29.09.2023 yildagi 515-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.10.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“Yashil energiya” sertifikatlari joriy etilishini kengaytirish va “yashil moliyalashtirish” mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 8-maydagi PF-67-son Farmoni hamda “Yashil energiya” sertifikatlari tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 12-maydagi PQ-156-son qaroriga muvofiq, shuningdek, “yashil moliyalashtirish” mexanizmlarini takomillashtirish va “yashil energiya” sertifikatlari joriy etilishini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 8-maydagi PF-67-son Farmonining 13-bandiga muvofiq “yashil moliyalashtirish” mexanizmlarini tatbiq etish, shu jumladan, “yashil sertifikat”, “yashil kreditlar” va xalqaro tajribada keng foydalaniladigan boshqa institutlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashil energiya” sertifikatlari tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 12-maydagi PQ-156-son qarorining 7-bandiga muvofiq “yashil energiya” sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibini ishlab chiqish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilar (generatsiya obyektlari) va ularning xaridorlarini (ishtirokchilarni) roʻyxatdan oʻtkazish shartlari, “yashil energiya” sertifikatlarini muomalaga chiqarish, ularning savdosini onlayn platforma orqali amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi “Yashil energiya” sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yashil energiya” sertifikatlari birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda birja savdolari qoidalariga muvofiq tovar-xomashyo birjasi orqali “yashil energiya” sertifikatlarini sotishga moʻljallangan “yashil energetika seksiyasi”da sotiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yashil energiya” sertifikatlarini muomalaga chiqarish hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tushadigan mablagʻlar vazirlik huzuridagi “Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi” loyiha ofisining alohida maxsus hisobvaraqlarida jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning mohiyati va ahamiyatini ishtirokchilar oʻrtasida keng tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 29-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
515-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-sentabrdagi 515-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashil energiya” sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “yashil energiya” sertifikatlarini hisobga olish, muomalaga kiritish va savdosini tashkil etish hamda monitoringini yuritish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza — muayyan davrda elektr energiyasi ishlab chiqarilganligi va elektr tarmogʻiga uzatilganligini tasdiqlovchi “yashil energiya” sertifikatlarini berish uchun emitentga generatsiya obyektini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
generatsiya obyekti — qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchi — platforma reyestrida savdo hisob qaydnomalariga ega boʻlgan, sertifikatlar bilan savdo qiladigan va ulardan foydalanadigan emitent boʻlmagan mahalliy yoki xorijiy yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaz — “yashil” iqtisodiyotni ilgari surish va “yashil” rivojlanish tamoyillarini joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlarida issiqxona gazlari tashlanmalarini qisqartirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish maqsadida xalqaro donor tashkilotlarning texnik koʻmagini jalb qilgan holda tegishli shartnomalarni imzolashi vakolatiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi taʼsischiligida davlat muassasasi shaklida tashkil etiladigan “Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi” loyiha ofisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator — emitentni qoʻllab-quvvatlovchi va platforma faoliyatini taʼminlovchi xalqaro tashkilot (Evident/ I-REC Services BV);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
registrant (generator) — generatsiya obyektlariga egalik qiluvchi subyekt;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlar reyestri — “yashil energiya” sertifikatlarining toʻliq hayotiy davri va ulardan foydalanish yozuvlarini saqlovchi platformadagi maʼlumotlar bazasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlarni chiqarish — platformada hisob qaydnomasida bir yoki bir nechta “yashil energiya” sertifikatlari qayd etilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi energiya manbalari — quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob qaydnomasi (akkaunt) — “yashil energiya” sertifikatlarini roʻyxatga olishda ishtirokchi roʻyxatga olinganda unga platformada ochiladigan maxsus akkaunt;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent — “yashil energiya” sertifikatlari tizimini yuritish, shu jumladan, “yashil energiya” sertifikatlarini chiqarish, ularning savdosini tashkil etish va monitoringini yuritish boʻyicha masʼul organ — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasining qoldiq hajmi — talab qilinmagan yoki muayyan sanaga qadar saqlangan va hisob-kitob qilingan milliy energiya balansi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yashil energiya” sertifikati (keyingi oʻrinlarda — sertifikat) — platforma reyestriga kiritilgan generatsiya obyekti tomonidan tegishli hajmda ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tarmogʻiga uzatilgan elektr energiyasini tasdiqlovchi yozuv;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yashil energiya” sertifikatlari yagona elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — platforma) — Xalqaro qayta tiklanuvchi energiya manbalarini sertifikatlash tashkiloti (I-REC) standartlari asosida ishlab chiqilgan “yashil energiya” sertifikatlarini hisobga olish, savdosini tashkil qilish va monitoringini yuritish, shuningdek, “yashil energiya” sertifikatlari tizimining barcha ishtirokchilari uchun xizmatlar koʻrsatish imkoniyatiga ega elektron tizim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I-REC — Xalqaro qayta tiklanuvchi energiya manbalarini sertifikatlash tashkiloti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sertifikatlarni hisobga olish, savdosini tashkil qilish hamda monitoringini yuritish ishlari emitent nomidan markaz tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz “yashil” iqtisodiyotni ilgari surish va “yashil” rivojlanish tamoyillarini joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlarida issiqxona gazlari tashlanmalarini qisqartirish boʻyicha loyihalarni koʻrib chiqish va amalga oshirish hamda “yashil energiya” sertifikatlari muomalasini taʼminlash choralarini koʻradi hamda muvofiqlashtirib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Yashil energiya” sertifikatlarini hisobga olish, savdosini tashkil etish va monitoringini yuritish mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Muayyan davr davomida qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ishlab chiqarilgan va elektr tarmogʻiga uzatilgan tegishli miqdordagi MVt/soat elektr energiyasi uchun sertifikatlar faqat bir marta beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sertifikatning amal qilish muddati chegaralanmagan. Foydalanilgan sertifikatlar ishtirokchi tomonidan platforma orqali hisobdan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sertifikatlar ishtirokchilarning hisob qaydnomalarida saqlanadi. Aynan bir sertifikatga faqat bitta generatsiya obyekti yoki ishtirokchi ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarida oʻz isteʼmoli uchun ishlab chiqarilgan va elektr tarmogʻiga uzatilmagan elektr energiyasi miqdori uchun sertifikatlar berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ishtirokchilar oʻz ehtiyojidan ortiq sertifikatlarga ega boʻlgan taqdirda, ularni boshqa ishtirokchilarga platforma orqali oʻtkazishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sertifikatdan faqat bir marta foydalanish mumkin, sertifikat foydalanilganda yoki hisobdan chiqarilganida, ishtirokchilar oʻrtasida oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Generatsiya obyektlari va ishtirokchilarni roʻyxatga olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Registrant va emitent oʻrtasida sertifikat chiqarishning standart shartlari toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Registrant platformada roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi hujjatlarni I-REC bosh ofisiga emitent orqali yuborish toʻgʻrisida murojaat yuboradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikat chiqarishning standart shartlari toʻgʻrisidagi shartnomaning nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oxirgi 12 oylik buxgalteriya balansi va tashqi audit xulosasi (audit qilingan boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CSD01 shaklidagi toʻldirilgan va imzolangan soʻrovnoma (korxonaning umumiy, rahbariyat va aksiyadorlar toʻgʻrisidagi hamda aloqa maʼlumotlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent registrantning akkauntini platformada ochish maqsadida yuqoridagi hujjatlarni besh ish kuni davomida I-REC bosh ofisiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. I-REC tomonidan qabul qilingan sanadan soʻng bir oy davomida registrantning elektron pochtasiga platformaga kirish uchun registrant akkaunti boʻyicha maʼlumotlar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Generatsiya obyektlarini roʻyxatga olish maqsadida registrant tomonidan emitentga platforma orqali belgilangan shakldagi elektron ariza yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Roʻyxatga olish uchun berilgan arizada quyidagilar aks ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SSD02 elektron arizasi toʻldirilgan va imzolangan holda (generatsiya obyektining turi va joylashuvi, uning nominal quvvati, ulangan tarmogʻi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
generatsiya obyektining fotosurati (maksimal darajada qamrab oluvchi rasmi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir chiziqli elektr sxemasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan beriladigan generatsiya obyektlarida elektr energiyasi qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ishlab chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Generatsiya obyektini roʻyxatga olish uchun registrant tomonidan emitentga quyidagi miqdordagi bir martalik yigʻim amalga oshirilayotgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy valyuta kursi boʻyicha milliy valyutada undiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quvvati 3 MVtgacha boʻlgan generatsiya obyektlari uchun — 500 Yevro miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quvvati 3 MVtdan katta boʻlgan generatsiya obyektlari uchun — 1 000 Yevro miqdorida.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Roʻyxatdan oʻtuvchining arizasi yigʻim undirilgandan soʻng emitent tomonidan besh ish kuni ichida koʻrib chiqiladi, roʻyxatdan oʻtkaziladi va generatsiya obyekti platformaga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Arizani koʻrib chiqish quyidagi holatlarda rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar kiritilganligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 14 va 15-bandlarida koʻrsatilgan talablarga zid boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa qayta tiklanuvchi energiyani sertifikatlash tizimlarida roʻyxatdan oʻtgan taqdirda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgandan keyin ariza qayta kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Generatsiya obyektining platformaga kiritilganligi ushbu obyekt roʻyxatdan oʻtgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Generatsiya obyekti platformada boʻlish muddati besh yilni tashkil etadi, ushbu muddat tugagandan soʻng generatsiya obyektni qayta roʻyxatga olish talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatlarni berishning uzluksizligini taʼminlash maqsadida generatsiya obyektining platformada boʻlish muddati tugashidan oldin ushbu muddatni uzaytirish boʻyicha murojaat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sertifikatlarni chiqarish uchun registrant tomonidan platforma orqali emitentga ariza beriladi va quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CSD04 shakldagi toʻldirilgan va imzolangan soʻrovnoma (generatsiya obyekti yoki obyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori, ishtirokchi nomi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning umumiy faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi ishlab chiqarish davomiyligi va uning hajmi (kVt.s);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
