09.08.2023 yildagi 19-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining qarori, 09.08.2023 yildagi 19-son
Kuchga kirish sanasi
19.09.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI HUZURIDAGI SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI QOʻMITASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati, ularni saqlash va tashishga qoʻyiladigan gigiyenik talablarni (0054-23-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 18-sentabrda hisobga olindi, hisob raqami 211]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati, ularni saqlash va tashishga qoʻyiladigan gigiyenik talablar (0054-23-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati va saqlash shartlariga gigiyenik talablar (0265-09-son SanQvaN) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 9-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi D. VAXABOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 17-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori D. SATTAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 2-avgust
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2023-yil 9-avgustdagi 19-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati, ularni saqlash va tashishga qoʻyiladigan gigiyenik talablar (0054-23-son SanQvaN)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati, ularni saqlash va tashishga qoʻyiladigan gigiyenik talablarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur sanitariya qoidalari Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining (FAO) Xalqaro komissiyasi tomonidan qabul qilingan Kodeks Alimentarius xalqaro oziq-ovqat standartlari toʻplami (bundan buyon matnda Kodeks Alimentarius deb yuritiladi) talablari asosida ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu sanitariya qoidalari idishlarda qadoqlangan ichimlik va mineral suvlar, bakterial achitqilar va biologik faol oziq-ovqat qoʻshimchalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur sanitariya qoidalarida quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati (foydalanish muddati) — bu muddat davomida oziq-ovqat mahsulotini saqlash, tashish, realizatsiya qilish chogʻida xavfsizlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilgan taqdirda u foydalanishga yaroqli boʻlib turadi, bu muddat tamom boʻlganidan keyin esa mahsulot odamlar hayoti va salomatligi uchun xavfli boʻlib qolishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash shart-sharoitlari — oziq-ovqat mahsulotlariga xos boʻlgan organoleptik, fizik-kimyoviy xususiyatlar va xavfsizlik koʻrsatkichlarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan optimal atrof-muhit parametrlari (harorat, atrof-muhit namligi, yorugʻlik sharoitlari va boshqalar) va ishlov berish (zararkunandalar, hasharotlar, kemiruvchilar tomonidan zararlanishning oldini olish choralari, qadoqning butunligini saqlash choralari va boshqalar) qoidalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari — sifati va xavfsizligini taʼminlash uchun maxsus harorat va (yoki) boshqa tartib va qoidalar talab qiladigan, mazkur qoidalarga rioya etmaslik isteʼmolchilarning sogʻligʻiga jiddiy zarar yetkazadigan mahsulotlar boʻlib, ularga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta ishlangan goʻsht, parranda goʻshti, tuxum, sut, baliq va baliq hisoblanmaydigan dengiz mahsulotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibidagi namlikning umumiy ulushi 13 foizdan ortiq boʻlgan qandolat mahsulotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kremlar va yarim tayyor mahsulotlar, sabzavotlarni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yogʻli, shuningdek tarkibida yogʻ boʻlgan mahsulotlar (mayonez, margarin);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyor taomlar, ichimliklar va barcha turdagi konservalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
termik fermentlangan va sterillangan sut mahsulotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf — oziq-ovqat mahsulotida mavjud boʻlgan potensial xavf-xatarlarning (biologik, kimyoviy, fizikaviy va boshqa omillar) isteʼmolchilar hayoti va sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatish ehtimoli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati va saqlash shart-sharoitlari kompleks sanitariya-epidemiologiya va laboratoriya tadqiqotlari bilan asoslantirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan konserva mahsulotlari texnologik jarayon asosida sterilizatsiya (pasterizatsiya) qilinishi va yaroqlilik muddati asoslantirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddatiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati uni ishlab chiqarilgan sanasidan boshlanadi va oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish muddati tugagunga qadar amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddatini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yaroqlilik muddati uzaytiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari (sexlar) quyidagi talablarga mos kelishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga javob beradigan jihozlarning toʻliq toʻplamiga ega boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnologik jarayon davomida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash uchun zarur laboratoriya nazoratini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veterinariya, sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan xom ashyo bilan taʼminlanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun muzlatgichlar, sovutish xonalari va yetarli hajmga ega boʻlgan transport vositalariga (zarur haroratni saqlash sharoitlarini talab qiladigan mahsulotlar boʻlsa) ega boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddatini belgilashda ishlatilgan tarkibiy qismlarning yaroqlilik muddati va saqlash sharoitlarini hisobga olish kerak. Koʻp tarkibli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish undagi yakuniy tarkibiy qismning yaroqlilik muddatiga mos kelishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati oʻtganda va qadogʻi buzilgan taqdirda isteʼmol qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati va saqlash harorati ushbu sanitariya qoidalarining 1-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini vakuum, bugʻ-gaz oʻtkazmaydigan plyonkalar va modifikatsiyalangan atmosfera sharoitida qayta vakuumlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ishlab chiqarish yoki savdo tashkilotining omborida saqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlarining miqdori sovutish uskunalari (sovutishni talab qiladigan mahsulotlar uchun) bilan taʼminlanganlik darajasiga yoki mahsulotning butun yaroqlilik muddati davrida saqlash shart-sharoitlarini taʼminlash uchun mavjud saqlash maydoniga qarab aniqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tayyor oziq-ovqat mahsulotlari bilan xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni birgalikda saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash shart-sharoitlari ularning ozuqaviy qiymati va inson salomatligi uchun xavfsizligini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Oziq-ovqat mahsulotlarini tashishga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oziq-ovqat mahsulotlarini nooziq-ovqat mahsulotlari bilan birgalikda tashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oziq-ovqat mahsulotlarini tashishda ularning yonma-yon qoʻyilishi qoidalariga rioya etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud boʻlmagan oziq-ovqat mahsulotlarini oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash omborlariga yoki savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga yetkazib berish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari oʻz xususiyatlarini yoʻqotmasligi uchun zarur haroratni taʼminlaydigan sovutgichli yoki izotermik transportlarda (muzlatgichli yuk mashinalari) tashilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar bilan birgalikda tashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar roʻyxati ushbu sanitariya qoidalarining 2-ilovasida keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati, ularni saqlash va tashishga qoʻyiladigan gigiyenik talablar (0054-23-son SanQvaN)ga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati va saqlash harorati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Mahsulot nomi

Yaroqlilik muddati

Saqlash harorati (°S)

Goʻsht va goʻsht mahsulotlari, shuningdek ularga ishlov berish natijasida olingan mahsulotlar

yarim tayyor suyaksiz goʻsht mahsulotlari

1. Yarim tayyor suyaksiz goʻsht mahsulotlari (bifshteks, langet, qoʻzichoq hamda choʻchqa goʻshtidan tayyorlangan tabiiy kotlet va boshqalar — non qoʻshilmagan);

48 soat

+2 dan +4 gacha

2. Yarim tayyor suyaksiz goʻsht mahsulotlari (qoʻzichoq hamda choʻchqa goʻshtidan tayyorlangan tabiiy kotlet va boshqalar — non qoʻshilgan);

36 soat

+2 dan +4 gacha

3. Yarim tayyor suyaksiz goʻsht mahsulotlari (mol goʻshtidan befstrogan, dimlama, qovurilgan mol goʻshti, kabob, goʻsht assortisi — sous va ziravorlar qoʻshilmagan);

36 soat

+2 dan +4 gacha

4. Yarim tayyor suyaksiz goʻsht mahsulotlari (mol goʻshtidan befstrogan, dimlama, qovurilgan mol goʻshti, kabob, goʻsht assortisi — marinadlangan, sousli va ziravorli);

24 soat

+2 dan +4 gacha

5. Maydalangan yarim tayyor suyaksiz goʻsht mahsulotlari (karam doʻlma, qovoqli goʻshtli dimlama);

24 soat

+2 dan +4 gacha

6. Aralash — kombinatsiyalangan yarim tayyor suyaksiz goʻsht mahsulotlari (goʻsht-kartoshkali, goʻsht-sabzavotli, goʻshtli karam, soya oqsili qoʻshilishgan kotletlar);

