Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 21-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2675-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 481-son “Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qaroriga fuqarolarning pensiya taʼminotiga oid milliy qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish, sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, Hukumatning ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2023-yil 12-dekabr,
94-son
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2023-yil 7-dekabr,
61-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2023-yil 30-noyabr,
24-son
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDAShEV
Toshkent sh.,
2023-yil 1-dekabr,
14-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Raisi A. AZIZOV
Toshkent sh.,
2023-yil 2-dekabr,
20-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 12-dekabrdagi 94-son, Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 7-dekabrdagi 61-son, Mudofaa vazirligining 2023-yil 30-noyabrdagi 24-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2023-yil 1-dekabrdagi 14-son va Davlat xavfsizlik xizmatining 2023-yil 2-dekabrdagi 20-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 15-maydagi 43, 12, 6, 4, 54, 01-02/5-20-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2675, 2015-yil 21-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 20-son, 264-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 17-sentabrdagi 100, 78, 31, 26QQ, 19, 01-02/5-56-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2675-1, 2019-yil 17-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/2675-1/3961-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 53-son, Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 25-noyabrdagi 80-son, Mudofaa vazirligining 2020-yil 24-noyabrdagi 42-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2020-yil 20-noyabrdagi 28 q/q 20.11.20-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2020-yil 23-noyabrdagi 29-son va Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 20-noyabrdagi 01-02/5-59-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2675-2, 2020-yil 29-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2020-y., 10/20/2675-2/1679-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 29-dekabrdagi 81-son, Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 21-dekabrdagi 78-qq-son, Mudofaa vazirligining 2021-yil 22-dekabrdagi 44-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2021-yil 23-dekabrdagi 23-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2021-yil 25-dekabrdagi 28-son va Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 24-dekabrdagi 01-02/5-57-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2675-3, 2022-yil 14-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2022-y., 10/22/2675-3/0026-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2023-y., 10/23/2675-4/0957-son)