko‘rsatish.

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha maslahat markazi,

Savdo-sanoat palatasi

tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarni qonun hujjatlarida belgilangan tartib-taomillar, imtiyozlar, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, mehnat munosabatlariga kirishish va boshqa masalalar yuzasidan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish va maslahat markazlari faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish.

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha maslahat markazi,

Adliya vazirligi

soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to‘lovchilarga har tomonlama ko‘maklashish, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish va soliq to‘lovchilarning soliq va majburiy to‘lovlar sohasidagi huquqiy madaniyatini yuksaltirish;

tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni istagan, tegishli hududda yashovchi fuqarolar va tadbirkorlik faoliyati subyektlariga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va preferensiyalar haqida ma’lumot berish.

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha maslahat markazi,

Davlat soliq qo‘mitasi

hunarmandlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

hunarmandchilik faoliyati subyektlariga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalardan foydalanishda, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida kredit olish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlash va ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishda o‘z ustavi doirasida ko‘maklashish;

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha maslahat markazi,

“Hunarmand” uyushmasi

tadbirkorlik subyektlari va aholi barcha qatlamlariga bank va kredit xizmatlarini ko‘rsatish;

tadbirkorlik subyektlari va aholi barcha qatlamlariga bank tomonidan ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlar va kredit turlari bo‘yicha axborotlar taqdim qilish, kredit olish tartibi to‘g‘risida tushunchalar berish.

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha maslahat markazi,

tijorat banklari

X. Oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlarning oldini olish, oilada sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, farzand tarbiyasida tibbiy bilimlarni oshirish

farzand tarbiyasiga yetarlicha e’tibor bermayotgan ota-onalar bilan ishlash, fuqarolar yig‘inidagi oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlarning oldini olish;

farzand tarbiyasi jarayonida ota-onalarga yordam ko‘rsatish, oilada sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlashga ko‘maklashish.

“Ota-onalar universiteti”,

O‘zbekiston

Xotin-qizlar qo‘mitasi

ota-onalarning farzand tarbiyasidagi ma’naviy-axloqiy bilimini boyitishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;

oilalar va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish.

“Ota-onalar universiteti”, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

yoshlarda o‘z sog‘ligi va atrofidagilarning sog‘ligi uchun mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish;

oilalarning farzand tarbiyasidagi tibbiy bilimini oshirish.

“Ota-onalar universiteti”, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

XI. Keksalarni hurmat qilish, yoshlarni Vatanga muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalash

yoshdagilarni yoshlarni Vatanga muhabbat, keksalarni e’zozlash, ezgulik va rahmdillik singari xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan ijtimoiy faoliyatga yoshi ulug‘ insonlarni jalb etish.

Nuroniylar jamoatchilik kengashi,

O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi

XII. Oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, qaynona va kelin o‘rtasidagi nizolarni bartaraf etish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash

oilalar mustahkamligini ta’minlash va ulardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish;

er-xotin, qaynona va kelin o‘rtasidagi nizolarni bartaraf etish, buzilgan munosabatlarni tiklashga doir amaliy choralar ko‘rishga ko‘maklashish;

oilalardagi tinchlik-totuvlik mahallalardagi ma’naviy muhit barqarorligi, shuningdek, oilaning sog‘lomligi jamiyat mustahkamligi hamda mamlakat barqarorligi bilan uzviy bog‘liqligini fuqarolarga tushuntirish.

Qaynonalar kengashi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

XIII. Xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshi�ish

tegishli hududda xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash, fuqarolar ogohligini oshirish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda “Mahalla posbon” jamoatchilik tuzilmasi bilan hamkorlikda ishlash;

jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda fuqarolar faolligini oshirish ishlarida qatnashish;

huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish.

“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi,

Ichki ishlar vazirligi

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)