22.09.2023 yildagi 489-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Davlat organlari ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishning zamonaviy shakllari joriy etilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 18-iyundagi 380-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, mahalla institutini jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirish, davlat organlarining fuqarolar bilan yaqin hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ularning ochiq va oshkora faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, aholini jamiyat va davlat ishlarini boshqarishga faol jalb etish, davlat organlari faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning jadal sur’atlari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari rolini yanada oshirish, davlat organlari ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish yo‘nalishida ularning faoliyatini kuchaytirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurligini taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 18-iyundagi 380-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“mahalla nazorati” va “mahalla raisi so‘rovi” institutlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir fuqarolar yig‘ini huzurida mahalla raisi rahbarligida mahalla nazorati guruhini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla nazorati guruhini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining namunaviy tuzilmasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla nazorati guruhi tomonidan aholi e’tirozlariga eng ko‘p sabab bo‘layotgan muammolarni aniqlash maqsadida muntazam ravishda muhokamalar o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla fuqarolar yig‘ini kengashida tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari hamda mas’ul xodimlarining amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axborotlarini muntazam ravishda eshitib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Fuqarolar yig‘ini huzuridagi mahalla nazorati guruhi to‘g‘risidagi namunaviy nizom asosida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tegishli nizomlarning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishiga hamda ularning faoliyati samarali tashkil etilishiga har tomonlama ko‘maklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 22-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
489-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-sentabrdagi 489-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 18-iyundagi 380-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-ilova bilan tasdiqlangan Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi namunaviy nizomga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Fuqarolar yig‘ini majlisi

(fuqarolar vakillarining yig‘ilishi)

Taftish komissiyasi

Fuqarolar yig‘inining Kengashi

Fuqarolar yig‘inining raisi

Mahalladagi xotin-qizlar faoli

Huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosar — profilaktika inspektori

Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi

Keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchi

Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya

“Keksalar maslahati” guruhi

Yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi

“Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi

Mahalla nazorati guruhi

“Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhi

“Ayollar maslahat Kengashi”

