1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar ko‘rsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 13-iyundagi PF-153-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar hududida faoliyat yuritish istagini bildirgan investorlarga qulayliklar yaratish, ularning maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari va davlat tashkilotlari bilan hamkorlik jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 13-iyundagi PF-153-son Farmoniga muvofiq investorlarning maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari va davlat tashkilotlari bilan hamkorlik jarayonlarida “yagona darcha” tamoyili asosida xizmat ko‘rsatish tizimini joriy qilish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2023-yil 1-dekabrdan boshlab maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish, ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ular bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim va ijara shartnomalarini tuzish bo‘yicha davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP), Davlat xizmatlari markazlari yoki maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihasini joylashtirish uchun investitsiya buyurtmanomasini taqdim etish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya buyurtmanomasini maxsus iqtisodiy zonalar direksiyasi tomonidan ko‘rib chiqish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim tuzish va maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Adliya vazirligi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari turini ko‘paytirish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlari YIDXP va Davlat xizmatlari markazi orqali ko‘rsatilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lovlar Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilishini yo‘lga qo‘ysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari hamda davlat tashkilotlari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan ularning faoliyati bo‘yicha, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentning talablarini buzganlik uchun maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari hamda davlat tashkilotlari mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda javobgarlik choralarini qo‘llasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 7-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
452-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-sentabrdagi 452-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MA’MURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Reglament maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) hamda davlat tashkilotlari tomonidan davlat xizmatini (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Reglament qoidalari maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga ko‘rsatiladigan quyidagi davlat xizmati turlariga nisbatan tatbiq etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ularni tanlab olish (biznes-rejalar bo‘yicha xulosalar berish, yer maydonlari hamda bino va inshootlarni auksionga chiqarish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim va ijara shartnomalarini tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga Direksiya tomonidan davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maxsus iqtisodiy zonalar hududida yangi investitsiya loyihasini moliyalashtirish va amalga oshirish istagini bildirgan yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — Investor) davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) ro‘yxatdan o‘tadi yoxud bevosita Direksiyaga murojaat qiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Investor Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, ushbu Reglamentga 2-ilovadagi shaklga muvofiq investitsiya buyurtmanomasi Davlat xizmati markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, Investor tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investor YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi investitsiya buyurtmanomasini to‘ldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investor Direksiyaga mustaqil ravishda murojaat qilgan hollarda investitsiya buyurtmanomasi qog‘oz shaklida yoki pochta aloqa vositasi orqali taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investor investitsiya buyurtmanomasiga “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonunning 7-bobiga asosan hujjatlar to‘plamini (keyingi o‘rinlarda — hujjatlar to‘plami) ilova qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Investitsiya buyurtmanomasiga ilova qilingan hujjatlar va ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan tekshirib olinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Investor Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilganda, barcha hujjatlar real vaqt rejimida Direksiyaga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, Investitsiya buyurtmanomasi avtomatik tarzda Direksiyaga yuboriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Investor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchli bo‘lmagan yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar aniqlanishi Davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Investor davlat xizmatidan foydalanishdan investitsiya buyurtmanomasini ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha Direksiya tomonidan qaror qabul qilingunga qadar bosh tortish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investor davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning murojaati ko‘rilmasdan qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Direksiyaga kelib tushgan investitsiya buyurtmanomasi shu kunning o‘zida, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan bo‘lsa, keyingi ish kuni ro‘yxatdan o‘tkazadi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish bo‘yicha investorlar tomonidan taqdim qilingan investitsiya buyurtmanomasi va unga ilova qilingan hujjatlar Direksiya tomonidan o‘n ish kunida ko‘rib chiqiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Investitsiya buyurtmanomasi va unga ilova qilingan hujjatlar “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, hujjatlar to‘plami qaytarish sabablari ko‘rsatilgan holda YIDXP orqali yoki Investor bevosita murojaat etgan taqdirda, pochta aloqa vositasi orqali qaytarib yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaytarish uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilganidan keyin investitsiya buyurtmanomasi Direksiyaga investor tomonidan takroran o‘ttiz kun ichida taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Investitsiya buyurtmanomasi va unga ilova qilinadigan hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish muddati besh ish kunini tashkil etadi. Bunda ilgari ko‘rib chiqilgan hujjatlarga nisbatan yangi mulohazalar taqdim etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Investitsiya buyurtmanomasini ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha qaror qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Investitsiya buyurtmanomasini ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha Direksiyaning qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, bayonnoma Direksiya direktori tomonidan QR kod bilan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bayonnomadan ko‘chirma investitsiya buyurtmanomasini bergan investorga bayonnoma tasdiqlangan kunning o‘zida Direksiya tomonidan YIDXP orqali yoki Investor bevosita murojaat etgan taqdirda, pochta aloqa vositasi orqali yuboriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Direksiyaning maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi qarori quyidagilar uchun asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya buyurtmanomasida ko‘rsatilgan investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasi yoki bino va inshootni elektron onlayn-auksionga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron onlayn-auksion g‘olibi bilan investitsiya bitimi va ijara shartnomasini tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Investitsiya loyihasi maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga to‘g‘ri kelmasligi munosabati bilan uni amalga oshirishning maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risidagi Direksiya qarori ustidan investitsiya buyurtmanomasini bergan Investor belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Direksiya tomonidan ishlab chiqilgan investitsiya buyurtmanomasini tasdiqlash va amalga oshirish
