1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, diniy-maʼrifiy sohaning samaradorligini oshirishga munosib hissa qoʻshgan davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining buyurtmasiga asosan “Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tayyorlanishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi koʻkrak nishonini har yili 16-noyabr — Xalqaro bagʻrikenglik kuni arafasida tantanali ravishda topshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi S.D. Toshboyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 25-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
495-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-sentabrdagi 495-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.08 Vijdon erkinligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vijdon erkinligi kafolatlarini taʼminlash borasidagi katta xizmatlari, aholi oʻrtasida dinlararo va konfessiyalararo hamjihatlik, totuvlik va bagʻrikenglikni mustahkamlash, diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni targʻib etish, jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini saqlash yoʻlidagi koʻp yillik samarali mehnati uchun atoqli davlat va jamoat arboblari, diniy-ijtimoiy sohadagi rahbarlar va yetuk ulamolar, davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar xodimlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalarning vakillari, xorijiy arboblar va olimlar taqdirlanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishoni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham mazkur Nizom talablari asosida taqdirlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, diniy-maʼrifiy, ijtimoiy-maʼnaviy sohadagi tashkilotlar koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) har yili 1-oktabrga qadar taqdim etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 521-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi toʻgʻrisida nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarga nomzod haqida quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzod haqida maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (fuqarolik pasporti yoki ID-karta);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning soʻnggi uch yil davomida diniy-maʼrifiy sohaning samaradorligini oshirish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini taʼminlash, dinlararo va konfessiyalararo totuvlik va bagʻrikenglikni mustahkamlash borasida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish uchun Qoʻmita raisi tomonidan diniy-maʼrifiy sohada koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan 9 kishidan iborat tarkibda komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmitaning Diniy-maʼrifiy tashkilotlar va ilmiy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Komissiya tarkibi va Komissiya toʻgʻrisidagi nizom Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibiga Qoʻmita huzuridagi Konfessiyalar ishlari kengashi, diniy-maʼrifiy sohadagi tashkilotlar va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari vakillari kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiyaning asosiy vazifasi koʻkrak nishoniga nomzodlarni tanlashda yuzaki yondashuvlarga yoʻl qoʻymasdan, adolat va xolislik mezonlariga koʻra komissiya yigʻilishlarining haqiqiy muhokamalar asosida oʻtkazilishini taʼminlagan holda, koʻkrak nishoniga nomzodlar boʻyicha hujjatlarni Nizomda belgilangan muddatlarda sifatli va toʻliq tayyorlab, taqdim etishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiya yigʻilishida nomzodlarga oid hujjatlar belgilangan tartibda oʻrganilib, mazkur Nizomga 2-ilovada belgilangan mezonlarga muvofiq baholanadi va oʻz takliflarini bildirgan holda, har yili 1-noyabrga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya xulosasi asosida Qoʻmita raisining koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi har yili 10-noyabrga qadar chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Koʻkrak nishoni har yili 16-noyabr — Xalqaro bagʻrikenglik kuni arafasida Qoʻmita raisi (yoki uning topshirigʻiga muvofiq boshqa masʼul shaxslar) tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yuridik va jismoniy shaxslar koʻkrak nishoni bilan Qoʻmita raisining tashabbusiga asosan alohida holatlarda ham taqdirlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar roʻyxati Qoʻmitaning rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qoʻmita ushbu Nizomga muvofiq koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlarining xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, diniy-maʼrifiy, ijtimoiy-maʼnaviy sohadagi tashkilotlar
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga taqdim etadi.
Har yili 1-oktabrga qadar
2-bosqich
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlar haqidagi tegishli hujjatlarni oʻrganib chiqadi va yakuniy xulosa qabul qiladi.
Har yili 1-noyabrga qadar
3-bosqich
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Komissiya xulosasi asosida koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisida Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining buyrugʻini chiqaradi.
Har yili 10-noyabrga qadar
4-bosqich
Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi (yoki uning topshirigʻiga muvofiq boshqa masʼul shaxslar)
“Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni bilan taqdirlaydi.
Har yili 16-noyabr — Xalqaro bagʻrikenglik kuni arafasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MEZONLARI

T/r
Koʻrsatkichlarning nomlanishi
Ball tizimi
1.
Bagʻrikenglik va dinlararo totuvlik, jamiyatda barqaror ijtimoiy-maʼnaviy muhitni taʼminlashdagi koʻp yillik ibratli faoliyati
1 balldan 10 ballgacha
2.
Aholi oʻrtasida diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarning targʻiboti va tashviqotini amalga oshirishga hissa qoʻshib kelayotgani
1 balldan 10 ballgacha
3.
Bagʻrikenglik va dinlararo totuvlikni shakllantirishga qaratilgan risola, kitob, qoʻllanmalar yaratgani, konferensiya, seminar, davra suhbatlari va fuqarolar bilan uchrashuvlarda targʻibot-tashviqot ishlarini keng olib borayotgani
1 balldan 10 ballgacha
4.
Yoshlarning maʼnaviy-axloqiy kamol topishida, ularni Vatanga sadoqat, azaliy anʼanalarga hamda oilaviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda oʻzining boy hayotiy tajribasi bilan oʻrnak boʻlayotgani va faol qatnashayotgani
1 balldan 10 ballgacha
5.
“Jaholatga qarshi maʼrifat” ulugʻvor gʻoyasi asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlarimiz ifodasi ekanligini keng yoritishi va bu sohadagi ilmiy-maʼrifiy faoliyat olib borayotgani
1 balldan 10 ballgacha
6.
Yoshlar oʻrtasida milliy va diniy qadriyatlarga nisbatan hurmatni oshirish borasidagi faoliyati
1 balldan 10 ballgacha
7.
Urf-odat, milliy-diniy qadriyatlar asosida yurt tinchligi, xalq farovonligi va sogʻlom maʼnaviy muhitni taʼminlash yoʻlida shaxsiy namuna koʻrsatgani
1 balldan 10 ballgacha
8.
Diniy va dunyoviy bilimlar uygʻunligini rivojlantirish asosida taʼlim sifatini oshirish, diniy-maʼrifiy sohada malakali kadrlar tayyorlashga qoʻshgan hissasi
1 balldan 10 ballgacha
9.
Jamiyatda milliy va diniy qadriyatlarimizga yot boʻlgan gʻoyalarga nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirishdagi ibratli mehnati
1 balldan 10 ballgacha
10.
Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda amalga oshirayotgan ibratli ishlarining keng yoritilish darajasi
1 balldan 10 ballgacha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Nomzodlarning erishgan natijalari boʻyicha qoʻyilgan ballar jamlanib, eng yuqori koʻrsatkichni qayd etganlar koʻkrak nishoniga nomzod sifatida tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-sentabrdagi 495-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishonining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI

“Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishonining diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonining markazida oq emal bilan qoplangan doira ichida Yer shari va Oʻzbekiston Respublikasining xaritasi, uning yuqori qismida quyosh nurlari fonida erkinlik ramzi boʻlgan parvoz etayotgan qaldirgʻochlar, quyi qismida esa bagʻrikeng insonning ochiq kaftlari timsoli aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishoni aylanasi boʻylab yuqori qismida yashil emal fonida zarhallangan “DINIY BAGʻRIKENGLIK” yozuvi, quyi qismida esa naqshinkor parchaga tutashgan ikkita dafna novdasi joylashgan. Harflar balandligi 3 millimetr.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonining orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonining qalinligi — 2,5 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 24 millimetrdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning markazidan eni 4,4 millimetrli oq koʻk yoʻl oʻtgan. Uning har ikki tarafidan eni 4,4 millimetrli oq va yashil rangdagi yoʻllar tushirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-sentabrdagi 495-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni guvohnomasi 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) koʻk rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, toʻgʻri toʻrtburchak shaklida boʻlgan koʻk rangli hoshiya bilan oʻralgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 5 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “DINIY BAGʻRIKENGLIK” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl), ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 7 millimetr pastda “GUVOHNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17 kegl) soʻzi yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozuvlar koʻk rangda aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) och koʻk rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda, koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVOHNOMA №” soʻzi (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) va 16 millimetrli chiziq joylashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 9 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pastki chiziqdan 8 millimetr quyida, markazda, oraligʻi 3 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undan 7 millimetr pastda oraligʻi 5 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20____-yil “____”-___________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli buyrugʻiga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undan 5 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “DINIY BAGʻRIKENGLIK” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 12 kegl), ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan”, uchinchi satrda “taqdirlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi soʻzlardan 10 millimetr pastda, chap tomonda “Rais” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzi yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GUVOHNOMASI

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2023-y., 09/23/495/0726-son)