1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv omborlarida seysmologik va seysmometrik kuzatuvlar tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2020-yil 17-dekabrdagi 792-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijadorligini oshirish, seysmik xavfning oldini olish, aholi va hududlarni seysmik xavfdan himoya qilishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar oʻz samarasini bermoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, soʻnggi ikki yilda respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni joriy qilish maqsadida zamonaviy turdagi ilmiy asbob-uskunalar xarid qilinib, foydalanishga topshirildi va bu islohotlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, aholi va hududlarni seysmik xavfdan himoya qilish maqsadida suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirishning yaxlit tizimini shakllantirish hamda suv omborlari toʻgʻonlarining seysmik mustahkamligini doimiy nazorat qilib borish zarurati yuzaga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 16-maydagi PQ-158-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida seysmologik va seysmometrik kuzatuvlar tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 16-maydagi PQ-158-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi”ni (keyingi oʻrinlarda — elektron platforma) ishga tushirish va yuritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi masʼul etib belgilanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududidagi suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirishning yaxlit tizimini shakllantirish doirasida suv omborlari toʻgʻonlarida seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshirish, suv omborlarini toʻldirish bilan bogʻliq zilzilalarni monitoring qilish, suv omborlarini suv bilan toʻldirish va suvdan foydalanish jarayonida seysmik rejimning oʻzgarishini baholash Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi tomonidan amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv omborlarida faoliyat yurituvchi masʼul xodimlarning seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshirish va birlamchi tahlil qilish boʻyicha har ikki yilda malakasini oshirish amaliyotini yoʻlga qoʻyish hamda malaka oshirish kurslarini tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼul etib Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fanlar akademiyasi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2020-yil 17-dekabrdagi 792-son qarorigailovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi tomonidan ishga tushirilishi va yuritilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirishning yaxlit tizimini shakllantirish doirasida suv omborlari toʻgʻonlarida seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmologik va seysmometrik kuzatuvlar yoʻlga qoʻyilgan suv omborlari toʻgʻonlarida MSK-64 shkalasi boʻyicha 5 va undan yuqori balli zilzila qayd etilganda, suv omborlarida seysmik rejimning oʻzgarishi va toʻgʻonlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati boʻyicha maʼlumotlar va xulosalarni elektron platformaga kiritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron platformaga kiritilgan maʼlumotlar va xulosalarda favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish holatlari koʻrsatilganda, zudlik bilan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri A.X. Qoʻldoshev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 19-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
479-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 479-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2020-yil 17-dekabrdagi 792-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi bilan birgalikda 2023-yil 1-avgustdan boshlab:”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“b)” kichik banddagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 6-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ilova belgisidagi “1-ilova” soʻzlari “ilova” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagi mazmundagi 61-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“61. Seysmologik va seysmometrik kuzatuvlar yoʻlga qoʻyilgan suv omborlari toʻgʻonlarida MSK-64 shkalasi boʻyicha 5 va undan yuqori balli zilzila qayd etilganda quyidagi maʼlumotlar “Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi”ga (keyingi oʻrinlarda — elektron platformasi) kiritib boriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmologik va seysmometrik kuzatuv maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
choʻkish, siljish, yoriqlar paydo boʻlishi, filtratsiya rejimi oʻzgarishi kabi zilzilaning salbiy oqibatlari boʻyicha maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik xossalari, ularning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati boʻyicha maʼlumotlar va xulosalar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“14. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzbekgidroenergo” AJ Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi hamda Fanlar akademiyasining Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti bilan kelishgan holda, suv omborlarida olib boriladigan doimiy seysmologik kuzatuv natijalari va suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik xossalari, ularning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni muntazam olish maqsadida har yili 10-yanvarga qadar shartnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi tomonidan suv omborlarida olib boriladigan doimiy kuzatuv natijalari va suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik xossalari, ularning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar muntazam ravishda Vazirlar Mahkamasiga kiritib boriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“23. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzbekgidroenergo” AJ belgilangan hududlarda doimiy seysmologik kuzatuv tizimi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 24-banddagi “suv omborlarini toʻldirish bilan bogʻliq zilzilalarni monitoring qilish maqsadida doimiy seysmometrik kuzatuvlar olib boradi” soʻzlari “suv omborlari toʻgʻonlarida seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshiradi va seysmik rejimning oʻzgarishini baholab boradi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“25. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti elektron platformaga kiritilgan maʼlumotlar asosida suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik xossalarini oʻrganib, ularning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholaydi hamda seysmologik va seysmometrik kuzatuvlar haqida berilgan maʼlumotlarda seysmik rejimning oʻzgarishlarini hisobga olgan holda suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda tegishli choralar koʻrish uchun xulosalar tayyorlaydi va elektron platformaga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti toʻgʻonlarning seysmik mustahkamligini doimiy nazorat qilish uslublarini ishlab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Elektron platformaga kiritilgan xulosalarda favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish holatlari koʻrsatilganda, suv omborlariga masʼul boʻlgan tashkilotlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda zudlik bilan tegishli chora-tadbirlar va harakatlar dasturini ishlab chiqib, amalga oshiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) quyidagi mazmundagi 271-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“271. Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fanlar akademiyasi tomonidan suv omborlarida faoliyat yurituvchi masʼul xodimlarning seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshirish va birlamchi tahlil qilish boʻyicha har ikki yilda malakasini oshirib boradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Masʼullar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ
Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi hamda Fanlar akademiyasining Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti bilan kelishgan holda, suv omborlarida doimiy seysmologik kuzatuvlarni olib borish, asbob-uskunalarni sozlash (kalibrovka), maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish, elektron platformaga kiritilgan maʼlumotlar asosida suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik xossalarini oʻrganib, ularning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish maqsadida shartnoma tuzish.
Har yili 10-yanvarga qadar
2-bosqich
Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi
1. Suv omborlari toʻgʻonlarida seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni olib borish.
2. Suv omborlari toʻgʻonlarida seysmik rejimning oʻzgarishini baholab borish.
Doimiy
3-bosqich
Fanlar akademiyasi
1. Elektron platformaga kiritilgan maʼlumotlar asosida suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik xossalarini oʻrganib, ularning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash.
Doimiy,
2. Seysmologik va seysmometrik kuzatuvlar haqida berilgan maʼlumotlarda seysmik rejimning oʻzgarishlarini hisobga olgan holda, suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda tegishli choralar koʻrish uchun xulosalar tayyorlash va elektron platformaga kiritish.
MSK-64 shkalasi boʻyicha 5 va undan yuqori balli zilzila qayd etilganda zudlik bilan
4-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ
Choʻkish, siljish, yoriqlar paydo boʻlishi, filtratsiya rejimi oʻzgarishi kabi zilzilaning salbiy oqibatlarini aniqlab, maʼlumotlarni elektron platformaga kiritib borish.
Doimiy, MSK-64 shkalasi boʻyicha 5 va undan yuqori balli zilzila qayd etilganda zudlik bilan
5-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
Elektron platformaga kiritilgan xulosalarda favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish holatlari koʻrsatilganda, tegishli chora-tadbirlar va harakatlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Zudlik bilan
6-bosqich
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi
Suv omborlarida faoliyat yurituvchi masʼul xodimlarning seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni olib borish va birlamchi tahlil qilish boʻyicha malakasini oshirish.
Har ikki yilda
”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish