1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.02 Tadbirkorlarning boshqa birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar, jamg‘armalar va b.)]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika sanoatini jadal rivojlantirishda yangi zamonaviy mexanizmlarni joriy qilish orqali ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va qo‘shimcha zaxiralarni yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-111-son Farmoni bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat tarmoqlarini tubdan rivojlantirish maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi huzurida Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaga 1 mlrd AQSH dollari ekvivalenti miqdorida mablag‘ jalb qilinishi, shu jumladan 2023-2024-yillarda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 200 mln AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘lar ajratilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat tarmoqlarida yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish, sohaga zamonaviy texnologiyalar va bilimlarni olib kirish hamda mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori qo‘shilgan qiymatli eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, xususiy sektor korxonalarida mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlarini yaratish hamda ularni eksport faoliyatiga jalb qilish va yangi bozorlarni o‘zlashtirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori qo‘shilgan qiymatli va yangi yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan va eksportbop investitsiya loyihalarini, shu jumladan sanoat ipotekasi tizimi orqali moliyalashtirish.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamg‘armaning moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan ajratiladigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yildan boshlab har yili Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Jamg‘arma tomonidan taqdim etiladigan kompensatsiya xarajatlari uchun 15 mln AQSH dollari ekvivalentidagi mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang);
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, loyiha qiymati 4 mln AQSH dollaridan yuqori bo‘lgan sanoat loyihalariga Jamg‘arma tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tijorat banklariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish va mavjud quvvatlarni kengaytirishga qaratilgan sanoat loyihalari uchun import qilinadigan asbob-uskuna xarid qilish, shu jumladan avans to‘lovlarini qoplab berish maqsadida, xorijiy valyutada yillik 5 foiz va milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada 10 yil muddatgacha, shundan 3 yilgacha imtiyozli davr bilan kredit mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida bino-inshootlar xarid qilish uchun 7 yil muddatgacha, shundan 2 yilgacha imtiyozli davr bilan milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada sanoat ipotekasi tizimi asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat korxonalariga xomashyo materiallarini xarid qilish uchun aylanma mablag‘larni shakllantirish maqsadida 1 yil muddatgacha xorijiy valyutada yillik 4 foiz hamda milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada kredit yoki subordinar qarz mablag‘lari ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir loyiha doirasida kredit mablag‘lari 1 mln AQSH dollaridan 10 mln AQSH dollari ekvivalentigacha miqdorda ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tashabbuskorining loyihadagi ulushi loyiha qiymatining 30 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda, shu jumladan kapital qo‘yilmalar qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda (kredit mablag‘i ajratilgunga qadar) pul mablag‘lari bilan ishtiroki talab etiladi (aylanma mablag‘larini shakllantirish maqsadida ajratiladigan kreditlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagi tartibga muvofiq 2024-yildan boshlab Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida kompensatsiya to‘lovlari uch tomonlama shartnoma asosida talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga qaratilgan loyihalarning marketing tadqiqotlari, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, xorijiy mutaxassislar jalb qilish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning 50 foizigacha, lekin 20 ming AQSH dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sanoat korxonalari bilan ta’sis qilinadigan qo‘shma korxonaning (SPV) ustav kapitalida 25 foizgacha ulush Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining shu’ba korxonasi orqali ishtirokchi (ta’sischi) sifatida ishtirok etishi mumkin;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 11-maydagi PF-3751-son “O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Jamg‘armaga sanoat korxonalari tomonidan, o‘rnatilgan tartibda 5 yildan yuqori bo‘lmagan muddatlarda emissiya qilingan obligatsiyalarni (bir loyiha doirasida 10 mln AQSH dollari ekvivalenti miqdorigacha) quyidagi shartlarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapital rentabelligi (ROE) 15 foizdan kam bo‘lmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obligatsiyalarning to‘lanadigan yillik daromad miqdori milliy valyutada, qarz oluvchining xatarlarini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutadagi suveren obligatsiyalari stavkasidan past bo‘lmagan miqdorda Jamg‘arma tomonidan sotib olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining oltinchi xatboshisi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — Hukumat komissiyasi) qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari tegishli tarmoqning ilmiy-texnik kengashi tomonidan va loyiha doirasidagi import kontarktlari “Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan ekspertizadan o‘tkaziladi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-maydagi PF-71-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.05.2024-y., 06/24/71/0322-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar tijorat banklarining ijobiy xulosalari, sanoat korxonalarining ustav kapitaliga kirish bo‘yicha esa Jamg‘armaning ijobiy xulosalari asosida Hukumat komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Statistika agentligi, Soliq qo‘mitasi, Kadastr agentligi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bilan birgalikda 2024-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlarining Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha arizalari O‘zbekiston Milliy sanoat portali ko‘rib chiqilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direksiyasining yangilangan tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Qudratov hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori Sh.A. Vafayev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 18-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-397-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-dekabrdagi PQ-397-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijro etuvchi direksiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armani boshqarish kengashi
Direktor yordamchisi — matbuot kotibi (1)
Ijrochi direktor (1)
Yuridik xizmat (2)
Ijrochi direktor o‘rinbosari (1)
Ijrochi direktor o‘rinbosari (1)
Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi rahbari — direktor o‘rinbosari (1)
Buxgalteriya hisobi va aktivlarni boshqarish bo‘limi (4)
Investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i (1)
Investitsiya loyihalarini monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i (1)
Kreditlarni rasmiylashtirish va ajratish bo‘limi (5)
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi (1)
Yoqilg‘i-energetika kompleksi va kimyo sanoati loyihalari ekspertizasi bo‘limi (5)
Yoqilg‘i-energetika kompleksi va kimyo sanoati loyihalari monitoringi bo‘limi (3)
Subsidiyalar va kompensatsiyalar ajratish bo‘limi (3)
Kadrlar bo‘limi (1)
Metallurgiya sanoati va mashinasozlik loyihalari ekspertizasi bo‘limi (3)
Metallurgiya sanoati, mashinasozlik va infratuzilma loyihalari monitoringi bo‘limi (3)
Investitsiyalarni boshqarish bo‘limi (3)
Birinchi bo‘limi (1)
Infratuzilma loyihalari ekspertizasi bo‘limi (2)
Investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirishni tashkil etish bo‘limi (3)
Ma’muriy sektor (1)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 47 ta shtat birligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-dekabrdagi PQ-397-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 16-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-350-son qarori 4-bandining yettinchi xatboshisi quyidagi yangi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan kreditlar berish va kredit liniyalarini ochish, shuningdek, kreditlar va kredit liniyalar tarkibini o‘zgartirish, shu jumladan Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan kreditlar ajratish faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida amalga oshiriladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-martdagi “O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1725-son qarorning 3-bandi hamda 1-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi “Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-332-son qaroriga 1-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi” so‘zlaridan keyin “, shu jumladan Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “loyihalar” so‘zidan keyin “, Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar bundan mustasno” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 07/23/397/0948-son; 03.05.2024-y., 06/24/71/0322-son)