05.12.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3480
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi, 05.12.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3480
Kuchga kirish sanasi
06.12.2023
Hujjat 06.12.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli itlarni umumiy boʻysunuvchanlik va himoya-qorovul koʻnikmalari boʻyicha tayyorlash uchun pullik xizmatlar koʻrsatish, shuningdek naslchilik pitomnigida yetishtirilgan va ichki ishlar organlarining ehtiyojidan ortiq boʻlgan hamda xizmatga yaroqsiz deb topilgan itlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 5-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3480]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 432-son “Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarining kinologiya xizmatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-sentabrdagi 750-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli itlarni umumiy boʻysunuvchanlik va himoya-qorovul koʻnikmalari boʻyicha tayyorlash uchun pullik xizmatlar koʻrsatish, shuningdek naslchilik pitomnigida yetishtirilgan va ichki ishlar organlarining ehtiyojidan ortiq boʻlgan hamda xizmatga yaroqsiz deb topilgan itlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir P. BOBOJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 2-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
602-son

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 2-noyabrdagi 602-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli itlarni umumiy boʻysunuvchanlik va himoya-qorovul koʻnikmalari boʻyicha tayyorlash uchun pullik xizmatlar koʻrsatish, shuningdek naslchilik pitomnigida yetishtirilgan va ichki ishlar organlarining ehtiyojidan ortiq boʻlgan hamda xizmatga yaroqsiz deb topilgan itlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli itlarni umumiy boʻysunuvchanlik va himoya-qorovul koʻnikmalari boʻyicha tayyorlash uchun pullik xizmatlar koʻrsatish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xizmat itlari naslchilik pitomnigida (bundan buyon matnda naslchilik pitomnigi deb yuritiladi) yetishtirilgan va ichki ishlar organlarining ehtiyojidan ortiq boʻlgan hamda xizmatga yaroqsiz deb topilgan itlarni sotish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari kinologiya boʻlinmalariga (bundan buyon matnda kinologiya boʻlinmalari deb yuritiladi) itlarni umumiy boʻysunuvchanlik va himoya-qorovul koʻnikmalari boʻyicha tayyorlash, shuningdek naslchilik pitomnigida yetishtirilgan va ichki ishlar organlarining ehtiyojidan ortiq boʻlgan hamda xizmatga yaroqsiz deb topilgan itlarni sotib olish uchun oʻz ixtiyoriga koʻra murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pullik xizmatlar — kinologiya boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida haq evaziga itlarni umumiy boʻysunuvchanlik hamda himoya-qorovul koʻnikmalariga tayyorlash boʻyicha koʻrsatiladigan xizmat;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test-sinovi — itlarning umumiy boʻysunuvchanlik va himoya-qorovul koʻnikmalari boʻyicha tayyorlashga moyilligini aniqlash uchun apportirovka (buyumlarni olib kelish), qidiruv reaksiyasini yaqqol namoyon qilishi, egasiga yaxshi munosabatda boʻlishi va unga boʻysunishi, harakatchanligi (toʻsiqlarni yengib oʻtishda), hid bilishi rivojlanganligi, oʻziga nisbatan tahdidli harakatlarga jahldorlikni yuzaga chiqarishi, otilgan oʻq ovozi va boshqa kuchli qoʻzgʻatuvchilarga nisbatan xotirjam munosabatda boʻlishi kabi koʻrsatkichlar boʻyicha itning ish qobiliyatini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy boʻysunuvchanlik va himoya-qorovul koʻnikmalari — itlarni boshqarish, yoʻnaltirish va biror holatni qabul qilishi uchun zarur boʻlgan boʻysunuvchanlik, shuningdek himoyalash va qorovullik koʻnikmalarini hosil qilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Pullik xizmatlar koʻrsatish va ichki ishlar organlarining ehtiyojidan ortiq boʻlgan hamda xizmatga yaroqsiz deb topilgan itlarni sotishdan tushadigan mablagʻlar toʻliq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi va ulardan ichki ishlar organlarining kinologiya boʻlinmalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Pullik xizmatlar preyskuranti (narxlari) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moliya va moddiy-texnika taʼminoti departamenti bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻrinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Kinologiya boʻlinmalarida pullik xizmat koʻrsatish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Buyurtmachi pullik xizmatlardan foydalanish uchun kinologiya boʻlinmalariga bevosita yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida elektron tarzda murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Itlarni umumiy boʻysunuvchanlik va himoya-qorovul koʻnikmalari boʻyicha tayyorlash uchun klinik sogʻlom boʻlgan va sakkiz oydan oshgan mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan itlar qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachi tomonidan keltirilgan it ushbu Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan itlar toifasiga kirmagan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadigan Kinologiya boʻlinmalarida itlarni umumiy boʻysunuvchanlik hamda himoya-qorovul koʻnikmalari boʻyicha tayyorlashga yaroqliligini aniqlash komissiyasi tomonidan test-sinovi va oʻrganish oʻtkazilishi hamda uning ijobiy xulosasi asosida umumiy boʻysunuvchanlik yoki himoya-qorovul koʻnikmasi boʻyicha tayyorlash uchun loyiq deb topilishi va istisno tariqasida qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Buyurtmachining murojaati kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida kinologiya boʻlinmalari tomonidan itni dastlabki klinik koʻrikdan oʻtkazish uchun olib kelish sanasi maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Buyurtmachi tomonidan belgilangan sanada keltirilgan it va uning veterinariya pasporti kinologiya boʻlinmalariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachi tomonidan emlash tadbirlari itni kinologiya boʻlinmalariga olib kelishdan kamida yigirma bir kun oldin yoki oʻn bir oydan oshmagan holda amalga oshirilgan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Buyurtmachi tomonidan keltirilgan it kinologiya boʻlinmalarining veterinariya xizmati shifokorlari tomonidan dastlabki klinik koʻrikdan oʻtkaziladi va natijasi boʻyicha mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda veterinariya xulosasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Veterinar shifokor xulosasiga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
it sogʻlom deb topilsa, kinologiya boʻlinmalari tomonidan qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
it nosogʻlom deb topilsa, u kinologiya boʻlinmalari tomonidan qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Buyurtmachi tomonidan keltirilgan it sogʻlom deb topilganda, buyurtmachi va kinologiya boʻlinmalari oʻrtasida ikki nusxada pullik xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kinologiya boʻlinmalariga umumiy boʻysunuvchanlik va himoya-qorovul koʻnikmalari boʻyicha tayyorlash uchun qabul qilingan itlar oʻn kun davomida dastlabki veterinariya va karantin nazoratida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qabul qilish paytida itlarda yuqumli kasalliklar yashirin (inkubatsion) davrida boʻlib, karantin yoki keyingi davrda yuqumli kasallik belgilari yuzaga chiqqanda kinologiya boʻlinmalarining veterinar shifokorlari tomonidan xulosa tuziladi va davlat veterinariya xizmatining hududiy boʻlinmalari xabardor qilingan holda itlar buyurtmachiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Umumiy boʻysunuvchanlik va himoya-qorovul koʻnikmalari boʻyicha tayyorlanayotgan itlar veterinar shifokorlari xulosasi asosida qaytarilgan (chetlashtirilgan) hollarda toʻlangan mablagʻlar kinologiya boʻlinmalari tomonidan sarflangan ozuqa va dori-darmon xarajatlari chegirilgan holda oʻn besh ish kuni ichida buyurtmachiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Umumiy boʻysunuvchanlik va himoya-qorovul koʻnikmalariga tayyorlash boʻyicha ikki oylik kursning soʻnggida itlar buyurtmachi ishtirokida test sinovidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda test-sinovidan oʻtgan itlar dalolatnoma asosida buyurtmachiga topshiriladi, test-sinovidan oʻta olmagan itlar esa buyurtmachining xohishiga koʻra kinologiya boʻlinmalari tomonidan qoʻshimcha bepul tayyorlashdan oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Naslchilik pitomnigida yetishtirilgan va ichki ishlar organlarining ehtiyojidan ortiq boʻlgan hamda xizmatga yaroqsiz deb topilgan itlarni sotish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Naslchilik pitomnigida yetishtirilgan va ichki ishlar organlarining ehtiyojidan ortiq boʻlgan hamda xizmatga yaroqsiz deb topilgan itlarni buyurtmachilarga sotish Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Itlarning ichki ishlar organlarining ehtiyojidan ortiqligi va xizmatga yaroqsizligi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan Naslchilik pitomnigida yetishtirilgan, ehtiyojdan ortiq boʻlgan va xizmatga yaroqsiz itlarni aniqlash komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tomonidan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Komissiya itlarni koʻzdan kechirish va oʻrganish davomida mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan Itlarni xizmatga yaroqsiz deb topish uchun asos boʻluvchi jismoniy kamchiliklar, kasalliklar va nuqsonlar roʻyxati asosida ularni xizmatga yaroqsiz deb topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sotilayotgan xizmatga yaroqsiz itlar kinologiya boʻlinmalari va naslchilik pitomnigi tomonidan barcha yuqumli kasalliklarga qarshi davolash-profilaktika tadbirlaridan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Klinik sogʻlom, jismonan nuqsonsiz, lekin feʼl-atvorida taxminiy-jinsiy va sust-mudofaa reaksiyasining ustunligi hamda asab faoliyati asosiy tipologik xususiyatlarining kamchiliklari oʻta yuqori yoki juda past qoʻzgʻaluvchanligi mavjud boʻlgan itlar komissiya tomonidan xizmatga yaroqsiz deb topiladi hamda mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuzilib, sotuvga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Naslchilik pitomnigida yetishtirilgan va ichki ishlar organlarida xizmatga yaroqsiz deb topilgan itlar tegishli litsenziyaga ega boʻlgan baholovchi tashkilotlar tomonidan baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Baholovchi tashkilotlar tomonidan itning baholanganligi boʻyicha hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida kinologiya boʻlinmalari va naslchilik pitomnigi tomonidan ommaviy axborot vositalariga itni sotish boʻyicha eʼlon beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eʼlonda sotuvga qoʻyilgan itning fotosurati va laqabi, yoshi, zoti, jinsi, narxi, shuningdek, toʻlovlarni amalga oshirish uchun ichki ishlar organlarining bank rekvizitlari hamda qoʻshimcha maʼlumotlar uchun telefon raqami, it sotib olish uchun murojaat etishning oxirgi muddati (kun va soat) haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Itni sotib olish uchun buyurtmachilar kinologiya boʻlinmalari va naslchilik pitomnigiga bevosita yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida elektron tarzda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Kinologiya boʻlinmalari va naslchilik pitomnigi tomonidan itni sotib olish boʻyicha tushgan murojaat uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kinologiya boʻlinmalari va naslchilik pitomnigi itni sotib olish toʻgʻrisidagi murojaat asosida buyurtmachi bilan shartnoma rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agarda, bir nechta buyurtmachilar bir vaqtning oʻzida sotuvga qoʻyilgan aynan bir itni sotib olish boʻyicha murojaat qilganida, birinchi boʻlib murojaat qilgan buyurtmachi bilan shartnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Xizmatga yaroqsiz deb topilgan itlar belgilangan tartibda shartnoma asosida pul oʻtkazish yoʻli bilan sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Buyurtmachi shartnoma imzolangunga qadar sotuvga qoʻyilgan itni koʻzdan kechirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mazkur Nizom talablarini qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor deb topilgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli itlarni umumiy boʻysunuvchanlik va himoya-qorovul koʻnikmalari boʻyicha tayyorlash uchun pullik xizmatlar koʻrsatish, shuningdek naslchilik pitomnigida yetishtirilgan va ichki ishlar organlarining ehtiyojidan ortiq boʻlgan hamda xizmatga yaroqsiz deb topilgan itlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Kinologiya boʻlinmalari tomonidan umumiy boʻysunuvchanlik hamda himoya-qorovul koʻnikmalari boʻyicha tayyorlash uchun qabul qilinadigan itlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

