1-ILOVA
|
T/r |
Ustuvor vazifalar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Amalga oshirish shakli |
Amalga oshirish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Suveren davlat maqomini mustahkamlash, xususan, yangi sinovlar va tahdidlar sharoitida milliy manfaatlar ustuvorligini taʼminlash, oʻzaro ishonch va hamkorlikka asoslangan tashqi siyosatni davom ettirish | |||||
|
1. |
Oʻzbekistonning tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshirishini qonuniy mustahkamlash. |
Oʻzbekiston va jahon hamjamiyati, qoʻshni davlatlar bilan doʻstona munosabatlarni “davlatlarning hududiy yaxlitligi” va “tinchliksevar tashqi siyosat” prinsiplari asosida rivojlantirishga doir konstitutsiyaviy normalarni Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasiga kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil sentabr |
Oliy Majlis palatalari, (kelishuv asosida), Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov |
|
2. |
Suveren davlat prinsipini amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish. |
Bunda: suveren davlat maqomini mustahkamlash boʻyicha huquqiy asoslarni kuchaytirish; yangi sinovlar va tahdidlar sharoitida milliy manfaatlar ustuvorligini taʼminlash boʻyicha amaliy choralar koʻrish; oʻzaro ishonch va hamkorlikka asoslangan tashqi siyosatni davom ettirish masalalarini qamrab olish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil avgust |
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi suveren davlat prinsipini izchil amalga oshirish boʻyicha ekspertlik kengashi T. Narbayeva, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov |
|
3. |
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatini tartibga solishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish. |
1. Diplomatik xizmat faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirish. 2. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish tizimini takomillashtirish. 3. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va koʻp tomonlama hamkorligining shartnomaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni muvofiqlashtirish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2023-yil sentabr |
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi suveren davlat prinsipini izchil amalga oshirish boʻyicha ekspertlik kengashi T. Narbayeva, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov |
|
4. |
Davlatning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini, uning imkoniyatlari va salohiyatini kuchaytirish. |
1. Mamlakat harbiy xavfsizligini taʼminlash va mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish. 2. Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining jangovar shayligi va tayyorgarligi hamda oʻquv moddiy-texnika bazasini yanada kuchaytirish. 3. Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida rahbar lavozimlarga tayinlash uchun davlat xizmatining zamonaviy standartlari asosida kadrlar zaxirasini yaratish tizimini rivojlantirish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2023-yil iyun |
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi suveren davlat prinsipini izchil amalga oshirish boʻyicha ekspertlik kengashi T. Narbayeva, Mudofaa vazirligi B. Kurbanov |
|
5. |
Xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolish hamda rivojlantirish (23-modda). |
Xorijda yashayotgan vatandoshlarning mamlakat manfaatlarini ilgari surish, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro foydali aloqalarni kuchaytirish borasidagi salohiyatini ishga solish boʻyicha choralarni ishlab chiqish. |
Kompleks chora-tadbirlar rejasi |
2023-yil 1-noyabr |
Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov |
|
II. Demokratik davlat prinsipiga koʻra demokratik taraqqiyot yoʻlini davom ettirish, parlamentarizmni kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash | |||||
|
6. |
Qonunchilik palatasining Konstitutsiyada belgilangan mutlaq vakolatlarini amalga oshirish uchun huquqiy asoslarni takomillashtirish (94-modda). |
Qonunchilik palatasiga oid qonun hujjatlariga uning quyidagi mutlaq vakolatlarini kiritish: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʻrib chiqish va maʼqullash; Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan, shuningdek Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish; Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari boʻyicha har yilgi maʼruzasini eshitish; davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament soʻrovini yuborish va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil 1-avgust |
Qonunchilik palatasi N. Ismoilov (kelishuv asosida) |
|
7. |
Senatning Konstitutsiyada belgilangan mutlaq vakolatlarini amalga oshirish uchun huquqiy asoslarni takomillashtirish (95-modda). |
Senat faoliyatiga oid qonun hujjatlariga uning quyidagi mutlaq vakolatlarini kiritish: respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbarini va respublika monopoliyaga qarshi organining rahbarini saylash; Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga nomzodlarni koʻrib chiqish hamda maʼqullash; Oʻzbekistonning xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarini tayinlash; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taklif etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga nomzod yuzasidan maslahatlashuvlar oʻtkazish; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzish hamda tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash; Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitish; davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament soʻrovini yuborish va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish; mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga oʻz faoliyatini amalga oshirishda koʻmaklashish; mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining qarorlarini, ular qonunchilik normalariga muvofiq boʻlmagan taqdirda, bekor qilish; Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunlarni qabul qilishga doir vakolatlarini bajarish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil 1-avgust |
Senat T. Narbayeva (kelishuv asosida) |
|
8. |
Oliy Majlis palatalari va mahalliy Kengashlar deputatlari korpusini shakllantirishning yangi tartibini ishlab chiqish. |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari korpusini shakllantirishning majoritar-proporsional shaklini milliy saylov tizimiga joriy qilish. Oliy Majlis Senatini shakllantirishning yangi tartibini joriy qilish. |
Qonunlar loyihalari |
2023-yil iyun |
Qonunchilik palatasi N. Ismoilov (kelishuv asosida), Senat T. Narbayeva (kelishuv asosida), Markaziy saylov komissiyasi Z. Nizamxodjayev (kelishuv asosida) |
|
9. |
Qonunlarni qabul qilishning yangi tartibini amaldagi qonunchilikda belgilash. (99-modda). |
Bunda: Qonun Senat tomonidan 60 kun ichida koʻrib chiqilishi; Senat qonunni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida 60 kun ichida qaror qabul qilmasa, Qonunchilik palatasi tomonidan qonun imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilishi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni 60 kun ichida imzolashiga oid normalarni kiritish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil 1-iyul |
Qonunchilik palatasi N. Ismoilov (kelishuv asosida), Senat T. Narbayeva (kelishuv asosida) |
|
10. |
Parlament tekshiruvi institutini amalga oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish (103-modda). |
Parlament tekshiruvini oʻtkazishning aniq tartibini ishlab chiqish. Bunda parlament tekshiruvi mamlakatning xavfsizligi, barqaror rivojlanishi asoslariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar va voqealarni oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma qarori bilan oʻtkazilishini aniq belgilash. |
Qonun loyihasi |
2023-yil 1-oktabr |
Qonunchilik palatasi N. Ismoilov (kelishuv asosida), Senat T. Narbayeva (kelishuv asosida) |
|
11. |
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq, Hukumatni shakllantirishning yangi tartibini joriy qilish (118-modda). |
Hukumat faoliyatiga oid qonun hujjatlarida: Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari saylangandan va organlari shakllangandan soʻng bir oy ichida yoki Bosh vazir lavozimidan ozod etilganidan keyin yoxud Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibi isteʼfoga chiqqanidan keyin bir oy ichida Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi va maʼqullashi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng taqdim etilishi; Bosh vazir lavozimiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida uning nomzodi koʻrib chiqilayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturini taqdim etishi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni, Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibini yoki aʼzosini isteʼfoga chiqarishga haqli ekanligi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosining oʻz faoliyatiga oid masalalar yuzasidan hisobotini eshitishga haqli ekanligi. Vazirlar Mahkamasi aʼzolari parlament soʻrovlariga va Qonunchilik palatasi deput?tining, Senat aʼzosining soʻrovlariga qonunda belgilangan tartibda javob berishi shartligini belgilash. |
Qonun loyihasi |
2023-yil 1-avgust |
Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
12. |
Hukumatning faoliyatiga doir qonunchilikni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish (114 va 115-moddalar). |
