1-ILOVA
Yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha loyiha ofislari tashkil etiladigan vazirlik va idoralar
19. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi.
2-ILOVA
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tizimidagi muassasalarni qayta tashkil qilish
|
Tashkilotning amaldagi toʻliq (rasmiy) nomi |
Tashkilotning taklif qilinayotgan toʻliq (rasmiy) nomi |
Qayta tashkil qilinayotgan tashkilotning faoliyatiga oid qoidalar va izohlar | |
|
1. |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK. |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK. |
Qonunchilikka muvofiq: a) loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini va unga sarflangan xarajatlar qoplanishini baholaydi, loyiha uchun investitsiya xarajatlarining asoslanganligini oʻrganib chiqadi; b) amaldagi infratuzilmaning mavjud quvvatlaridan foydalanilishi va yangi obyektning optimal joylashtirilishini hisobga olgan holda, loyihaning ijtimoiy ahamiyatini baholaydi; v) taklif etilayotgan marketing konsepsiyasi asosida loyihani amalga oshirish imkoniyatini va taklif etilayotgan texnologiyaga muvofiq asbob-uskunalar narxlarining cheklangan parametrlarini baholaydi; g) investitsiya loyihasining rentabelligini baholaydi; d) loyihani amalga oshirish boʻyicha turli texnologik yechimlar tahlili, ularning afzalliklari va kamchiliklari, tanlangan variantni asoslanganligini baholaydi; e) narx belgilashning (smetalarning) texnik reglamentlarini va amaldagi standartlarini tahlil qilish hamda takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi; j) tahlil qilinayotgan loyiha doirasida taqdim etilgan kredit resurslarini qaytarish mexanizmlarini oʻrganish va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar ehtimolini hisobga olgan holda, loyihalarni moliyalashtirish tartibini va ularning samaradorligini tahlil qiladi; z) investitsiya loyihasini amalga oshirish va ishlab chiqarish barqaror ishlashi uchun muhandislik-kommunikatsiya taʼminoti vositalarining (ichimlik va oqava suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz va aloqa tarmoqlari hamda kirish yoʻllari) zarur miqdorlari va parametrlari muvofiqligi ekspertizasini amalga oshiradi; i) davlat xaridlariga doir tender hujjatlari va texnik topshiriqlarni belgilangan talablar va qoidalarga muvofiq ishlab chiqilganligini baholaydi; k) shartnomalar, import kontraktlari va unga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi va roʻyxatga oladi; l) oʻz vakolati doirasida qonunchilik hujjatlari talablari buzilgan holatlarni bartaraf etish choralarini koʻrish, shuningdek, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha takliflar kiritadi; m) ekspertiza va tanlov asosida oʻtkazilgan monitoring natijalarini umumlashtiradi va ular toʻgʻrisida muassisga axborot beradi; n) bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllagan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar roʻyxatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazadi. |
|
2. |
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi “Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi” DK. |
Xususiy sektorga oʻtkaziladi. |
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi “Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi” DK faoliyati tugatilib, uning funksiya va vazifalari hamda koʻrsatadigan xizmatlari xususiy sektor orqali amalga oshiriladi. |
3-ILOVA
| T/r | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzurida yangi tashkil qilinayotgan muassasaning toʻliq (rasmiy) nomi | Asosiy vazifalari |
| 1. | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi davlat muassasasi shaklidagi Sanoat va tashqi bozorlarni tahlil qilish markazi. | Sanoat va tashqi bozorlarni tahlil qilish markazining asosiy vazifalari: a) industrial rivojlanishni oʻrganish va tahlil qilish; b) sanoat tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish dasturlarini amalga oshirish; v) tashqi bozor konyunkturasini oʻrganish va yangi eksport imkoniyatlarini aniqlash; g) sanoat siyosatida ilgʻor xalqaro tajribalarni oʻrganish; d) strategik tarmoqlar rivojlanishini tahlil qilish; i) importni optimallashtirish masalalari va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlarini oʻrganish; j) shartnoma asosida sanoat tarmoqlarida xodimlar malakasini oshirish. |
4-ILOVA
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| |||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| ||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) investitsiyalar, sanoat va savdo boʻlimlari |
|
|
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| ||||||||||||||||
|
|
|
|
Eksportni ragʻbatlantirish agentligi |
|
|
|
“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK |
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| ||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi |
|
|
|
Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik trast jamgʻarmasi |
| ||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro hamda xorijiy moliya va iqtisodiy institutlardagi doimiy vakillari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarida tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bilan shugʻullanuvchi xodimlar |
|
|
|
|
|
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
|
|
Sanoat va tashqi bozorlarni tahlil qilish markazi |
|
|
|
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
“Oʻztextreyd” DUK |
| |||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
“Raqamli transformatsiya markazi” DUK |
| |||||||||||||||
|
|
Mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimining yordamchilari |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| |||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| ||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
“Beldirsoy — Chimyon — Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortini qurish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha loyiha ofisi” |
| |||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| ||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| ||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
7-ILOVA
Investitsiyalar, sanoat va savdo sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha
| T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish muddati | Ijro uchun masʼullar |
| 1. | Sanoatga oid rivojlantirish dasturi, strategiyasi va konsepsiyalarini ishlab chiqish. | 1. “2026-yilgacha xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish strategiyasi” loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2023-yil 1-sentabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
| 2. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining oʻsish surʼatini 6 foizdan 10 — 14 foizga yetkazishni koʻzda tutuvchi “2030-yilgacha sanoatni rivojlantirish strategiyasi” loyihasini ishlab chiqish. | 2023-yil 25-dekabr | |||
| 3. Oʻzbekiston Respublikasining “Sanoat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. | 2024-yil 25-mart | |||
| 2. | Investorlar uchun qulay sharoitlar yaratish va tizimli muammolarni hal etish. | 1. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi tarkibida “onlayn” va “oflayn” tartibda “Yagona darcha” tamoyili asosida faoliyat yurituvchi Investorlar markazini tashkil etish. | 2023-yil 15-sentabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
| 2. Investorlarga “Yagona darcha” tamoyili asosida (aeroportdan boshlab kutib olish, investitsiya vizasini taqdim etish, muzokaralar uchun sharoitlar yaratish va boshqalar) Investorlar markazi orqali xizmatlar koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish. | 2023-yil 1-oktabr | |||
| 3. Investorlarni aeroportdan boshlab kutib olish va hamrohlik qilish maqsadida Investorlar markaziga Vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 3 ta avtotransport vositasini, shu jumladan 1 ta mikroavtobus (“miniven”) xarid qilish. | 2023-yil 1-noyabr | |||
| 3. | Eksportchi korxonalarga koʻmaklashish tizimini yanada takomillashtirish va ularning sonini oshirib borish. | 1. Eksportni ragʻbatlantirish agentligida eksportchi korxonalarning muammoli masalalarini muntazam ravishda hal etib borish maqsadida “onlayn” va “oflayn” tartibda “Yagona darcha” tamoyili asosida xizmat koʻrsatadigan Eksportchilar markazini tashkil etish. | 2023-yil 1-sentabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi |
| 2. Eksportchilar shtabining doimiy faoliyatini samarali tashkil etish va biriktirilgan vazirlik va idoralar bilan ishlarni tashkil etish. | 2023-yil 15-sentabr | |||
| 4. | Yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash. | Yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini ishlab chiqish va ularning meʼyorlarini tasdiqlash. | 2023-yil 1-sentabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
| 5. | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) budjet mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanish, davlat xaridlari shaffofligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun teng imkoniyatlar yaratish orqali davlat xaridlari jarayonida raqobatni rivojlantirish. | 1. Qiymati yuqori boʻlgan tovar-moddiy boyliklarni xarid qilish Vazirlikning tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish boʻyicha komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilib, elektron auksion orqali amalga oshirish. 2. Davlat xaridlari shaffofligini oshirish boʻyicha har chorak yakuni boʻyicha xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarni (xizmatlarni), mansabdor shaxslarning xizmat safari boʻyicha xarajatlarini (sutkalik, mehmonxona va boshqa xarajatlar) Ochiq maʼlumotlar portali va Vazirlik rasmiy veb-saytiga joylashtirib borish. | Doimiy ravishda | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
| 6. | Vazirlikda energiyani tejash, uning samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatish. | Vazirlikka 2023-yil uchun ajratilgan budjet mablagʻlari hamda budjetdan tashqari mablagʻlar yoki moliya institutlarining mablagʻlari hisobidan qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oʻtish boʻyicha Vazirlikning maʼmuriy binosida 3 000 kvadrat metrga 300 kVt quvvatga ega quyosh panellarini oʻrnatish. | 2023-yil 1-sentabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi |
| 7. | Vazirlikda davlat-xususiy sheriklik va autsorsing mexanizmlarini keng joriy qilish, tizim tashkilotlarining ayrim funksiyalarini bosqichma-bosqich xususiy sektorga oʻtkazish. | Investitsiya loyihalarining biznes-reja (TIA)sini ishlab chiqishga mustaqil loyihalovchi tashkilot, yaʼni autsorsing asosida konsalting kompaniyasini belgilangan tartibda ochiq tanlov asosida uch tomonlama shartnomaga asosan jalb qilish. Bunda chora-tadbirlar Eksportni ragʻbatlantirish agentligi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. | 2023-yil 25-iyul | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
| Eksportni ragʻbatlantirish agentligining jahon bozorida mahsulotlarga boʻlgan talab, hajmlarni tahlil qilish, narx konyunkturasini oʻrganish vazifasini autsorsing bilan xususiy sektorga oʻtkazish. | 2023-yil 1-oktabr | |||
| Investitsiyalar, sanoat va savdo sohasidagi tadbirlar, sohaga oid publitsistik, chizma, foto, video materiallar tayyorlash va tarjimonlik xizmatlarini autsorsing orqali amalga oshirish choralarini koʻrish. | Doimiy ravishda | |||
| 8. | Litsenziyalash va ruxsat berish tartib — taomillaridagi byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish. | Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatiga Vazirlar Mahkamasining komissiyasi tomonidan litsenziya berish tartibini bekor qilish, isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash boʻyicha vakolatlarni Vazirlik tomonidan amalga oshirish. | 2023-yil 1-dekabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
| 9. | Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish (ularga xizmat koʻrsatish, davlat tomonidan subsidiya taqdim etish, imtiyoz berish va boshqacha tartibda qoʻllab-quvvatlash) hamda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish. Xususan, yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish tartibini soddalashtirish. | Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish tartibi hamda yer ajratish jarayonlarini soddalashtirilgan holda amalga oshirish. Bunda, yirik investitsiya loyihasi uchun belgilangan loyiha qiymatini kamida 5 million AQSh dollari ekvivalentida hamda hisobraqamga joylashtiriladigan loyiha qiymatining kamida 10 foizga teng qismini kamida 1 foizga tushirish koʻzda tutiladi. | 2023-yil 1-dekabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
| 10. | Sohani rivojlantirish dasturlari uchun jalb qilinadigan grant va texnik koʻmak mablagʻlarining prognozi hamda uning aniq yoʻnalishlarini belgilash, investitsiya loyihalarini amalga oshirish guruhlari faoliyatini qayta koʻrib chiqish. | 1. Donorlar, Vazirlik va idoralar bilan birgalikda tarmoqlar hamda hududlarga oid istiqbolli loyihalar roʻyxatini nazarda tutuvchi hamda 2023-yil uchun grantlarni jalb qilish boʻyicha belgilangan qiymati 480 mln dollarga teng dastlabki rejadan kelib chiqib, “2023-yilda grantlarni jalb qilish dasturi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash choralarini koʻrish. 2. 2023-yil mobaynida alohida grafik-jadval asosida bosqichma-bosqich Vazirlik va idoralar tizimidagi 50 ta loyihalarni amalga oshirish guruhlari (LAOG) faoliyatini tanqidiy oʻrganib, LAOG rahbarlari va xodimlari salohiyatini baholash boʻyicha nazorat suhbatlarini oʻtkazish. 3. LAOG faoliyati samaradorligini (KPI) baholashda: a) investitsiya loyihalarining loyihaoldi va tender hujjatlarini sifatli va belgilangan muddatlarda ishlab chiqilishini taʼminlash; b) tender savdolarini oʻz vaqtida va sifatli tashkil etish, amalga oshiriladigan qurilish ishlari va asbob-uskunalarning tarmoq jadvallariga asosan yetkazib berilishini nazorat qilish. | 2023-yil 31-dekabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
| 11. | Vazirlik tizimidagi tashkilotlar tomonidan nazorat funksiyalarini “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshirish tartibini takomillashtirish, shuningdek, ularni muvofiqlashtirish va nazorat funksiyalarini maqbullashtirish. | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti tomonidan 2023-yilda vakolatli organ bilan kelishilgan holda, 1 680 ta profilaktika tadbirlarini hamda “xavfni tahlil etish” orqali 150 ta tadbirkorlik subyektlarida tekshirish oʻtkazish. | 2023-yil 20-dekabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
| 12. | Vazirlik tomonidan tadbirkorlik subyektlari va aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning modelini takomillashtirish. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi toʻgʻrisidagi maʼmuriy reglamentni tasdiqlash. Bunda, xizmatlar faqat davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatilishi koʻzda tutiladi. | 2023-yil 1-sentabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Adliya vazirligi |
| 13. | Vazirlikda hamda uning tarkibiga kiradigan tashkilotlar kesimida korrupsiya avj olgan sohalarda uning rivojlanish sabablari va shartlarini oʻrganish asosida ushbu sohalarning har biriga “tashxis qoʻyish” hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish. | Komplayens tizimini keng joriy qilish orqali: a) Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarning texnik iqtisodiy asoslashini hamda tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, xarid jarayonlarini baholash; b) Eksportni ragʻbatlantirish agentligi va Yoshlar jamgʻarmasidan ajratiladigan moliyaviy resurslar, kompensatsiyalarni taqdim etish jarayonlari shaffofligini taʼminlash; v) Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimini (ISO 31001 standartlari) joriy etish. | 2023-yil 1-dekabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi |
| 14. | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan, Vazirlik faoliyatiga oid jarayonlarni raqamlashtirish. | 1. Vazirlik rahbariyatining vazifalarini rejalashtirish, ichki hujjatlarni yuritish, harakat rejalari, “yoʻl xarita”lari bilan ishlash va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish. 2. “Task manager” axborot tizimining texnik topshirigʻini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish. 3. “Task manager” axborot tizimini ishlab chiqish. 4. Axborot tizimidan foydalanish boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazish. 5. Axborot tizimini Vazirlik ichida ishga tushirish va barcha xodimlarni axborot tizimiga ulash. 6. Tarkibiy tuzilma tashkilotlarida joriy qilish va barcha xodimlarni axborot tizimiga ulash, ishlash koʻnikmalarini oshirib borish. | 2023-yil 25-sentabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
| 15. | Vazirlik tizimida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning kasbiy mahorati va masʼuliyatini oshirish, tizim tashkilotlariga tashabbuskor, fidoyi, sadoqatli, oʻz ustida doimiy ishlaydigan kadrlarni jalb qilish hamda ularning salohiyatini doimiy ravishda oshirib borish. | 1. Vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning bilimlari, koʻnikmalari va malakalarini oshirish uchun oʻquv-seminarlar jadvalini ishlab chiqish, jadval asosida tadbirlarni tashkil qilish. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda boshqa tegishli oliy taʼlim muassasalari va oʻquv markazlarida Vazirlik markaziy apparatining 50 nafar, chet davlatlarda tashkil etiladigan xalqaro seminar va treninglarda 20 nafar xodimlar malakasini oshirish choralarini koʻrish. 3. Vazirlik huzuridagi tashkilotlarga sohaga qiziquvchan, iqtidorli, fidoyi, nufuzli oliy taʼlim muassasalarini tugatgan, yuqori malaka va tajribaga ega tashabbuskor, sadoqatli, oʻz bilim va tajribasini oshirib boradigan kadrlarni jalb qilish hamda ularning salohiyatini “Ustoz-shogird” tamoyili asosida uzluksiz va samarali oshirib borish. | Doimiy ravishda | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