T/r

Itning zoti

I. Mayda zotli itlar

1.

Rus ovchi spaniyeli

2.

Angliya kokker spaniyeli

3.

Foksteryer

4.

Yagdterer

5.

Taksa

II. Oʻrta zotli itlar

6.

Nemis ovcharkasi

7.

Belgiya ovcharkasi

8.

Sharqiy Yevropa ovcharkasi

9.

Labrador

10.

Irland setteri

11.

Kursxaar

12.

Dratxaar

13.

Shotland setteri

III. Yirik zotli itlar

14.

Oʻrta Osiyo ovcharkasi

15.

Kavkaz ovcharkasi

16.

Rotveyler

17.

Rizenshnautser

18.

Qora teryer

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli itlarni umumiy boʻysunuvchanlik va himoya-qorovul koʻnikmalari boʻyicha tayyorlash uchun pullik xizmatlar koʻrsatish, shuningdek naslchilik pitomnigida yetishtirilgan va ichki ishlar organlarining ehtiyojidan ortiq boʻlgan hamda xizmatga yaroqsiz deb topilgan itlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

_______-sonli veterinariya xulosasi

20___ yil “____” ___________

___________ tumani (shahar)

Biz, ________________________________________________________________________________

(kinologiya boʻlinmalari)

veterinar shifokori (katta shifokori, shifokori) ________________________, veterinariya xizmatining masʼul xodimlari ____________________, 20____ yil “_____” _____________ kuni

__________________________________________________________________________________________

(kinologiya boʻlinmalari)

________________________________________________________________________________ tomonidan

(it egasining F.I.O. va pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) maʼlumotlari, agar yuridik shaxs boʻlsa, uning toʻliq nomi va rahbarining F.I.O.)

