Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
ShNQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 14-dekabrda hisobga olindi, hisob raqami 223]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 20-maydagi 01/2-20-sonli “ShNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 261, 24.06.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-maydagi PQ-163-son “Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida umumiy oʻrta taʼlim maktablarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi hamda 2023-yil 26-iyuldagi PQ-236-son “Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha huquqiy eksperimentni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. ShNQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
4. Mazkur buyruq ilovasining 1-bandi 2024-yilning 1-yanvaridan amalga kiritiladi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2023-yil 7-dekabr,
415-son
Kelishildi:
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDAShEV
2023-yil 1-dekabr
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. UMAROVA
2023-yil 30-noyabr
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YuSUPALIYEV
2023-yil 24-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2023-yil 7-dekabrdagi 415-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
ShNQ 2.07.01-03* “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 20.4-bandning toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shahar hududida quriladigan turar joy binosining umumiy maydoni (er ustidagi barcha qavatlar maydonlarining toʻplami) ushbu turar joy binosini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi maydonining toʻrt yarim barobaridan oshmasligi lozim.”.
2. 99-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“99. Umumiy oʻrta (oʻrta maxsus) taʼlim tashkilotining hududida har bir taʼlim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon oʻlchami ushbu ShNQning 21-jadvaliga muvofiq belgilanishi lozim.”.
3. 21-jadvalning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
||
|
T/r |
Oʻquvchilar soni (kishi) |
Bir oʻquvchiga ajratilgan umumiy yer maydoni oʻlchami (m²) |
|
1. |
40 — 660 nafar |
20 |
|
2. |
661 — 989 nafar |
15 |
|
3. |
989 nafardan ortiq |
10 |
|
”. |
4. 99.1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.