1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.14.00.00 Soliq to‘lovchilarning hisobi. Soliq hisoboti;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq organlari tomonidan ayrim soliq hisobotlarini shakllantirish tartibi joriy etilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada soliq siyosatini takomillashtirish, soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini yanada oshirish, shuningdek, soliq yukini izchil kamaytirish va soliq hisobotlarini tubdan qisqartirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan soliq islohotlari doirasida Xorazm viloyatida tajriba tariqasida ayrim soliq turlari bo‘yicha soliq hisobotlarini soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda hisoblab chiqarish va shakllantirish imkoniyati yaratildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, soliq to‘lovchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 81-moddasiga muvofiq soliq to‘lovchining soliq hisoboti uning tanloviga ko‘ra soliq organlari tomonidan tuzilishi mumkinligi belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 7-sentabrdagi PF-6307-son Farmoniga muvofiq Xorazm viloyatida soliq to‘lovchilarning qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq hisobotlari soliq organlari tomonidan hisoblab chiqarilishi va shakllantirilishi bo‘yicha tajriba o‘tkazilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qarorida Xorazm viloyatida o‘tkazilgan tajribadan kelib chiqib, ayrim soliq hisobotlarini soliq organlari tomonidan hisoblab chiqarish va shakllantirish imkoniyatini kengaytirish choralarini belgilash nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-yanvardan boshlab soliq to‘lovchilarning tanloviga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha soliq hisobotlarini soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantirish tartibini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarga tuzatish kiritish muddatini keyingi soliq hisobotlarini topshirish davriga qadar uzaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nomlariga tuzatishlar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 18-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
548-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-oktabrdagi 548-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 20-noyabrdagi 736-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi xatboshidagi “3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin” so‘zlari “3-ilovaga muvofiq” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Soliq to‘lovchining tanloviga ko‘ra soliq organlari tomonidan soliq hisobotini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 31-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3, 5, 64, 67, 68, 70, 75, 76 va 82-bandlardagi “davlat soliq” va “Davlat soliq” so‘zlari tegishlicha “soliq” va “Soliq” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-banddagi “Davlat soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat soliq qo‘mitasi)” so‘zlari “Soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Soliq qo‘mitasi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovaning 2 — 5 va 7 — 11-bosqichlari “Tadbirlar” va “Subyektlar” ustunlaridagi “YSTBHDSI”, “davlat soliq” va “Davlat soliq” so‘zlari tegishlicha “YSTBHSI”, “soliq” va “Soliq” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2, 3 va 4-ilovalarning matnidagi “davlat soliq inspeksiyasi” so‘zlari “soliq inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-ilovadagi “DSI” qisqartmasi “soliq inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) quyidagi mazmundagi 31-ilova bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi 736-son qaroriga 31-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq to‘lovchining tanloviga ko‘ra soliq organlari tomonidan soliq hisobotini shakllantirish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom soliq to‘lovchilarning tanloviga ko‘ra soliq organi tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq (qat’iy belgilangan summadagi soliqni to‘lashga o‘tgan soliq to‘lovchilar bundan mustasno) hamda yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlarining soliq hisobotini (keyingi o‘rinlarda — soliq hisoboti) shakllantirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom talablari soliq to‘lovchining tashabbusi bilan yoki soliq tekshiruvlari natijasida qayta aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini shakllantirish va taqdim etish holatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq to‘lovchining tashabbusi bilan yoki soliq tekshiruvlari natijasida qayta aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini shakllantirish va taqdim etish tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki manbalar — soliq to‘lovchilar taqdim etgan soliq va moliyaviy hisobotlar, o‘tkazilgan xronometraj, soliq monitoringi, ko‘zdan kechirish va