16.05.2023 yildagi PQ-158-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi vaqtlarda xorijiy mamlakatlarda sodir boʻlayotgan kuchli zilzilalar va yer plitalarining tektonik siljishlari oqibatida yuzaga kelayotgan turli xil talafotlar mamlakatimizda seysmik xavfsizlikni taʼminlash ishlarini jadallashtirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etishni talab etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seysmik xavfsizlikni taʼminlashning yangi usullarini joriy qilish, bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish, kuchli zilzilalarni prognoz qilish va ularga tayyorgarlik koʻrishning zamonaviy tizimini amaliyotga tatbiq etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2023-yil 1-dekabrdan boshlab Respublikada kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi bosqichma-bosqich ishga tushirilsin va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bunga masʼul etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, mazkur milliy tizim doirasida xalqaro seysmik kuzatuvlar global tizimiga kiritilgan stansiyalar bilan integratsiyalashuv asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston va unga chegaradosh hududlardagi seysmik hodisalarning monitoringi real vaqt rejimida yuritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) zilzila oʻchogʻiga yaqin ikki va undan ortiq seysmik stansiyalarda kuchli tebranishlar qayd etilib, respublika hududida MSK-64 shkalasi boʻyicha 5 va undan yuqori balli zilzila kuchi sezilishi aniqlanganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik maʼlumotlar seysmik stansiyalardagi maxsus dasturlar orqali avtomatik tarzda tahlil qilinadi hamda zilzila parametrlari tezkorlik bilan aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kuchli zilziladan ogohlantirish” mobil ilovasi orqali aholiga qisqa soniyalarda respublikaning aniqlangan hududlarida kuchli zilzila kuzatilishi toʻgʻrisida tezkor xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimini ishga tushirish bilan bogʻliq barcha xarajatlar Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika hududidagi suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirishning yaxlit tizimini shakllantirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv omborlari toʻgʻonlarida seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv omborlarini toʻldirish bilan bogʻliq zilzilalarni monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv omborlarini suv bilan toʻldirish va suvdan foydalanish jarayonida seysmik rejimning oʻzgarishini baholash Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi tomonidan amalga oshirilishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2023-yil 1-avgustdan boshlab “Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi” (keyingi oʻrinlarda — elektron platforma) ishga tushirilsin va uni yuritish uchun Seysmoprognostik monitoring respublika markazi masʼul etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron platformani ishlab chiqish va uning faoliyat yuritishini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-sentabrdan boshlab seysmologik va seysmometrik kuzatuvlar yoʻlga qoʻyilgan suv omborlari toʻgʻonlarida MSK-64 shkalasi boʻyicha 5 va undan yuqori balli zilzila qayd etilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) seysmologik va seysmometrik kuzatuv maʼlumotlari Seysmoprognostik monitoring respublika markazi tomonidan elektron platformaga zudlik bilan yuklanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) suv omborlari toʻgʻonlariga masʼul tashkilotlar zudlik bilan choʻkish, siljish, yoriqlar paydo boʻlishi, filtratsiya rejimi oʻzgarishi kabi zilzilaning salbiy oqibatlarini aniqlab, maʼlumotlarni elektron platformaga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Fanlar akademiyasi uch kun muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron platformaga kiritilgan maʼlumotlar asosida suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik xossalarini oʻrganib, ularning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmologik va seysmometrik kuzatuvlar haqida berilgan maʼlumotlarda seysmik rejimning oʻzgarishlarini hisobga olgan holda suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda tegishli choralar koʻrish uchun xulosalar tayyorlaydi va elektron platformaga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) elektron platformaga kiritilgan xulosalarda favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish holatlari koʻrsatilganda, suv omborlariga masʼul boʻlgan tashkilotlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda zudlik bilan tegishli chora-tadbirlar va harakatlar dasturini ishlab chiqib, amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2023-yil 1-avgustdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv omborlarida faoliyat yurituvchi masʼul xodimlarning seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshirish va birlamchi tahlil qilish boʻyicha har ikki yilda malakasini oshirish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fanlar akademiyasi malaka oshirish kurslarini tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼul etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika hududidagi suv omborlari va toʻgʻonlarga masʼul davlat organlari hamda tashkilotlar rahbarlariga seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshiradigan xodimlarining Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fanlar akademiyasi reja-grafigiga asosan malaka oshirish kurslarida ishtirok etishini qatʼiy taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seysmik xavfsizlikni taʼminlash va qurilishda nazoratni kuchaytirishga oid chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Chora-tadbirlar dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — Respublika kengashi) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Respublika kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chora-tadbirlar dasturining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash doirasida masʼul ijrochilar faoliyatini doimiy muvofiqlashtirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlardagi barcha, shu jumladan yangi qurilgan ikki va undan yuqori qavatli bino va inshootlar konstruksiyalarining zilzilabardoshligi yuzasidan zamonaviy maxsus asbob-uskunalar yordamida instrumental-texnik tekshiruvlar (mikrodinamik sinovlar) oʻtkazilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarning seysmik xavfsizligini taʼminlash ishlarini tashkil etish doirasida, shu jumladan loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda bino va inshootlarni seysmik himoyalash uslublari, yangi konstruktiv yechimlari ishlab chiqilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik faol zonalarda turli darajadagi seysmik xatarni baholash va zilzila talafotlarini kamaytirish boʻyicha ilmiy asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar hududlarining bosh reja loyihasini seysmik mikrohududlashtirish xaritalariga asoslangan holda ishlab chiqish amaliyotini joriy etish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv omborlari toʻgʻonlari va gidrotexnika inshootlarining zilzilabardoshligini oʻrganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik xavfni, taʼsirni va xatarni baholash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni xorijiy tajriba asosida ishlab chiqish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ehtimoli yuqori boʻlgan zilzilalarning zararini va oqibatlarini kamaytirish boʻyicha mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, tadbirlar majmui va dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini zilziladan oldin, zilzila paytida va zilziladan soʻng harakat qilish qoidalariga oʻrgatish va ularning tayyorgarligini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish obyektlarida foydalanish uchun respublikada ishlab chiqarilayotgan mahalliy va xorijdan import asosida keltirilayotgan qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarining sifati nazorat qilinishini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish va seysmik xavfsizlikni taʼminlash hamda shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi mutaxassislar malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va sertifikatlashtirish jarayonlarini takomillashtirish ishlarini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida Seysmik xavfsizlikni taʼminlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻlimi (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtirish boʻlimi) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Muvofiqlashtirish boʻlimining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi masʼul organlar va tashkilotlar faoliyatini doimiy muvofiqlashtirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida ilm-fanni rivojlantirish, zamonaviy axborot, shu jumladan innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik xavfni prognozlash jarayonini raqamlashtirish boʻyicha ishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada seysmik xavf darajasini kamaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni doimiy ravishda monitoring qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining seysmik xavfsizligini taʼminlash yuzasidan davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda foydalanishda boʻlgan bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini taʼminlash yuzasidan choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududlarining seysmik holati monitoringi va tahlili natijalari asosida hududlarning seysmik xavfsizligini oshirish hamda bino va inshootlarning zilzilabardoshligini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilayotgan bino va inshootlar boʻyicha oʻtkaziladigan nazorat tadbirlarini monitoring qilib borish va ularni amalga oshirish jarayonlarining ochiqligi va sifatliligini taʼminlash boʻyicha doimiy ravishda takliflarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilayotgan hamda mavjud binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini oʻrganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar va inshootlarni seysmik jihatdan zaifligi boʻyicha tasniflash, shuningdek, binolar va inshootlarni zamonaviy maxsus asbob-uskunalar va dasturiy taʼminotlar yordamida instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish (mikrodinamik sinovlar) hamda ularning zilzilabardoshligini oshirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik faol zonalarda qurilayotgan bino va inshootlarni vibrodinamik, shuningdek, zamonaviy raqamlashtirilgan instrumental asbob-uskunalar yordamida sinov va tekshiruvlardan oʻtkazish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada aholini zilzila vaqtida harakatlanishga tayyorlash boʻyicha kompleks tadbirlarni muvofiqlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlashtirish boʻlimi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 5 ta boshqaruv shtat birliklarini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlashtirish boʻlimi Respublika kengashining ishchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Respublika kengashi (A. Aripov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy yigʻilishni oʻtkazib, Chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash masalalarini vazirlik va idoralar bilan muhokama qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga yuklatilgan vazifalar ijrosini tashkil etish maqsadida muddatlar hamda vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari kesimidagi reja-grafikni tasdiqlasin va unda belgilangan vazifalar amalga oshirilishini doimiy nazorat qilib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni soʻnggi ikki yilda oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish natijalarini tanqidiy koʻrib chiqib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlashtirish boʻlimini malakali kadrlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika kengashi aʼzolari, sohaga masʼul vazirlik va idoralar mutaxassislarini seysmik xavfsizlikni taʼminlash va qurilish nazorati sohasi boʻyicha rivojlangan xorijiy davlatlarga qisqa muddatli xizmat safariga yuborishni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Respublika kengashi aʼzolari, mutaxassislarni xorijga yuborish bilan bogʻliq xarajatlar (transport, mehmonxona, kunlik va boshqalar) Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) har chorakda belgilangan vazifalar ijrosini tanqidiy muhokama qilib borsin, ijroda aniqlangan kamchiliklarni vazirlik va idoralar tomonidan bartaraf etish choralari koʻrilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 2024-yil 1-yanvardan boshlab seysmik faol zonalarda joylashgan shaharlarning bosh rejalari loyihalarini tegishli hududlarning seysmik mikrohududlashtirish xaritalariga asoslangan holda ishlab chiqish amaliyoti joriy qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik faol zonalarda joylashgan shaharlarning bosh rejalari Respublika kengashida seysmik mikrohududlashtirish xaritalariga muvofiq har tomonlama asoslanganligi muhokamadan oʻtkazilib, kelishilgandan soʻng tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi seysmik faol zonalarda joylashgan shaharlarning bosh rejalari seysmik mikrohududlashtirish xaritalariga asoslanishini va muvofiqligini taʼminlash uchun masʼul davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarning seysmik mikrohududlashtirish xaritalari (shaharlar bosh rejalarini ishlab chiqish dasturlariga muvofiq va bosh rejalarni ishlab chiqish muddatlaridan oldin) Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Fanlar akademiyasi 2023-yil 1-oktabrga qadar Andijon, Namangan, Fargʻona, Buxoro, Jizzax, Shahrisabz va Zarafshon shaharlarining seysmik mikrohududlashtirish xaritalari ishlab chiqilishini yakuniga yetkazsin hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan arxiv yoki mavjud maʼlumotlar davlat organlari, muassasalari va tashkilotlar tomonidan Fanlar akademiyasining soʻrovlariga muvofiq qisqa muddatlarda begʻaraz taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasi tomonidan belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan barcha turdagi seysmik hududlashtirish va mikrohududlashtirish xaritalari boʻyicha ommaviy axborot vositalari uchun press-tur va brifinglar tashkil etilib, tushuntirishlar berib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Respublika hududlarida, shu jumladan suv omborlari va yirik togʻ-kon sanoati komplekslarida mavjud faol tektonik yer yoriqlarining koʻrsatkichlarini oʻrganish, ularning elektron xaritalari va pasportini ishlab chiqish va ular asosida seysmik xavfni baholash amaliyoti joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, faol tektonik yer yoriqlarining elektron xaritalari zilzilalar manbalarini aniqlash hamda kuchli zilzilalarga tayyorgarlik koʻrish maqsadida hududlarda seysmoprognostik stansiyalarni joylashtirish va kuchli zilzilalar yuz berishi ehtimolini prognoz qilish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-iyundan boshlab aniq reja-grafik asosida masʼul tashkilotlarni jalb etgan holda respublika hududlarida mavjud faol tektonik yer yoriqlarining koʻrsatkichlarini oʻrganish ishlarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrganishlar yakunlari boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirib, faol tektonik yer yoriqlarining elektron xaritalari va pasportlarini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faol tektonik yer yoriqlari boʻyicha ishlab chiqilgan takliflarni tegishlicha Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, suv omborlariga masʼul boʻlgan tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga doimiy ravishda taqdim etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, faol tektonik yer yoriqlarining koʻrsatkichlari boʻyicha taqdim etilgan takliflar ikki hafta muddatda masʼul tashkilotlar tomonidan koʻrib chiqiladi hamda ularning taʼsiri, yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan oqibatlarini yumshatish boʻyicha choralar koʻriladi va bu boʻyicha Respublika kengashiga axborot kiritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-avgustga qadar tuman (shahar)larda kuchli va talafotli zilzila oqibatida aholi hayotini saqlab qolish uchun zarur boʻlgan maxsus infratuzilmalarni (keyingi oʻrinlarda — infratuzilmalar) yaratish boʻyicha aniq choralarni belgilasin va kelishish uchun Respublika kengashiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, har bir tuman (shahar) kesimida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini evakuatsiya qilish uchun zarur boʻlgan ochiq va xavfsiz hududlar belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
evakuatsiya qilingan aholini joylashtirish uchun zarur boʻlgan chodir (palatka) va boshqa muqobil konstruksiyalar (sendvich qurilmalar, konteynerlar) soniga boʻlgan ehtimoliy talab aniqlansin va Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasiga taqdim etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan hududlarga aholini xavfsiz evakuatsiya qilishni tezkor tashkil etish, evakuatsiya qilingan aholi hayoti uchun zarur boʻlgan vositalarni yetkazish maqsadida avtomobil yoʻllarini barpo etish, zarur hollarda mavjudlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuchli zilzila natijasida jabrlangan fuqarolarga tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi vositalarga boʻlgan ehtimoliy ehtiyoj aniqlansin va Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasiga taqdim etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
evakuatsiya qilingan fuqarolar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazishni tashkil etish tartibi hamda elektr energiyasi va ichimlik suv bilan taʼminlash rejasi ishlab chiqilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, infratuzilmalarni yaratish boʻyicha tadbirlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika kengashi infratuzilmalarni yaratish boʻyicha tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin va bu boʻyicha har chorakda masʼullar hisobotini tanqidiy koʻrib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. 2023-yil 1-iyundan boshlab “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida har yili reja-grafik asosida respublikaning barcha hududlaridagi mahallalarda aholi ishtirokida zilzila bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻmondonlik-shtab, maxsus-taktik va obyekt oʻquv mashqlari oʻtkazib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalar aholisi ishtirokida qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining zilzila bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga tayyorgarligini oshirib borishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tashkilotlarining oʻquvchi va talabalarini zilzila oqibatlaridan oʻzini oʻzi muhofaza qilish, jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish usullariga oʻrgatishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp qavatli uylarda yashovchi fuqarolar tomonidan oʻzboshimchalik bilan binolarning tayanch ustunlarini buzish va boshqa konstruksiyalarga oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirish kiritish holatlarining oldini olish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borishga alohida eʼtibor qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Kuldashev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda joriy yilda mahallalarda “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi”ni oʻtkazish dasturini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) bilan birgalikda “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi”ni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim bosqichlarining amaldagi taʼlim dasturlariga Zilzila vaqtida toʻgʻri harakatlanish qoidalarini kiritgan holda, ularning oʻqitilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, taʼlim tashkilotlarida Zilzila vaqtida toʻgʻri harakatlanish qoidalarini oʻrgatishga moʻljallangan darsdan tashqari mashgʻulotlar Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda zilzila vaqtida toʻgʻri harakatlanish yuzasidan televizion koʻrsatuvlar, lavhalar, eshittirishlar hamda maqolalar tayyorlanishi hamda keng jamoatchilikka tizimli ravishda yetkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, qonunchilikka muvofiq bino va inshootlar qurilishi boʻyicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlarida koʻrsatilgan parametrlarga, ushbu toifalardagi foydalanishdagi bino va inshootning zilzilabardoshligiga taʼsir qiluvchi konstruksiyalarga, shu jumladan birinchi qavat va yertoʻlalarga oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirish kiritish qatʼiy taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuratura Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) buzgan holda binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish holatlari uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni keskin kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tuman (shahar) hokimliklari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda 2023-yil 1-sentabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) reja-grafik asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning seysmik faol zonasida joylashgan seysmik xavfsizligi III-IV toifaga kiruvchi koʻp kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarda (zinapoya yoʻlaklari, cherdak va umumiy foydalanishdagi oshxonalarda) oʻzboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp kvartirali uylarning, shu jumladan ularning yertoʻla va birinchi qavatidagi zilzilabardoshlikka taʼsir qiluvchi konstruksiyalarga oʻzboshimchalik bilan kiritilgan oʻzgartirishlarni aniqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) aniqlangan noqonuniy konstruksiyalar va zilzilabardoshlikka taʼsir qiluvchi konstruksiyalarga oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirish kiritish holatlari boʻyicha qonunchilikka muvofiq choralar koʻrilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishi talab etiladigan (yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan) obyektlar qurilish maydonining muhandislik-geologik tadqiqotlari va ularning ekspertizasi natijalari boʻyicha hisobotlar olish majburiy hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rekonstruksiya qilinadigan obyektlar boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazishda ularning konstruksiyalari texnik holati boʻyicha instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish xulosalari taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlarning konstruksiyalari texnik holati boʻyicha instrumental-texnik tekshiruv xulosalari hamda muhandislik-geologik tadqiqotlar oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga tadqiqotlarni oʻtkazishning barcha jarayonlari videotasviri (ishlarni bajarish sanasi va vaqti koʻrsatilgan holda) va laboratoriya natijalari ilova qilinadi, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga kiritib boriladi va ularning reyestri yuritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
