03.11.2023 yildagi 584-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zargarlik sanoatiga malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish va ularning mehnati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 4-sentabrdagi PQ-292-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 4-sentabrdagi PQ-292-son qarorida zargarlik sanoati uchun mutaxassis sifatida jalb qilingan chet el fuqarolariga mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani berishda undiriladigan yig‘im miqdorini kamaytirish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga ilovaga muvofiq zargarlik sanoatiga oid kasblar va lavozimlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilingan chet el fuqarolariga tasdiqnoma berishda undiriladigan yig‘im miqdorini kamaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Qudratov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 3-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
584-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-noyabrdagi 584-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-ilovaning 7-pozitsiyasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“zargarlik sanoatiga oid kasblar va lavozimlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilingan chet el fuqarolari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2023-y., 09/23/584/0831-son)