1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga sanoat ishlab chiqarishida xomashyo uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimini yanada soddalashtirish, sanoat korxonalarining xomashyo ta’minotini yaxshilashga alohida e’tibor qaratish kabi ustuvor vazifalar belgilandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, respublikamiz eksport salohiyatini oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, milliy mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini mustahkamlash, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish hamda kelgusida ularni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish muhim omillardan biri hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat ishlab chiqarishida xomashyo uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha qulayliklarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-392-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat ishlab chiqarishida xomashyo uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha qulayliklarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-392-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan, o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxati tegishli texnologik asbob-uskunalarni kiritish hisobidan kengaytirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalarni jalb qilish‚ sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga qo‘shimcha vakolatlar belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan, o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan yangi texnologik asbob-uskunalar ro‘yxatini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalarni jalb qilish‚ sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi funksiyalarini kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 19-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
482-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 482-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 6-oktabrdagi 601-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nomi va 1-bandning birinchi xatboshisidagi “Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi” so‘zlari “Investitsiyalarni jalb qilish‚ sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi va 1-banddagi “Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi” so‘zlari “Investitsiyalarni jalb qilish‚ sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bandning “v” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“respublika hududiga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxatiga kiritilgan, biroq ishlab chiqarilganiga 3 yildan ko‘p bo‘lgan ayrim texnologik uskunalar ro‘yxatini faqat bojxona bojidan ozod qilish sharti bilan tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportchi korxonalarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 7-sentabrdagi PF-6306-son Farmoni 3-bandining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan norma kelib chiqish sertifikati asosida ham qo‘llaniladigan yuqori sifat va nazorat tizimiga ega mamlakatlarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlik sertifikatini taqdim etmagan holda, uni bojxona hujjatlari rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki oy davomida belgilangan tartibda olish sharti bilan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mahsulotlarning bojxona hujjatlarini rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladigan holatlar ro‘yxatini (import qiluvchining kafolat xati asosida) tasdiqlash”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan, o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 581 va 74-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“
581.
8413810000
Nasoslar
...
...
...
74.
8414805100
Hajmli qaytma-ilgarilanma kompressorlar
”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagi mazmundagi 1471 va 1472-pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“
1471.
8426120000
G‘ildirakli, harakatlanadigan ko‘tarma fermalar va portal yuk ortgichlar
1472.
8426200000
Minora kranlari
”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quyidagi mazmundagi 1531 — 1536-pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“
1531.
8428208001
To‘qimachilik tolalarini transportirovka qilish uchun pnevmatik ko‘targichlar va konveyrlar
1532.
8428208009
Boshqa pnevmatik ko‘targich va konveyerlar
1533.
8428320000
Tovarlar yoki materiallar uchun uzluksiz ishlaydigan boshqa kovshli elevator va konveyerlar
1534.
8428330000
Tovarlar yoki materiallar uchun uzluksiz ishlaydigan boshqa tasmali elevator va konveyerlar
1535.
8428392000
Tovarlar yoki materiallar uchun uzluksiz ishlaydigan boshqa rolikli konveyerlar
1536.
8428399009
Tovarlar yoki materiallar uchun uzluksiz ishlaydigan boshqa elevatorlar va konveyerlar
”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) quyidagi mazmundagi 4501-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“
4501.
8472300000
Pochta jo‘natmalarini saralash, taxlash yoki konvertlarga joylash yoki o‘rab bog‘lash uchun mashinalar, pochta jo‘natmalarini ochish, yopish yoki muhrlash uchun mashinalar hamda pochta markalarini yopishtirish yoki hisobdan chiqarish uchun mashinalar
”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) quyidagi mazmundagi 4761-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“
4761.
8478100000
Tamaki tayoqchalari (stiklari)ni ishlab chiqarish uchun uskuna
”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) quyidagi mazmundagi 5201 va 5202-pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“
5201.
8501630000
O‘zgaruvchan tok generatorlari (nominal chiqish quvvati 375 kVA dan 750 kVA gacha)
5202.
8501640000
O‘zgaruvchan tok generatorlari (nominal chiqish quvvati 750 kVA dan yuqori)
”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) quyidagi mazmundagi 5381-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“
5381.
8515190000
Yuqori haroratli payvandlash uchun boshqa mashina va apparatlar
”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) quyidagi mazmundagi 5611-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“
5611.
8704109000
Yo‘lsiz sharoitlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan, elektromexanik transmissiyaga ega (dizel va elektr dvigatellari o‘rnatilgan), yuk ko‘tarish quvvati 50 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk mashinasi (avtomobil-samosval)
”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) quyidagi mazmundagi 6771-pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) izoh qismi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu ro‘yxatga kiritilgan va ishlab chiqarilganiga 3 yildan ko‘p bo‘lgan ayrim texnologik asbob-uskunalarning ro‘yxati faqat ularni bojxona bojidan ozod qilish sharti bilan Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.09.2023-y., 09/23/482/0717-son)