24 soat

+2 dan +4 gacha

7. Goʻshtli — qiymali yarim tayyor suyaksiz goʻsht mahsulotlari (kombinatsiyalangan goʻsht);

24 soat

+2 dan +4 gacha

8. Savdo va umumiy ovqatlanish shahobchalaridagi qiyma;

12 soat

+2 dan +4 gacha

9. Yarim tayyor suyaksiz submahsulotlar (jigar, buyrak, til, yurak, miya).

24 soat

+2 dan +4 gacha

10. Goʻshtni qaynatish yordamida tayyorlangan mahsulotlar (ruletlar, press qilingan choʻchqa va mol goʻshti, qoʻzi goʻshti, qazi);

72 soat

+2 dan +4 gacha

Parranda goʻshtidan yarim tayyor mahsulotlar

11. Parranda goʻshtidan yarim tayyor mahsulotlar (tabaka, parrandaning son, boldir, qanot, koʻkrak qismlari (qovurgʻalari bilan qoʻshilgan) — non qoʻshilmagan, suyakli);

48 soat

+2 dan +4 gacha

12. Parranda goʻshtidan yarim tayyor mahsulotlar (file, parrandaning koʻkrak qismi (qovurgʻalari qoʻshilmagan holda) — non qoʻshilgan, suyaksiz, ziravorli, sousli, tuzlangan);

24 soat

+2 dan +4 gacha

13. Parranda goʻshtidan yarim tayyor mahsulotlar (maydalangan, suyaksiz);

18 soat

+2 dan +4 gacha

14. Parranda goʻshtidan yarim tayyor mahsulot (qiyma);

12 soat

+2 dan +4 gacha

15. Parrandaning submahsulotlari (yurak, buyrak, jigar va oshqozon)

24 soat

+2 dan +4 gacha

Goʻsht va goʻsht mahsulotlaridan tayyorlangan taomlar

16. Qaynatilgan goʻsht;

24 soat

+2 dan +4 gacha

17. Qovurilgan goʻsht;

24 soat

+2 dan +4 gacha

18. Palov, chuchvara, manti, paramash, blinchik, piroglar (goʻshtli);

24 soat.

+2 dan +4 gacha

19. Gamburger, chizburger, tayyor sendvich va tayyor pitsalar;

24 soat.

+2 dan +4 gacha

20. Jelelangan shoʻrva, ragu va xolodes;

12 soat

+2 dan +4 gacha

21. Qaynatilgan va qovurilgan goʻsht submahsulotlari (til, yurak, buyrak, miya);

24 soat

+2 dan +4 gacha

22. Jigar va goʻsht pashtetlari;

12 soat

+2 dan +4 gacha

23. Koʻp komponentli mahsulotlar (solyanka, gazaklar);

24 soat

+2 dan +4 gacha

Parranda goʻshtidan tayyorlangan taomlar

24. Parranda goʻshtini dudlab (qovurib-dudlab, qaynatib-dudlab) tayyorlangan taomlar;

72 soat

+2 dan +4 gacha

25. Parranda goʻshtini qovurib, shuningdek, qaynatib yoki dimlab tayyorlangan taomlar;

6 soat

+2 dan +4 gacha

26. Parranda qiyma goʻshtidan souslar yoki garnir qoʻshib tayyorlangan taomlar

12 soat

+2 dan +4 gacha

27. Parranda goʻshtidan tayyorlangan chuchvara va piroglar

24 soat

+2 dan +4 gacha

28. Parranda goʻshtidan tayyorlangan xolodes, shu jumladan, assorti

12 soat

+2 dan +4 gacha

29. Parranda goʻshti va submahsulotlaridan tayyorlangan pashtetlar

24 soat

+2 dan +4 gacha

Kolbasa mahsulotlari

30. Qaynatilgan kolbasa:

Vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qoʻllanmaganda

7 — 14 kun

0 dan +6 gacha

Vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qoʻllanganda

30 kun

0 dan +6 gacha

Vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qoʻllanganda

60 kun

-10 °C

31. Xom dudlangan kolbasa:

Vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qoʻllanganda

120 kun

0 dan +10 gacha

Vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qoʻllanmaganda

180 kun

-2 dan — 4 gacha

32. Xom dudlangan (quruq) kolbasalar:

Vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qoʻllanmaganda

180 kun

0 dan +6 gacha

Vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qoʻllanmaganda

270 kun

-10 °C gacha

33. Yarim dudlangan kolbasalar:

Vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qoʻllanmaganda

15 kun

0 dan +6 gacha

Vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qoʻllanganda

30 kun

0 dan +6 gacha

34. Qaynatilgan kolbasa mahsulotlari (sosiskalar, sardelkalar):

Vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qoʻllanmaganda

5 — 10 kun

0 dan +6 gacha

Vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qoʻllanganda

30 kun

0 dan +6 gacha

35. Qaynatilgan-dudlangan kolbasalar:

Vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qoʻllanmaganda

30 kun

0 dan +6 gacha

Vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qoʻllanganda

60 kun

0 dan +6 gacha

Vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qoʻllanmaganda

120 kun

-10 °C gacha

36. Qonli, liver kolbasa:

Vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qoʻllanmaganda

48 — 72 soat

0 dan +6 gacha

Vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qoʻllanganda

3 — 5 kun

0 dan +6 gacha

Baliq va baliq hisoblanmaydigan dengiz mahsulotlari

Yarim tayyor baliq va baliq hisoblanmaydigan dengiz mahsulotlari

43. Barcha turdagi baliq mahsulotlari (muzlatilgan);

48 soat

0 — (-2)°S

44. Polimerli isteʼmol idishlaridagi baliq pastalari

48 soat

+2 dan +4 gacha

45. Baliq filesi;

24 soat

0 — (-2)°S

46. Boʻlaklangan baliq mahsulotlari;

24 soat

0 — (+2)°S

47. Qiymalangan baliq, un qoʻshib shakl berilgan baliq qiymasi mahsulotlari;

24 soat

0 — (-2)°S

48. Muzlatilgan tirik qisqichbaqasimonlar, ikki pallali mollyuskalar;

12 soat

+2 dan +4 gacha

Issiqlik bilan ishlov berilgan baliq mahsulotlari

49. Qaynatilgan, qisman qaynatilgan, qovurilgan, dimlangan, pishirilgan baliq;

36 soat.

+2 dan +4 gacha

50. Baliq kotletidan tayyorlangan taomlar (kotlet, zraza, shnitsel, frikadelka va chuchvara);

24 soat

+2 dan +4 gacha

51. Barcha turdagi baliqlar, baliq ikrasi va undan tayyorlangan mahsulotlar, issiq dudlangan ruletlar;

48 soat

+2 dan +4 gacha

52. Jelelangan baliq;

24 soat

+2 dan +4 gacha

Issiqlik bilan ishlov berilmagan baliq va baliq hisoblanmaydigan dengiz mahsulotlari

53. Tuzlangan baliqdan tayyorlangan mahsulotlar (pashtet, pasta);

24 soat

+2 dan +4 gacha

54. Selyodka, ikra, krill yogʻi va boshqalar;

24 soat

+2 dan +4 gacha

55. Baliq ikrasidan tayyorlangan koʻp komponentli mahsulotlar;

12 soat

-2 — (+2) °C

56. Qaynatilgan qisqichbaqalar;

12 soat

+2 dan +4 gacha

57. Qisqichbaqa tayoqchalari;

48 soat

+2 dan +4 gacha

Sut va sut mahsulotlari, pishloqlar

58. Isteʼmol idishlaridagi sut, qaymoq, sut zardoblari, pasterizatsiyalangan sut;

36 soat

+2 dan +4 gacha

59. Idishlar va sisternalardagi sut, qaymoq, sut zardoblari, pasterizatsiyalangan sut;

36 soat

+2 dan +4 gacha

60. Qaynatilgan sut;

5 kun

+2 dan +4 gacha

61. Bifidobakteriyalar bilan boyitilgan sut mahsulotlari;

72 soat

+2 dan +4 gacha

62. Qimiz (ot suti);

48 soat

+2 dan +4 gacha

63. Ryajenka;

72 soat

+2 dan +4 gacha

64. Smetana va tarkibida smetana mavjud boʻlgan mahsulotlar;

72 soat

+2 dan +4 gacha

65. Tvorog va tarkibida tvorog mavjud boʻlgan mahsulotlar;

72 soat

+2 dan +4 gacha

66. Issiqlik bilan ishlov berilgan tvorog va tarkibida tvorog mavjud boʻlgan mahsulotlar;

5 kun

+2 dan +4 gacha

67. Pastasimon sut oqsili mahsulotlari;

72 soat

+2 dan +4 gacha

68. Tvorogdan tayyorlangan pishloqli-tvorogli pishiriqlar, piroglar;

24 soat

+2 dan +4 gacha

69. Tvorog pudinglari;

48 soat

+2 dan +4 gacha

70. Uyda tayyorlanadigan pishloq;

72 soat

+2 dan +4 gacha

71. Kremli pishloqlar;

5 kun

+2 dan +4 gacha

72. Pishirilmagan yumshoq va tuzlangan pishloqlar;

5 kun

+2 dan +4 gacha

73. Pishloq yogʻi;

48 soat

+2 dan +4 gacha

Bolalar uchun sut mahsulotlari

74. Isteʼmol idishlardagi kefir va boshqa sut mahsulotlari;

36 soat

+2 dan +4 gacha

75. Polimer konteynerlaridagi kefir;

72 soat

+2 dan +4 gacha

76. Bolalar uchun tvorog;

36 soat

+2 dan +4 gacha

77. Tvorogli mahsulotlar;

24 soat

+2 dan +4 gacha

78. Shishalardagi sterilizatsiya qilingan sut mahsulotlari (moslashtirilgan sut aralashmalari);

48 soat.

+2 dan +4 gacha

79. Germetik idishlardagi sterilizatsiya qilingan sut mahsulotlari (moslashtirilgan sut aralashmalari);

10 soat

+2 dan +4 gacha

Sabzavot mahsulotlari

80. Tozalangan va sulfitlangan xom kartoshka;

48 soat

+2 dan +4 gacha

81. Yangi tozalangan karam, rediska;

12 soat

+2 dan +4 gacha

82. Tozalangan xom sabzi, lavlagi, piyoz, petrushka, selderey;

24 soat

+2 dan +4 gacha

83. Tozalangan ukrop, koʻk piyoz;

18 soat

+2 dan +4 gacha

84. Pishirilgan, qaynatilgan yoki qovurilgan sabzavotlar

18 soat

+2 dan +4 gacha

Oziq-ovqat mahsulotlari

85. Xom sabzavot va mevalardan tayyorlangan salatlar (qoʻshimchalarsiz);

18 soat

+2 dan +4 gacha

86. Xom sabzavot va mevalardan tayyorlangan salatlar (qoʻshimchalar bilan);

6 soat

+2 dan +4 gacha

87. Konservalangan sabzavotlar, tuxum va boshqa xom sabzavotlar qoʻshilgan salatlar (qoʻshimchalarsiz);

18 soat

+2 dan +4 gacha

88. Konservalangan sabzavotlar, tuxum va boshqa xom sabzavotlar qoʻshilgan salatlar (qoʻshimchalar bilan);

6 soat

+2 dan +4 gacha

89. Tuzlangan, marinadlangan sabzavotli salatlar;

36 soat

+2 dan +4 gacha

90. Qaynatilgan sabzavotlardan tayyorlangan salatlar va vinegretlar (qoʻshimchalarsiz);

18 soat

+2 dan +4 gacha

91. Qaynatilgan sabzavotlardan tayyorlangan salatlar va vinegretlar (qoʻshimchalar bilan);

6 soat

+2 dan +4 gacha

92. Qaynatilgan, qovurilgan sabzavotlardan tayyorlangan salatlar;

24 soat

+2 dan +4 gacha

93. Goʻsht, parranda goʻshti, baliq, dudlangan goʻsht qoʻshilgan salatlar (qoʻshimchalarsiz);

18 soat

+2 dan +4 gacha

94. Goʻsht, parranda goʻshti, baliq, dudlangan goʻsht qoʻshilgan salatlar (qoʻshimchalar bilan);

12 soat

+2 dan +4 gacha

95. Garnirlar (qaynatilgan guruch, qaynatilgan makaron, kartoshka pyuresi);

12 soat

+2 dan +4 gacha

96. Qaynatilgan tuxum;

36 soat

+2 dan +4 gacha

97. Ikkinchi taomlar uchun souslar va qoʻshimchalar;

48 soat

+2 dan +4 gacha

Un, qandolat mahsulotlari va ichimliklar

Un mahsulotlari

98. Pishirilgan va qovurilgan pirojka, paramash, pirog va boshqa un mahsuloti uchun xamirlar;

9 soat

+2 dan +4 gacha

99. Tort, pirojniy va boshqa un mahsulotlari uchun qatlamali xamir;

24 soat

+2 dan +4 gacha

100. Tort va pirojniy uchun xamir;

36 soat

+2 dan +4 gacha

101. Xamirdan tayyorlangan pishiriqlar va piroglar (tvorogli, murabboli va mevali);

24 soat

+2 dan +4 gacha

102. Cheburek, belyashi, qovurilgan yoki pishirilgan pirojkalar, pirog (goʻshtli, tuxumli, karamli, jigarli va boshqa qoʻshimchalar bilan);

