O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining
buyrug‘i
Statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 10-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3475]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining 2024-yil 15-oktabrdagi 10-mb-sonli “Statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3575, 18.11.2024-y.) asosan 2025-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
1. Statistika hisoboti shakllari 1 — 72-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022-yil 16-noyabrdagi 23-mb-son “Statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 3401, 2022-yil 12-dekabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi 13.12.2022-y., 10/22/3401/1088-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Direktor B. BEGALOV
Toshkent sh.,
2023-yil 9-oktabr,
39-mb-son
Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish to‘g‘risida ___ yil uchun hisobot (1-ilova)
Jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibda qurilgan turar joylarni va noturar binolarni foydalanishga topshirish to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (2-ilova)
Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish to‘g‘risida hisobot (3-ilova)
O‘zbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar va O‘zbekiston Respublikasidan chet elga yo‘naltirilgan investitsiyalar to‘g‘risida hisobot (4-ilova)
Jismoniy shaxslar tomonidan obyektlar qurilishi to‘g‘risidagi hisobot (5-ilova)
Dehqon bozorlari, savdo majmualari va ixtisoslashgan bozorlardagi savdo joylari to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (6-ilova)
Mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirini amalga oshirish to‘g‘risida hisobot (7-ilova)
____ yil paxta xom ashyosi hosilini qayta ishlash natijalari to‘g‘risida hisobot (8-ilova)
Suv quvuri inshootlari ishi to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (9-ilova)
Kanalizatsiya ishi to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (10-ilova)
Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (11-ilova)
Qora va rangli metall mahsulotlari resurs bazalarining hosil bo‘lishi, ishlab chiqarilishi va sotilishi to‘g‘risida hisobot (12-ilova)
Yoqilg‘i yetkazish va uning kelib tushish manbalari to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (13-ilova)
Yoqilg‘i va energiya kelib tushishi, sarfi va qoldiqlari to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (14-ilova)
Neft va gaz kondensatini ishlab chiqarish hamda taqsimoti to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (15-ilova)
Elektr energiya manbalari va taqsimoti to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (16-ilova)
Elektr energiya manbalari va taqsimoti to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (17-ilova)
Paxta xom ashyosini tayyorlash to‘g‘risida hisobot (18-ilova)
Don ekinlarini tayyorlash to‘g‘risida hisobot (19-ilova)
Pilla xaridi to‘g‘risidagi hisobot (20-ilova)
Qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (21-ilova)
Qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida hisobot (22-ilova)
Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (23-ilova)
Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot (24-ilova)
Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risida hisobot (25-ilova)
Atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (26-ilova)
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘yicha ____ yil uchun hisobot (27-ilova)
Yerlarni yaroqli holga keltirish to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (28-ilova)
O‘rmon parvarishi ishlarini o‘tkazish to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (29-ilova)
Ovchilik xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (30-ilova)
Ochiq elektron tanlov asosida ijaraga berilgan yer uchastkalarida tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida hisobot (31-ilova)
Tumanlar va shaharlarning ma’muriy-hududiy o‘zgarishlari to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (32-ilova)
____ yil uchun mehnat hisoboti (33-ilova)
Mehnat hisoboti (34-ilova)
Kasb va lavozimlar bo‘yicha xodimlarning ish haqi to‘g‘risida____ yil aprel oyi uchun hisobot (35-ilova)
Oilalar to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (36-ilova)
Tabiiy, suyultirilgan gazdan foydalanish bo‘yicha ____ yil uchun hisobot (37-ilova)
Shahar aholi punktlarini obodonlashtirish to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (38-ilova)
Ichimlik suvi bilan ta’minlash to‘g‘risida____ yil uchun hisobot (39-ilova)
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyati to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (40-ilova)
Uy-joy olish uchun turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan va uy-joy olgan oilalar soni to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (41-ilova)
Avtomobil, elektr (tramvay, metropoliten, trolleybus) transporti va xo‘jalik avtomobil yo‘llari uzunligi to‘g‘risida ___ yil uchun hisobot (42-ilova)
Avtomobil, elektr (tramvay, metropoliten, trolleybus) transporti ishi to‘g‘risida hisobot (43-ilova)
Umumiy foydalanilmaydigan temir yo‘l transporti to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (44-ilova)
Umumiy foydalanishdagi havo transporti xizmatlari to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (45-ilova)
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to‘g‘risida hisobot (46-ilova)
Axborotlashtirish vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (47-ilova)
Aloqa vositalari va xizmatlari to‘g‘risida hisobot (48-ilova)
Logistika, transport-ekspeditorlik faoliyati to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (49-ilova)
____/____ o‘quv yili boshiga umumta’lim muassasasining hisoboti (50-ilova)
____/____ o‘quv yili boshiga boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalari va akademik litseylar hisoboti (51-ilova)
____/____ o‘quv yili boshiga oliy ta’lim tashkilotining hisoboti (52-ilova)
____ yil 1-yanvar holatiga maktabdan tashqari ta’lim tashkilotining hisoboti (53-ilova)
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va yetim bolalar uchun ta’lim muassasasining ____ yil uchun hisoboti (54-ilova)
Muzey faoliyati to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (55-ilova)
Teatr faoliyati to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (56-ilova)
Konsert tashkilotlari va sirk jamoalari faoliyati to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (57-ilova)
Hayvonot bog‘i, botanika bog‘i, madaniyat va istirohat bog‘i faoliyati to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (58-ilova)
Tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish va joylashtirish to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (59-ilova)
Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni bajarilishi hamda oliy toifali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash to‘g‘risida ____- yil uchun hisobot (60-ilova)
Innovatsiya faoliyati to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (61-ilova)
____ yil 1-yanvar holatiga pensionerlar soni va ularga tayinlangan pensiyalar to‘g‘risida hisobot (62-ilova)
Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish bo‘yicha ____ yil uchun hisobot (63-ilova)
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va nogironlik sabablari to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (64-ilova)
Aholiga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi muassasalar faoliyati to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (65-ilova)
Nodavlat notijorat tashkilotning faoliyati to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (66-ilova)
Notijorat tashkilotning faoliyati to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (67-ilova)
Tashkilotning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida hisobot (68-ilova)
Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati hamda boshqa nomoliyaviy aktivlar to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (69-ilova)
Tashkilot xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (70-ilova)
Mikrofirma va kichik korxonaning ____ yil uchun hisoboti (71-ilova)
Obyektlar, quvvatlarni ishga tushirish va ularning qurilishiga yo‘naltirilgan investitsiyalardan foydalanish to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (71/1-ilova)
____ yil uchun eksport-import to‘g‘risida hisobot (71/2-ilova)
Oqova suvlarni markazlashtirilgan holda chiqarib yuborishni, obodonlashtirish va yoritish ishlarini amalga oshiruvchi, aholiga va maishiy-kommunal ehtiyojlarga suv, issiqlik energiyasi hamda issiq suv yetkazib beruvchi mikrofirma va kichik korxonalarning ____ yil uchun hisoboti (71/3-ilova)
Mikrofirma va kichik korxonaning qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida ____ yil uchun hisoboti (71/4-ilova)
Atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risida mikrofirma va kichik korxonaning ____ yil uchun hisoboti (71/5-ilova)
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (71/6-ilova)
Logistika, transport-ekspeditorlik faoliyati to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (71/7-ilova)
Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi mikrofirma va kichik korxona faoliyati to‘g‘risida ____ yil uchun hisobot (71/8-ilova)
Tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish va joylashtirish to‘g‘risida mikrofirma va kichik korxonaning ____ yil uchun hisoboti (71/9-ilova)
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyati to‘g‘risida ____ yil uchun hisoboti (71/10-ilova)
Tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot (72-ilova)
Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi to‘g‘risida hisobot (72/1-ilova)
Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risidagi hisoboti (72/2-ilova)
Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida hisobot (72/3-ilova)
Maxsus iqtisodiy zona, kichik sanoat zona, texnopark ishtirokchisi bo‘lgan tashkilotlar va klasterlar faoliyati to‘g‘risida hisobot (72/4-ilova)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.11.2023-y., 10/23/3475/0851-son)