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Maxsus iqtisodiy zonalar hududida loyihalarni joylashtirish va yaratilgan infratuzilmadan samarali foydalanish maqsadida maxsus iqtisodiy zonalar ixtisoslashuvi va bosh rejasiga asosan Direksiya tomonidan (konsalting kompaniyalar, Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Loyiha guruhlarini jalb etgan holda) investitsiya buyurtmanomalari ishlab chiqilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Direksiya tomonidan ishlab chiqilgan investitsiya buyurtmanomasi besh ish kunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi yoki asosli e’tirozlar bilan ishlash uchun Direksiyaga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tasdiqlangan investitsiya buyurtmanomalari Direksiya tomonidan elektron onlayn-auksion savdolariga uch ish kunida chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Direksiya elektron onlayn-auksion savdosi g‘olibini mazkur reglamentning 5-bobiga asosan ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni tuzish va maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Direksiya elektron-onlayn auksion g‘olibi bo‘lgan Investor bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim va ijara shartnomasi tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
221. Elektron-onlayn auksion savdolari g‘olibi bo‘lgan yuridik shaxs maxsus iqtisodiy zona hududidan qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi (ilgari maxsus iqtisodiy zona hududidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yuridik shaxslar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investorni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ariza kompozit tarzda Davlat xizmatlari markaziga yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda investor Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimiga yuborilgan elektron-onlayn auksion savdolarida g‘olib bo‘lganligi haqidagi xabarnoma asosida avtomatik tarzda qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
(221-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-yanvardagi 30-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 09/25/30/0065-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim maxsus iqtisodiy zonalar faoliyat ko‘rsatish muddatidan oshmaydigan muddatga tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Investor tomonidan loyiha amalga oshiriladigan hududda ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyekti (keyingi o‘rinlarda — korxona) va Direksiya o‘rtasidagi investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimning amal qilishi quyidagi hollarda yakunlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim tuzilgan muddat tugagandan so‘ng;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyekti maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan mahrum etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus iqtisodiy zonalar muddatidan oldin tugatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda yoki investitsiya bitimida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Korxona maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining qirq besh baravari miqdorida to‘lov to‘laydi va to‘lovlar undirilganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. To‘lovlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
0,5 foizi (davlat xizmati Yagona billing tizimi orqali ko‘rsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining g‘aznachilikdagi maxsus hisobvarag‘iga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga;
(27-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablag‘lar — Direksiyaning maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(27-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — davlat xizmati Yagona billing tizimi orqali ko‘rsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining g‘aznachilikdagi maxsus hisobvarag‘iga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablag‘lar — Direksiyaning maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Korxona va Direksiya o‘rtasidagi investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim imzolangandan so‘ng ushbu Reglamentga 3-ilovada belgilangan shakl bo‘yicha QR kod qo‘yilgan maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchisi guvohnomasi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Davlat xizmatlari markazi va Direksiya o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglamentning talablari bajarilishi bo‘yicha davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Investor davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikka muvofiq shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga Direksiya tomonidan davlat xizmatini ko‘rsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Investor (yuridik shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari)
Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan ro‘yxatdan o‘tadi hamda bevosita maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalariga (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) murojaat qiladi.
Real vaqt rejimida
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazlari
2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar to‘plamini Direksiyaga elektron shaklda yuboradi.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
Direksiya
1. Taqdim qilingan investitsiya buyurtmanomasi va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi hamda natijasi bo‘yicha:
a) maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, hujjatlar to‘plamini qaytarish sabablarini ko‘rsatgan holda asoslantirilgan xulosa xatini taqdim etadi;
b) hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmasa, investitsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi qarorni taqdim etadi.
Hujjatlar kelib tushgandan boshlab 10 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Direksiya
Ma’qullangan investitsiya buyurtmanomasida talab etilgan hajmdagi yer maydoni yoki bo‘sh bino va inshootni elektron onlayn-auksion savdolariga chiqaradi.
Qaror qabul qilingandan boshlab 3 ish kuni mobaynida
5-bosqich
Investor
Elektron-onlayn auksion savdolari g‘olibi bo‘lgan yuridik shaxsni maxsus iqtisodiy zona hududida qayta (yoki o‘zi tashkil etayotgan tadbirkorlik subyektini) davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi (ilgari maxsus iqtisodiy zona hududidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yuridik shaxslar bundan mustasno).
Onlayn-auksion savdolari yakunlangandan so‘ng 5 ish kuni mobaynida
6-bosqich
Direksiya
Direksiya elektron onlayn-auksion savdolari g‘olibi bilan maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha investitsiya bitimini va ijara shartnomasini tuzadi yoki zarur bo‘lganda, bitim qoidalarini kelishish maqsadida muzokaralar o‘tkazadi.