generatsiya obyektlarida elektr energiyasini ishlab chiqarish holati “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tasdiqlangan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikat chiqarish uchun moʻljallangan registrantning ishtirokchi akkaunti maʼlumotlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ishtirokchilar platformadan foydalanish va u orqali sertifikatlar savdosi boʻyicha xizmatlardan foydalanish uchun operator bilan shartnoma tuzadi hamda oʻzining hisob qaydnomalarini ochadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Sertifikatlarni chiqarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Sertifikatlarni chiqarish toʻgʻrisidagi rasmiy soʻrov registrant tomonidan platforma orqali emitentga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ishlab chiqarilgan elektr energiyasini hisoblash nuqtasi uni elektr tarmogʻiga uzatish joyida boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tekshirish natijalariga koʻra ishlab chiqarilgani va yagona elektr energetika tarmogʻiga uzatilgani tasdiqlangan “yashil elektr” energiyasi hajmiga mos ravishda emitent tomonidan platforma orqali har 1 MVt. soat elektr energiyasi uchun 1 ta noyob identifikatsiya raqamli sertifikat chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Hisobga olinmasdan qolgan har qanday ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmini keyingi ishlab chiqarish davriga oʻtkazish mumkin. Bunda hisobga olish davri I-REC tomonidan belgilangan talablarga mos kelishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Sertifikatlar berilishi mumkin boʻlgan davr I-REC talablariga asosan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Sertifikatni oʻchirib yoki oʻzgartirib boʻlmaydi, xatolikni tuzatish holatlari bundan mustasno. Agar sertifikat xatolik bilan berilgan boʻlsa, operator tomonidan bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Agar operator sertifikatning kelib chiqishi registrant va emitent oʻrtasida “Sertifikat chiqarishning standart shartlari toʻgʻrisidagi shartnoma” shartlari buzilganligidan xabar topsa, vaziyat aniqlangan paytdan boshlab sertifikatlarni berish yoki undan foydalanishni toʻxtatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Xatolik tasdiqlangan taqdirda, operator sertifikat tafsilotlariga oʻzgartirish kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikat foydalanilganidan soʻng unga tuzatishlar kiritib boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Sertifikatlar savdosini amalga oshirish, ulardan foydalanish va ularni hisobdan chiqarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Sertifikatlardan ishtirokchi tomonidan uning hisob qaydnomasi orqali foydalaniladi. Sertifikatlar hisob qaydnomasidan chiqarilishi va undan qaytib foydalanib boʻlmaydigan qilib hisob qaydnomasiga joylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Agar registrant oʻzida ishlab chiqarilgan va elektr tarmogʻiga uzatilgan elektr energiyasi uchun berilgan sertifikatdan oʻzi foydalanishni xohlasa, ushbu sertifikatni oʻzi uchun ochilgan qaytib foydalanib boʻlmaydigan hisob qaydnomasiga oʻtkazishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Foydalanilgan sertifikatlarni hisobdan chiqarishini monitoring qilib borish uchun generatsiya obyekti va ishtirokchilar tomonidan platforma orqali foydalanilgan sertifikatlar va elektr energiyasining qolgan hajmi toʻgʻrisida maxsus hisobot yuritiladi va har chorak yakuni bilan emitentga axborot beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Elektr energiyasining qoldiq hajmining rasmiy hisob-kitoblari boʻlmagan taqdirda, sertifikatlarni ikki marta hisoblashning oldini olish maqsadida operator mavjud boʻlgan maʼlumotlarga asoslanib, elektr energiyasining qoldiq hajmini baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. “Yashil energiya” sertifikati birja savdolariga registrant tomonidan standart lotlar asosida sotuvga qoʻyiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo sessiyasida sotiladigan bir “yashil energiya” sertifikatining loti 1000 kVt/soat miqdorida belgilanadi. Sertifikatlar boʻyicha tuzilgan bitimlarga muvofiq mijozlarning oʻzaro majburiyatlari birjaning Hisob-kitob-kliring palatasi tomonidan hisobga olinadi va monitoring amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy talabgorlar uchun sertifikatlar boʻyicha birja savdolarida ishtirok etishda “bir elektron ariza” tamoyili asosida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi joriy qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatlar boʻyicha birja savdolari hamda hisob-kitob-kliring operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar emitentga onlayn ravishda shaxsiy kabinet orqali taqdim etib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. “Yashil energiya” sertifikatlari boʻyicha savdolarga xorijiy talabgorlarni keng jalb qilish maqsadida birja savdolarida yaratilgan imkoniyatlar va birja mexanizmlarining qulayliklari toʻgʻrisidagi birjaning chet davlatlarda savdo maydonchalari orqali tushuntirish ishlari olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Reyestrni yuritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Reyestr markazlashtirilgan holda Internet tarmogʻi orqali kuzatish mumkin boʻlgan ishtirokchilarning hisob qaydnomalari reyestri hamda generatsiya obyektlari reyestridan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Reyestrda generatsiya obyektining quyidagi xususiyatlari koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilgan hajmi (oʻtgan yilgi koʻrsatkich, mln.kVt/soatda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlar berilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish quvvati (yillik quvvat, MVt.);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish rejasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Hisob qaydnomalari va hisobotlarning reyestrdagi maʼlumotlarini yaratish va yangilash, sertifikatlarni chiqarish uchun soʻrovlarni platformaga joylashtirish, shuningdek, generatsiya obyektlarini qoʻshish va sertifikatlarni berish emitent tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Ushbu Nizomning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashil energiya” sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashil energiya” sertifikatlarini hisobga olish, savdosini tashkil etish va monitoringini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Emitent

(Iqtisodiyot va moliya vazirligi)

1. I-REC bilan tegishli shartnoma imzolaydi.

2. I-REC akkreditatsiyasidan oʻtadi.

Akkreditatsiyadan oʻtish muddatlarida

2-bosqich

Roʻyxatdan oʻtuvchi

(registrant)

Roʻyxatdan oʻtish uchun emitent bilan shartnoma tuzadi va platformada registrant akkauntini ochish uchun emitentga ariza yuboradi.

Zaruratga koʻra

3-bosqich

Emitent

1. Roʻyxatdan oʻtuvchining arizasini koʻrib chiqadi.

2. I-RECga registrantni roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlarni yuboradi.

5 ish kuni ichida

4-bosqich

I-REC

1. Roʻyxatdan oʻtuvchining arizasini koʻrib chiqadi.

2. Registrantning elektron pochtasiga platformaga kirish uchun registrant akkaunti, registrantning ishtirokchi akkaunti boʻyicha maʼlumotlar yuboradi.

Bir oy ichida

5-bosqich

Roʻyxatdan oʻtuvchi

(registrant)

Platforma orqali emitentga generatsiya obyektlarini roʻyxatga olish boʻyicha ariza yuboradi.

Zaruratga koʻra

6-bosqich

Emitent

Generatsiya obyektini platformaga kiritadi.

5 ish kuni ichida

7-bosqich

Roʻyxatdan oʻtuvchi

(registrant)

1. Birjada tuzilgan shartnoma asosida Emitentga generatsiya obyektida ishlab chiqarilgan elektr energiyasiga mos sertifikat chiqarishga talabnoma yuboradi.

2. Shartnomaga muvofiq Emitentga yigʻimni toʻlaydi.

Zaruratga koʻra

8-bosqich

Emitent

Registrant soʻroviga asosan sertifikatlarni tegishli akkauntga chiqarib beradi.

5 ish kuni ichida

9-bosqich

Roʻyxatdan oʻtuvchi

(registrant)

“Yashil energiya” sertifikatini birja savdolariga standart lotlar asosida sotuvga qoʻyadi.

Zaruratga koʻra

10-bosqich

Ishtirokchi

1. I-REC hisob qaydnomasini ochadi.

2. Roʻyxatdan oʻtuvchidan sertifikatni oʻzi yoki mijozi nomidan sotib oladi.

Zaruratga koʻra

11-bosqich

Ishtirokchi

Sertifikatlarni birjada tuzilgan shartnoma asosida oʻzining yoki mijozning nomiga hisobdan chiqaradi.

5 ish kuni ichida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2023-y., 09/23/515/0738-son; 15.04.2025-y., 09/25/225/0339-son)