Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 29-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2675-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 12-dekabrdagi 94-son, Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 7-dekabrdagi 61-son, Mudofaa vazirligining 2023-yil 30-noyabrdagi 24-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2023-yil 1-dekabrdagi 14-son va Davlat xavfsizlik xizmatining 2023-yil 2-dekabrdagi 20-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2675-4, 21.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi PF-5984-son “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 11-son “Sudyalar va ularning oila aʼzolari pensiya taʼminoti shartlari, meʼyorlari hamda tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi va 2020-yil 10-iyundagi 370-son “Elektron texnologiyalardan foydalanish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 15-maydagi 43, 12, 6, 4, 54 va 01-02/5-20-son qarori (roʻyxat raqami 2675, 2015-yil 21-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 20-son, 264-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 1-dekabr,
53-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2020-yil 25-noyabr,
80-son
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-noyabr,
42-son
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
Toshkent sh.,
2020-yil 20-noyabr,
28 q/q 20.11.20-son
Oʻzbekiston Respublikasi DXX Raisi A. AZIZOV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-noyabr,
29-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2020-yil 20-noyabr,
01-02/5-59-son
Kelishildi:
Rais B. MIRBOBOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 13-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi X. EDGOROV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-noyabr
Qoʻmondon R. DJURAYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi boshligʻi O. XODJAKBAROV
Toshkent sh.,
2020-yil 13-noyabr
Rais A. USMANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 18-noyabr
Rais K. KOMILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 18-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 53-son, Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 25-noyabrdagi 80-son, Mudofaa vazirligining 2020-yil 24-noyabrdagi 42-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2020-yil 20-noyabrdagi 28 q/q 20.11.20-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2020-yil 23-noyabrdagi 29-son va Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 20-noyabrdagi 01-02/5-59-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. 8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Fuqaroga qoʻshimcha toʻlov uning xohishiga koʻra roʻyxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha toʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga qoʻshimcha toʻlov yashash guvohnomasi yoki identifikatsiya ID-kartasi amal qiladigan muddat davomida toʻlanadi.”.
2. 4-bobning nomi hamda 12 — 15, 18 va 19-bandlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati,” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi bilan kelishilgan.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2020-y., 10/20/2675-2/1679-son)