instrumental-texnik tekshiruv va muhandislik-geologik tadqiqotlarni oʻtkazadigan tashkilotlar oʻtkazilgan har bir tadqiqot va ular boʻyicha berilgan har bir xulosaning sifati va haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
instrumental-texnik tekshiruv va muhandislik-geologik tadqiqotlar natijalari boʻyicha hisobotlar “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida shakllantirilgan Instrumental-texnik tekshiruv xulosalarining yagona reyestri va Muhandislik-geologik tadqiqotlar natijalari boʻyicha hisobotlarning yagona reyestriga kiritilgan taqdirda haqiqiy deb tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) seysmik xavfsizligi II — IV toifadagi qurilayotgan yoki mavjud obyektlarning konstruksiyasini oʻzgartirish (qavatlar sonini oʻzgartirish, yonma-yon qurish, ustiga qavat qurish) boʻyicha qurilish ishlarini boshlashga faqat loyihaning oʻzgartirilgan shaharsozlik hujjatlari qayta ekspertizadan oʻtkazilib, ijobiy xulosa olingandan soʻng ruxsat etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2023-yil 1-iyundan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik xavfsizligi IV toifadagi bino va inshootlar boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish Loyiha-qidiruv tashkilotlari elektron reytingida “S” va undan yuqori toifaga ega boʻlgan loyiha-qidiruv tashkilotlari va yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf-xatar toifasi boʻyicha murakkabligi IV toifaga mansub boʻlgan bino va inshootlar boʻyicha qurilish ishlari Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingida (pudrat tashkilotini aniqlash boʻyicha oʻtkazilayotgan tender sanasi holatiga yoki toʻgʻridan-toʻgʻri pudrat shartnomasini tuzish sanasi holatiga) “SS” va undan yuqori toifaga (shu jumladan “A” va “B” turdagi barcha toifalarga) ega boʻlgan qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan bajariladi.
(20-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qoida bugungi kunga qadar shaharsozlik hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilib, ijobiy xulosa olingan holda qurilish-montaj ishlari boshlangan obyektlarga tatbiq etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat obyektlari loyihalari doirasida pudratchilarni aniqlash boʻyicha tenderda mahalliy qurilish-pudrat tashkilotlari bilan birgalikda xorijiy pudratchilarning qonunchilikda belgilangan tartibda qatnashishiga ruxsat etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2023-yil 1-oktabrdan boshlab seysmik xavfsizligi II — IV toifadagi bino va inshootlar boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish, qurilish-montaj ishlarini bajarish va nazorat funksiyalarini amalga oshirish yoʻnalishlaridagi faoliyat yurituvchi mutaxassislarni sertifikatlash tartibi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi mutaxassislarni sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etish doirasida oʻquv kurslari sifatli oʻtkazilishini taʼminlash, taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish va buning uchun milliy trenerlar korpusini shakllantirishga masʼul davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) elektron reyting bahosi (obyektni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtkazish sanasi holatiga) “DDD” boʻlgan tashkilotlarga — besh qavatdan yuqori boʻlmagan bino va inshootlarni, “S” boʻlgan tashkilotlarga — toʻqqiz qavatdan yuqori boʻlmagan bino va inshootlarni qurishga ruxsat etiladi.
(20-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Qurilish sohasida nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-yanvardan boshlab obyektlarda davlat nazorati, buyurtmachining texnik nazorati, ishlab chiquvchining mualliflik nazorati va pudratchining ichki nazorati tadbirlarini tegishli yoʻnalishlar boʻyicha maxsus bilimga va sertifikatga ega mutaxassislar tomonidan amalga oshirish amaliyoti joriy qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-sentabrga qadar loyiha tashkiloti tomonidan buyurtmachiga qurilish-montaj ishlari davomida loyihaga muvofiq beriladigan har bir majburiy koʻrsatmani toʻliq bajarmaganlik uchun javobgarlikni va vakolatli organni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilsin va belgilangan tartibda kiritilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qurilish obyektlari ustidan davlat nazorati, buyurtmachining texnik nazorati, ishlab chiquvchining mualliflik nazorati va pudratchining ichki nazorati tadbirlari, ularda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlar (chek-list shaklida) hamda ularni bartaraf etish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga kiritib borish majburiy etib belgilansin va maʼlumotlar jamoatchilik uchun ochiq boʻlishi taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda hududlarda elektron-texnik pasportlar asosida instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish zarur deb topilgan binolarni instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish boʻyicha reja-grafikni Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tasdiqlasin va instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish yuzasidan har oyda Respublika kengashiga maʼlumot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har bir tuman (shahar) kesimida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi va Respublika kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish bilan bogʻliq barcha xarajatlar mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda, birinchi navbatda, zilzilabardoshligi zaif boʻlgan ijtimoiy soha obyektlariga eʼtibor qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida zilzila taʼsirida gruntlarning mustahkamligi va deformatsiyalanishini, fizik-mexanik xossalarini, murakkab grunt sharoitlarida bino va inshootlarni loyihalash hamda poydevorlar qurilishini tadqiq etishga moʻljallangan “Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar” oʻquv-ilmiy laboratoriyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona politexnika institutida bino va inshootlarning zilzilabardoshlik boʻyicha texnik holatini baholash, foydalanishdagi binolar qavatining sonini oshirishda seysmik yuklarni hisobga olish hamda qurilish konstruksiyalarining zilzilabardoshligini tekshirishga moʻljallangan “Bino va inshootlar konstruksiyalari zilzilabardoshligini baholash” oʻquv-ilmiy laboratoriyasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, oʻquv-ilmiy laboratoriyalarning shtat birliklari Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Fargʻona politexnika institutining professor-oʻqituvchilari sonini maqbullashtirish hisobidan jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Fargʻona politexnika institutining asoslangan takliflariga muvofiq oʻquv-ilmiy laboratoriyalarni zarur jihozlar bilan bosqichma-bosqich Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib favqulodda vaziyatlar vaziri A.X. Kuldashev hamda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.I. Zakirov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligi toʻgʻrisida har chorak yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 16-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-158-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PQ-158-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seysmik xavfsizlikni taʼminlash va qurilishda nazoratni kuchaytirishga oid
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi huquqiy asoslarni hamda qurilish meʼyoriy hujjatlarini takomillashtirish