| 16. | Tashkiliy tuzilmalarni tasdiqlash, ular tarkibiga kiritilgan muassasalar faoliyatini takomillashtirish. | 1. Vazirlik va uning tarkibidagi idoralarning tashkiliy tuzilmalarini ishlab chiqish, tasdiqlash. 2. Vazirlik va uning tarkibidagi idoralarning faoliyat yuritishi toʻgʻrisidagi nizomlar hamda xodimlarining aniq vazifalarini belgilash. 3. Vazirlik hamda uning huzuridagi tashkilotlar rahbarlarining oʻrinbosarlari oʻrtasida aniq vazifalar va funksiyalarni taqsimlab, ularning markaziy apparatlari va hududiy boʻlinmalarining tuzilmalari, shtat birliklarini tasdiqlash. 4. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda Vazirlik hamda uning huzuridagi tashkilotlar markaziy apparatlari va hududiy boʻlinmalarini malakali, chuqur nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan, oʻz vazifalarini samarali va masʼuliyat bilan bajaradigan kadrlar bilan toʻldirish. | 2023-yil 1-avgust | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
| 17. | Qonunchilik hujjatlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni oʻzaro muvofiqlashtirish. | 1. Vazirlikning qaytadan tashkil etilishi va sanoat boʻyicha qoʻshimcha vazifalar yuklanishi yuzasidan amaldagi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish. 2. Takrorlanuvchi vazifalarni bartaraf etish. 3. Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil 25-dekabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
| 18. | Laboratoriya xizmatlaridan foydalanishni osonlashtirish imkonini beradigan servislarni taqdim etuvchi “E-Sertifikat” avtomatlashgan axborot tizimini joriy qilish. | 1. Investitsiyalar‚ sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Raqamli transformatsiya markazi” DUKni “E-Sertifikat” axborot tizimini yaratish boʻyicha buyurtmachi etib belgilash. 2. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining axborot tizimlariga oʻziga integratsiya qiladigan “E-Sertifikat” axborot tizimida quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutish: mahsulotlarga qoʻyiladigan texnik talablarni, birinchi navbatda “GSP+” tizimi imtiyozlari qoʻllaniladigan mahsulotlarga qoʻyiladigan xalqaro talablar va ularda oʻtkazilishi lozim boʻlgan sinov yoʻnalishlari toʻgʻrisida jamlangan maʼlumot olish; mahsulot xavfsizligi toʻgʻrisida texnik reglamentlar, mahsulotni yetishtirish va qayta ishlashda ishlatiladigan oʻgʻitlar va kimyoviy moddalarning ruxsat etilgan meʼyorlari, mahsulotlarni qadoqlash, saqlash va tashish qoidalari va normalari toʻgʻrisida maʼlumotlar olish; sinov laboratoriyalarini va ularda oʻtkaziladigan sinov turlarini erkin tanlash imkonini bergan holda eng maqbul takliflarni avtomatik shakllantirish, laboratoriya xizmatlariga buyurtma berish; idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda muvofiqlikni baholash bilan bogʻliq tartib-taomillarni avtomatlashtirish, laboratoriya sinovlari natijalari (bayonlari) va boshqa axborotlarning elektron maʼlumotlar bazalarini shakllantirish; muvofiqlikni baholash sohasida inson omilini qisqartirish, muvofiqlikni baholash organlari va sinov laboratoriyalari faoliyatini oʻzaro bogʻlash va toʻliq raqamlashtirish; koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish. 3. Sinov bayonnomalari “Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga yuborilishini taʼminlash. 4. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari (teng ulushlarda) hisobidan “E-Sertifikat” davlat axborot tizimini yaratish, texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha ishlarni moliyalashtirish manbai etib belgilash. 5. 2024-yil 1-yanvardan boshlab muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish‚ sohani kengaytirish va inspeksiya nazoratini amalga oshirish vaqtida mazkur tizimga ulanishning majburiy talabini belgilash. | 2023-yil 1-dekabr | Investitsiyalar‚ sanoat va savdo vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 19. | Hududlar kesimida tadbirkorlik subyektlari bilan ishlashning yangicha mexanizmini yaratish maqsadida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, shu jumladan veterinariya, karantin va sanitariya sohalarini qamrab oluvchi oʻquv kurslarini tashkil etish va sohada majburiy malakasini baholash (attestatsiya) tizimi joriy etish. | Oʻquv kurslarini va baholash (attestatsiya) tizimini Oʻzbekiston standartlar institutida ilgʻor mutaxassislarni jalb qilgan holda joriy etish. Bunda, mutaxassislar malakasini baholash va baholash natijalarini elektron reyestrini yuritish, xoʻjalik subyektlari tomonidan xodimlarni attestatsiyalash, mutaxassislarni malaka oshirish davriyligini uch yil etib belgilash nazarda tutilsin. | 2023-yil 1-sentabrdan boshlab | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi |
| 20. | “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga zarur maʼlumotlar toʻgʻri va oʻz vaqtida kiritmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilash. | Vazirlikka maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalar tuzish vakolatini berishni nazarda tutuvchi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish. Bunda “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga zarur maʼlumotlar toʻgʻri va oʻz vaqtida kiritilishi davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyatlari uchun majburiy hisoblanadi. | 2023-yil 25-sentabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
| 21. | Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish. | Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. | 2023-yil 1-sentabr | Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi |
| 22. | “Loyiha guruhlari” faoliyatini yanada jadallashtirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida “Situatsion markaz”larni tashkil etish. | 1. Investorlarga yagona darcha tamoyili asosida davlat xizmatlarini koʻrsatish maqsadida “Situatsion markaz”ga davlat idoralari vakillarini joylashtirish. 2. Markaz tomonidan investorlarga: davlat xizmatlari, ruxsat beruvchi hujjatlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, qurilish ishlarini amalga oshirishga doir hujjatlarni olishda koʻmaklashib boriladi; tadbirkorlarga loyihalarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik faoliyatini va eksportni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari hisobidan olinadigan imtiyozlardan foydalanishda koʻmaklashib boradi; “Loyiha guruhlari” tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar taqdim etiladi; muammolarni “24 soatlik” rejimda faoliyat yurituvchi “Call-markaz” orqali qabul qilish va ularni operativ tarzda hal etish boʻyicha ishlarni tashkillashtirish yuzasidan amaliy yordam koʻrsatiladi. | 2023-yil sentabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar |
8-ILOVA
| T/r | Pirovard natija | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish muddati | Ijro uchun masʼullar |
| I. “GSP+” tizimi doirasida imtiyozga ega boʻlgan mahalliy mahsulotlarning Yevropa bozorlariga eksportini kengaytirishga oid xalqaro standart tizimlarini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish boʻyicha | ||||
| 1. | “GSP+” tizimi doirasida xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar sonini 3 baravar oshirib, 1 200 taga yetkazish. | 1. Respublikadagi eng yirik 1200 ta korxonaning ishlab chiqarish jarayoniga xalqaro standart tizimlarini joriy etish uchun Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi mutaxassislarini manzilli biriktirish. Shundan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 85 ta, Andijon viloyati — 88 ta, Buxoro viloyati — 86 ta, Jizzax viloyati — 81 ta, Qashqadaryo viloyati — 86 ta, Navoiy viloyati — 90 ta, Namangan viloyati — 90 ta, Samarqand viloyati — 86 ta, Surxondaryo viloyati — 86 ta, Sirdaryo viloyati — 65 ta, Toshkent viloyati — 86 ta, Fargʻona viloyati — 86 ta, Xorazm viloyati — 100 ta, Toshkent shahri — 85 ta. 2. Roʻyxatga muvofiq Yevropa Ittifoqidagi sifat va xavfsizlik talablarini korxonalarning ishlab chiqarish jarayoniga joriy etishga koʻmaklashish. 3. Korxonalarda sifat tizimlarini joriy etish maqsadida 3 000 nafar mutaxassis malakasini oshirish uchun xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda seminar-treninglar tashkil etish. Shundan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 220 ta, Jizzax viloyati — 203 ta, Andijon viloyati — 220 ta, Buxoro viloyati — 200 ta, Qashqadaryo viloyati — 215 ta, Navoiy viloyati — 220 ta, Namangan viloyati — 220 ta, Surxondaryo viloyati — 242 ta, Xorazm viloyati — 230 ta, Toshkent viloyati — 230 ta, Fargʻona viloyati — 210 ta, Samarqand viloyati — 220 ta, Toshkent shahri — 250 ta; Sirdaryo viloyati — 120 ta. | 2023-yil 30-oktabr | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Eltexsanoat” uyushmasi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi |
| 2. | Eksport qiluvchi korxonalarda xalqaro standartlarni joriy qilish va Yevropaga eksport qiluvchi korxonalar sonini oshirish. | 1. Yevropa mamlakatlarida qoʻllaniladigan 1 500 ta standart tizimlari joriy qilinadigan korxonalar roʻyxatini shakllantirish. 2. Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning Yevropa mamlakatlarida qoʻllaniladigan 1 500 ta standartlar talablariga muvofiqligini oʻrganish. 3. Aniqlangan nomuvofiqlik boʻyicha korxonalar bilan amaliy tadbirlarni belgilash va bartaraf etish choralarini koʻrish. 4. 300 ta korxonaga mahsulot sifatining Yevropa mamlakatlaridagi talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi sinov bayonnomalarini rasmiylashtirish, shundan toʻqimachilik, elektrotexnika, charm-poyabzal mahsulotlariga Oeko Tex, GOTS, BCSI, Sedex, SE markirovka va boshqa standartlarni joriy etish orqali korxonalar sonini 150 taga yetkazish. Shundan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 23 ta, Jizzax viloyati — 13 ta, Andijon viloyati — 23 ta, Buxoro viloyati — 22 ta, Qashqadaryo viloyati — 22 ta, Navoiy viloyati — 25 ta, Namangan viloyati — 22 ta, Surxondaryo viloyati — 22 ta, Xorazm viloyati — 30 ta, Toshkent viloyati — 22 ta, Fargʻona viloyati — 22 ta, Samarqand viloyati — 22 ta, Toshkent shahri — 22 ta, Sirdaryo viloyati — 10 ta. | 2023-yil 1-noyabr | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Eltexsanoat” uyushmasi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi |
| 3. | “GSP+” tizimi imtiyozlari tatbiq etiladigan mahsulotlar tahlilini oʻtkazish va mahalliy sanoat korxonalariga Yevropa mamlakatlarida qoʻllaniladigan standart va direktivalar talablarini joriy qilish. | 1. “GSP+” tizimi imtiyozlari tatbiq etiladigan 3 500 ga yaqin mahsulotlarning TIF TN kodi boʻyicha har bir mahsulotga belgilangan standartlarni tahlil qilish. 2. Korxonalar roʻyxatini shakllantirib, manzilli ishni tashkil qilgan holda, korxonalar kesimida mutaxassislarni biriktirish. 3. Yevropa mamlakatlarida ushbu mahsulotlarga qoʻllaniladigan standart va direktivalar talablarini oʻrganish va eksport qiluvchi korxonalarga yetkazish. 4. Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Yevropa standartlari talablariga asosan sinovdan oʻtkazish hamda ularni eksport qilishga koʻmaklashish. | 2023-yil 25-avgust | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, tegishli vazirlik va idoralar |
| 4. | 121 ta laboratoriya xulosalari xalqaro standartlar talabiga muvofiq 100 ta davlatda tan olinishini taʼminlash. | 1. APAC tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan baholash natijalari yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish va APAC tashkiloti kotibiyatiga topshirish. 2. ILAC MRA va IAF MLA tashkilotlari bilan koʻp tomonlama kelishuvlarni imzolash. 3. Laboratoriya xulosalarining chet davlatlarda tan olinishini taʼminlash. | 2023-yil 25-avgust | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