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiya

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 3-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
““Keksalar maslahati” guruhi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla nazorati” guruhi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagi mazmundagi 41-bob bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“41-bob. Mahalla nazorati guruhining faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Mahalla nazorati guruhining asosiy maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
581. Mahalla nazorati guruhining maqsadi aholining davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirokini kengaytirish orqali davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
582. Quyidagilar Mahalla nazorati guruhining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik talablarining ta’minlanishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlariga, ularning mansabdor shaxslari zimmasiga yuklangan, ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxldor bo‘lgan vazifalar va funksiyalar bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslarining ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni bajarishga doir faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi, mahalladagi yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli, ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
583. Mahalla nazorati guruhi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarining bajarilish holatini o‘rganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga doir masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda ishtirok etadi, shuningdek, ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlariga tegishli takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarining mahallaga biriktirilgan xodimlari tomonidan bajarilayotgan ishlarning natijalarini tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, shuningdek, kiritilgan takliflarni mazkur davlat organlari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida muhokama qilishga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan dasturlar asosida amalga oshirilgan ishlarning samaradorligini tahlil qiladi, shuningdek, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar va davlat organlari va tashkilotlarining boshqa qarorlari loyihalarini ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilganligi aniqlangan holatlar yuzasidan choralar ko‘rish to‘g‘risida tegishli davlat organlari va tashkilotlariga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik nazorati natijalariga ko‘ra taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni tegishli davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rib chiqish uchun yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik nazorati natijalari asosida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
584. Mahalla nazorati guruhi o‘z vazifalarini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, shuningdek, fuqarolar yig‘ini kengashi, fuqarolar yig‘inining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiyasi hamda boshqa komissiyalari, hamda fuqarolar yig‘ini faoliyatiga ko‘maklashuvchi jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
585. Mahalla nazorati guruhi o‘zining asosiy vazifa va funksiyalarini bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlariga murojaatlar va so‘rovlar yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlaridan ularning faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan axborotlar, statistika va boshqa materiallarni belgilangan tartibda olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar, davlat organlari va tashkilotlarining boshqa qarorlari loyihalari yuzasidan jamoatchilik muhokamasini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslarining faoliyatiga taalluqli va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yoxud fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan jamoatchilik eshituvini o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslarining faoliyati bo‘yicha jamoatchilik manfaatiga daxldor axborotni to‘plash, umumlashtirish va tahlil etish orqali jamoatchilik monitoringini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyda mahalla kengashida tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axborotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi e’tirozlariga eng ko‘p sabab bo‘layotgan muammolarni aniqlash maqsadida muntazam ravishda muhokamalarni, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, jamiyat manfaatlari buzilganligi aniqlanganda, materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklangan vazifalarni bajarish uchun nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, fuqarolar yig‘inining boshqa jamoatchilik komissiyalari va tuzilmalari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qilish, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla nazorati guruhi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
586. Mahalla nazorati guruhi o‘z faoliyatini amalga oshirishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizom talablariga rioya qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq qonunchilikda belgilangan cheklovlarga amal qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradigan faoliyatiga aralashmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslarining faoliyat ko‘rsatishi uchun to‘sqinlik qilmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlashga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘ymasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish jarayonida olingan axborotning, agar bunday axborotni tarqatish qonun bilan cheklangan bo‘lsa, oshkor etmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Mahalla nazorati guruhi tarkibini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
587. Mahalla nazorati guruhi uning rahbari, rahbar o‘rinbosari, kotibi va a’zolaridan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
588. Mahalla nazorati guruhi a’zoligiga mahallada obro‘-e’tiborli, ijtimoiy faol, boshqalarga ibrat bo‘ladigan, katta hayotiy tajribaga ega fuqarolar (davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari bundan mustasno), shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla nazorati guruhi tarkibini shakllantirishda gender tenglik tamoyiliga rioya qilinadi, shuningdek, uning tarkibiga nogironligi bo‘lgan shaxslar ham kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla nazorati guruhi a’zolarining soni cheklanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
589. Mahalla nazorati guruhi a’zolari fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan har 5 yilda saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla nazorati guruhiga fuqarolar yig‘ini raisi rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla nazorati guruhi tarkibiga kiritiladigan nomzodga fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi yoqlab ovoz bergan taqdirda, u saylangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla nazorati guruhi a’zosi muddatidan avval guruh tarkibidan chiqarilganda, guruhning yangi a’zosi bir oy muddat ichida fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5810. Mahalla nazorati guruhi o‘zining birinchi tashkiliy yig‘ilishida a’zolar ichidan guruh rahbarining o‘rinbosarini va guruh kotibini saylaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5811. Mahalla nazorati guruhi a’zolari haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, ularning bog‘lanish ma’lumotlari (telefon, pochta va elektron manzillari) va ularga kiritilgan o‘zgartirishlar ular saylangan paytdan boshlab 5 kun ichida tuman (shahar) hokimliklar hamda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rasmiy veb-saytlarida (keyingi o‘rinlarda — veb-sayt) alohida bo‘limda e’lon qilinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5812. Quyidagi holatlarda Mahalla nazorati guruhi rahbarining o‘rinbosari, kotibi va a’zolari guruh tarkibidan chiqarilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularning Mahalla nazorati guruhi tarkibidan chiqish to‘g‘risidagi arizasiga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzrli sabablarsiz Mahalla nazorati guruhi yig‘ilishlarida ishtirok etmaganda, shuningdek, mazkur Nizomning 585-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vafot etganda, shuningdek, sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida ular muomalaga layoqatsiz, bedarak yo‘qolgan yoki vafot etgan deb topilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5813. Mahalla nazorati guruhi rahbari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla nazorati guruhi faoliyatiga rahbarlik qiladi va tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla nazorati guruhi yig‘ilishlarini chaqiradi va kun tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla nazorati guruhi yig‘ilishlarida raislik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla nazorati guruhining hujjatlarini imzolaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla nazorati guruhi a’zolarining zimmasiga yuklangan vazifalar bajarilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veb-saytda Mahalla nazorati guruhi faoliyati bilan bog‘liq ochiq e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning joylashtirilishi hamda yangilanib borilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla nazorati guruhining samarali ishini ta’minlash bo‘yicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5814. Mahalla nazorati guruhi rahbari uzrli sabablarga ko‘ra bo‘lmagan hollarda, uning vazifasini rahbar o‘rinbosari bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5815. Mahalla nazorati guruhining kotibi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla nazorati guruhi yig‘ilishlariga barcha zarur materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi, davlat organlari va tashkilotlaridan zarur hujjatlar va ma’lumotlarni so‘rab oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kun tartibiga muvofiq Mahalla nazorati guruhi yig‘ilishlari o‘tkazilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla nazorati guruhi yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, joy va taklif etiladigan shaxslar ro‘yxatini guruh rahbari bilan kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla nazorati guruhi a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni guruh yig‘ilishi o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt haqida xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik nazorati natijalariga ko‘ra tayyorlangan taklif hamda tavsiyalar tegishli davlat organlari va tashkilotlariga jo‘natilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5816. Vazifalar taqsimoti hamda unga asosan tuzilgan Mahalla nazorati guruhining yillik, choraklik ish rejalari guruhning yig‘ilishida muhokama etiladi va fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalla nazorati guruhi ish rejasining ijrosi yuzasidan guruh a’zolarining amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlari har oyda guruh yig‘ilishlarida eshitilib, tegishli qarorlar qabul qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5817. Mahalla nazorati guruhining yig‘ilishi, agar unda guruh a’zolarining kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yig‘ilishni o‘tkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, Mahalla nazorati guruhining yangi yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5818. Mahalla nazorati guruhi yig‘ilishining qarori yig‘ilishda ishtirok etadigan guruh a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, Mahalla nazorati guruhi rahbarining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5819. Mahalla nazorati guruhining yakuniy hujjatida bayon etilgan axborot, tavsiya va takliflar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi hamda ular yuzasidan qonuniy qarorlar qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5820. Mahalla nazorati guruhi o‘z faoliyati yuzasidan har oyda fuqarolar yig‘ini kengashiga, yilning har choragida fuqarolar yig‘iniga (fuqarolar vakillarining yig‘ilishiga) hisobot berib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Mahalla raisi so‘rovini amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5821. Mahalla raisi tegishli hududda joylashgan davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5822. Davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bo‘lgan hujjatlar fuqarolar yig‘ini raisi so‘rovi orqali talab qilib olinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5823. Mahalla raisi so‘rovi fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidangina yuborilishi lozim. Fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab mahalla raisi so‘rovini yuborish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5824. Mahalla nazorati guruhi yig‘ilishida mahalla raisi so‘rovi mazmuni bo‘yicha muhokama o‘tkaziladi, zarur bo‘lgan hollarda esa, fuqarolar yig‘ini kengashining muhokamasiga kiritish tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhokama natijalari bo‘yicha mazkur so‘rovni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5825. Mahalla nazorati guruhi yoki fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay mahalla raisi so‘rovi davlat organlari va tashkilotlarining tegishli mansabdor shaxsiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5826. Mahalla raisi so‘rovi davlat organlari va tashkilotlarining bitta mansabdor shaxsi nomiga ham, bir necha mansabdor shaxsi nomiga ham yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5827. Mahalla raisi so‘rovi qisqa, lo‘nda va tushunarli tarzda fuqarolar yig‘inining rasmiy blankasida rasmiylashtiriladi va mahalla raisi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5828. Mahalla raisi so‘rovida quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla raisi so‘rovi yuborilishi sabablarining qisqacha asosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla raisi so‘rovi kimga yuborilayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxsning ismi, familiyasi, otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot (hujjatlar) taqdim etish to‘g‘risidagi yoki tegishli ma’lumotlarni tekshirish haqidagi talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla raisi so‘roviga o‘n besh kun muddat ichida javob taqdim etish ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5829. Mahalla raisi so‘rovi qaysi mansabdor shaxs nomiga yuborilgan bo‘lsa, javob xati o‘sha mansabdor shaxs yoki uning vazifasini bajaruvchi tomonidan imzolanadi va so‘rov olingan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmay, so‘ralgan barcha hujjatlarni ilova qilgan holda fuqarolar yig‘ini raisiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5830. Mahalla raisi so‘roviga javob xati Mahalla nazorati guruhi yig‘ilishida, zarur bo‘lgan hollarda esa, fuqarolar yig‘ini kengashi majlisida mahalla raisi tomonidan o‘qib eshittiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5831. Mahalla nazorati guruhining yig‘ilishi yoki fuqarolar yig‘ini kengashi majlisida mahalla raisi so‘roviga javob xati muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilinadi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.09.2023-y., 09/23/489/0721-son)