16.10.2023 yildagi 541-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilgʻi-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli energonazorat” tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2023-yil 24-maydagi PF-77-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona foydalanishda jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilgʻi-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli energonazorat” tizimini joriy etish toʻgrisida” 2023-yil 24-maydagi PF-77-son Farmoniga muvofiq elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni pul mukofoti bilan ragʻbatlantirish tartibini ishlab chiqish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Energetika vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasida yoqilgʻi-energiya resurslarini talon-toroj qilishning oldini olish hamda ulardan oqilona foydalanish sohasida jamoatchilik nazoratini oʻrnatishga qaratilgan “Uzenergo” mobil ilovasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni takdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlarni taqdim etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jismoniy shaxslarning videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalari (keyingi oʻrinlarda — videotexnika vositalari) orqali qayd etilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar (keyingi oʻrinlarda — huquqbuzarliklar) Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) jismoniy shaxslarning videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari boʻyicha huquqbuzarlardan undirilgan jarimalar toʻliq miqdorda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzenergoinspeksiya”) yoʻnaltiriladi.
(4-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzenergoinspeksiya va Raqamli texnologiyalar vazirligi “Uzenergo” mobil ilovasining samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha masʼul organlar hisoblanadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzenergo” mobil ilovasi quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoqilgʻi-energiya resurslaridan toʻgʻri foydalanish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha samarali jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar tomonidan aniqlangan huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni “Oʻzenergoinspeksiya”ga manzil (geografik joylashuvi) belgilari boʻyicha yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarlik holatlari haqida xabar bergan jismoniy shaxslarni pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarliklar, normativ-huquqiy hujjatlar va statistik maʼlumotlar bazasi bilan tanishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sodir etilgan huquqbuzarliklar yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarlik hujjatlarini (bayonnoma va qarorlarni) elektron shaklda tuzish orqali ushbu huquqbuzarliklar haqidagi maʼlumotlarni Ichki ishlar vazirligining “E-maʼmuriy ish” tizimiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlar va tumanlar (shaharlar) boʻyicha aniqlangan sohaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joriy etish hamda yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Energetika vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-noyabrga qadar “Uzenergo” mobil ilovasini mazkur qarorning 5-bandida nazarda tutilgan vazifalarni bajarish uchun integratsiya qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar vazirligi “Oʻzbekneftgaz” AJ, “UzGasTrade” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ bilan birgalikda 2023-yil 1-dekabrga qadar huquqbuzarlik holatlari, shu jumladan, tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini muntazam ravishda qasddan buzgan isteʼmolchilarning yagona elektron reyestrini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur reyestr Energetika vazirligi tomonidan yuritilishini hamda unga kiritilgan maʼlumotlardan manfaatdor vazirliklar va idoralar xavflarni baholash mezoni sifatida foydalanishini nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzenergoinspeksiya”ning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar hamda donor mamlakatlar kreditlari va grantlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzenergoinspeksiya”ga undirilgan jarimalar hisobidan fuqarolarga ragʻbatlantirish toʻlovlarini avtomat amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan toʻlov tashkilotlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Energetika vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzenergoinspeksiya”ning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 2023-yil 1-dekabrga qadar “Oʻzenergoinspeksiya”ning masʼul xodimlarini texnik vositalar, zarur uskunalar (planshet va boshqalar) bilan taʼminlasin hamda “Uzenergo” mobil ilovasining toʻliq ishlashi uchun server uskunalarini xarid qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda “Uzenergo” mobil ilovasida huquqbuzarliklar aks etgan fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni tahlil qilish, huquqbuzarlik sodir etilgan joyni aniqlash va huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarning harakatiga tegishli baho berish bilan shugʻullanuvchi masʼul xodimlarni amaldagi shtat birliklari doirasida belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 16-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
541-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-oktabrdagi 541-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom jismoniy shaxslarning videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalari orqali qayd etilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogliq huquqbuzarliklar aks ettirilgan fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ragʻbatlantirish qonuniylik, adolatlilik, xolislik, oshkoralik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash va xohish-istaklarini hisobga olish prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
videotexnika vositalari — jismoniy shaxslarning videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarlik videotexnika vositalari orqali qayd etilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogliq huquqbuzarliklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foto va video materiallar — huquqbuzarlik aks ettirilgan fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimi — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining internet axborot tizimidagi “Uzenergo” mobil ilovasi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzenergoinspeksiya” — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik toʻgrisidagi foto va video materiallarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish ushbu Nizomda belgilangan tartib va ilovada keltirilgan sxemaga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Huquqbuzarliklarni videotexnika vositalari orqali qayd etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jismoniy shaxslar huquqbuzarlikni videotexnika vositalari orqali qayd etishi hamda foto va video materiallarni axborot tizimiga koʻrib chiqish uchun yuborishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi foto va video materiallarda quyidagilar aniq aks ettirilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq sodir etilgan huquqbuzarlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarlik sodir etgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (agar mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarlik sodir etilgan manzil, geografik joylashuvi, sanasi va vaqti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Huquqbuzarlik holati aks ettirilgan foto va video materiallarni axborot tizimiga yuborishda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy (vaqtincha) yashash manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyali telefon raqami, bank plastik kartasi raqami va elektron pochta manzili.