| 5. | Sohaga malakali kadrlarni tayyorlashda oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish. | 1. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan OTM talabalariga yangi standartlar talablarini yetkazish. 2. Oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari uchun sohaga oid seminar-treninglar tashkil qilish. 3. Professor-oʻqituvchilar bilan hamkorlikda soha boʻyicha 20 ta ilmiy-texnik va innovatsion loyihalar pasportlarini tayyorlash. 4. Ishlab chiqilgan loyihalarni Innovatsion rivojlanish agentligiga taqdim etish. | 2023-yil 25-dekabr | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, tegishli vazirlik va idoralar |
| 6. | Milliy mahsulotlarning eksport geografiyasini kengaytirish uchun Xitoy, Eron, Turkiya, Pokiston, Afgʻoniston, Hindiston Yaqin Sharq mamlakatlari standartlarini korxonalarga yetkazish. | 1. Xitoy, Pokiston, Afgʻoniston, Hindiston Yaqin Sharq mamlakatlari standart talablarini eksport qiluvchi 800 ta yirik korxonalarga manzilli yetkazish. 2. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning markirovkasi, qadoqlanishi, tashish va saqlash qoidalari yuzasidan buklet, qoʻllanma va flayerlarini yetkazish. | 2023-yil 25-iyul | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, tegishli vazirlik va idoralar |
| 7. | Mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda ichki bozorda sifatsiz mahsulotlar aylanmasini kamaytirishga qaratilgan choralarni qoʻllash va sifatsiz import mahsulotlari kirib kelishining oldini olish. | 1. Hududlar kesimida ichki bozorlardagi mahsulotlarning “xavf-tahlili” asosida sifatini baholash. 2. Hududlardagi 7 200 ta sanoat korxonalariga chiqqan holda, soha yuzasidan amaliy koʻmak koʻrsatish va qonunbuzilish holatlarining oldini olish. | 2023-yil 1-avgust | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Savdo-sanoat palatasi |
| 8. | Mahalliy hokimliklar bilan hududlardagi korxonalarda texnik jihatdan tartibga solish sohasida hamkorlikda ishni yoʻlga qoʻyish. | 1. Mahalliy hokimliklar bilan birgalikda tumanlar va shaharlar kesimida xalqaro standartlarni joriy qilish boʻyicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish. 2. Tumanlar kesimida korxonalarning 3 000 nafar mutaxassisi malakasini oshirish uchun seminar-treninglar tashkil qilish. 3. “GSP+” tizimi doirasida imtiyozlar tatbiq etiladigan 3 500 ta mahsulotlarga qoʻyilgan talablarni tuman va shaharlar kesimida ishlab chiqaruvchilarga yetkazish. 4. Hududlardagi yangi korxonalarni tashkil etishda ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlar talablari asosida amalga oshirish. | 2023-yil 30-oktabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
| 9. | Mahalliy korxonalarda “GSP+” tizimi doirasida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun sinovlarni oʻtkazishga ixtisoslashgan laboratoriyalar tashkil etish. | 1. Sinovlarni oʻtkazishga ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarni tashkil etish boʻyicha tarmoq jadvalini ishlab chiqish; | 2023-yil 25-avgust | Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Fargʻona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Oʻzavtosanoat” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ |
| 2. Laboratoriyani zarur jihozlar va sinov uskunalari bilan jihozlash, xodimlarni tayyorlash; | Tarmoq jadvaliga muvofiq | |||
| 3. Laboratoriyalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 2024-yil dekabr | |||
| 10. | 1. Buxoro, Fargʻona va Namangan viloyatlaridagi toʻqimachilik sanoatiga ixtisoslashtirilgan 4 ta korxonada; 2. Andijon, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi charm-poyabzal sanoatiga ixtisoslashtirilgan 3 ta korxonada; 3. Toshkent shahridagi elektrotexnika sanoatiga ixtisoslashtirilgan 1 ta korxonada; 4. Andijon va Samarqand viloyatlaridagi mashinasozlikka ixtisoslashgan 2 ta korxonada; 5. Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlaridagi kimyo sanoatiga ixtisoslashtirilgan 3 ta korxonadagi laboratoriyalarda oʻtkaziladigan sinovlarni Yevropaga import qiluvchilarga qoʻyiladigan talablarga moslashtirish. | 2023-yil 25-avgust | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Eltexsanoat” uyushmasi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | |
| 11. | Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonida xalqaro donor tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish, grant va texnik koʻmaklarni jalb qilish. | 1. Savdodagi texnik toʻsiqlar toʻgʻrisidagi bitim doirasida xalqaro donor tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish. 2. Grant va texnik koʻmaklarni jalb qilish uchun texnik talablar loyihasini ishlab chiqish va mahsulotlar turi boʻyicha zarur uskunalar roʻyxatini shakllantirish. 3. Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi koʻmagida xalqaro donor tashkilotlarga 15 mln dollarlik grant loyihalari buyurtmalarini taqdim etish. 4. Xalqaro donor tashkilotlar bilan hududlarda sinov laboratoriyalarini tashkil etish va modernizatsiya qilish choralarini koʻrish. | 2023-yil 25-dekabr | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
| 12. | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tizimidagi Qarshi, Fargʻona, Buxoro va Urganch shaharlaridagi veterinariya laboratoriyalarini ISO-17025 xalqaro standarti boʻyicha akkreditatsiyadan oʻtkazish. | 1. Tegishli hujjatlarni tayyorlash. 2. Xodimlarni tayyorgarlikdan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish. 3. Akkreditatsiyadan oʻtish uchun tegishli hujjatlarni akkreditatsiya organiga taqdim etish. | 2023-yil 15-sentabr | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi |
| 13. | Laboratoriya tekshiruvlari yagona elektron maʼlumotlar bazasi axborot tizimini (VIS-SAYYOR) amaliyotga joriy qilish. | 1. Texnik hujjatlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. 2. Texnik hujjatlar asosida axborot tizimini ishlab chiqish. 3. Axborot tizimini sinovdan oʻtkazib, amaliyotga joriy etish. | 2023-yil 1-dekabr | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