Bunda: Vazirlar Mahkamasining yangilangan konstitutsiyaviy vakolatlarini; Hukumat oʻz faoliyatini ijro etuvchi hokimiyat faoliyatining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan asosiy yoʻnalishlari doirasida amalga oshirishiga oid normalarni amaldagi qonunchilikka kiritish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil 1-avgust |
Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
13. |
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Qonunchilik palatasining Spikeri, Senati Raisi, Markaziy saylov komissiyasi raisi boʻlishi mumkin emasligini qonunchilikda mustahkamlash (100, 101 va 128-moddalar). |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil 1-avgust |
Qonunchilik palatasi N. Ismoilov (kelishuv asosida), Senat T. Narbayeva (kelishuv asosida) |
|
14. |
Hokim va mahalliy Kengash raisi faoliyatining bir-biridan xoli amalga oshirilishi yuzasidan qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish (120-modda). |
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya talablaridan, shu jumladan, hokim va Kengash raisi lavozimlari ajratilayotganligidan kelib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish va Qonunchilik palatasiga kiritish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil 1-oktabr |
Senat T. Narbayeva (kelishuv asosida), Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
15. |
Qonunchilik takliflarini ilgari surish tartibini joriy qilish (98-modda). |
Qonunchilik takliflarini Qonunchilik palatasiga kiritish va ularni koʻrib chiqish tartibini ishlab chiqish. |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qarori |
2023-yil 1-sentabr |
Qonunchilik palatasi N. Ismoilov (kelishuv asosida) |
|
16. |
Yangi Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari rivojlanishini taʼminlash (69-modda). |
1. Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish va uning hajmini oshirish. |
Qaror loyihasi |
2023-yil 1-iyun |
Oliy Majlis huzuridagi NNT va FJBIQJFMBB parlament komissiyasi (kelishuvga asosan), Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sh. Kudbiyev Adliya vazirligi A. Tashkulov, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi A. Xodjayev |
|
2. Ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini kengaytirish. |
Davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalari | ||||
|
3. Davlat va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish. |
Kompleks chora-tadbirlar | ||||
|
17. |
Ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, foydalanish va uni tarqatishga boʻlgan huquqlari amalga oshirilishini doimiy taʼminlash choralarini koʻrish (81-modda). |
1. Fuqarolarning soʻz va axborot erkinligiga doir konstitutsiyaviy huquqlarining roʻyobga chiqarilishini taʼminlash. 2. Ommaviy axborot vositalarining professional faoliyat chegarasidagi mustaqilligi va erkinligini har jihatdan qoʻllab-quvvatlash. 3. Ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish. 4. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqligini taʼminlashda davlat xizmatchilariga ommaviy axborot vositalari bilan ochiq muloqot va oʻzaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirish. |
Amaliy chora-tadbirlar dasturi |
2023-yil iyun |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi A. Xodjayev |
|
18. |
Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki aralashganlik uchun javobgarlikni belgilash (82-modda). |
Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan qonun loyihasini ishlab chiqish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil 1-iyul |
Adliya vazirligi A. Tashkulov, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi A. Xodjayev |
|
19. |
Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz oʻn yillik muddatga saylanishi tartibini joriy qilish (132-modda). |
Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz oʻn yillik muddatga saylanishi, Konstitutsiyaviy sud oʻz tarkibidan sud raisi va uning oʻrinbosarini besh yil muddatga saylashi tartibi haqidagi oʻzgartirishlarni “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisidagi” konstitutsiyaviy Qonunga kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil 1-avgust |
Konstitutsiyaviy sud M. Abdusalomov (kelishuv asosida) |
|
20. |
Fuqarolar va yuridik shaxslarning oʻziga nisbatan qoʻllanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisidagi shikoyat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilish huquqini belgilash (133-modda). |
Fuqarolar va yuridik shaxslarning oʻziga nisbatan qoʻllanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisidagi shikoyat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilishi va ushbu turdagi murojaatlarni koʻrib chiqish tartibini takomillashtirish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil 1-oktabr |
Konstitutsiyaviy sud M. Abdusalomov (kelishuv asosida) |
|
21. |
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oliy sud raisi, uning oʻrinbosari, Sudyalar oliy kengashining raisi, uning oʻrinbosari va Bosh prokuror boʻlishi mumkin emasligini amaldagi qonunchilikda belgilash (134, 135 va 144-moddalar). |
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oliy sud raisi, uning oʻrinbosari, Sudyalar oliy kengashining raisi, uning oʻrinbosari va Bosh prokuror boʻlishi mumkin emasligi haqidagi normalarni “Sudlar toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi hamda “Prokuratura toʻgʻrisida”gi qonunlarga kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil avgust |
Oliy sud B. Islamov, Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev |
|
22. |
Advokatura institutini yanada takomillashtirish va advokatlar faoliyati mustaqilligini taʼminlash (141 va 142-moddalar). |
1. Jinoyat protsessida himoyachining maqomini kuchaytirish. Jumladan, unga quyidagi qoʻshimcha huquq va vakolatlarni berish: surishtiruv va dastlabki tergov davomida himoyachi tomonidan istalgan vaqtda jinoyat ishini qoʻzgʻatish va tugatish haqidagi qarorlardan nusxa olish; koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish (deponirovaniye) uchun sudga toʻgʻridan-toʻgʻri iltimosnoma kiritish; tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilayotgan shaxslarga malakali yuridik yordamdan foydalanish huquqini kafolatlash maqsadida tergovga qadar tekshiruv jarayonida himoyachi maqomida ishtirok etish; ish boʻyicha shartnoma asosida sud ekspertizalari oʻtkazilishini va zarur bilimga ega mutaxassislar jalb qilinishini tashkillashtirish; jinoyat ishi boʻyicha maʼlumotlarga ega shaxslarni soʻrovdan oʻtkazishda ularning roziligi bilan maxsus texnika vositalaridan foydalanish. 2. Oliy taʼlim tashkilotlari yurisprudensiya yoʻnalishida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalariga advokatlik tuzilmalarida mehnat qonunchiligiga muvofiq oʻqishdan boʻsh vaqtda advokat yordamchisi sifatida ish faoliyatini olib borishga ruxsat etish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2023-yil iyul |
Adliya vazirligi A. Tashkulov, Oliy sud B. Islamov, Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev, Davlat xavfsizlik xizmati A. Azizov, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Advokatlar palatasi A. Ernazarov |
|
23. |
Sudyalarning toʻliq mustaqilligini taʼminlash (136-modda). |
Sudyalar muayyan ishlar boʻyicha hisobdor boʻlmasligi, sudyani ishdan chetlashtirish, vakolatlarini bekor qilish yoki boshqa lavozimga oʻtkazishga qonun asosida yoʻl qoʻyilishi, sud qayta tashkil etilganda sudya lavozimidan ozod etilmasligini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlarni “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil 1-oktabr |
Oliy sud B. Islamov, Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
24. |
Sud amaliyotida Konstitutsiya normalarini toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllash boʻyicha zarur asoslarni yaratish. |
Konstitutsiya normalari toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi hujjat sifatida qoʻllash yuzasidan yagona sud amaliyoti toʻgʻrisidagi Oliy sud Plenumi qarorini qa?ul qilish. |
Oliy sud Plenumi qarori loyihasi |
2023-yil iyul |
Oliy sud B. Islamov |
|
25. |
Har kimga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqini kafolatlash (55-modda). |
Davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan maʼmuriy sudlarga shikoyat qilish tartibini soddalashtirish. Jumladan, maʼmuriy sudlarga shikoyat qilishda fuqaro va tadbirkorlik subyektlaridan davlat bojini oldindan undirmasdan, davlat bojini ishni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha aybdor tarafdan undirish tartibini nazarda tutish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil 1-oktabr |
Oliy sud B. Islamov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sh. Kudbiyev, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
26. |
Har kimning davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni davlat tomonidan qoplanishi huquqini taʼminlash (55-modda). |
Davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibini ishlab chiqish. Bunda, zararni budjet mablagʻlari hisobidan qoplash va noqonuniy qaror chiqarilishida aybdor boʻlgan shaxsdan regress tartibda undirib olishga alohida eʼtibor qaratish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil 1-noyabr |
Adliya vazirligi A. Tashkulov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sh. Kudbiyev, Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev |
|
III. Huquqiy davlat prinsipi asosida inson qadrini ulugʻlash siyosatini sifat jihatdan yangi bosqichga chiqarish, uning huquq va erkinliklari ustuvorligini taʼminlash | |||||
|
27. |
Inson bilan davlat organlarining oʻzaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishini doimiy taʼminlab borish (20-modda). |
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil 1-avgust |
Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
28. |
Huquqiy taʼsir choralarini qoʻllashda mutanosiblik konstitutsiyaviy prinsipiga amal qilinishini taʼminlash (20-modda). |
1. Jinoiy va maʼmuriy jazo miqdorlarini qilmishning xususiyati, jazolashdan koʻzlangan maqsadga erishish uchun yetarliligiga qarab qayta koʻrib chiqish. Bunda, huquqbuzarliklar boʻyicha oxirgi 5 yillik statistik koʻrsatkichlardan kelib chiqib ayrim qilmishlarni dekriminalizatsiya qilish yoki jazo turini (miqdorini) oʻzgartirish boʻyicha tahlil qilish va natijasi boʻyicha tegishli qonun loyihasini ishlab chiqish. 2. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilikda shartnomaviy va boshqa fuqaroviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan javobgarlik choralarini bekor qilish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil 1-dekabr |
Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev, Oliy sud B. Islamov, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
3. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir choralarining huquqbuzarlik harakatiga mutanosibligini tadbirkorlik subyektlari hamda keng jamoatchilik ishtirokida muhokamalar oʻtkazish orqali qayta koʻrib chiqish. Bunda, huquqiy taʼsir chorasini qoʻllashning koʻzlangan maqsadga erishish uchun mos boʻlishini, huquqiy taʼsir chorasini qoʻllashda huquqbuzarlikni sodir etganning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini eng kam darajada cheklanishini taʼminlashga erishish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil 1-oktabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sh. Kudbiyev, Biznes-ombudsman D. Qosimov, Savdo-sanoat palatasi D. Vaxobov | ||
|
4. Vijdonan harakat qilgan manfaatdor shaxslarning maʼmuriy hujjatga boʻlgan ishonchini himoya qilish mexanizmlarini ishlab chiqish. Bunda, maʼmuriy hujjat manfaatdor shaxsning zarariga bekor qilinayotganda uning ishonchi himoya qilinishi lozim boʻlsa, maʼmuriy hujjatni bekor qilmaslikni belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil 1-dekabr |
Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev, Oliy sud B. Islamov | ||
|
29. |
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega ekanligi, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilishi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etishiga oid normalarni amaldagi qonunchilikka kiritish (15-modda). |
Konstitutsiya oliy yuridik kuchga egaligi, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilishi haqidagi oʻzgartirishlarni “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil avgust |
Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
30. |
Xususiy mulk daxlsizligi va himoyasini kuchaytirish (65-modda). |
Mulkdor oʻz mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari va sud qarorisiz mahrum etilishiga yoʻl qoʻyilmasligiga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil avgust |
Biznes-ombudsman D. Kasimov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sh. Kudbiyev |
|
31. |
Insonning huquq va erkinliklarini davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmuni sifatida amaldagi qonunlarda belgilash (20-modda). |
1. Davlat organlari faoliyatida inson huquq va erkinliklarini taʼminlanishiga rioya etilayotganini baholaydigan asosiy mezonlarni (KPI) har bir davlat idorasi kesimida ular masʼul boʻlgan soha va vazifalaridan kelib chiqib ishlab chiqish, baholashni oʻtkazish hamda har yil yakuni boʻyicha eʼlon qilib borish. Bunda, ijobiy tajriba sifatida “Huquq ustuvorligi” indeksidan foydalanish. 2. Mansabdor shaxslarning faoliyatiga ularning inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishiga qarab baho beradigan koʻrsatkichlarni ishlab chiqish. Lavozimga tayinlash (saylash), xizmat boʻyicha lavozimini koʻtarish yoki tushirishda, maxsus unvonlar berishda ushbu koʻrsatkichlarni inobatga olish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-yil 1-iyuldan boshlab |
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O. Xasanov, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
32. |
Amaldagi qonunchilikni inventarizatsiyadan oʻtkazib, Oʻzbekiston fuqarosi boshqa davlatga berib yuborilishi yoki Oʻzbekistondan tashqariga chiqarib yuborilishi mumkin emasligi toʻgʻrisidagi normani kiritish choralarini koʻrish (23-modda). |
1. Oʻzbekiston fuqarosi boshqa davlatga berib yuborilishi yoki Oʻzbekistondan tashqariga chiqarib yuborilishi mumkin emasligi toʻgʻrisidagi normani Jinoyat protsessual kodeksida aks ettirilishini taʼminlash. 2. “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil 1-sentabr |
Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev, Adliya vazirligi A. Tashkulov, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov |
|
33. |
Huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinishini, davlat jabrlanganlarga himoyalanishni va odil sudlovdan foydalanishni taʼminlashini, ularga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi uchun shart-sharoitlar yaratishini belgilash (29-modda). |
Jinoyatdan jabrlanganlarga koʻmaklashishning aniq mexanizmlarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil iyul |
Adliya vazirligi A. Tashkulov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sh. Kudbiyev, Oliy sud B. Islamov, Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov Inson huquqlari boʻyicha vakil (Ombudsman) F. Eshmatova (kelishuv asosida) |
|
34. |
Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilmasligini doimiy taʼminlash va ushbu konstitutsiyaviy normani barcha qonun hujjatlarida aks ettirish (27-modda). |
Maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish muddatlarini, xususan shaxsni 10 sutkagacha ushlab turish mumkinligi toʻgʻrisidagi normani qayta koʻrib chiqish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil 1-avgust |
Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov |
|
35. |
Shaxsni ushlash chogʻida unga uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushunarli tilda tushuntirilishini doimiy ravishda taʼminlash va buni barcha qonunchilik hujjatlarida aks ettirish (27-modda). |
Shaxsni ushlashda unga huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushunarli tilda tushuntirilishini doimiy ravishda taʼminlash. |
Amaliy chora-tadbirlar rejasi |
2023-yil iyun |
Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Davlat xavfsizlik xizmati A. Azizov, Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev |
|
36. |
Har kim yozishmalari, telefon orqali soʻzlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga egaligini, ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyilishini mustahkamlash (31-modda). |
1. Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodeksiga yozishmalar, telefon orqali soʻzlashuvlar, pochta, elektron va boshqa xabarlar sir saqlanishiga qatʼiy rioya etish boʻyicha tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish. |
Qonun loyihasi |
2024-yil 1-yanvarga qadar |
Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev, Davlat xavfsizlik xizmati A. Azizov, Oliy sud B. Islamov, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
2. Qonun loyihasi belgilangan tartibda qabul qilinguniga qadar ushbu normani amalga oshirish boʻyicha vaqtinchalik idoralararo tartibni joriy etish. |
Qoʻshma qaror loyihasi |
2023-yil 1-iyun | |||
|
37. |
Har kim Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib boʻlingan boʻlsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat qilish tartibini ishlab chiqish (55-modda). |
Jinoyat ijroiya kodeksiga mahkumlarning inson huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etish huquqini taʼminlash boʻyicha tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil 1-avgust |
Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev, Oliy sud B. Islamov, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
38. |
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻzining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishini taʼminlash (28-modda). |
Sukut saqlash huquqidan foydalanish boʻyicha aniq normalarni qonunchilik hujjatlarida aks ettirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil 1-iyul |
Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev, Adliya vazirligi A. Tashkulov, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov |
|
39. |
Agar shaxsning oʻz aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil boʻlsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligini mustahkamlash (26-modda). |
Jinoyat ishini qoʻzgʻatish sabablari va asoslarini qayta koʻrib chiqib, aybini boʻyniga olish haqidagi arzni qabul qilish tartibini takomillashtirish yuzasidan qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil 1-avgust |
Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev, Adliya vazirligi A. Tashkulov, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov |
|
40. |
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar oʻziga nisbatan insoniy muomalada boʻlinishi hamda inson shaxsiga xos boʻlgan shaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinishini doimiy ravishda taʼminlash (26-modda). |
1. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan insonparvarlik tamoyili asosida munosabatda boʻlish, uning shaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinishini taʼminlashga oid normalarni Jinoyat ijroiya kodeksiga kiritish yuzasidan qonun loyihasini ishlab chiqish. 2. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashda shaxsni hibsxonaga joylashtirishdan oldin majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibini joriy etish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil avgust |
Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev, Inson huquqlari boʻyicha vakil (Ombudsman) F. Eshmatova (kelishuv asosida) |
|
3. Jazoni ijro etuvchi muassasa xodimlari malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish. |
Chora-tadbirlar dasturi | ||||
|
41. |
Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos boʻlmasligini taʼminlash (28-modda). |
Shaxsning sudlanganligi uning qarindoshlari huquqlarini cheklashi mumkin emasligi konstitutsiyaviy kafolatini belgilovchi qoʻshimchani “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunga, shuningdek, barcha davlat organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga kiritish boʻyicha qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil 1-avgust |
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O. Xasanov, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Adliya vazirligi A. Tashkulov, boshqa manfaatdor idoralar |
|
42. |
Qonuniy asoslarda Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib turgan har kim mamlakat boʻylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqini qatʼiy taʼminlash (33-modda). |
1. Fuqarolarni yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishda xabardor qilish tartibini joriy etishga qaratilgan mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi |
2023-yil iyun |
Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov |
|
2. “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qonunni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil iyul |
Vazirlar Mahkamasi A. Aripov | ||
|
43. |
Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanishni taʼminlash uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilash choralarini koʻrish (33-modda). |
1. Internet tarmogʻidan keng polosali foydalana olish imkoniyatini yaratish, shuningdek, telekommunikatsiya infratuzilmasini, multiservisli aloqa tarmoqlari texnologiyalarini, mobil aloqa bozorini va boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari qamrovini kengaytirish. 2. Respublika hududlarida, ayniqsa, olis hududlarda elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-2024-yillar |
Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sh. Kudbiyev, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
44. |
Qiynoqqa solish, zoʻravonlik, boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etish holatlarining oldini olish boʻyicha monitoring ishlarini kuchaytirish (26-modda). |
1. Jinoyat kodeksida qiynoqqa solish uchun javobgarlik belgilovchi normalarni BMTning Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashga qarshi konvensiyasi (Nyu-York, 1984-yil 10-dekabr) talablariga muvofiqlashtirish maqsadida qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish. 2. Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha jamoatchilik guruhlari faoliyatini takomillashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihalari |
2023-yil 1-noyabr |
Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz A. Saidov, Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev |
|
45. |
Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini toʻldiradi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga koʻmaklashadi degan qoidani mustahkamlash (56-modda). |
Mazkur konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili faoliyatini yanada takomillashtirish choralarini koʻrish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihalari |
2023-yil 1-oktabr |
Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz M. Tillaboyev, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) F. Eshmatova |
|
46. |
Bozor munosabatlarini rivojlantirish, halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratish, isteʼmolchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlash (65-modda). |
1. Iqtisodiyotda bozor munosabatlarini chuqurlashtirish va xususiy mulk daxlsizligini soʻzsiz taʼminlash. |
Amaliy chora-tadbirlar dasturi |
2023-yil iyun |
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Sh. Sharaxmetov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sh. Kudbiyev, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
2. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va raqobatni rivojlantirish, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashish tizimi mustaqilligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2023-yil 1-sentabr | |||
|
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2023-yil 1-avgust | ||||
|
47. |
Qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini taʼminlash boʻyicha islohotlarni davom ettirish (67-modda). |
1. Tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan, xorijiy investorlar uchun qulay va kafolatlangan investitsiya muhitini yaratish. 2. Tadbirkorlik tartib-taomillari va soliqqa tortish tartiblarini yanada soddalashtirish. 3. Tadbirkorlik faoliyati uchun moliyaviy resurslar taʼminotini kengaytirish va iqtisodiyotda kapital aylanmasini ragʻbatlantirish. 4. Respublika hududida tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishini taʼminlash. 5. Tadbirkorlik faoliyati uchun xizmat qiluvchi infratuzilma va transport-logistika tizimini rivojlantirish. |
Amaliy chora-tadbirlar dasturi, normativ-huquqiy hujjat loyihasi (zaruratga koʻra) |
2023-yil iyul |
Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligi L. Kudratov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sh. Kudbiyev, Transport vazirligi I. Maxkamov, Markaziy bank M. Nurmuratov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tijorat banklari |
|
48. |
Tadbirkorlarning qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va oʻz faoliyati yoʻnalishlarini mustaqil ravishda tanlashga oid huquqi amalga oshirilishini taʼminlash (67-modda). |
1. Amaldagi qonunchilikni tadbirkorlik faoliyati yoʻnalishlarini mustaqil tanlashga oid huquqni cheklovchi qoidalarning mavjudligi nuqtai nazaridan toʻliq xatlovdan oʻtkazish. 2. Aniqlangan holatlarni bekor qilish va oʻzgartirish boʻyicha takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2024-yil 1-mart |
Adliya vazirligi A. Tashkulov, Biznes ombudsman D. Qosimov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sh. Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi D. Vaxobov |
|
49. |
Oʻzbekiston hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishi kafolatlanishini amaldagi qonunchilikda belgilash va uning ijrosini tashkil etish choralarini koʻrish (67-modda). |
1. Qonunchilikni butun mamlakat boʻylab iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishiga toʻsqinlik qiluvchi qoidalarning mavjudligi nuqtai nazaridan toʻliq xatlovdan oʻtkazish. 2. Aniqlangan holatlarni bekor qilish va oʻzgartirish boʻyicha takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil 1-oktabr |
Biznes-ombudsman D. Qosimov, Adliya vazirligi A. Tashkulov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sh. Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi D. Vaxobov |
|
50. |
Bank amaliyotlarining, omonatlarning va hisobvaraqlarning sir tutilishi, shuningdek, meros huquqini kafolatlash (41-modda). |
1. “Bank siri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash. |
Amaliy chora-tadbirlar dasturi |
2023-yil iyun |
Markaziy bank M. Nurmuratov, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
2. Bank siri toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi holatlari uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil 1-noyabr | |||
|
51. |
Soliq va yigʻimlarning adolatli boʻlishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilmasligini taʼminlash (63-modda). |
1. Amaldagi soliqqa tortish hamda yigʻimlarni undirish tartibi va miqdorlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish. |
Xatlov |
2023-yil 1-iyul |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sh. Kudbiyev, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
2. Xatlov natijalari boʻyicha fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlariga zid boʻlgan hamda adolatlilik prinsipidan chetga chiquvchi soliq va yigʻimlarni, shuningdek, alohida imtiyozlarni bekor qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2023-yil 1-sentabr | |||
|
IV. Ijtimoiy davlat prinsipi asosida davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlarini amalga oshirish, kuchli ijtimoiy himoya va muhtojlarga gʻamxoʻrlik boʻyicha davlat siyosatini izchil davom ettirish | |||||
|
52. |
Fuqarolarning bandligini taʼminlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek, kambagʻallikni qisqartirish choralarini koʻrish yuzasidan amaldagi dasturlarni qayta koʻrib chiqib, ularni takomillashtirish (43-modda). |
1. Bandlikni taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish. 2. Fuqarolarning kasbiy tayyorgarligi va qayta tayyorlanishini tashkil etish. 3. Hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirish asosida mahallalarda aholini tadbirkorlikka jalb qilish mexanizmlarini kengaytirish. |
Amaliy chora-tadbirlar dasturi |
2023-yil iyun |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sh. Kudbiyev |
|
53. |
Mehnatga layoqatsiz va yolgʻiz keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlarini himoya qilish (57-modda). |
1. Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining hayoti sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida toʻlaqonli ishtirok etishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratish hamda ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda taʼminlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2023-yil iyun |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar obyektlari va xizmatlaridan toʻlaqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ularning ishga joylashishiga, taʼlim olishiga koʻmaklashish, ularga zarur boʻlgan axborotni toʻsqinliksiz olish imkoniyatini yaratish. |
Amaliy chora-tadbirlar dasturi |
2023-yil iyun | |||
|
54. |
Sogʻliqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sugʻurtaning har xil turlarini rivojlantirish. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun davlat hisobidan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini belgilash (48-modda). |
1. Sogʻliqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini rivojlantirish. 2. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini belgilash. 3. Davolash-profilaktika muassasalari tomonidan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida Davlat hisobidan tibbiy yordam koʻrsatish. 4. Tibbiy sugʻurta joriy etilishini jadallashtirish. 5. Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash. |
Amaliy chora-tadbirlar rejasi |
2023-yil iyun |
Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sh. Kudbiyev |
|
55. |
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha yangi dasturlarni ishlab chiqish, amaldagi qonunchilikda bu masalalar boʻyicha davlat majburiyatlarini belgilash (48-modda). |
1. Aholi oʻrtasida sportni ommalashtirish va sogʻlom turmush tarziga keng jalb etish, sport taʼlimi tizimini takomillashtirish, sport turlari boʻyicha yuqori natijador sportchilar zaxirasini yaratish. 2. Sport sohasida faoliyat yuritadigan nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash. |
Amaliy chora-tadbirlar dasturi |
2023-yil iyun |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi A. Ikramov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
3. Mahallalar kesimida aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sport musobaqalari oʻtkazilishini davriy ravishda tashkil etish. |
Reja-jadval asosida |
2023-yil 1-iyundan boshlab | |||
|
56. |
Barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish (49-modda). |
1. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va inson faoliyatining tabiatga salbiy taʼsirining oldini olish. 2. Atrof-muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va obyektlarning muhofaza qilinishini taʼminlash. 3. Oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrash, ular turlarining xilma-xilligini, tabiiy turkumlari yaxlitligini va ularning yashash muhitini saqlash. |
Amaliy chora-tadbirlar dasturi |
2023-yil iyun |
Tabiat resurslari vazirligi A. Abduxakimov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
1. “Yashil moliyalashtirish” mexanizmlarini tatbiq etish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish va unda shu jumladan “yashil sertifikat”, “yashil kreditlar” va xalqaro tajribada keng foydalaniladigan boshqa institutlarni joriy etish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2023-yil iyul |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sh. Kudbiyev, Markaziy bank M. Nurmuratov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Kudratov, Tabiat resurslari vazirligi A. Abduxakimov | ||
|
57. |
Orolboʻyi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan dasturlarni ishlab chiqish (49-modda). |
1. Orolboʻyi mintaqasida ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish. 2. Mintaqada aholi turmush tarzi va daromadlarini oshirishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlarni izchil davom ettirish. 3. Aholi punktlarining transport, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, aholining suv taʼminoti va sugʻorish tarmoqlarini takomillashtirish. 4. Mintaqada ekologik oqibatlarning taʼsirini yumshatish, shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilish va yangi ish joylarini yaratish, hududning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2023-yil 1-sentabr |
Tabiat resurslari vazirligi A. Abduxakimov, Suv xoʻjaligi vazirligi Sh. Xamrayev, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sh. Kudbiyev, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi F. Ermanov, Xorazm viloyati hokimligi J. Raximov |
|
58. |
Uzluksiz taʼlim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarini rivojlantirish (50-modda). |
1. Taʼlim sohasidagi qonunchilik hujjatlarini quyidagilardan kelib chiqqan holda qayta koʻrib chiqish: maktabgacha va maktab taʼlimini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, bepul umumiy oʻrta taʼlim va boshlangʻich professional taʼlim olishni taʼminlash; taʼlim tashkilotlarida alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlgan bolalar uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya berish; taʼlim sifati ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash; davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun sogʻlom raqobat muhitini yaratish. |
Amaliy chora-tadbirlar dasturi |
2023-yil iyun |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov |
|
2. Maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilinadigan bolalarning yoshiga boʻlgan talabni qayta koʻrib chiqish, bolalarning sifatli maktabgacha taʼlimdan teng foydalanishini taʼminlash, maktabgacha taʼlim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
Axborot-tahliliy maʼlumotnoma |
2023-yil 1-avgust |
|||
|
3. Soliq toʻlovchilar tomonidan yoshidan qatʼi nazar farzandlarining taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishlari uchun yoʻnaltiriladigan toʻlovlarni soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil iyun |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sh. Kudbiyev, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov | ||
|
59. |
Oliy taʼlim tashkilotlarining akademik erkinligi, oʻzini oʻzi boshqarish, tadqiqotlar oʻtkazish va oʻqitish erkinligini taʼminlash boʻyicha huquqlari amalga oshirilishini taʼminlash (51-modda). |
1. Oliy taʼlim tashkilotlarining akademik erkinligi, oʻzini oʻzi boshqarish, tadqiqotlar oʻtkazish va oʻqitish erkinligini taʼminlash boʻyicha belgilangan islohotlarni davom ettirish. 2. Oliy taʼlim tizimida ortiqcha qogʻozbozlikka barham berish, professor-oʻqituvchilarning vaqtini ichki hujjatlarni toʻldirishga sarflash bilan bogʻliq jarayonlarga barham berish choralarini koʻrish. 3. Ish beruvchilar tomonidan xodimlarga tadqiqotlar oʻtkazish uchun real imkoniyatlar yaratish boʻyicha tashkiliy-huquqiy va amaliy choralar koʻrish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2023-yil 1-avgust |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
60. |
Maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim tizimini yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida rivojlantirish (50-modda). |
1. Maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini oshirish va davlat nazorati mexanizmlarini qayta koʻrib chiqish. 2. Nodavlat maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarida faqat davlat taʼlim standartlariga rioya etilishini nazorat qilish bilan bogʻliq tekshirishlarni vakolatli organ tomonidan Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilgan holda oʻtkazish boʻyicha qonunchilikka oʻzgartirish kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil 1-avgust |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova |
|
61. |
Taʼlim tashkilotlarida alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlgan bolalar uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya berish tizimini takomillashtirish (50-modda). |
1. Taʼlim tashkilotlarini alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlgan bolalar uchun darsliklar bilan taʼminlash. 2. Alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlgan bolalarni oʻqitish boʻyicha pedagoglarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash. 3. Inklyuziv taʼlim berish boʻyicha oʻquv dasturlarini modernizatsiya qilish choralarini koʻrish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2023-yil 1-oktabr |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sh. Kudbiyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
4. Alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlgan bolalarning taʼlim tashkilotlariga kelib-ketishi uchun sharoitlar yaratish. Jumladan, mahalliy budjet hisobidan yoʻnalishsiz taksi xizmati xarajatlarini qoplash tizimini joriy qilish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil 15-avgust | |||
|
62. |
Bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy va maʼnaviy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga boʻlgan mehr-muhabbat tuygʻularini shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish (78-modda). |
Respublika fuqarosi hisoblangan va 18 yoshgacha boʻlgan bolalarning madaniy meros obyektlariga, jumladan koʻrgazmalar, tarixiy obidalar va ziyoratgohlar, shuningdek, davlat muzeylariga toʻlovsiz kirish tartibini joriy etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-yil 1-sentabrdan boshlab |
Madaniy meros agentligi B. Abdikarimov, Madaniyat va turizm vazirligi O. Nazarbekov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sh. Kudbiyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
63. |
Oʻqituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy oʻsishini taʼminlash boʻyicha milliy dasturni qabul qilish (52-modda). |
1. Oʻqituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar uchun jazo choralarini kuchaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
Axborot xati |
2023-yil 1-dekabr |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov |
|
2. Oʻqituvchilarni ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar dasturi |
2023-yil iyun | |||
|
3. Oʻqituvchilar uchun zamonaviy bilimlar va pedagogik usullarni yetkazib beruvchi malaka oshirish kurslarini tashkil etish. |
Reja-jadval asosida |
||||
|
64. |
Oilalarning toʻlaqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratish boʻyicha aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish (76-modda). |
1. Ijtimoiy yordamga muhtoj va ijtimoiy nafaqa tayinlash mezonlariga javob beradigan barcha oilalar va shaxslarni ijtimoiy yordam dasturlari bilan qamrab olish. 2. Ehtiyojmand oilalar uchun majburiy ijtimoiy kafolatlarni taʼminlash, muhtoj qatlamlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish. 3. Oila, onalik, otalik va bolalikni davlat tomonidan himoya qilish amaliyotini yanada kengaytirish. |
Amaliy chora-tadbirlar dasturi |
2023-yil iyun |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi O. Parpiboyeva, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
65. |
Xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek, davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlash (58-modda). |
1. Davlat xizmati sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash orqali davlat boshqaruvida turli jinsdagi shaxslarning ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish. 2. Kadrlar zaxirasini shakllantirishda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqligi tamoyiliga qatʼiy rioya qilish, shuningdek, davlat xizmatidagi lavozimlarni, shu jumladan rahbarlik lavozimlarini egallash uchun tanlovda xotin-qizlar va erkaklarning erkin ishtirok etishini taʼminlash, alohida xususiyatlarga ega boʻlgan kasb sohalari bundan mustasno. |
Amaliy chora-tadbirlar dasturi |
2023-yil iyun |
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O. Xasanov, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi O. Parpiboyeva |
|
66. |
Yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum boʻlgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning taʼlim olishini, sogʻlom va har tomonlama kamol topishini taʼminlash (77-modda). |
1. Yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda, ushbu bolalarni boqish, tarbiyalash, ularning taʼlim olishi, sogʻlom va har tomonlama kamol topishiga koʻmaklashuvchi xayriya faoliyatini ragʻbatlantirish choralarini ham inobatga olish. 2. Hukumat qarori loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi |
2024-yil 1-mart |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
|
67. |
Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zarurati hisobga olingan holda belgilanishidan kelib chiqib, zarur huquqiy asoslarni yaratish (42-modda). |
1. Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini belgilash tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. Bunda, ushbu miqdorni belgilashda insonning munosib turmush darajasi taʼminotini hisobga olish. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” PF-5723-son Farmonining talablarini qayta koʻrib chiqish va natijalari boʻyicha mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini belgilash tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi |
2023-yil 1-oktabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sh. Kudbiyev |
|
68. |
Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan boʻshatish va ularning ish haqini kamaytirish kabi holatlarning oldini olish (42-modda). |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan boʻshatish va ularning ish haqini kamaytirish kabi holatlar boʻyicha murojaatlarni qabul qiladigan Call-markazni tashkil etish va bunday toifadagi murojaatlarni tezlashtirilgan tartibda koʻrib chiqishni belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil 1-iyun |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev |
|
69. |
Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanishiga oid qoidaga rioya etmaslik holatlarining oldini olish va yoʻl qoʻymaslik (44-modda). |
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlari masalalarida oʻquv kurslari tashkil etish boʻyicha takliflarni tayyorlash. Bunda: |
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab doimiy |
Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz A. Saidov, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Q. Rafikov, Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi | |
|
1. Inson huquqlarini himoya qilish, majburiy mehnatning barcha shakllaridan himoya qilishni takomillashtirish masalalarida oʻquv kurslari dasturini ishlab chiqish. |
Oʻquv kurslari dasturi | ||||
|
2. Oʻquv kurslarini onlayn va oflayn formatda tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar | ||||
|
70. |
Davlat xizmatiga kirishda Oʻzbekistonning barcha fuqarolari uchun teng sharoitlarni yaratish (37-modda). |
Oʻzbekiston fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egaligini amaldagi qonunchilikda belgilash. Davlat fuqarolik xizmatining mazkur tamoyilga asosan tashkil etilishini taʼminlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2023-yil 1-iyul |
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi A. Xasanov |
|
71. |
Yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini ragʻbatlantirish boʻyicha amaldagi qonunchilikni qayta koʻrib chiqib, yangi aniq choralarni belgilash (79-modda). |
1. Yoshlarning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini ragʻbatlantirish. 2. Yoshlarning maʼnaviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish. 3. Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash. |
Amaliy chora-tadbirlar dasturi |
2023-yil iyun |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi A. Ikramov, Yoshlar ishlari agentligi A. Saʼdullayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
72. |
Yoshlarning maʼnaviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning taʼlim olishga, sogʻligʻini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga boʻlgan huquqlarini amalga oshirish sharoitlarini oʻrganib chiqib, ularni yanada yaxshilash choralarini amalga oshirish (79-modda). |
1. 2023-2024-yillar davomida “Yoshlar daftari” tizimi orqali yoshlarga koʻrsatiladigan ijtimoiy-iqtisodiy xizmat turlarini 1,5 barobargacha oshirish. 2. Yoshlarga ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlarni koʻrsatishda ularning iqtidoridan unumli foydalanishga qaratilgan ijtimoiy shartnomalar amaliyotini joriy etish. 3. Davlat organlari va tashkilotlarining yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini “Yoshlar balansi” asosida yoshlarning ijtimoiy holati, qiziqishi va muammolarining xususiyatidan kelib chiqib yoʻlga qoʻyish. 4. Davlat organlari va tashkilotlarining yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq zarur boʻlgan maʼlumotlarni shakllantirish maqsadida “Elektron hukumat” tizimi Idoralararo integratsiyalashuv platformasining tegishli axborot resurslari bazalarini Yoshlar ishlari agentligining axborot tizimlariga integratsiya qilish. |
Amaliy chora-tadbirlar dasturi |
2023-yil iyun |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi A. Ikramov, Yoshlar ishlari agentligi A. Saʼdullayev |
|
73. |
Qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz boʻlishi mumkin emasligini doimiy taʼminlash (46-modda). |
Pensiyalar, nafaqalar va davlat tomonidan beriladigan boshqa turdagi ijtimoiy yordamning eng kam miqdorlarini eng kam isteʼmol xarajatlariga yetkazish va uning ushbu koʻrsatkichdan oz boʻlmasligini doimiy taʼminlab borish. |
Amaliy chora-tadbirlar dasturi |
2023-yil iyun |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sh. Kudbiyev, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev |
|
74. |
Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan toʻlaqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratishga oid davlatning aniq majburiyatlarini qonunchilik hujjatlarida aks ettirish (78-modda). |
1. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar foydalanadigan inventarlarga texnik talablarni ishlab chiqish va mazkur talablarni davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoniga bogʻlash. |
Texnik hujjatlar |
2023-yil 1-oktabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sh. Kudbiyev, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili A. Yunusova |
|
2. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (bolalar ombudsmani) toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil 1-avgust | |||
|
75. |
Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning hamda koʻrgan zararlarining oʻrni oldindan hamda teng qiymatda qoplanishini taʼminlash (47-modda). |
1. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning hamda koʻrgan zararlarining oʻrni oldindan hamda teng qiymatda qoplanishini taʼminlash. |
Amaliy chora-tadbirlar dasturi |
2023-yil iyun |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sh. Kudbiyev, Adliya vazirligi A. Tashkulov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Mazkur konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2023-yil 1-oktabr | |||
|
76. |
Uy-joy qurilishini ragʻbatlantirish va uy-joyga boʻlgan huquqning amalga oshirilishini taʼminlash (47-modda). |
1. Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini izchil davom ettirish. |
Amaliy chora-tadbirlar dasturi |
2023-yil iyun |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi B. Zakirov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sh. Kudbiyev |
|
Bunda, 2023-yilda 90 mingta yangi uy-joylar qurilishi hamda oʻz vaqtida ipoteka kreditlari va subsidiyalar ajratilishini qatʼiy nazoratga olish. |
2023-yil davomida | ||||
|
2. Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan taʼminlash tartibini nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil 1-dekabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sh. Kudbiyev, Adliya vazirligi A. Tashkulov, vazirlik va idoralar | ||
|
V. Dunyoviy davlat prinsipi doirasida vijdon erkinligi kafolatlarini kuchaytirish, millatlar, konfessiyalar oʻrtasida totuvlikni taʼminlash siyosatini izchil davom ettirish | |||||
|
77. |
Dunyoviy davlat prinsipini roʻyobga chiqarish mexanizmlarini takomillashtirish. |
Dunyoviy davlatni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va unda ushbu prinsip doirasida vijdon erkinligi kafolatlarini kuchaytirish, millatlar, konfessiyalar oʻrtasida totuvlikni taʼminlash siyosatini amalga oshirishning yangi mexanizmlarini joriy qilish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2024-yil 1-yanvar |
Adliya vazirligi A. Tashkulov, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti E. Aripov, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi R. Kurbanov |
|
78. |
Yurtimizda millatlararo totuvlik, diniy bagʻrikenglik va xalqaro doʻstlikni targʻib etuvchi madaniy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish. |
1. 30-iyul — Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan “Doʻstlik” festivalini tashkil etish va oʻtkazish. 2. 16-noyabr — Xalqaro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlab respublikaning barcha hududlarida “Bagʻrikenglik haftaligi”ni oʻtkazish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-yil davomida |
Madaniyat va turizm vazirligi O. Nazarbekov, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi R. Kurbanov |
|
79. |
Dunyoviy davlat prinsipi targʻibotini amalga oshirish. |
Axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zoʻravonlik va shafqatsizlik gʻoyalaridan himoya qilish boʻyicha targʻibot ishlarini kuchaytirish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2023-yil iyun |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi M. Hojimatov, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
VI. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning targʻibotini amalga oshirish va boshqa tashkiliy-huquqiy masalalar | |||||
|
80. |
Barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarida yangi tahrirdagi Konstitutsiyani soʻzsiz va toʻliq amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi choralarni koʻrish. |
Davlat organlari va tashkilotlarida yangi tahrirdagi Konstitutsiyani amalga oshirish boʻyicha oʻz yoʻnalishidan kelib chiqib, chora-tadbirlar dasturlarini tasdiqlash va ularning qatʼiy ijrosini taʼminlash. |
Chora-tadbirlar dasturlari |
2023-yil may |
Barcha vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
81. |
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini targʻib qilish ishlarini hududlar kesimidagi yoʻlga qoʻyish. |
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning hududlar kesimidagi targʻibotini amalga oshirish dasturini ishlab chiqib, tasdiqlash hamda targʻibot guruhlari tarkiblarini shakllantirish. Targʻibot guruhlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ular tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish. |
Targʻibot dasturi |
2023-yil 20-may |
Adliya vazirligi A. Tashkulov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi A. Saidov, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi A. Xodjayev, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
82. |
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning moddama-modda ilmiy-amaliy sharhini tayyorlash. |
Yetakchi milliy va xorijiy ekspertlar, huquqshunoslar va davlat arboblarini jalb etgan holda, sharh matni tayyorlanishini hamda oʻzbek va xorijiy tillarda chop etilishini taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2023-yil 1-dekabrga qadar |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti M. Raxmankulov, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
83. |
Davlat fuqarolik xizmati va sud-huquq tizimi xodimlarining yangi konstitutsiyaviy talablarga rioya etish borasidagi bilim va malakasini oshirish. |
2023-2024-yillarda yangi tahrirdagi Konstitutsiya boʻyicha davlat fuqarolik xizmatchilari va sud-huquq tizimi xodimlarini oʻqitish rejasini tasdiqlash va uning samarali amalga oshirilishini taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar dasturlari |
2023-yil iyun |
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Gʻ. Mirzayev, Adliya vazirligi A. Tashkulov, Davlat xavfsizlik xizmati A. Azizov, Sudyalar oliy kengashi X. Yodgorov, Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov |
|
84. |
2023/2024 oʻquv yili boshlanguniga qadar yangi tahrirdagi Konstitutsiyani oʻrganish boʻyicha darsliklar va adabiyotlarni yaratish. |
1. Barcha taʼlim turlari va bosqichlaridagi Konstitutsiyani oʻrganish boʻyicha oʻquv va taʼlim dasturlarini qayta koʻrib chiqish va ularni yangi tahrirdagi Konstitutsiya norma va qoidalariga moslashtirish. 2. Oʻquvchilarga, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, yangi tahrirdagi Konstitutsiyani oʻrgatish boʻyicha zamonaviy metodikaga asoslangan darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va maxsus adabiyotlarni yaratish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2023-yil 1-iyun |
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi A. Xodjayev |
|
85. |
Aholining mehnat huquqlari buzilishining oldini olish boʻyicha amaliy choralar koʻrish. |
Mehnat uchun kamsitilmaslik, mehnatga munosib adolatli haq olish, homiladorlarni ishdan boʻshatish va ish haqini kamaytirish taqiqlanishiga oid konstitutsiyaviy talablarga barcha davlat va nodavlat tashkilotlarda rioya etilishi ustidan nazorat oʻrnatish, mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida muntazam ravishda jamoatchilikni xabardor qilish. |
Kompleks chora-tadbirlar rejasi |
2023-yil iyun |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sh. Qudbiyev, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
86. |
Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida targʻibot tadbirlarini oʻtkazish. |
1. Tajribali sudyalar, tergovchilar, advokatlarni jalb qilgan holda quyidagi masalalar boʻyicha telekoʻrsatuvlar va ijtimoiy roliklar tayyorlash va keng tarqatish: shaxs ayblov toʻgʻrisida xabardor boʻlishi, unga qarshi yoki uning foydasiga guvohlarning soʻroq qilinishini talab etish, qonunni buzib olingan dalillardan sudda foydalanilmasligi, yuqori turuvchi sudga shikoyat qilish, afv etish yoki jazoni yengillashtirishni iltimos qilish; jazolash faqat sudning vakolatiga kirishi, “samosud” holatlariga huquqiy davlatda mutlaqo yoʻl qoʻyilmasligi, respublikada odil sudlov faqat sudlar tomonidan amalga oshirilishi, ularni munosib ravishda moliyalashtirilishi konstitutsiyaviy darajada belgilanganligi. |
Amaliy chora-tadbirlar dasturi |
2023-yil iyul |
Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev, Oliy sud B. Islamov, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Adliya vazirligi A. Tashkulov, Davlat xavfsizlik xizmati A. Azizov, Advokatlar palatasi A. Ernazarov |
|
2. Ushlangan va tergov ostida boʻlgan shaxsning konstitutsiyaviy protsessual huquqlarini batafsil tushuntirib beruvchi koʻrgazmali materiallarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shu jumladan, tergov idoralari binolarida fuqarolarga koʻrinadigan tarzda joylashtirilishini taʼminlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-yil iyun |
Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Milliy gvardiya R. Djurayev, Davlat xavfsizlik xizmati A. Azizov | ||
|
87. |
Konstitutsiyada belgilangan qoidalarning barcha aholi qatlamlari uchun tushunarli boʻlishini taʼminlash. |
Nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar uchun foydalanishga qulay boʻlgan (Brayl alifbosi) yangilangan Konstitutsiyaning asosiy jihatlarini aks etgan qoʻllanmalarni tayyorlash va bepul tarqatish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2024-yil 1-yanvar |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
88. |
“Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi” yagona milliy portali va uning mobil ilovasini ishga tushirish. |
Aholiga konstitutsiyaviy normalar bilan qulay tarzda tanishish imkoniyatini beruvchi “Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi” yagona milliy portalini “Mening Konstitutsiyam” portali negizida yaratish va ishga tushirish. Portalning oʻzbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida yuritilishini taʼminlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023-yil 1-iyun |
Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti M. Raxmankulov, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
89. |
Qonunosti hujjatlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga oʻz vaqtida muvofiqlashtirish. |
Qonunosti hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish natijalariga koʻra yangi tahrir?agi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilishi lozim boʻlgan normalarni qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2023-yil sentabr |
Adliya vazirligi A. Tashkulov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti M. Raxmankulov |
2-ILOVA
|
Sh.M. Mirziyoyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Komissiya raisi |
|
A.N. Aripov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri |
|
S.U. Umurzakov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari |
|
T.K. Narbayeva |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi |
|
N.M. Ismoilov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri |
|
A.A. Azizov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi |
|
B.D. Islamov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi |
|
N.T. Yoʻldoshev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori |
|
A.X. Saidov |
— |
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori |
|
V.V. Maxmudov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi |
|
R.K. Davletov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi |
|
R.A. Gulyamov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi |
|
O.Q. Abduraxmonov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi |
|
Gʻ.Gʻ. Mirzayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi |
|
K.K. Kuranbayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi |
|
M.M. Kamilov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi |
|
B.M. Mavlonov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari |
|
D.B. Kadirov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari |
|
A.J. Ramatov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari |
|
J.A. Qoʻchqorov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari |
|
J.A. Xodjayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari |
|
Z.B. Maxkamova |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari |
|
Lavozimi boʻyicha |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari |
|
A.A. Xodjayev |
— |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori |
|
A.D. Xadjayev |
— |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
|
R.R. Xakimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari, Komissiya kotibi |
3-ILOVA
T.K. Narbayeva | — | Oliy Majlis Senati Raisi, Kengash raisi |
E.T. Aripov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining birinchi oʻrinbosari |
G.X. Yoziyev | — | Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari |
B.B. Valiyev | — | Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari |
Sh.Gʻ. Xalmuxamedov | — | mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari |
I.A. Ibragimov | — | Milliy gvardiya qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari |
S.E. Xusanov | — | Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari — Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni |
B.M. Usmanov | — | tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari |
F.O. Shermatov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti boshligʻining birinchi oʻrinbosari |
A.K. Rasulev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti ilmiy kotibi |
A.I. Neʼmatov | — | Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi oʻrinbosari, Kengash kotibi |
4-ILOVA
|
N.M. Ismoilov |
— |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri, Kengash raisi |
|
Sh.G. Bafayev |
— |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmita raisi |
|
Sh.A. Chulliyev |
— |
Oliy Majlis Senati qoʻmita raisi oʻrinbosari |
|
Sh.T. Palvanov |
— |
Oliy sud raisi oʻrinbosari |
|
M.M. Ikramov |
— |
adliya vaziri oʻrinbosari |
|
I.I. Norqulov |
— |
iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari |
|
A.A. Xodjayev |
— |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori |
|
D.K. Muratova |
— |
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori oʻrinbosari |
|
A.M. Karimov |
— |
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi |
|
O.N. Xusanov |
— |
Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi direktori |
|
S.Sh. Rashidova |
— |
Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori |
|
N.X. Raximova |
— |
“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori |
|
E.S. Tulyakov |
— |
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori |
|
B.M. Bekmurodov |
— |
“Yuksalish” umummilliy harakati raisi |
|
B.G. Radjabov |
— |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoni rahbari oʻrinbosari, Kengash kotibi |
5-ILOVA
N.T. Yoʻldoshev | — | Bosh prokuror, Kengash raisi |
N.M. Umarov | — | Oliy Majlis Senati qoʻmita raisi |
D.D. Shirinov | — | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmita raisi |
F.F.Eshmatova | — | Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) |
A.D. Tashkulov | — | adliya vaziri |
P.R. Bobojonov | — | ichki ishlar vaziri |
D.S. Kasimov | — | Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil |
A.E. Burxanov | — | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori |
U.Sh. Xusainov | — | Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori v.b. |
V.Yo. Ergashev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori oʻrinbosari |
D.N. Kalandarov | — | Bosh vazir kotibiyati rahbari oʻrinbosari |
Lavozimi boʻyicha | — | Davlat xavfsizlik xizmati masʼul xodimi |
A.A. Maxmudov | — | Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi, Kengash kotibi |
6-ILOVA
|
J.A. Qoʻchqorov |
— |
Bosh vazir oʻrinbosari, Kengash raisi |
|
U.U. Sharifxodjayev |
— |
maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
U.A. Azamov |
— |
madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
I.I. Norqulov |
— |
iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari |
|
A.Q. Karimov |
— |
yoshlar siyosati va sport vaziri maslahatchisi |
|
O.N. Qudratov |
— |
tabiat resurslari vaziri oʻrinbosari |
|
K.X. Karimov |
— |
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari |
|
U.Yu. Sabirov |
— |
sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari |
|
A.N. Karimov |
— |
adliya vaziri oʻrinbosari |
|
B.X. Maxamadaliyev |
— |
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi oʻrinbosari |
|
O.A. Parpiboyeva |
— |
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi |
|
I.S. Muxammedov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti shuʼba mudiri |
|
E.M. Muxitdinov |
— |
kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari, Kengash kotibi |
7-ILOVA
|
A.D. Tashkulov |
— |
adliya vaziri, Kengash raisi |
|
S.D. Toshboyev |
— |
Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi |
|
K.X. Karimov |
— |
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
U.U. Sharifxodjayev |
— |
maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
A.Z. Saʼdullayev |
— |
yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi oʻrinbosari — Yoshlar ishlari agentligi direktori |
|
U.A. Azamov |
— |
madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
R.J. Kurbanov |
— |
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi |
|
D.M. Saidjanov |
— |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari |
|
N.N. Xikmatullayev |
— |
Milliy teleradiokompaniya raisining birinchi oʻrinbosari |
|
Lavozimi boʻyicha |
— |
Davlat xavfsizlik xizmati masʼul xodimi |
|
M.D. Allakuliyev |
— |
Adliya vazirligi Qonunchilik departamenti boshligʻi, Kengash kotibi |
8-ILOVA
|
M.X. Raxmankulov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori, Kengash raisi |
|
A.X. Saidov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari |
|
M.E. Abdusalomov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi |
|
Sh.T. Palvanov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi oʻrinbosari |
|
R.R. Xakimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari |
|
O.A. Xakimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori |
|
M.M. Mirakulov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri |
|
S.N. Gordeyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri |
|
E.F. Gadoyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmita raisi |
|
Sh.X. Nazarov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmita raisi |
|
D.D. Shirinov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmita raisi |
|
Z.A. Reymova |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmita raisi |
|
U.A. Tuxtasheva |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori oʻrinbosari |
|
I.K. Jasimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʻrinbosari |
|
A.K. Ernazarov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi |
|
E.S. Tulyakov |
— |
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori |
|
B.M. Bekmurodov |
— |
“Yuksalish” umummilliy harakati raisi |
|
I.R. Rustambekov |
— |
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.b. |
|
V.E. Kolenko |
— |
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshligʻi v.v.b. |
|
Sh.S. Sirojiddinov |
— |
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori v.b. |
|
M.T. Turgʻunov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti direktori |
|
A.A. Umarov |
— |
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti direktori oʻrinbosari |
|
G.S. Ismailova |
— |
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori |
|
I.A. Xamedov |
— |
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Davlat qurilishi va ommaviy huquq tadqiqot markazi direktori |
|
I.R. Bekov |
— |
Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri |
|
O. Okyulov |
— |
Toshkent davlat yuridik universiteti professori |
|
E.D. Kutibayeva |
— |
Qoraqalpoq davlat universiteti professori |
|
K.V. Djavakova |
— |
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kafedra boshligʻi |
|
V.X. Davlyatov |
— |
Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori oʻrinbosari, Kengash kotibi |