soliq tekshiruvi natijalariga oid soliq organlarining axborot tizimlarida, shuningdek, elektron hisobvaraq-faktura, onlayn nazorat-kassa texnikasi, elektron to‘lov cheklari, soliq organlarining “E-imtiyoz” dasturi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi manbalar — O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (keyingi o‘rinlarda — Soliq kodeksi) va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliq organlariga ma’lumotlar taqdim etish majburiyati yuklangan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ma’lumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq to‘lovchining tanlovi — tegishli soliq hisobotlarini o‘z xohishi yoki soliq organlari tomonidan shakllantirishga (tuzishga) nisbatan bo‘lgan huquq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisoboti — ichki va tashqi manbalar asosida soliq organlari tomonidan avtomatik ravishda shakllantirilgan, joriy soliq davri uchun soliq to‘lovchilar va soliq agentlarining soliq majburiyatlarini aniqlashga asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Soliq organlari tomonidan soliq hisobotini shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Soliq hisobotlarining ko‘rsatkichlari ichki va tashqi manbalar ma’lumotlari asosida soliq turlari kesimida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemada nazarda tutilgan muddatlarga qadar hisobotni topshirgan soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetiga qayta shakllantirilgan hisobot yuborilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan manbalardan tashqari soliq hisobotlarini shakllantirish uchun zarur ko‘rsatkichlar soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetlaridagi interaktiv xizmatlar orqali shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Soliq hisobotlarida keltirilgan satr ma’lumotlari hamda ichki va tashqi manbalar ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda shakllangan ko‘rsatkich raqamlari formula orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida tanlagan soliq turidan kelib chiqqan holda, qo‘shilgan qiymat solig‘i yoki aylanmadan olinadigan soliq hisoboti soliq organlari tomonidan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Soliq kodeksining 268-moddasiga asosan hisobga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi soliq to‘lovchining tanloviga ko‘ra alohida-alohida usulda va (yoki) mutanosib usulda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda soliq hisoboti mutanosib usul bo‘yicha soliq organi tomonidan avtomatik ravishda shakllantiriladi hamda alohida-alohida usulni tanlash va ko‘rsatkichlarni kiritish imkoniyati yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq davrida soliq bazasida (hisoblab chiqarilgan soliq summasi) o‘zgarish bo‘lganda yoki soliq bo‘yicha majburiyatlar yuzaga kelganda, shuningdek, yangi mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda, yuridik shaxslar Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq hisobotlari soliq organlari tomonidan ushbu soliq turlari bo‘yicha soliq to‘lovchilar deb e’tirof etilganlar uchun shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Soliq organi tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotini soliq to‘lovchi tomonidan tasdiqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Soliq hisobotlarini soliq organlari tomonidan shakllantirish, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuborish ushbu Nizomga ilovadagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Soliq to‘lovchi yoki uning vakolatli vakili soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotining to‘g‘riligi va to‘liqligini tasdiqlaydi yoxud e’tirozlari mavjud bo‘lsa, soliq hisobotini qayta ishlaydi va soliq organlariga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotiga o‘zgartirishlar kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Soliq organlari tomonidan ushbu Nizomning 3-bandiga asosan shakllantirilgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasining kamayishiga (o‘zgarishiga) olib kelgan holatlar yuzaga kelganda, noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar va (yoki) xatolar aniqlangan, shuningdek, soliq to‘lovchining hisob hujjatlariga ko‘ra soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarda yoki soliq bazasida farq yuzaga kelgan taqdirda, soliq to‘lovchi tomonidan ushbu soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritiladi va hisobot soliq organlariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Soliq hisobotida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgarlik soliq to‘lovchining yoki soliq agentining zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda soliq organlari soliq hisobotining shakllantirilishi hamda rasmiylashtirilishi yuzasidan soliq to‘lovchiga batafsil tushuntirish berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agar tekshiruvdan oldingi tahlil