___________________________ tayyorlashga qabul qilish uchun _______________ laqabli, ______________ zotiga mansub boʻlgan, __________ yilda tugʻilgan, rangi ____________, jinsi ________________ boʻlgan itni veterinariya koʻrigi, klinik va laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtkazib, quyidagilarni aniqladik:

a) itning semizligi _____________;

b) koʻzlarida oʻzgarishlar _____________;

v) tishlari _____________;

g) tana harorati _____________;

d) yungi yaltiroqligida oʻzgarish _____________;

e) eshitish qobiliyati _____________;

j) itning qon tahlili koʻrsatkichi _____________.

Yuqoridagilarga asoslanib, itning klinik ahvoli veterinariya xizmati shifokorlari xizmati xodimlari tomonidan ______________ deb topildi.

Veterinariya xizmati boshligʻi

_____________________________

(katta shifokori, shifokor)

Veterinar shifokor

_____________________________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli itlarni umumiy boʻysunuvchanlik va himoya-qorovul koʻnikmalari boʻyicha tayyorlash uchun pullik xizmatlar koʻrsatish, shuningdek naslchilik pitomnigida yetishtirilgan va ichki ishlar organlarining ehtiyojidan ortiq boʻlgan hamda xizmatga yaroqsiz deb topilgan itlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Itlarni xizmatga yaroqsiz deb topish uchun asos boʻluvchi jismoniy kamchiliklar, kasalliklar va nuqsonlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Skelet va mushaklarning umumiy jismoniy oʻsishdan toʻxtab qolganligi, nozikligi, kichikligi, juda semizligi yoki ozgʻin (oriq)ligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tashqi koʻrinishining asosiy va yaqqol koʻzga tashlanadigan kamchiliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tishlarning emal qatlami butunlay yemirilganligi, jagʻdagi bitta yoki ikkita tishlarning yoʻqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ingichka, zaif mushakli boʻyin yoki burmakli, osilib tushgan terili boʻyin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haddan tashqari osilib turgan yoki bukri qomat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sinib turgan yoki bukri (egik), ingichka, yetilmagan mushakli bel;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
juda qiyshaygan sagʻri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dumaloq, boʻrtma, egri-bugri qovurgʻali, old tomonidan nomutanosib, keng yoki juda tor yoxud kichkina koʻkrak qafasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
osilib qolgan yoki haddan tashqari ichiga botib ketgan qorin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oldingi oyoqlarning tor vaziyati (holati), tashqariga yoki ichkariga qiyshaygan tirsaklar, yaqqol koʻzga tashlanadigan maymoqlik yoki oyoqlarning juda keng qoʻyilishi, orqa oyoqlarning qilichsimon vaziyati, sakrab yurishiga yordam beruvchi boʻgʻinlarning yaqinlashuvi yoki qiyshayganligi, yassi, yoyilgan oyoq panjalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Harakatning izdan chiqishiga sabab boʻluvchi markaziy asab tizimi (miya va uning pardalari)ning buzilishi va zararlanishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Aʼzolarning tuzalmaydigan funksional buzilishini keltirib chiqaruvchi periferik (sirtqi) asab kasalliklari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yelka va son mushaklarining qurishi (atrofiyasi) oqibatida paydo boʻlgan choʻloqlik, shuningdek pay, paychalar va boʻgʻinlarning surunkali yalligʻlanishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ogʻir, surunkali kasalliklar, zaharlanishlar oqibatida paydo boʻladigan hazm qilish aʼzolarining uzoq davom etadigan, yaqqol koʻzga tashlanadigan, davolanmaydigan buzilishlari (kasalliklari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nafas qisish, yoʻtal, xirillash, shilliq pardalarning sianozi kabi aniq tashqi belgilarga ega boʻlgan nafas yoʻllari, oʻpka, oʻpka pardasining surunkali kasalliklari. Burun shilliq pardasi yoki oʻsimtalarining oʻzgarishi, aynishi oqibatida nafas olishning buzilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yurak va yirik qon tomirlarining surunkali kasalliklari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qattiq ogʻriq, oqsoqlik va harakatlarning yoʻqolishi bilan kechadigan mushaklar va boʻgʻinlarning surunkali revmatizmi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Erkin harakatga toʻsqinlik qiluvchi boʻgʻinlar, paylar va yumshoq toʻqimalarning deformatsiyasi (shaklining oʻzgarishi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yiringlash, teshik oqma yaralarni keltirib chiqaruvchi limfatik bezlarning surunkali shikastlanishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Harakatlarni cheklaydigan notoʻgʻri bitgan suyaklar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Boʻyinbogʻ va koʻkrakband taqilishini qiyinlashtiradigan, yoʻqotib boʻlmaydigan oʻsmalar, shishlar yoki surunkali, zoʻrayadigan kasalliklar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xavfli oʻsmalar, shishlar (saraton).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Churraning (dabba) ichak-chovoqlar va qorin bilan tushib ketishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Erkin harakatlanish imkonini yoʻqqa chiqaruvchi barmoqlar va tirnoqlarning bedavo kasalligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Eshitish qobiliyatini qisman yoʻqotish bilan kechadigan quloq ichki qismi (labirinti) va pardasi funksiyasini oʻzgartirib yuboradigan quloqning surunkali yiringli yalligʻlanishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kuchsiz sezish qobiliyati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Koʻz shish qopchigʻi va shilliq pardasining surunkali yalligʻlanishi, koʻz yoshi oqmayarasi, koʻzdan doimiy ravishda yosh oqishi, koʻrish qobiliyatining qisman yoʻqolishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Bichilgan (axta qilingan) itlar (komissiya tomonidan it xizmatga yaroqli deb topilsa xizmatda foydalanish mumkin).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ish qobiliyati butunlay yoʻqolishiga sabab boʻladigan va davolanish uchun sarflanadigan xarajatlarni oqlamaydigan travmatik kasalliklar (yaralar, jarohatlar, urilgan, lat yegan joylar va boshqalar) roʻyxatda koʻrsatilmagan kasalliklar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Davolanmaydigan, surunkali parazitar kasalliklar (qirma temiratiki, moy xoʻrak, qoʻtir) tananing asosiy qismiga tarqalgan chilla yara (ekzema).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Xizmat itlaridan samarali foydalanishga imkon bermaydigan va yoʻl qoʻymaydigan boshqa jismoniy kamchilik, kasallik va nuqsonlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Qariligi sababli (toʻqqiz yosh) xizmatdan foydalanishini cheklaydigan itning organizmdagi oʻzgarishlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oʻta jahldor va qoʻrqoq itlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli itlarni umumiy boʻysunuvchanlik va himoya-qorovul koʻnikmalari boʻyicha tayyorlash uchun pullik xizmatlar koʻrsatish, shuningdek naslchilik pitomnigida yetishtirilgan va ichki ishlar organlarining ehtiyojidan ortiq boʻlgan hamda xizmatga yaroqsiz deb topilgan itlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“TASDIQLAYMAN”

Komissiya raisi, ___________

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar

vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent

viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari,

viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari

boshligʻining jamoat xavfsizligi boʻyicha

oʻrinbosari ___________________________

Xizmat itining yaroqsizligi haqida

DALOLATNOMA

20___ yil “____”___________

___________ tumani (shahar)

_____________ Naslchilik pitomnigidagi itlarning xizmatga yaroqsizligini aniqlovchi komissiya raisi ___________________________________________________________________________________

(lavozimi, F.I.O.)

va quyidagi aʼzolar _______________________________________________________________________

(lavozimi, F.I.O.)

________________________________________________________________________________________

iborat komissiya, kinolog ____________________________ ga biriktirilgan, _____________________

laqabli, ________________________ zotli, ______________ jinsiga mansub, __________________ da

tugʻilgan, _______________________ rangli xizmat itini tekshiruvdan oʻtkazib (sana), quyidagilarni aniqladi: _______________________________________________________________________________

(itning kamchiligi, kasalligi yoki nuqsoni koʻrsatib oʻtiladi)

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

Komissiya xulosasi

“______________” laqabli iti yoki kuchuk bolasi Naslchilik pitomnigida itlarni xizmatga yaroqsiz deb topish uchun asos boʻluvchi jismoniy kamchiliklar, kasalliklar va nuqsonlar roʻyxatining __________-bandiga muvofiq: _________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

belgilangan tartibda sotuvga qoʻyilsin.

Komissiya raisi:

Komissiya aʼzolari:

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2023-y., 10/23/3480/0922-son; 20.01.2025-y., 10/25/3480-1/0049-son)