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Huquqbuzarliklar aks ettirilgan foto va video materiallarga har qanday tarzda oʻzgartirishlar kiritish taqiqlanadi. Oʻzgartirish kiritilgan foto va video materiallar koʻrib chiqilmaydi, hajmini qisqartirish maqsadida videoyozuvning bevosita huquqbuzarlik aks ettirilgan qismini kesib olish bundan mustasno (qoida tariqasida, videoyozuvning davomiyligi 120 sekunddan oshmasligi lozim).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklarni koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi foto va video materiallar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali huquqbuzarliklar qayd etilgan fotosurat va videoyozuvlarga tenglashtiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Axborot tizimiga yuborilgan huquqbuzarlik qayd etilgan foto va video materiallar tegishliligi boʻyicha “Oʻzenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmasi masʼul xodimi tomonidan oʻn besh ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi, xuquqbuzarlik holatlari oʻrganiladi va huquqbuzarning shaxsini aniqlash maqsadida foto va video materiallar hududiyligi boʻyicha ichki ishlar organlariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Huquqbuzarlik haqidagi foto va video materiallar Ichki ishlar vazirligi tomonidan qabul qilinadi, foto va video materiallar sifati va yuborilgan materiallar tekshiriladi, shundan soʻng huquqbuzarning shaxsi aniqlanadi va tegishliligi boʻyicha oʻn ish kuni mobaynida “Oʻzenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda foto va video materiallarni qabul qilish va huquqbuzarning shaxsi aniqlanganligi natijalarini tegishliligi boʻyicha yuborish avtomatik va elektron tarzda amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻzenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasining masʼul xodimi besh ish kuni mobaynida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy bayonnoma va jazo choralarini qoʻllash yuzasidan hujjatlarni Ichki ishlar vazirligi maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida yagona elektron ish yurituv tizimi “E-maʻmuriy ish” tizimi orqali maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼmuriy bayonnoma tuzish (rasmiylashtirish), maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish hamda tegishli vakolatli davlat organlariga yuborish uchun toʻliq kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jarima solish toʻgʻrisidagi tegishli qaror va tayinlangan jarimani toʻlash uchun toʻlov varaqasini (kvitansiyani) huquqbuzarning elektron pochta manziliga elektron shaklda, uyali telefon raqamiga “CMC” xabarnoma shaklida yoki yashash manziliga pochta orqali yuboradi. Bunda tegishli qaror va toʻlov varaqasi (kvitansiya) huquqbuzarga bevosita taqdim etilishi ham mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sodir etilgan huquqbuzarlik boʻyicha koʻrib chiqish vakolati mavjud boʻlmasa, hujjatlar bir ish kuni mobaynida qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli sudga yoki boshqa vakolatli organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agar sodir etilgan huquqbuzarlikda jinoyat alomatlari aniqlansa, foto va video materiallar bir kun ichida vakolatli huquqni muhofaza qilish organiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagi hollarda videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik toʻgrisidagi foto va video materiallar boʻyicha ish yuritish tugatiladi hamda bu haqda tegishli qaror qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foto va video materiallar mazkur Nizomning 5-bandida belgilangan talablarga javob bermaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foto va video materiallar axborot tizimiga mazkur Nizomning 6-bandida belgilangan talablarga rioya etilmagan holda yuklanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foto va video materiallarga oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa, mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari tomonidan foto va video materiallarda aks ettirilgan huquqbuzarning shaxsini aniqlash imkoni boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foto va video materiallarda qayd etilgan huquqbuzarlik boʻyicha qaror qabul qilingan yoki maʼmuriy ish (jinoyat ishi) yuritilayotgan taqdirda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi foto va video materiallarni koʻrib chiqish natijasi yuzasidan uni yuborgan shaxsga huquqbuzarlik (jinoyat) boʻyicha jarima undirilgan paytdan eʼtiboran oʻn besh kun muddatda elektron shaklda javob yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Huquqbuzarliklar qayd etilgan videoyozuvlarni yuborgan shaxslarni ragʻbatlantirish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Huquqbuzarlik aks ettirilgan foto va video materiallarni yuborgan shaxslar huquqbuzarlik holati oʻz tasdigʻini topganda bazaviy hisoblash miqdorining qirq foizi miqdorida ragʻbatlantiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Huquqbuzarlik aks ettirilgan foto va video materiallarni yuborgan shaxslar uyali telefon raqamini yoki bank plastik kartasi raqamini koʻrsatish orqali ragʻbatlantirish puli qanday usulda qabul qilib olinishini koʻrsatib oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ragʻbatlantirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarlik boʻyicha birinchi xabar bergan shaxsga nisbatan qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarlik tegishli organlar tomonidan bevosita aniqlangandan soʻng tushgan xabarlar boʻyicha amalga oshirilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarlik holati oʻz tasdigʻini topgandan vaqtdan (qaror qabul qilingandan) boshlab oʻn besh kun muddatda huquqbuzarlik yuzasidan xabar bergan jismoniy shaxsning bank hisob varagʻiga pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(17-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ragʻbatlantirish sudlar tomonidan huquqbuzarlik yuzasidan chiqarilgan qarorlar yuqori instansiya sudida qayta koʻrib chiqilishidan qatʼiy nazar, huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarga toʻlab berilishi taʼminlanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabrdagi 603-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ragʻbatlantirish huquqbuzardan jarima undirilgandan soʻng fuqaroning uyali telefon raqami hisobiga yoki bank plastik kartasiga tegishliligi boʻyicha huquqbuzarlik boʻyicha “Oʻzenergoinspeksiya” hisobvaragʻiga undirilgan jarimalar hisobidan avtomatik tarzda pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi foto va video materiallarni taqdim etgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi foto va video materiallarni taqdim etgan shaxslarga ragʻbatlantirish berilmaganligi holatlari boʻyicha yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga shikoyat qilinishi sudga shikoyat qilish huquqini istisno etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu Nizomni bajarish jarayonida kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi haqidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Videotexnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi foto va video materiallarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Jismoniy shaxslar

Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni axborot tizimiga yuboradi.

Huquqbuzarlik aniqlanganda ixtiyoriy

2-bosqich

“Oʻzenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi

1. Jismoniy shaxs tomonidan yuborilgan huquqbuzarlik haqidagi foto va video materiallarni qabul qilib oladi.

2. Huquqbuzarlik holatini oʻrganadi.

3. Huquqbuzarning shaxsini aniqlash maqsadida tegishli ichki ishlar organlariga foto va video materiallarni yuboradi.

Oʻn besh ish kunida

3-bosqich

Ichki ishlar vazirligi

1. Huquqbuzarlik haqidagi foto va video materiallarni qabul qilib oladi.

2. Foto va video materiallarning sifatini tekshiradi va huquqbuzarning shaxsini aniqlaydi.

3. Huquqbuzar shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishliligi boʻyicha “Oʻzenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasiga taqdim etadi.

Oʻn ish kunida

4-bosqich

“Oʻzenergoinspeksiya”

1. Huquqbuzarga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy bayonnoma va jazo choralarini qoʻllash yuzasidan hujjatlarni elektron shaklda rasmiylashtiradi va Ichki ishlar vazirligining yagona maʼlumotlar bazasiga kiritadi yoki tegishliligi boʻyicha koʻrib chiqish uchun taalluqli sudga yuboradi.

2. Jarima solish toʻgʻrisidagi tegishli qaror va tayinlangan jarimani toʻlash uchun toʻlov varaqasini (kvitansiyani) huquqbuzarning elektron pochta manziliga elektron shaklda, uyali telefon raqamiga “SMS” xabarnoma shaklida yoki yashash manziliga pochta orqali yuboradi.

3. Sodir etilgan huquqbuzarlik holati boʻyicha koʻrib chiqish vakolati mavjud boʻlmagan taqdirda, hujjatlarni tegishli sudga yoki boshqa vakolatli organga yuboradi.

Besh ish kunida

5-bosqich

“Oʻzenergoinspeksiya”

1. Huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslarni pul mukofoti bilan ragʻbatlantirishni huquqbuzarlik boʻyicha “Oʻzenergoinspeksiya” hisobvaragʻiga undirilgan jarimalar hisobidan avtomatik tarzda pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiradi.

2. Huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxsga murojaati natijalari yuzasidan maʼlumotlarni yuboradi.

Huquqbuzarlik boʻyicha jarima undirilgandan soʻng oʻn besh ish kunida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2023-y., 09/23/541/0778-son)