chog‘ida soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisoboti bilan soliq organidagi yangilangan ma’lumotlar o‘rtasida tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchi ushbu soliq hisobotiga zarur tuzatishlarni kiritishi va soliq organlariga aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Soliq to‘lovchilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan manbalardan tashqari soliq hisobotlarini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar raqamlarini soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetlaridagi interaktiv xizmatlar orqali hisobot oyidan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay kiritishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanishi uchun soliq imtiyozlarini soliq organlarining axborot tizimlaridan foydalangan holda, soliq imtiyozlarining har bir turiga maxsus identifikatsiya kodi asosida hisobga olishi lozim, tovar (xizmat)larga berilgan imtiyozlar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotlari to‘g‘riligi va to‘liqligi bo‘yicha tasdiqlagandan so‘ng ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelganda, zarur tuzatishlar kiritmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotini qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotlarini soliq hisobotini topshirishning Soliq kodeksida belgilangan muddatidan kechiktirilmagan holda, soliq to‘lovchilar tomonidan shaxsiy kabineti orqali tasdiqlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Soliq to‘lovchilarga soliq organlari tomonidan tuzilgan soliq hisobotlari qabul qilinganligini shaxsiy kabineti orqali aniqlash imkoniyati yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Soliq organlari soliq to‘lovchilar tomonidan soliqlarning to‘g‘ri hisoblanishi va o‘z muddatlarida to‘lanishining to‘g‘riligini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotlari ushbu Nizomning 11-bandiga asosan soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan muddatlarda tasdiqlash yoki qayta ishlangan soliq hisobotini taqdim etish ta’minlanmagan hollarda, soliq to‘lovchini qonunchilik hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq to‘lovchining tanloviga ko‘ra soliq organlari tomonidan soliq hisobotini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq organi tomonidan soliq hisobotini shakllantirish hamda soliq to‘lovchilar tomonidan soliq hisobotini tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Soliq organlari
Quyidagi soliq turlari bo‘yicha ichki va tashqi manbalar asosida kelib tushgan ma’lumotlarni umumlashtiradi:
Hisobot davridan keyingi oyning 11-sanasiga qadar
qo‘shilgan qiymat solig‘i;
aylanmadan olinadigan soliq;
mol-mulk va yer solig‘i;
Joriy soliq davrining 15-yanvariga qadar
qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yer solig‘i bo‘yicha.
Joriy soliq davrining 10-apreliga qadar
2-bosqich
Soliq organlari
Soliq hisobotlarini shakllantiradi.
Ma’lumotlar umumlashtirilgandan so‘ng 1 kun ichida
3-bosqich
Soliq organlari
Shakllantirilgan soliq hisobotini soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Soliq hisobotlari shakllantirilgandan so‘ng 1 kun ichida
4-bosqich
Soliq to‘lovchi
Soliq organi tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotini tasdiqlaydi.
Shaxsiy kabinetiga soliq hisoboti kelib tushgandan so‘ng
E’tirozlar mavjud bo‘lganda, soliq hisobotini qayta ishlaydi va soliq organlariga taqdim etadi.
shu soliq turi bo‘yicha hisobot topshirish muddatida
”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 23-noyabrdagi 943-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“381. Ilgari amalga oshirilgan hisob-kitoblarga o‘zgartirishlar kiritish zarur bo‘lgan hollarda, foydalanuvchi tomonidan tuzatuvchi kassa cheki shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuzatuvchi kassa cheki foydalanuvchi tomonidan ilgari onlayn-NKMdan foydalanmasdan hisob-kitob qilgan hollarda, onlayn-NKMdan foydalanish majburiyatining bajarilishini ta’minlash maqsadida yoki onlayn-NKMdan ushbu Nizom talablari buzilgan holda foydalanilganda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassa chekiga mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi identifikatsiyalash kodlari, mahsulotning (tovar, xizmat) o‘lchov birligi, soni va summasi bo‘yicha tafovut aniqlangan oydagi qo‘shilgan qiymat solig‘i yoki aylanmadan olinadigan soliqlar bo‘yicha soliq to‘lovchilar uchun tegishincha soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlarigacha tuzatish kiritilishi mumkin, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 257-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1a-ilovaga ilovadagi “Davlat soliq qo‘mitasi” so‘zlari “Soliq qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2-ilova 6-bandining yigirma to‘rtinchi xatboshisidagi “Davlat soliq qo‘mitasi” so‘zlari “Soliq qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish