14.06.2023 yildagi O‘RQ-846-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Telekommunikatsiyalar sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji miqdorlari maqbullashtirilishi munosabati bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 16-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 2-iyunda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimizda telekommunikatsiyalar sohasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Xususan, o‘tgan davrda telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziya berish tartibi soddalashtirildi. Litsenziya berganlik uchun yig‘imlar va davlat boji to‘lovlarini yagona billing tizimi orqali amalga oshirish tartibi belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq o‘zining mustaqil aloqa tarmog‘iga ega bo‘lmagan va uyali aloqa operatorlarida mavjud bo‘lgan aloqa tarmoqlari orqali radiotelefon (uyali) aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi uyali aloqa virtual operatorlariga (provayderlarga) litsenziyalar berganlik uchun davlat boji stavkalarining alohida miqdorlari mavjud emasligi, shuningdek teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatishga doir litsenziya uchun belgilangan yillik davlat bojlarining miqdori yuqoriligi hamda davlat bojini to‘lashning amaldagi tartibi murakkabligi mazkur sohalardagi tadbirkorlik faoliyati yanada rivojlantirilishini cheklab qo‘ymoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatishga doir litsenziyalar berganlik uchun davlat bojining miqdori maqbullashtirilishini, shuningdek teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatishga doir litsenziya berganlik uchun davlat bojining miqdori kamaytirilishini hamda uni yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun telekommunikatsiyalar sohasidagi, xususan, ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish va teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) sohasidagi faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, telekommunikatsiya tarmoqlarining modernizatsiya qilinishiga, shuningdek telekommunikatsiyalar sohasidagi raqobatni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘RQ-600-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 816-modda) ilovaning 33-bandiga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” degan so‘zlar “Raqamli texnologiyalar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) “e” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

e) ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish (bundan uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish mustasno)

— BHMning 140 000 baravari

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) quyidagi mazmundagi “e1” kichik band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

e1) uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish

— BHMning 25 000 baravari

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) “zz”, “ii”, “kk”, “ll” va “mm” kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

zz) teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish

— BHMning 170 baravari

ii) teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish

— BHMning 10 baravari

kk) teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini qurish

— BHMning 10 baravari

ll) teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlaridan foydalanish

— BHMning 75 baravari

mm) teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish

— BHMning 75 baravari

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agar uyali aloqa virtual operatori (provayder) tomonidan navbatdagi yillik davlat bojini to‘lash davridan oldingi moliya yili uchun ko‘rsatilgan ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 million baravaridan oshsa, “e1” kichik bandda nazarda tutilgan faoliyat turi uchun davlat bojining summasiga ko‘rsatilgan ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlari qiymatining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyali aloqa virtual operatori (provayder) tomonidan o‘tgan moliya yilida ko‘rsatilgan ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarining qiymati qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i chegirib tashlangan holda aniqlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“zz”, “ii”, “kk”, “ll”, “mm” kichik bandlarda nazarda tutilgan faoliyat turlari uchun navbatdagi har yilgi davlat bojini har chorak birinchi oyining 10-sanasiga qadar kelgusi chorak uchun teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga yo‘l qo‘yiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun 1-moddasining 4-bandi, 5-bandining oltinchi va yettinchi xatboshilari mazkur Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 14-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ-846-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2023-y., 03/23/846/0377-son)