1.

Qurilayotgan va foydalanishdagi obyektlarda zilzilabardoshlik talablarining buzilishiga olib keluvchi mavjud kamchiliklarni aniqlash, bino va inshootlarning zilzilabardoshligini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish.

1. Sohadagi yetuk mutaxassis va olimlarni keng jalb qilgan holda ishchi guruh shakllantirish.

2023-yil may

-

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(D. Sattarov),

Fanlar akademiyasi

(S. Mirzayev),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev)

2. Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish.

2023-yil iyun

3. Normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda qurilayotgan va foydalanishdagi obyektlarning zilzilabardoshlik talablarini buzilishiga olib keluvchi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil iyul

2. Tahlillar asosida normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil avgust

3.

Qurilish materiallari ustidan ishonchli nazorat oʻrnatish.

1. Respublika hududida qurilish materiallarini ishlab chiqarish jarayoni ustidan korxonalarda nazorat oʻrnatish.

Doimiy

-

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(D. Sattarov),

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi

(A. Baxodirov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

2. Zilzilabardoshlik boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibini qayta koʻrib chiqish.

2023-yil sentabr

4.

Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) buzgan holda binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash holatlari uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni keskin kuchaytirish.

Loyiha tashkiloti tomonidan buyurtmachiga qurilish-montaj ishlari davomida loyihaga muvofiq beriladigan har bir majburiy koʻrsatmani toʻliq bajarmaganlik uchun javobgarlikni joriy qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi va Jinoyat kodeksiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil avgust

-

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

5.

Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, belgilangan taqiqlarni (cheklovlarni) buzgan holda binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash holatlarini aniqlash.

1. Reja-grafik asosida:

respublikaning seysmik faol zonasida joylashgan seysmik xavfsizligi III va IV toifaga kiruvchi koʻp kvartirali uylarning umumiy foydalanishdagi joylarida (zinapoya yoʻlaklari, cherdak, umumiy foydalanishdagi oshxonalarda) oʻzboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalarni;

bino va inshoot, shu jumladan ularning yertoʻla va birinchi qavatidagi zilzilabardoshlikka taʼsir qiluvchi konstruksiyalarga oʻzboshimchalik bilan kiritilgan oʻzgartirishlarni aniqlash.

2. Aniqlangan noqonuniy konstruksiyalar va zilzilabardoshlikka taʼsir qiluvchi konstruksiyalarga oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirish kiritish holatlari boʻyicha qonunchilikka muvofiq choralar koʻrilishini taʼminlash.

2023-yil 1-sentabrdan boshlab reja-grafik asosida

-

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

(K. Toʻlaganov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, koʻp kvartirali uylarni boshqaruvchi tashkilotlar

(kelishuv asosida)

6.

Sifat va mustahkamlik standartlari talablariga javob bermaydigan qurilish materiallarini ishlab chiqarganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilashni koʻrib chiqish.

1. Ushbu masalani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda puxta oʻrganib chiqish.

2023-yil may

-

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(D. Sattarov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov),

Oʻzsanoatqurilishmateriallari uyushmasi

(A. Baxodirov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

(D. Raximov)

2. Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi va Jinoyat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2023-yil sentabr

7.

Bino va inshootlarni qurishga qoʻyiladigan zilzilabardoshlik talablarini inobatga olgan holda, respublikadagi yirik shaharlar va viloyat markazlarining seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqish va qurilish ishlarini shu asosida yoʻlga qoʻyish.

1. Seysmik faol zonalarda joylashgan shaharlarning bosh rejalari loyihalarini tegishli hududlarning seysmik mikrohududlashtirish xaritalariga asoslangan holda ishlab chiqish amaliyotini joriy etish.

2024-yil 1-yanvar

-

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov),

Fanlar akademiyasi

(S. Mirzayev)

2. Toshkent, Guliston, Nurafshon, Jizzax, Chirchiq, Bekobod shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Fanlar akademiyasi

(S. Mirzayev)

3. Samarqand, Qarshi, Termiz, Buxoro, Olmaliq, Yangiyer, Yangiyoʻl shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqish.

2024-yil yanvar

4. Navoiy, Nukus, Urganch, Zarafshon, Shahrisabz, Kattaqoʻrgʻon, Quvasoy, Xiva shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqish.

2024-yil sentabr

5. Qoʻqon, Angren, Kogon, Margʻilon, Xonobod, Ohangaron, Shirin shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqish.

2025-yil mart

II. Seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasiga seysmologik va kosmik tadqiqotlarni keng joriy etish

8.

Respublikaning gʻarbiy hududlarida seysmik xavfni toʻliq monitoring qilish maqsadida seysmik va kompleks-prognostik stansiyalar sonini koʻpaytirish.

1. Respublikaning seysmik kuzatuvlar tarmogʻi imkoniyatlarini baholash.

2023-yil may

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Fanlar akademiyasi

(S. Mirzayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Respublikaning gʻarbiy hududlarida optimal seysmik kuzatuvlar tarmogʻini yaratish uchun zarur boʻlgan stansiyalar sonini aniqlash.

2023-yil iyun

3. Yangi ochiladigan stansiyalarda instrumental seysmometrik kuzatuvlar olib borish va stansiyalar uchun yer maydonlarini tanlash.

2023-yil sentabr

4. Yangi ochiladigan stansiyalar uchun ilmiy asbob-uskunalarni bosqichma-bosqich xarid qilish.

2023 — 2025-yillar

5. Ilmiy asbob-uskunalarni stansiyalarga oʻrnatish va ishga tushirish.

2023 — 2025-yillar

9.

Neft va gaz, suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni olib borish, qattiq foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq yer qobigʻining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hamda texnogen zilzilalarni monitoring qilish.

1. Seysmogeodinamik jarayonlar monitoringi joriy etiladigan uglevodorod konlari roʻyxatini shakllantirish.

2023-yil may

Yer qaʼridan foydalanuvchi tashkilotlar mablagʻlari,

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(B. Sidikov),

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

(A. Sanginov),

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ

(Q. Sanaqulov),

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ

(A. Xursanov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Fanlar akademiyasi

(S. Mirzayev),

Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Togʻ-kon sanoati

va geologiya vazirligi

(B. Islamov)

2. Uglevodorod konlarida seysmogeodinamik jarayonlarni monitoring qilish tizimini bosqichma-bosqich tashkil qilish.

2023-2024-yillar

3. I va II sinfga kiruvchi 28 ta suv omborida seysmologik kuzatuvlarni olib borish uchun zarur asbob-uskunalar xarid qilish.

2023-yil sentabr

4. 28 ta suv omborida doimiy seysmologik kuzatuvlarni bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish.

2023-2024-yillar

5. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga qarashli yirik konlar roʻyxatini shakllantirish.

2023-yil may

6. Qattiq foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq yer qobigʻining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hamda texnogen zilzilalarni monitoring qilishni bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish.

2023-2024-yillar

10.

Suv omborlari toʻgʻonlarining deformatsiyalanish, siljish va choʻkish dinamikasini kosmik monitoring qilish.

1. Har yili kosmik monitoring oʻtkazish uchun suv omborlari roʻyxatini shakllantirish.

Har yili 1-iyunga qadar

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

“Oʻzbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

(A. Sanginov),

Fanlar akademiyasi

(S. Mirzayev)

2. Kosmik monitoring oʻtkazish uchun zarur boʻlgan birlamchi maʼlumotlarni almashish.

Har yili 20-iyunga qadar

3. Kosmik monitoringni amalga oshirish.

Har yili 25-noyabrga qadar

4. Kosmik monitoring natijasida olingan maʼlumotlarni maxsus “Damb Monitoring System” geoaxborot tizimida vizuallashtirish.

Har yili 1-dekabrga qadar

12.

Respublika hududidagi suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni olib borishning yaxlit tizimini shakllantirish.

1. “Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi”ni belgilangan tartibda ishlab chiqib, ishga tushirish.

2023-yil 1-avgust

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi

(Q. Qoʻchqorov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Fanlar akademiyasi

(S. Mirzayev),

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamroyev),

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

(A. Sanginov)

2. Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil iyul

III. Seysmik xavfsizlik sohasini raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish

13.

Kuchli zilzilalar taʼsirida Toshkent shahrining talafot darajasini iqtisodiy baholash imkonini beruvchi raqamlashtirilgan simulyatsion model yaratish.

1. Toshkent shahrida qurilgan barcha bino va inshootlarning seysmobardoshlik boʻyicha maʼlumotlar bazasini yaratish va ularni GIS platformasiga joylashtirish.

2. Maʼlumotlar bazasidagi bino va inshootlarning seysmik jihatdan zaifligini va ularning kuchli zilzilalarda toʻla shikastlanish qiymatlarini aniqlash.

3. Toshkent shahri hududida sodir boʻlish ehtimoli yuqori boʻlgan zilzila oʻchoqlarining seysmik xavfini baholash.

4. Kuchli zilzilalar sodir boʻlgan taqdirda shaharda qurilgan bino va inshootlarning buzilish darajasini baholash boʻyicha dastur ishlab chiqish.

5. GIS platformasida simulyatsion platforma ishlab chiqish va uni test sinovidan oʻtkazish.

2023-2024-yillar

Innovatsion rivojlanish agentligining maqsadli moliyalashtirish mablagʻlari

Fanlar akademiyasi

(S. Mirzayev),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sh. Turdiqulova),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Toshkent shahri hokimligi

(Sh. Umurzoqov),

Qurilish uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov),

Kadastr agentligi

(F. Pulatov)

14.

Respublikada kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimini bosqichma-bosqich yaratish.

1. Sohadagi yetuk mutaxassis va olimlarni keng jalb qilgan holda ishchi guruhni shakllantirish.

2023-yil iyun

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, Markazga ajratilgan budjet mablagʻlari

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Fanlar akademiyasi

(S. Mirzayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

2. Respublikaning seysmik faol hududlariga akselerometrlar oʻrnatish uchun joylarni tanlash.

2023-yil iyun

3. Kuchli zilzilalarni qayd etuvchi akselerometrlarni xarid qilish boʻyicha Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga takliflar kiritish.

2023-yil iyun

4. Takliflar asosida ilmiy asbob-uskunalarni yillar kesimida xarid qilish va oʻrnatish.

2023-yil avgustdan boshlab

5. “Kuchli zilziladan ogohlantirish” mobil ilovasini ishlab chiqish.

2023-yil avgust

6. Respublikada kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimini bosqichma-bosqich ishga tushirish.

2023-yil dekabrdan boshlab

7. Mazkur tizimni ishga tushirish hamda Markaz faoliyatini taʼminlashda malakali mutaxassislarni munosib ragʻbatlantirish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazidashtatlar sonini 20 foizgacha maqbullashtirish hisobiga boʻshaydigan mablagʻlar doirasida Markaz xodimlari uchun alohida ustamalar belgilash.

2023-yil iyun

15.

Xususiy uy-joylarni mahalliy xomashyodan zilzilabardosh qilib qurishda elementar seysmik qoidalarini targʻib etishga moʻljallangan “Zilzilabardosh uy” sayti, mobil ilovasini yaratish va keng ommaga yetkazish.

1. Zilzilabardosh uylarni qurishni targʻib qiluvchi sayt, mobil ilovani yaratish.

2023-yil noyabr

-

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Fanlar akademiyasi

(S. Mirzayev)

2. Yaratilgan sayt, mobil ilovaga aholi foydalanishi uchun zilzilabardosh uylarni qurish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda zilzilabardosh uy-joylarning namuna loyihalarni kiritish.

2023-yil dekabr

IV. Qurilish konstruksiyalarining mustahkamligini tajriba yoʻli orqali sinash hamda bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini oshirish

17.

Instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazish tizimi ustidan ishonchli nazorat oʻrnatish.

1. Seysmik faol zonalarda yangi qurilgan III-IV toifadagi obyektlar ishga tushirilayotganda ularning zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvdan majburiy tartibda oʻtkazilishini nazorat qilish.

Doimiy

-

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov)

2. Olib borilgan tekshiruv va oʻrganishlarning natijalari boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilab borish.

Doimiy

3. Instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazilgan obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashiga kiritib borish.

Har chorakda

18.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv otryadlari uchun gidrolokator, bioradar va boshqa shu kabi maxsus qidiruv texnikalarini qoʻshimcha xarid qilish ishlarini tashkil etish.

1. Zamonaviy qidiruv-qutqaruv ishlarini tashkil etish uchun zarur jihozlar roʻyxatini shakllantirish (jihozlar nomi, texnik tavsiyanomasi, ishlab chiqaruvchi tashkilot, narxi).

2023-yil iyun

Davlat budjeti mablagʻlari

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sh. Kudbiyev)

2. Ishlab chiqilgan roʻyxat asosida jihozlarni xarid qilish, ularni realizatsiya qilish yuzasidan dastur ishlab chiqish.

2023-yil iyun

3. Tasdiqlangan dastur asosida zarur qidiruv-qutqaruv jihozlarini xarid qilish va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv otryadlariga taqdim etish.

2023-yil dekabr

V. Seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi xorij tajribasini oʻrganish va xodimlar malakasini oshirish

19.

Zilzilalarning kelib chiqish sabablarini oʻrganish, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi sohasidagi qoidabuzarliklarni bartaraf etish, seysmik xavfsizlik boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish maqsadida xizmat safarlarini tashkillashtirish.

1. Respublika kengashi aʼzolarini, Soha yoʻnalishi boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar mutaxassislarini hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari tadqiqotchilarini tajriba oʻrganish va amaliyotda qoʻllash maqsadida xorijiy xizmat safarlariga yuborish.

2. Bevosita oʻrganish asosida toʻplangan materiallarni tahlil qilish, mahalliy sharoitni inobatga olgan holda amaliyotga tatbiq etish rejasini ishlab chiqish.

3. Chora-tadbirlar rejasi asosida ilgʻor xorijiy tajribani amaliyotga tatbiq etish.

2023-yil davomida

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov),

Fanlar akademiyasi

(S. Mirzayev),

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti

(J. Inoyatxodjayev),

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti,

Namangan muhandislik-qurilish instituti,

Fargʻona politexnika instituti,

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislik instituti” milliy tadqiqot universiteti

20.

Yaponiyaning tegishli tashkilotlari bilan anglashuv memorandumi asosida zilzilabardosh bino va inshootlar qurilishi sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

1. Oʻzbekiston va Yaponiya olimlari hamda mutaxassislarini jalb etgan holda zilzilaga chidamli qurilish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.

Doimiy

-

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov),

Fanlar akademiyasi

(S. Mirzayev)

2. Ikki tomonlama manfaatli boʻlgan ilmiy va ilmiy-uslubiy konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va koʻrgazmalarni oʻtkazish.

Doimiy

3. Zilzilabardosh bino va inshootlarni qurish borasida tajriba almashish.

Doimiy

4. Qurilishda sifat nazoratini tashkil etishda hamda loyiha bosh muhandisi va pudrat tashkilotining uchastka boshligʻi, ichki nazoratchi, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati, buyurtmachining texnik nazorati, obyektga biriktirilgan davlat nazorati inspektorining binoni ekspluatatsiya qilish muddati tugagunga qadar shaxsiy javobgarligini belgilash tajribasini oʻrganish va Oʻzbekistonda tatbiq etish.

2023-yil iyundan boshlab

5. Oʻzbekistonda seysmik izolyatsiya texnologiyalarini hamda bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini taʼminlashning boshqa usullarini tatbiq etish va rivojlantirish.

Kelishuv asosida

21.

Suv omborlarida faoliyat yurituvchi masʼul xodimlarning seysmologik va seysmometrik kuzatuvlar olib borish va birlamchi tahlil qilish boʻyicha malakasini oshirish.

1. Xodimlarning malakasini bosqichma-bosqich oshirish boʻyicha reja ishlab chiqish.

2023-yil iyun

Suv omboriga masʼul tashkilotlar mablagʻlari, Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Fanlar akademiyasi

(S. Mirzayev),

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xamrayev),

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

(A. Sanginov)

2. Tasdiqlangan rejaga asosan xodimlarni soha yoʻnalishi boʻyicha oʻqitish.

1-avgustdan boshlab reja asosida har ikki yilda

VI. Aholini zilzilaga tayyorlash ishlarini takomillashtirish

22.

Aholini oʻquv mashqlar va mashgʻulotlarga jalb etish orqali ularning zilzila paytida toʻgʻri harakatlanish boʻyicha amaliy koʻnikmalarini oshirish.

1. Qoʻmondonlik-shtab, maxsus-taktik va obyekt oʻquv mashqlari uchun “Zilzila bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari” mavzusida namunaviy oʻquv mashqi dasturini ishlab chiqish.

2023-yil may

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Rejalashtirilgan har bir qoʻmondonlik-shtab, maxsus-taktik va obyekt oʻquv mashqlari rejasiga “Zilzila bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari” mavzusini kiritish.

Doimiy

3. Rejalashtirilgan har bir qoʻmondonlik-shtab, maxsus-taktik va obyekt oʻquv mashqlarini real sharoitga yaqinlashtirgan holda, FVDT quyi tizimi barcha xizmat va tuzilmalari ishtirokida oʻtkazilishini taʼminlash.

Oʻquv mashqlar rejasi asosida

4. Oʻquv mashqlariga aholini keng jalb etish.

Oʻquv mashqlar rejasi asosida

23.

Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari hamda maktab oʻquvchilari uchun zilziladan himoyalanishni oʻrgatuvchi multimediali taʼlim resurslarini yaratish.

1. Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun zilziladan himoyalanishni oʻrgatuvchi multimediali taʼlim resurslarini yaratish.

2023-yil sentabr

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Fanlar akademiyasi

(S. Mirzayev),

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova)

2. Maktab oʻquvchilari uchun zilziladan himoyalanishni oʻrgatuvchi multimediali taʼlim resurslarini yaratish.

2024-yil iyun

24.

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda zilzila vaqtida toʻgʻri harakatlanishga bagʻishlangan televizion koʻrsatuvlar, lavhalar, eshittirishlar hamda maqolalarni tayyorlash hamda keng jamoatchilikka tizimli ravishda yetkazib turilishini taʼminlash.

