15.12.2023 yildagi 664-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tramvay va trolleybus transportida yoʻlovchilarni tashish tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand va Xorazm viloyatlarida tramvay hamda trolleybusda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish, yoʻlovchilarni tashishda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, tramvay va trolleybus transporti infratuzilmasini saqlash, undan foydalanishni samarali tashkil etish hamda elektr transportini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar tramvay va trolleybus transporti faoliyatining samaradorligini oshirish va uning tizimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat transporti infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda harakat tarkibini bosqichma-bosqich yangilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xorijiy tajriba asosida zamonaviy shahar jamoat transportini boshqarish tizimlarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada “yashil transport” tizimi ulushini koʻpaytirish orqali samarali va ekologik toza transport turlariga bosqichma-bosqich oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rivojlangan davlatlar axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda, jarayonlarni raqamli boshqarish tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarning malaka va koʻnikmasini oshirish boʻyicha yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy bilimga ega professional kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish orqali sohani malakali kadrlar bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, 2024-yil 1-yanvardan boshlab tramvay hamda trolleybusda yoʻlovchi tashish uchun yoʻlkira haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand va Xorazm viloyatlari hokimliklari Transport vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-iyunga qadar yoʻlovchilar uchun qulay elektron toʻlovlarni ommalashtirish maqsadida tramvay va trolleybus transportida elektron toʻlov tizimidan foydalanishni ragʻbatlantiruvchi tariflarni xalq deputatlari Kengashi muhokamasidan oʻtkazib, joriy etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Transport vazirligiga elektr transportini rivojlantirish boʻyicha quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat transportida elektr transporti ulushini oshirgan holda, aholi uchun qulay boʻlgan yangi yoʻnalishlar tarmogʻini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat transportida elektr transporti infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr transportida tarif siyosati, stavkalar va yigʻimlar masalalarini tartibga solishda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport vazirligi bir oy muddatda vazirlik markaziy apparatida belgilangan shtat birligi doirasida tramvay va trolleybus transportini oʻz ichiga olgan “yashil transport”ni rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan boʻlinma tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Transport vazirligi, Samarqand va Xorazm viloyatlari hokimliklarining “Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi” davlat korxonasi va “Xorazm viloyati trolleybus boshqarmasi” davlat korxonasini Transport vazirligi tizimiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Transport vazirligi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati hokimligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda “Xorazm viloyati trolleybus boshqarmasi” davlat korxonasining mavjud asosiy vositalarini xatlovdan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati hokimligi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda “Xorazm viloyati trolleybus boshqarmasi” davlat korxonasidagi trolleybus elektr uzatish tarmoqlari roʻyxatini shakllantirgan holda, ular baholangan qiymatda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Xorazm hududiy elektr tarmoqlari filialiga oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyati hokimligi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda tramvay deposi kichik stansiyasini Samarqand shahar elektr taʼminoti tizimiga ulash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Transport vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Samarqand va Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda yangi tramvay va trolleybuslar xarid qilish uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlarini jalb qilish boʻyicha ular bilan muzokaralar oʻtkazib, natijasi boʻyicha 2024-yil 1-mayga qadar Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Transport vazirligi Toshkent davlat transport universiteti bilan birgalikda uch oy muddatda tramvay va trolleybus transportiga texnik xizmat koʻrsatish va ularni joriy taʼmirlash boʻyicha malakali kadrlar hamda tramvay va trolleybus haydovchilarini tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqsin va xodimlar malakasini oshirish kurslarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tramvay va trolleybus transporti faoliyati samaradorligini oshirish va rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Transport vazirligi Samarqand va Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda tramvay va trolleybus transporti faoliyatini moliyalashtirish va “yoʻl xaritasi”ning tegishli bandlarida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar 2024-yil hamda kelgusi yillar uchun tegishli mahalliy budjet parametrlarini shakllantirishda nazarda tutilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 15-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
664-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 664-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tramvay va trolleybus transporti faoliyati samaradorligini oshirish va rivojlantirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Masʼul ijrochilar

I. Tramvay va trolleybusda yoʻlovchi tashishda koʻrilayotgan zararlarni qisqartirish va optimallashtirish

1.

“Xorazm viloyati trolleybus boshqarmasi” DK elektr energiyasi boʻyicha qarzdorligini qoplab berish.

1. “Xorazm viloyati trolleybus boshqarmasi” DK tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi boʻyicha hisob-kitoblarni xatlovdan oʻtkazish va mavjud qarzdorlikni qoplash.

2024-yil yanvar

Xorazm viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov),

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

(U. Mustafoyev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Elektr energiyasi xarajatlarini qoplash miqdori hamda korxona tomonidan xizmatlar koʻrsatish uchun trolleybusdan foydalanishda sarf qilingan elektr energiyasi miqdori oʻrtasidagi tafovutga aniqlik kiritish.

2024-yil fevral

3. Xalq deputatlari viloyat Kengashi yigʻilishida koʻrilgan zararlarni mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan qoplab berish masalasini muhokama qilish.

2024-yil fevral

2.

Tramvay va trolleybuslarda reklama xizmatlari koʻrsatishni rivojlantirish.

1. Tramvay va trolleybuslarda reklama xizmatlarini koʻrsatish uchun belgilangan reklama joylarini “E-auksion” savdo maydonchasiga chiqarish.

2024-yil yanvar

Mablagʻ talab etilmaydi

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

“Xorazm viloyati trolleybus boshqarmasi” DK,

“Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi” DK

2. “E-auksion” savdo maydonchasida gʻolib boʻlgan talabgorlar bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzish.

2024-yil yanvar

II. Tramvay va trolleybus transporti infratuzilmasini rivojlantirish

3.

Tramvay va trolleybuslarni taʼmirlash va ehtiyot qismlar zaxirasini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi:

Mablagʻ talab etilmaydi

Transport vazirligi

(I. Maxka�ov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

1. Tramvay va trolleybus saroylarining taʼmirlash ustaxonasini kerakli asbob-uskunalar, dastgohlar va maxsus moslamalar bilan jihozlash, tramvay va trolleybuslarni taʼmirlash uchun zarur ehtiyot qismlar xarid qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan, oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil fevral

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2024-yil mart

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil may

4.

Yoʻlovchilarga xavfsiz va sifatli xizmat koʻrsatishni taʼminlash maqsadida tramvay bekatlari joylashuvini qaytadan koʻrib chiqish.

1. Bekatlarni xatlovdan oʻtkazish.

2024-yil yanvar

Samarqand viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov),

Transport vazirligi (I. Maxkamov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy transport-oʻtish bogʻlamalarini hamda namunaviy loyihalar ishlab chiqish asosida tramvay oraliq bekatlarini tashkil etish.

2024-yil aprel

3. Bekatlarda quyidagi shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutish:

tramvay qatnov jadvali va kelish vaqtini kuzatib borish imkoniyatiga ega elektron tablo oʻrnatish;

qulay oʻrindiqlardan foydalanish;

imkoniyati cheklangan shaxslar xavfsizligini taʼminlash uchun bekatning avtomobil yoʻli qatnov qismi bilan chegarasida “taktil” plitalar oʻrnatish.

2024-yil yanvardan boshlab

5.

Trolleybuslarni saqlash va kunduzgi qatnovlarga tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish uchun Xiva shahrida zarur shart-sharoitlar yaratish.

1. Trolleybuslarni saqlash uchun maydon ajratish.

2024-yil mart

Xorazm viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Yengil konstruksiyali (panjara toʻsiqli), usti va yon atrofi oʻralgan hududda trolleybuslarni saqlash inshooti loyihasining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish.

2024-yil iyul

3. Qurilish va montaj ishlarini amalga oshirish.

2024-yil yakunigacha

6.

Trolleybuslarga texnik xizmat koʻrsatish, ularni joriy taʼmirlash va yuvish sexlarida zamonaviy shart-sharoitlar yaratish.

1. Trolleybuslarga texnik xizmat koʻrsatish, ularni joriy taʼmirlash va yuvish sexlari uchun kerakli uskunalar va dastgohlar roʻyxatini shakllantirish.

2024-yil yanvar

Xorazm viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

“Boshtransloyiha” AJ

(R. Ruziyev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Zarur uskunalar va dastgohlar xarid qilish uchun mahalliy budjet hisobidan tegishli mablagʻlarni ajratish.

2024-yil fevral

3. Uskunalar va dastgohlarni belgilangan tartibda xarid qilish choralarini koʻrish.

2024-yil mart

4. Uskunalar va dastgohlarni oʻrnatish.

2024-yil aprel

III. Tramvay va trolleybus transporti infratuzilmasini taʼmirlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda qurilish ishlarini jadallashtirish

7.

Tramvay yoʻli va stryelkali oʻtkazgichi ostidagi nosoz yogʻoch va temir-beton shpallarni almashtirish hamda tartibga keltirish. Bunda:

Samarqand temir yoʻl vokzali — “Sartepo” massivi yoʻnalishi boʻyicha umumiy uzunligi 244 metr tramvay yoʻli (410 dona shpal);

Tarixiy muzey chorrahasida ikki tomonlama temir yoʻlda hamda Narpay va Buyuk Ipak yoʻli temir yoʻl kesishmasi boʻyicha umumiy uzunligi 128 metr tramvay yoʻli (10 dona shpal).

1. Temir yoʻl va stryelkali oʻtkazgichlar ostidagi yogʻoch va temir-beton shpallarni xatlovdan oʻtkazib, qoʻshimcha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar va xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil yanvar

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

(Z. Narzullayev),

“Boshtransloyiha” AJ

(R. Ruziyev),

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov)

2. Temir yoʻl ustki qismi qatlamini (asfalt yoki bruschatka) olish.

2024-yil mart-may

3. Shpaldagi yaroqsizlik yoki nosozlikni aniqlab, olib tashlash.

2024-yil may-iyun

4. Temir yoʻlning ballast qismini tartibga keltirish, yangi shpal oʻrnatish va mahkamlash.

2024-yil may-iyun

5. Temir yoʻl ustki qatlamini (asfalt yoki bruschatka) oʻrnatish.

2024-yil may-iyun

8.

Samarqand temir yoʻl vokzali — “Sartepo” massivi yoʻnalishida 3 ta tramvay yoʻlida nosoz stryelkali oʻtkazgichlarni almashtirish.

1. Temir yoʻl stryelkali oʻtkazgichi ustki qismi qatlamini (asfalt yoki bruschatka) olish.

2024-yil mart-may

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

(Z. Narzullayev),

“Boshtransloyiha” AJ

(R. Ruziyev),

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov)

2. Stryelkali oʻtkazgich ehtiyot qismlaridagi yaroqsizlik yoki nosozlikni aniqlab, yangisiga almashtirish yoki taʼmirlash uchun olib tashlash.

2024-yil may-iyun

3. Temir yoʻl stryelkali oʻtkazgichi ballast qismini tartibga keltirish, ehtiyot qismlarni oʻrnatish va mahkamlash.

2024-yil may-iyun

4. Temir yoʻl ustki qatlamini (asfalt yoki bruschatka) oʻrnatish.

2024-yil may-iyun

9.

Samarqand shahri hududida yangi depo qurish.

1. Yangi tramvay deposini qurish uchun maydon ajratish.

2024-yil yanvar

Samarqand viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov)

2. Tegishli mahalliy hokimlik qarorini chiqarish.

2024-yil fevral

3. Depo hududida tramvaylarga texnik xizmat koʻrsatish va ularni joriy taʼmirlash, yoʻnalishlarga tayyorlash ishlarini amalga oshirish imkoniyatini yaratish. Bunda tramvay elektr podstansiyalaridagi kamchiliklarni bartaraf etish, yuqori kuchlanishli kabellar oʻrnatish.

2024-yil may — sentyabr

10.

Tramvay yoʻli liniyalari elektr kontakt tarmogʻidagi nosozlik va kamchiliklarni bartaraf etish va uni toʻliq ishga tushirish.

1. Kontakt simlarini elektr energiyasi taʼminotiga (transformator) ulash.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari

Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

(Z. Narzullayev),

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov)

2. Uzunligi 5100 metr boʻlgan “APvPu-1x120” rusumli kabel tarmogʻini tiklash.

2024-yil may

3. 2-tortuvchi podstansiya binosi pol qismini tiklash hamda elektr uskunalarini sozlash.

4. “Samarqand temir yoʻl vokzali — Siyob bozori” 2-son tramvay yoʻnalishini toʻliq ishga tushirish.

2024-yil iyul

11.

Qurilishi yakuniga yetgan “Samarqand temir yoʻl vokzali — “Sartepo” massivi” 1-bosqich va “Samarqand temir yoʻl vokzali — Siyob bozori” 2-bosqich tramvay yoʻli liniyalarini foydalanishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasini tashkil etish.

Hukumatning qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tarkibini tasdiqlash yuzasidan tegishli hujjatini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil iyun-iyul

Mablagʻ talab etilmaydi

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov)

IV. Tramvay va trolleybuslarda yoʻlovchi tashish tizimini takomillashtirish

12.

Tramvay va trolleybus transporti sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish.

1. Transport vazirligi huzuridagi malaka oshirish markazlarida professional tramvay va trolleybus haydovchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish.

2024-yil mart

Transport vazirligining Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Transport universiteti mablagʻlari

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Transport universiteti

(O. Abduraxmanov),

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov),

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov)

2. Tramvay va trolleybus haydovchilari faoliyatini yoʻlovchilar tomonidan baholab borish tizimini joriy etish.

2024-yil iyun

3. Tramvay va trolleybuslarga texnik xizmat koʻrsatish xodimlari tajribasini tramvay va trolleybuslar ishlab chiqaruvchi korxonalarda oshirib borish.

2024-yil martdan boshlab

13.

Yangi tramvay va trolleybuslar xarid qilish orqali harakat tarkibini yangilash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish.

1. Rivojlangan davlatlarning tramvay ishlab chiqaruvchi tashkilot va korxonalari bilan muzokaralar oʻtkazish va belgilangan tartibda shartnomalarni imzolash.

2024-yil mart

Xalqaro moliya institutlarining kredit mablagʻlari

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov),

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov)

2. Xalqaro moliya institutlari bilan yangi tramvay va trolleybuslar xarid qilish uchun imtiyozli kreditlarni jalb etish choralarini koʻrish.

2024-yil aprel

3. Harakat tarkibini yangilash boʻyicha loyihalarni Respublika investitsiya dasturiga kiritish.

2024-yil avgust

V. Tramvay va trolleybuslarda yoʻlovchi tashish faoliyatini raqamlashtirish

14.

Tramvay transportida avtomatlashtirilgan toʻlov tizimini joriy etish.

1. Tramvaylarni “ATTO” elektron toʻlov tizimining uskunalari bilan jihozlash.

2024-yil yanvardan boshlab

“Avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi operatori” MChJ mablagʻlari

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

“Avtomatlashgan toʻlov tizimi operatori” MChJ

(D. Shoyokubov)

2. Yoʻlovchilarni elektron toʻlov tizimidan foydalanishga targʻib qilish va naqd toʻlov amaliyotini qisqartirish choralarini koʻrish.

doimiy

15.

Trolleybus transportida avtomatlashtirilgan toʻlov tizimini joriy etish.

1. Trolleybuslarni “ATTO” elektron toʻlov tizimining uskunalari bilan jihozlash.

2024-yil yanvardan boshlab

“Avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi operatori” MChJ mablagʻlari

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

“Avtomatlashgan toʻlov tizimi operatori” MChJ

(D. Shoyokubov)

2. Yoʻlovchilarni elektron toʻlov tizimidan foydalanishga targʻib qilish va naqd toʻlov amaliyotini qisqartirish choralarini koʻrish.

doimiy

16.

Tramvay va trolleybuslarni GPS navigator qurilmasi bilan jihozlash.

1. GPS navigator qurilmasini xarid qilish.

2024-yil mart

Transport vazirligining Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi

Transport vazirligi

(I. Maxkamov)

2. GPS navigator qurilmasida maʼlumotlar almashishni yoʻlga qoʻyish maqsadida “sim karta” xarid qilish.

2024-yil aprel

3. Qurilmalarni oʻrnatish.

2024-yil may

17.

Tramvay va trolleybuslar uchun avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruv tizimini joriy etish.

Tramvay va trolleybuslar harakat kuzatuvini “Avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruv tizimi”ga ulash.

2024-yil iyun-iyul

Transport vazirligining Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi

Transport vazirligi

(I. Maxkamov)

18.

“ATTO” mobil ilovasida tramvay va trolleybuslar harakatini onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish.

1. “Avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruv tizimi”ni “ATTO” mobil ilovasiga ulash.

2024-yil iyul

Transport vazirligining Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

“Avtomatlashgan toʻlov tizimi operatori” MChJ

(D. Shoyokubov)

2. Tizimlarni ulash va tramvay va trolleybuslar harakatini onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish.

2024-yil iyul

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/664/0941-son)