Onlayn-auksion savdolari yakunlangandan boshlab 3 ish kuni mobaynida
7-bosqich
Investor
1. Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan hujjatlarni taqdim etadi.
2. Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari reyestriga kiritish uchun bir martalik to‘lovni amalga oshiradi.
Investitsiya bitimi imzolangandan boshlab 2 ish kuni mobaynida
8-bosqich
Direksiya
Investorni maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazadi va unga guvohnoma beradi.
Hujjatlarni olgan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-yanvardagi 30-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 09/25/30/0065-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“________________________” maxsus iqtisodiy zona direksiyasiga
“_____________________” maxsus iqtisodiy zonasida investitsiya loyihasini joylashtirish uchun taqdim etiladigan investitsiya buyurtmanomasining NAMUNAVII SHAKLI
1. Investor (investorlar) to‘g‘risida ma’lumotlar
Murojaatchi (investor yoki investorlar) tashkilotning nomi, kelib chiqqan davlati
Investor (yoki investorlar) to‘g‘risida ma’lumot, jumladan, davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanasi va joyi, ta’sischi(lar) va boshqalar
Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, ta’sischilarning ustav fondidagi ulushining taqsimlanishi va qo‘yilmalarning shakli
Murojaatchi tashkilotning joylashuvi (manzili)
STIR
2. Investitsiya loyihasi to‘g‘risida ma’lumotlar
Investitsiya loyihasining nomi
Investitsiya loyihasining maqsadi va qisqacha tavsifi, jumladan, ishlab chiqarishning yillik quvvati
Ishlab chiqariladigan mahsulotning, ko‘rsatiladigan xizmatning nomi, qo‘llanilishi va asosiy belgilari
Ishlab chiqariladigan mahsulotning TIF TN kodi (10 ta belgi)
Mahsulot va xizmatning o‘rtacha yillik ishlab chiqarish hajmi, eksportga va ichki bozorga yo‘naltiriladigan hajmini (natura ko‘rinishida va AQSH dollari ekv.) hisobga olgan holda
Yillik soliq tushumi (mln so‘mda)
Asosiy xom ashyo, material va butlovchi qismlar (mahalliy va import), ularning tayyor mahsulotdagi ulushi (foizda)
Xom ashyo, materiallar, butlovchi qismlarga bo‘lgan yillik talab (AQSH dollari ekv.), shu jumladan, mahalliy va import
Mahalliylashtirish darajasi (MD=(1-I/T)x100%)* hamda tayyor mahsulot tovar pozitsiyasining TIF TN kodi bo‘yicha o‘zgarishi (1 yil, 2 yil, 3 yil)
Mahsulot va xizmat standartlari — GOST, OST, TU, O‘zDst, ISO 9001, ISO 14001 va boshqalar
Foydalanilishi mo‘ljallanayotgan savdo markasi
Ishlab chiqarishning boshlanish sanasi
Tashkil etilayotgan ish o‘rni, jumladan, mahalliy xodimlar
Yer uchastkasini elektron onlayn-auksionga qo‘yish chogidagi boshlang‘ich narx haqidagi, shuningdek, har yilgi ijara to‘lovi miqdori haqidagi taklif (agar mavjud bo‘lsa)
3. Zarur maydon va infratuzilma to‘g‘risida ma’lumotlar
Talab etiladigan maydon (ga)
Ishlab chiqarish maydonlari (kv.m.)
Elektr energiyasiga bo‘lgan talab (kVt/soat yiliga), o‘rnatiladigan quvvat (kVt yoki MVt)
Tabiiy gazga bo‘lgan talab (kub.m., yiliga), bosim (atm.)
Ichimlik va texnik suvga bo‘lgan talab (kub.m., yiliga)
Ifloslantiruvchi moddalar chiqarishning mavjudligi, jumladan, gazlar (nomlari) kg, yiliga yoki soatiga, qattiq chiqindilar (nomlari) tn/oyda, suyuq chiqindilar (nomlari) tn/oyda va boshqalar
4. Loyihaning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari
Loyihaning qiymati (AQSH dollari ekv.)
Moliyalashtirish manbalari (to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, mahalliy investorlar mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari)
Mashina va asboblar qiymati (AQSH dollari ekv.), jumladan, mahalliy va import
QMI qiymati (AQSH dollari ekv.)
Aylanma kapital summasi (AQSH dollari ekv.)
Investitsiyalarni kiritish shakli va jadvali
Loyihaning qoplanish muddati (biznes-rejaga muvofiq)
* MD — ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi; I — import qilinayotgan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlarning valyutadagi qiymati (bojxona to‘lovlari bilan birga); T — mahsulot birligini ishlab chiqarish tannarxi (mahalliy yetkazib beruvchilardan olingan import xomashyo mahalliy hisoblanmaydi)
Rahbar
_____________
__________________________
____________
(QR-kod)
(F.I.O.)
(sana)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“_________________” MAXSUS IQTISODIY ZONASI DIREKSIYASI