1. Fuqarolarning zilzila vaqtida toʻgʻri harakatlanishiga bagʻishlangan OʻzMTRKning barcha tele- va radiokanallarida koʻrsatuvlar, lavhalar, roliklar va eshittirishlarni efirga uzatish.

Doimiy

-

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Xadjayev),

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

(A. Koʻchimov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Bosma va elektron ommaviy axborot vositalari orqali maqolalar, murojaatlar va eslatmalar chop etilishini yoʻlga qoʻyish.

Doimiy

VII. Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini taʼminlash

25.

Yakka tartibdagi uy-joylarni qurishda seysmik xavfsizlikni taʼminlash maqsadida qurilish materiallarini ishlatish vaimoratlarning zilzilabardoshlik darajasini oshirish boʻyicha profilaktik tadbirlar olib borish.

1. Yakka tartibdagi uy-joylarni barpo etishda seysmik xavfsizlikni oshirish borasida mahalla hududlarida fuqarolar bilan tushuntirish ishlari oʻtkazish.

2. Fuqarolar savodxonligini oshirish va uy-joyning seysmik xavfsizligini taʼminlash borasida fuqarolarga qoʻllanmalar, eslatmalar va boshqa targʻibot materiallarini tarqatish.

3. Yakka tartibdagi uy-joylarni barpo etishda seysmik xavfsizlikka rioya etish yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻibot tadbirlarini olib borish.

1-iyuldan boshlab reja-grafik asosida

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Fanlar akademiyasi

(S. Mirzayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov),

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Xadjayev)

26.

Bazalt xomashyosidan toʻqilgan toʻrlar bilan bino va inshootlar mustahkamligini oshirish texnologiyasini ishlab chiqish.

1. Bazalt xomashyosidan toʻqilgan toʻrlar bilan bino va inshootlar mustahkamligini oshirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish.

2023-yil dekabr

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi mablagʻlari

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi

(A. Baxodirov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov),

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti

(J. Inoyatxodjayev)

2. Bazalt xomashyosidan toʻqilgan toʻrlar bilan bino va inshootlar mustahkamligini oshirish texnologiyasini qurilishda qoʻllash amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2024-yil iyun

27.

Koʻp qavatli binolarning seysmik xavfni baholash metodikasini ishlab chiqish.

1. Koʻp qavatli binolarning seysmik xavfini baholash metodikasini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish.

2024-yil fevral

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Fanlar akademiyasi

(S. Mirzayev),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov)

2. Koʻp qavatli binolarning seysmik xavfini baholashni joriy qilish.

2024-yil mart

28.

Plitasimon poydevorli koʻp qavatli binoning seysmik mustahkamligini baholashning fazoviy usulini ishlab chiqish.

1. Plitasimon poydevorli koʻp qavatli binoning seysmik mustahkamligini baholashning fazoviy usulini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish.

2024-yil dekabr

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Fanlar akademiyasi

(S. Mirzayev),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov)

2. Plitasimon poydevorli koʻp qavatli binoning seysmik mustahkamligini kontinual baholash boʻyicha qurilish meʼyoriy qoidalariga (QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish”) qoʻshimchalar kiritish uchun tavsiyalar ishlab chiqish.

2025-yil mart

29.

Qurilish maydonlarda seysmik taʼsir va seysmik jadallik koʻrsatkichlarini kamaytirish usullarini ishlab chiqish.

1. Choʻkuvchan lyoss asosli qurilish maydonlarda seysmik taʼsir va seysmik jadallik koʻrsatkichlarini kamaytirish usullari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish.

2024-yil fevral

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Fanlar akademiyasi

(S. Mirzayev),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov)

2. Choʻkuvchan lyoss asosli qurilish maydonlarda seysmik taʼsir va seysmik jadallik koʻrsatkichlarini kamaytirish usullarini amaliyotga tatbiq etish.

2024-yil mart

30.

Binolarning seysmik mustahkamligini tekshirish va monitoring qilish metodikasini mavjud meʼyorlar asosida ishlab chiqish.

1. Binolarning seysmik mustahkamligini tekshirish va monitoring qilish metodikasini mavjud meʼyorlar asosida tadqiq etish.

2024-yil dekabr

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Fanlar akademiyasi

(S. Mirzayev),

Fargʻona politexnika instituti

(Oʻ. Salomov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zakirov)

2. Binolarning seysmik mustahkamligini tekshirish va monitoring qilish metodikasi yordamida binolarni sinovdan oʻtkazish.

2025-yil mart

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2025-y., 06/25/177/0880-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PQ-158-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.N. Aripov

Bosh vazir, Respublika kengashi raisi

2.

A.X. Kuldashev

favqulodda vaziyatlar vaziri, Respublika kengashi raisi oʻrinbosari

3.

B.I. Zokirov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri, Respublika kengashi raisi oʻrinbosari

4.

E.T. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining birinchi oʻrinbosari

5.

Sh.R. Xamrayev

suv xoʻjaligi vaziri

6.

I.R. Maxkamov

transport vaziri

7.

B.F. Islamov

togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri

8.

I.Yu. Abdurahmonov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

9.

K.N. Tulyaganov

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat inspeksiyasi boshligʻi

10.

S.Z. Mirzayev

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

11.

D.N. Sattarov

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori

12.

F.J. Pulatov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori

13.

Sh.M. Kadirov

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori

14.

Q.I. Qoʻchqorov

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi boshligʻi

15.

V.A. Rafikov

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti direktori

16.

A.A. Sanginov

“Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi

17.

Y.D. Magrupov

Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot, shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tekshirish instituti bosh direktori (kelishuv asosida)

18.

T.X. Abbosxonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi

19.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

20.

Lavozimi boʻyicha

Vazirlar Mahkamasi Seysmik xavfsizlikni taʼminlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi, Respublika kengashi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Respublika kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga mazkur lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2023-y., 07/23/158/0282-son; 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son; 02.05.2024-y., 06/24/70/0317-son; 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son; 30.09.2025-y., 06/25/177/0880-son)