| 14. | “Akvakultura yoʻnalishida baholash missiyasi” tashkil etish maqsadida Jahon hayvonlar sogʻligi tashkilotining (JHST) xalqaro ekspertlarini jalb qilish. | 1. Akvakultura yoʻnalishida baholash missiyasini oʻtkazish boʻyicha Jahon hayvonlar sogʻligi tashkilotiga murojaat yuborish. | 2023-yil iyul | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi |
| 2. Akvakultura yoʻnalishida baholash missiyasini oʻtkazish vaqtini kelishish. | 2023-yil sentabr | |||
| 3. Baholash ishlarini oʻtkazish maqsadida xalqaro ekspertlarini jalb qilish choralarini koʻrish. | Kelishuv asosida | |||
| 15. | Yevropa Ittifoqi Komissiyasi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda veterinariya xizmati vakillari uchun Yevropa Ittifoqi savdo amaliyotining TRACES (Trade Control and Expert System) platformasidan foydalanish, savdo jarayonlarini rivojlantirish boʻyicha mintaqaviy trening tashkil etish. | 1. Yevropa Ittifoqi Komissiyasi bilan mintaqaviy trening oʻtkazish vaqti, barcha tashkiliy hamda uslubiy masalalarini kelishish. 2. Qoʻmita tizimidagi masʼul xodimlarni jalb qilgan xolda Yevropa Ittifoqi talablari bilan tanishtirish, savdo jarayonlarini rivojlantirish boʻyicha malakasini oshirish ishlarini tashkil etish. | 2023-yil IV chorak | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi |
| 16. | Yevropa Ittifoqining “GSP+” tizimi doirasida imtiyozga ega boʻlgan veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni tashqi bozorlarga chiqarishda tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga xalqaro talablarni joriy etish hamda import qiluvchi mamlakatlarga qoʻyilgan talablarga muvofiq tayyorlash choralarini koʻrish. | 1. Chorvachilik mahsulotlari turiga qarab import qiluvchi mamlakatlarga qoʻyilgan talablarni oʻrganish. 2 Chorvachilik mahsulotlarini talablar asosida eksportga tayyorlash va yuborishda veterinariya talablari jihatidan tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashish choralarini koʻrish. | Doimiy | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi |
| II. Karantin osti tovarlarini yetishtirish, qayta ishlash va qadoqlashda Yevropa Ittifoqi talablarini joriy etish | ||||
| 17. | Meva-sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar yetishtirilayotgan 249 ta meva-sabzavot klasteri hamda ularga biriktirilgan 19 582 ta fermer xoʻjaliklarining 198,1 ming gektar maydonini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish. | 1. Oʻsimliklarni himoya qilishda uygʻunlashgan kurash tizimini tashkil etish maqsadida xalqaro ilmiy va amaliy markazlar (CABI (Buyuk Britaniya), VNIIKR (Rossiya), BATEM (Turkiya), Sofriko (Fransiya)) ekspertlarini jalb qilish orqali Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tizimidagi mutaxassislar malakasini oshirish. 2. Meva-sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar yetishtiruvchilarga ekinlarni himoya qilishda xalqaro talablarni targʻib qilish maqsadida qoʻllanmalar va taqdimotlar tayyorlash. 3. Meva-sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar yetishtiruvchi klaster va fermer xoʻjaliklari agronomlarini hududlar kesimida oʻqitish reja-jadvalini tasdiqlash. 4. Oʻqitish reja-jadvaliga asosan meva sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar yetishtiruvchi klaster va fermer xoʻjaliklari agronomlari uchun koʻrgazmali amaliy-oʻquv seminarlarini tashkil etish. 5. Zararli organizmlarni monitoring qilish va ularga qarshi kurashishda feromonitoring tadbirlarini amalga oshirish maqsadida uygʻunlashgan kurash tizimi qoʻllanilishiga koʻmaklashish. | 2023-yil 15-avgust | Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi |
| 18. | “CABI” (Qishloq xoʻjaligi va biologiya fanlari markazi) mutaxassislari ishtirokida 3 ta meva-sabzavot mahsulot turi uchun oʻsimliklar himoyasi boʻyicha “IPM” (uygʻunlashgan qarshi kurash) namunaviy dasturini ishlab chiqib, amaliyotga yoʻnaltirish. | 1. “CABI” ekspertlari ishtirokida joyiga chiqqan holda oʻrganishlarni tashkil etish. 2. “IPM” dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Tasdiqlangan “IPM” dasturlarini amaliyotga joriy etish choralarini koʻrish. | 2023-yil 25-avgust | Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi |
| 19. | Yil yakunigacha mavjud 249 ta meva-sabzavot klasterlari bilan ishlab, eksport qiluvchi tadbirkorlar sonini 400 taga yetkazish choralarini koʻrish. | 1. 400 ta eksport qiluvchi tadbirkorlarning roʻyxatini shakllantirib, 249 ta meva-sabzavot klasterlariga biriktirish va masʼullarni belgilash. 2. Klaster va fermer xoʻjaliklari agronomlarini dalada fitosanitar tadbirlar samarali tashkil etilishi boʻyicha “Amaliyot kelishuvi” asosida Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining hududiy boʻlinmalariga biriktirish. 3. Klaster va fermer xoʻjaliklari agronomlari tomonidan xalqaro talablar asosida fermerning “dala daftari”ni yuritish amaliyotini joriy etish (dala daftari — dalada oʻsimliklar himoyasida monitoring, agrotexnik, biologik va kimyoviy kurash, mineral oʻgʻitlarni qoʻllash usullari). | 2023-yil 30-noyabr | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| 20. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qaroriga muvofiq, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida amalga oshirilayotgan “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Respublika agrokimyoviy tahlil markazini 1,0 mln AQSh dollari qiymatiga teng asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash. | 1. Respublika agrokimyoviy tahlil markazi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlari roʻyxatini shakllantirish. 2. Asbob-uskuna va jihozlar xaridi boʻyicha tender savdolari jarayonlarini amalga oshirish. 3. Asbob-uskuna va jihozlarni Respublika agrokimyoviy tahlil markaziga yetkazib berilishini taʼminlash. 4. Respublika agrokimyoviy tahlil markazining faoliyatini toʻlaqonli amalga oshirish. | 2023-yil 1-sentabr | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi |
9-ILOVA
| T/r | F.I.O. | Lavozim | Biriktirilgan mamlakatlar |
| 1. | N.Q. Xolmurodov | vazirning birinchi oʻrinbosari | Turkiya, Pokiston, Eron va Hindiston |
| 2. | X.F. Teshabayev | vazir oʻrinbosari | MDH mamlakatlari |
| 3. | B.N. Abidov | vazir oʻrinbosari | Yevropa mamlakatlari |
| 4. | O.N. Xamrayev | vazir oʻrinbosari | Yaponiya, Koreya va Janubiy — Sharqiy Osiyo mamlakatlari |
| 5. | S.I. Xamidov | vazir oʻrinbosari | Yaqin Sharq mamlakatlari |
10-ILOVA
| 1. | J.A. Xodjayev | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Hukumat komissiyasining raisi | |
| 2. | B.B. Valiyev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari, Hukumat komissiyasi raisining oʻrinbosari |
| 3. | D.S. Kasimov | — | Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (Biznes-ombudsman), Hukumat komissiyasi raisining oʻrinbosari |
| 4. | N.Q. Xolmurodov | — | investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari, Hukumat komissiyasi raisining oʻrinbosari |
| 5. | D.A. Abdusalamov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari kotibiyati mudiri |
| 6. | U.A. Agzamov | — | madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari |
| 7. | G.G. Fazilov | — | tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari |
| 8. | I.I. Norqulov | — | iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari |
| 9. | A.N. Karimov | — | adliya vaziri oʻrinbosari |
| 10. | J.E. Choriyev | — | transport vaziri oʻrinbosari |
| 11. | U.M. Madaminov | — | qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari |
| 12. | A.R. Jumanazarov | — | energetika vaziri oʻrinbosari |
| 13. | D.K. Adilov | — | qurilish va uy-joy xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari |
| 14. | A.A. Kadirxodjayev | — | togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri oʻrinbosari |
| 15. | E.M. Muxitdinov | — | kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari |
| 16. | J.S. Kazbekov | — | ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri oʻrinbosari |
| 17. | B.Y. Abubakirov | — | Markaziy bank raisi oʻrinbosari |
| 18. | Sh.A. Jabbarov | — | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| 19. | N.K. Musamuxammedov | — | Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari |
| 20. | A.E. Fayzibayev | — | Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari |
| 21. | D.N. Sattarov | — | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori |
| 22. | I.K. Ergashev | — | Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining bosh direktori |
| 23. | F.J. Pulatov | — | Kadastr agentligining direktori |
| 24. | O.A. Toʻychiyev | — | Innovatsion rivojlanish agentligining direktori |
| 25. | B.Sh. Usmonov | — | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining oʻrinbosari |
| 26. | A.K. Gaybullayev | — | “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari |
| 27. | T.J. Turdiyev | — | “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari |
| 28. | U.H. Muxtorov | — | Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijro etuvchi direktorining oʻrinbosari |
| 29. | A.M. Maxamatov | — | Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining ijrochi direktori |
| 30. | A.K. Mirsoatov | — | “Oʻzmilliybank” AJ boshqaruvi raisi |
| 31. | S.S. Annaklichev | — | “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi |
| 32. | K.A. Tulyaganov | — | “Asakabank” AJ boshqaruvi raisi |
| 33. | Lavozimi boʻyicha | — | Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi departamenti direktori, Hukumat komissiyasi kotibi |
10a-ILOVA
| 1. | Lavozim boʻyicha | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining oʻrinbosarlari, Hududiy komissiyaning raisi | |
| 2. | Lavozim boʻyicha | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri prokurorlari oʻrinbosarlari |
| 3. | Lavozim boʻyicha | — | Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil |
| 4. | Lavozim boʻyicha | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosarlari |
| 5. | Lavozim boʻyicha | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosarlari |
| 6. | Lavozim boʻyicha | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari |
| 7. | Lavozim boʻyicha | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Markaziy bank bosh boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari va hududiy tijorat banklari rahbarlari |
| 8. | Lavozim boʻyicha | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosarlari |
| 9. | Lavozim boʻyicha | — | Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari boshliqlari |
| 10. | Lavozim boʻyicha | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosarlari |
| 11. | Lavozimi boʻyicha | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri bojxona boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosarlari |
| 12. | Lavozimi boʻyicha | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat aktivlarini boshqarish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosarlari |
| 13. | Lavozimi boʻyicha | — | “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy filiallari boshliq oʻrinbosarlari |
| 14. | Lavozimi boʻyicha | — | “Hududgaztaʼminot” AJning hududiy filiallari boshliq oʻrinbosarlari |
| 15. | Lavozimi boʻyicha | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi masʼul xodimi, Komissiya kotibi |
Zarur hollarda Hududiy komissiya tarkibiga vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari qoʻshimcha ravishda jalb etilishi mumkin;
11-ILOVA
|
4. |
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi |
42 |
23 |
19 |
|
shu jumladan direktor oʻrinbosarlari soni |
2 |
2 |
||
|
”. | ||||
b) 8-banddan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;