1-ILOVA
|
T/r |
Tuman (shahar) nomi |
Mahallalar soni (birlik) |
Ijtimoiy xodimlar soni (birlik) |
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
|||
|
1. |
Beruniy tumani |
40 |
28 |
|
2. |
Xoʻjayli tumani |
28 |
18 |
|
Andijon viloyati |
|
| |
|
3. |
Andijon shahri |
83 |
52 |
|
4. |
Xoʻjaobod tumani |
39 |
16 |
|
Buxoro viloyati |
|||
|
5. |
Qorakoʻl tumani |
50 |
26 |
|
6. |
Peshku tumani |
37 |
20 |
|
Jizzax viloyati |
|
| |
|
7. |
Baxmal tumani |
33 |
22 |
|
8. |
Gʻallaorol tumani |
35 |
26 |
|
Qashqadaryo viloyati |
|||
|
9. |
Qarshi tumani |
58 |
40 |
|
10. |
Dehqonobod tumani |
54 |
22 |
|
Navoiy viloyati |
|
| |
|
11. |
Konimex tumani |
15 |
6 |
|
12. |
Navoiy shahri |
36 |
22 |
|
Namangan viloyati |
|||
|
13. |
Kosonsoy tumani |
59 |
24 |
|
14. |
Chust tumani |
72 |
36 |
|
Samarqand viloyati |
|
| |
|
15. |
Paxtachi tumani |
59 |
26 |
|
16. |
Kattaqoʻrgʻon shahri |
36 |
10 |
|
Surxondaryo viloyati |
|||
|
17. |
Termiz shahri |
37 |
20 |
|
18. |
Uzun tumani |
51 |
26 |
|
Sirdaryo viloyati |
|
| |
|
19. |
Xovos tumani |
28 |
14 |
|
20. |
Guliston shahri |
24 |
12 |
|
Toshkent viloyati |
|
| |
|
21. |
Yangiyoʻl tumani |
64 |
28 |
|
22. |
Toshkent tumani |
70 |
26 |
|
Fargʻona viloyati |
|
| |
|
23. |
Fargʻona shahri |
73 |
46 |
|
24. |
Dangʻara tumani |
46 |
22 |
|
Xorazm viloyati |
|||
|
25. |
Urganch tumani |
60 |
28 |
|
26. |
Yangibozor tumani |
30 |
14 |
|
Toshkent shahri |
|||
|
27. |
Olmazor tumani |
64 |
44 |
|
28. |
Mirzo Ulugʻbek tumani |
70 |
46 |
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Masʼul vazirlik va idoralar |
1. Ijtimoiy xodim faoliyatini yoʻlga qoʻyish | |||||
1. | Ijtimoiy xodimlarni lavozimlarga tanlab olish ishlarini tashkil qilish. | Ijtimoiy xodimlarni lavozimga tayinlashda quyidagi choralarni koʻrish: ijtimoiy xodimlar lavozimiga nomzodlar roʻyxatini shakllantirish; boʻsh turgan lavozimlar roʻyxatini ochiq manbalarda eʼlon qilish; obyektiv baholash asosida eng munosib va qobiliyatli shaxslarni ijtimoiy xodim lavozimiga ishga qabul qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil oktabr | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi |
2. | Ijtimoiy xodimning xizmat faoliyatiga doir hujjatlarni ishlab chiqish. | Ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha ishlarni tashkil etish va yuritish standartlarini (keys-menejment) tasdiqlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil oktabr | Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
3. | Eksperiment tariqasida ijtimoiy xizmatlar va yordamlar dastlab yoʻlga qoʻyiladigan tumanlarda (shaharlarda) ijtimoiy xizmat tizimini yoʻlga qoʻyish. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi “yoʻl xarita”sini ishlab chiqish hamda tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlash: har bir mahallaning mahalla fuqarolar yigʻinlari binosida ijtimoiy xodimlar uchun alohida xona ajratish va uni zarur jihozlar bilan taʼminlash; ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatish sohasidagi masʼul organlar oʻrtasida vazifalar taqsimotini belgilash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil oktabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
4. | Ijtimoiy xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash. | Joylarda, shu jumladan mahalla fuqarolar yigʻinlarida ijtimoiy xodimlar uchun alohida xona ajratilishini hamda ularga ishlash uchun zarur sharoitlar yaratish choralarini koʻrish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil yanvar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
II. Ijtimoiy xizmatlar sohasini takomillashtirish | |||||
5. | “Eng faol ijtimoiy xodim” koʻrik tanlovini oʻtkazish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi: “Eng faol ijtimoiy xodim” koʻrik tanlovini oʻtkazish tartibi va muddatlarini belgilash; koʻrik tanlov haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon berish va tanlovni keng jamoatchilikka targʻib etish; koʻrik tanlovda baholash mezonlari va shartlarini ishlab chiqish; koʻrik tanlov gʻoliblarini ragʻbatlantirish tizimi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil dekabr | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
6. | Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritish tizimini takomillashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi: “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ijtimoiy xodimlar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritish tartib-taomillari; ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritish boʻyicha arizalarini qabul qilish hamda ularni tegishliligi yuzasidan koʻrib chiqish uchun sektor rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi va Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimlariga yuborish imkonini yaratish mexanizmi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
7. | Tutingan ota-onalarni tayyorlash tizimini takomillashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida tutingan ota-onalarning tayyorlov kurslarini tashkil etish; tayyorlov kurslari oila va bolalarga xizmatlar koʻrsatuvchi boshqa davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan ham tashkil etilishini ragʻbatlantirish; ijtimoiy xodimlar, shu jumladan Agentlik tomonidan vazirlik va idoralarning muvofiqlashtiriladigan va monitoring qilinadigan faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha xodimlarning shartnoma asosida malakasini oshirish mexanizmlari. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil mart | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Milliy gvardiya, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
III. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami bilan ishlash | |||||
8. | Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar doirasini kengaytirish. | Quyidagi kompleks choralarni amalga oshirish nazarda tutiladi: ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari faoliyatini qayta koʻrib chiqish orqali boshpanalar (shelterlar) tashkil qilish; | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil noyabr | Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlariga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan joylashtirish tartibini ishlab chiqish. | Qoʻshma qaror | Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi | |||
10. | Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning taʼlim olishlarini tashkil etish tizimini takomillashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi: yagona psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarni; alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda qisqa muddatli taʼlim va tarbiya berishga moʻljallangan guruhlarni; nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash hududiy markazlarida bolalar reabilitatsiyasi boʻlimlarini tashkil etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil noyabr | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
11. | Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi: ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibini tubdan takomillashtirish; zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etish; protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalarini yetkazib beruvchi subyektlarni ragʻbatlantirish tizimi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2023-yil noyabr | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
12. | Davlat organlari va tashkilotlarining ijtimoiy himoya sohasidagi masʼuliyatini oshirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasida ijtimoiy himoya tizimi xodimlari faoliyatiga toʻsqinlik qilish, qonuniy talablarini bajarmaslik va boshqa qonun buzilishlar yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash boʻyicha Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil fevral | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oliy sud, Bosh prokuratura |
13. | Ayrim toifadagi shaxslar manfaatini himoya qilishda davlat bojidan ozod etish tizimini yoʻlga qoʻyish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi: vasiylik va homiylik organlari tomonidan ota-onalarning muomala layoqatini cheklangan deb topish, ularni ota-onalik huquqidan mahrum etish, bolalarni ota-onalaridan ularni ota-onalik huquqidan mahrum etmasdan olib qoʻyish, shuningdek, agar bolalarning ota-onalari ota-onalik huquqidan mahrum qilingan boʻlsa va bolalari bilan birgalikda yashashlari mumkin emas deb topilsa, ularni boshqa turar joy bermasdan koʻchirib yuborish toʻgʻrisidagi daʼvo arizalari kiritishi munosabati bilan davlat bojidan ozod qilish; “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Agentlik huzuridagi uy-joy fondiga ega boʻlgan muassasalarga olti oy muddatgacha vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilganligi boʻyicha davlat bojidan ozod qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil fevral | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi, Bola huquqlari boʻyicha vakil, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
14. | Nogironligi boʻlgan shaxslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi: nogironligi boʻlgan shaxslarning funksionalligini baholash tizimini takomillashtirish; shaxsning funksionalligini baholash natijalaridan kelib chiqib nogironlik belgilash tizimiga bosqichma-bosqich oʻtishni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil iyul | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
15. | Davlat va xususiy telekanallarda aholining koʻmakka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini taʼminlashga qaratilgan axborot materiallari eʼlon qilib borilishini yoʻlga qoʻyish, bunda nogironligi boʻlgan shaxslarning mazkur axborotlar foydalanishi uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish. | Davlat va xususiy telekanallarining chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, shuningdek, yangilik va koʻngilochar koʻrsatuvlarning surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etilishini doimiy tarzda taʼminlash choralarini koʻrish. Davlat va xususiy telekanallarda ogʻir hayotiy ahvolga tushib qolgan oilalarga motivatsiya boʻladigan, ular duch kelayotgan muammolarni yoritish, jamiyatda mavjud stereotiplarni oʻzgartirish, zoʻravonlikka qarshi kurashish, nogironligi bor shaxslarning ijtimoiylashuviga qaratilgan turkum seriallar, telenovellalar, maxsus tele koʻrsatuvlar va radio eshittirishlar tayyorlash va efirga uzatish. | Amaliy chora-tadbirlar dasturi | Doimiy | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi |
16. | Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni manzilli qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bilan ularga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida ijtimoiy xizmat koʻrsatish shartnomasini tuzish mezonlarini hamda ijtimoiy shartnomaga yakka tartibda ishlab chiqilgan ijtimoiy moslashuv dasturini amalga oshirish nazarda tutiladi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil fevral | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
17. | Ota-onasi xorijiy mamlakatlarga ishlashga (mehnat migrantlari) ketgan shaxslarning bolalarini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish. | Ota-onasi xorijiy davlatlarga ketgan, shu jumladan tashqi mehnat migratsiyasiga ketgan bolalarning ijtimoiy himoyasini hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish boʻyicha takliflar tayyorlash. | Tahliliy maʼlumot | 2024-yil mart | Milliy gvardiya, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Bola huquqlari boʻyicha vakil, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
18. | Farzandlikka olish tizimini takomillashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi: farzandlikka oluvchilar uchun qoʻyiladigan talablarni ularning yoshi yoki oilaviy ahvolidan kelib chiqib kengaytirish; farzandlikka olish tizimini soddalashtirish; bolani farzandlikka olgan shaxslar uchun sinov muddatini belgilash yoki maʼlum muddatga patronatga berish tartibini joriy etish; farzandlikka olish va undan keyingi davrlarda aniqlangan huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil may | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |