21.09.2023 yildagi 485-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalash tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘tgan davr mobaynida telekommunikatsiya sohasida ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish va mazkur yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan subyektlarga yengilliklar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji miqdorlari maqbullashtirilishi munosabati bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2023-yil 14-iyundagi O‘RQ-846-son Qonuni bilan teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlar ko‘rsatish faoliyatiga litsenziya berganlik uchun davlat boji miqdori ikki barobarga kamaytirildi hamda tarmog‘iga ega bo‘lmagan uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar)ga litsenziya berganlik uchun alohida davlat boji miqdori belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji miqdorlari maqbullashtirilishi munosabati bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2023-yil 14-iyundagi O‘RQ-846-son Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek, telekommunikatsiyalar sohasidagi, xususan, ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish va teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) sohasidagi faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va ularga xizmatlar ko‘rsatishga doir litsenziya uchun davlat bojining miqdorini uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan xizmatlar ko‘rsatish uchun maqbullashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmatlar ko‘rsatishga doir litsenziya berganlik uchun davlat bojining miqdorini kamaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Litsenziya” axborot tizimi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mazkur qarorga muvofiq takomillashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 21-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
485-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-sentabrdagi 485-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomga 15-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 4-pozitsiyadagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” so‘zlari “Raqamli texnologiyalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 7-pozitsiyada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“m” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“m) ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish — BHMning 140 000 baravari (bunda uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish — BHMning 25 000 baravari**)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“s” va “t” kichik bandlardagi “20” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“u” va “f” kichik bandlardagi “150” raqami “75” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 12-pozitsiya quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“**Agar uyali aloqa virtual operatori (provayder) tomonidan navbatdagi yillik davlat bojini to‘lash davridan oldingi moliya yili uchun ko‘rsatilgan ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 million baravaridan oshsa, “m” kichik bandda nazarda tutilgan faoliyat turi uchun davlat bojining summasiga ko‘rsatilgan ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlari qiymatining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha belgilanadi.”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-dekabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Radiochastotalarni tanlov yo‘li bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” so‘zlari “Raqamli texnologiyalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” so‘zlari “Raqamli texnologiyalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “besh” so‘zi “bir” so‘zi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 101-banddagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” so‘zlari “Raqamli texnologiyalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 23-band va 25-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” so‘zlari “Raqamli texnologiyalar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2023-y., 09/23/485/0719-son)