Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“GIDROTEXNIKA INShOOTLARINING XAVFSIZLIGI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi 2023-yil 30-avgustdagi OʻRQ-865-sonli “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2023-yil 1-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1999-yil 20-avgust,
827-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 224-modda)