24 soat

+2 dan +4 gacha

103. Dumaloq kotlet (manniy va tariq yormali);

18 soat

+2 dan +4 gacha

Qandolat mahsulotlari

104. Sufle, meva va rezavorli tort va pirojniylar;

72 soat

+2 dan +4 gacha

105. “Kartoshka” pirojniylari;

36 soat

+2 dan +4 gacha

106. Qaymoq, tvorog-qaymoqli kremli tort va pirojniylar;

18 soat

+2 dan +4 gacha

107. Qaymoq kremli, mevali, makli biskvit-ruletlar;

36 soat

+2 dan +4 gacha

108. Tvorogli biskvit-ruletlar;

18 soat

+2 dan +4 gacha

109. Jele, musslar, kremlar;

24 soat

+2 dan +4 gacha

110. Qaymoqli krem;

24 soat

+2 dan +4 gacha

1101. Shokolad va karamel mahsulotlari

180 — 270 kun

+2 dan +6 gacha

1102. Kekslar

7 kun

+10 dan +20 gacha

1103. Kreker pechenesi

90 kun

+10 dan +20 gacha

1104. Pryaniklar

45 kun

+10 dan +20 gacha

1105. Zefir, marmelad

90 kun

+10 dan +20 gacha

1106. Vafelli tort

15 — 20 kun

0 dan +6 gacha

Ichimliklar

111. Sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan kvas (pasterizatsiya qilinmagan);

48 soat

+2 dan +4 gacha

112. Sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan kvas (pasterizatsiya qilingan);

72 soat

+2 dan +4 gacha

113. Meva-sabzavot sharbatlari.

48 soat

+2 dan +4 gacha

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2025-yil 4-apreldagi 3-sonli qarori (hisob raqami 345, 16.04.2025-y.) tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati, ularni saqlash va tashishga qoʻyiladigan gigiyenik talablar (0054-23-son SanQvaN)ga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ishlab chiquvchilar roʻyxati:

A.S. Xudayberganov

Sanitariya, gigiyena va kasbiy kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti, Ovqatlanish gigiyenasi laboratoriyasi mudiri, t.f.d., professor;

E.B. Navruzov

Sanitariya, gigiyena va kasbiy kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti, Ovqatlanish gigiyenasi laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, t.f.n.;

G.M. Israilova

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi gigiyena kafedrasi dotsenti, t.f.n., dotsent;

A.R. Nosirova

Sanitariya, gigiyena va kasbiy kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti, Ovqatlanish gigiyenasi laboratoriyasi katta ilmiy xodimi;

Sh.O. Tillayeva

Sanitariya, gigiyena va kasbiy kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti, Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi;

B.R. Bobojonov

Sanitariya, gigiyena va kasbiy kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti, Ovqatlanish gigiyenasi laboratoriyasi laboranti;

J.T. Tuychiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Sanitariya-gigiyena boshqarmasi boshligʻi;

A.D. Ismailov

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Sanitariya-gigiyena boshqarmasi bosh mutaxassisi, t.f.n;

Sh.E. Erkinov

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Sanitariya-gigiyena boshqarmasi yetakchi mutaxassisi.

Taqrizchilar roʻyxati:

D.A. Zaredinov

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “Gigiyena” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor;

F.I. Salomova

Toshkent tibbiyot akademiyasi “Atrof-muhit gigiyenasi” kafedrasi mudiri, t.f.d., dotsenti;

F.L. Azizova

Toshkent tibbiyot akademiyasi “Bolalar, oʻsmirlar va ovqatlanish gigiyenasi” kafedrasi dotsenti, t.f.d., dotsent.

 

 

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2025-yil 4-apreldagi 3-sonli qarori (hisob raqami 345, 16.04.2025-y.) tahririda)